|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.05.2018
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TURKMANISTONNING AVTOTRANSPORT VOSITALARI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRGANLIGI VA TRANZIT HARAKATLANGANLIGI UChUN YOʻL YIGʻIMLARI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Turkmaniston avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtishi uchun yoʻl yigʻimlari stavkalarining teng amal qiluvchi miqdorlarini oʻzaro tartibga solishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-oktabrdan boshlab Turkmaniston avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelishi va uning hududi orqali tranzit boʻyicha oʻtishi uchun yigʻimlar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Turkmanistonning avtotransport vositalaridan yigʻimlar undirish milliy valyuta “soʻm”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari boʻlimlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)
3. Bojxona organlari tomonidan avtotransport vositasi haydovchisiga beriladigan, boʻlish muddatlari va harakatlanish yoʻnalishi koʻrsatilgan, belgilangan namunadagi yoʻnalish varaqasi Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelish yoki uning hududi orqali tranzit boʻyicha oʻtish huquqiga ruxsatnoma hisoblanadi.
Harakatlanish yoʻnalishini va boʻlish muddatlarini oʻzgartirishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining joylardagi organlari ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
4. Avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtganda, bojxona nazoratidan tashqari, bojxona organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻriladi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov
Toshkent sh.,
1999-yil 28-sentabr,
447-son
Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan yigʻimlari
stavkalari
|
Avtotransport vositasining turi |
Stavkalar |
| 1. Quyidagi miqdorda yuk koʻtaradigan yuk avtotransport vositalari: | |
| 10 tonnagacha |
50 |
| 10 tonnadan 20 tonnagacha |
100 |
| 20 tonnadan ortigʻi |
150 |
| 2. Oʻrinlar soni quyidagicha boʻlgan avtobuslar: | |
| 12 oʻrindan kam |
25 |
| 13 oʻrindan 30 oʻringacha |
50 |
| 30 oʻrindan ortigʻi |
100 |
| 3. Tranzit boʻyicha oʻtuvchi yengil avtotransport vositalari |
30 |
| 4. Tranzit boʻyicha oʻtuvchi mototsikllar |
15 |
Izoh: uchinchi mamlakatlardan yuklarni Oʻzbekiston Respublikasiga tashishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston yuk avtotransport vositalaridan 175,0 AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha yigʻim undiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 318-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 44-son, 565-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 9-son, 59-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda; 2015-y., 44-son, 565-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)