Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.11.2024
Hujjat 31.10.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-noyabrdagi 758-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2002-yilning 1-sentabridan boshlab oʻqituvchilar va oʻquv yurtlari muallimlarining, ilmiy xodimlarning ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 2002-yil 7-avgustdagi PF-3112-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar roʻyxatida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda):
6-bandning ikkinchi ustunidagi “14” raqami “18” raqamiga almashtirilsin;
7-bandning ikkinchi ustunidagi “16” raqami “20” raqamiga almashtirilsin;
8-bandning ikkinchi ustunidagi “640” raqami “800” raqamiga almashtirilsin;
9-bandning ikkinchi ustunidagi “720” raqami “800” raqamiga almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 21-avgustdagi 327-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “640” raqami “800” raqamiga almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 31-oktabr,
375-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 20-son, 161-modda; 2008-y., 31-32-son, 303-modda)