Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2895]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3239, 04.06.2020-y.) asosan 2020-yil 5-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-may,
01/27-26/05-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 15-maydagi 01/27-26/05-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”
Mazkur Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” (bundan buyon matnda 15-son MBMS deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq mashina va uskunalar qiymatini baholash sohasida Oʻzbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatining normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. 15-son MBMSning maqsadi mashina va uskunalar qiymatini aniqlash va baholash natijalarini aks ettirish qoidalarini belgilashdan iboratdir.
2. Quyidagilar 15-son MBMSning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mashina va uskunalar qiymatini baholash tushunchalari va qoidalaridan foydalanishda, shuningdek ularning qiymatini baholashda baholovchilar va mol-mulk egalari xatti-harakatlarining muvofiqligini taʼminlash;
baholashning xolisligi va sifatini oshirishda koʻmaklashadigan tartib-taomillarni belgilash;
boshlangʻich axborot, baholash toʻgʻrisidagi hisobot mazmuni va materialni bayon etishga nisbatan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar turlicha talqin qilinishini istisno etadigan yagona talablarni belgilash.
2-bob. 15-son MBMSni qoʻllanish sohasi
3. Quyidagilar 15-son MBMS tatbiq etiladigan baholash obyektlari hisoblanadi:
bitta alohida olingan mashina yoki uskuna yoxud mashina yoki uskunaning muayyan qismi;
mashina va uskunalarning bir-biridan shartli ravishda mustaqil boʻlgan birliklari (ishlab chiqarish-texnologik tizim yoki liniyaning bir qismi);
ishlab chiqarish-texnologik tizimlar: ishlab chiqarish-texnologik jarayon bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan mashina va/yoki uskunalarning majmuasi.
4. 15-son MBMS baholovchi tashkilotlar, baholovchilar va buyurtmachilar uchun moʻljallangan boʻlib, mashina va uskunalarning qiymatini baholash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda qoʻllanilishi majburiydir.
5. 15-son MBMSni qoʻllashda 15-son MBMSning ilovasida keltirilgan Uslubiy koʻrsatmalarga rioya etilishi lozim.
3-bob. 15-son MBMSni buxgalteriya hisobi standartlari bilan oʻzaro aloqasi
6. Baholash obyektlari 15-son MBMS talablariga muvofiq baholanganda olingan natijalar Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini hisobga olgan holda qoʻllanilishi mumkin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS) norma va talablari faqat 15-son MBMSda nazarda tutilgan hollarda qoʻllanilishi mumkin. Boshqa hollarda 15-son MBMS talablariga rioya etilishi zarur.
8. 15-son MBMS baholash usullari bilan aniqlangan baholash obyektining qiymati moliyaviy hisobot uchun belgilangan tartibda aniqlangan ushbu obyektning qiymatidan jiddiy tarzda farqlanishi mumkin.
4-bob. 15-son MBMS talablari
1-§. Umumiy qoidalar
9. Baholovchi uchun 15-son MBMSning talabi baholashning quyidagi bosqichlariga rioya etishdan iborat:
baholash topshirigʻini belgilash va baholash obyektini baholash toʻgʻrisida shartnoma tuzish;
axborot yigʻish va uni tahlil qilish;
baholash yondashuvlari va usullarini qoʻllash;
baholash obyektining qiymatini hisob-kitob qilish va aniqlash;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish.
10. Buyurtmachi uchun 15-son MBMSning talabi quyidagilardan iborat:
baholovchi bilan birgalikda baholash topshirigʻini belgilash va baholash obyektini baholash toʻgʻrisida shartnoma tuzish;
baholash obyektiga kirish imkoniyatini taʼminlash (zarur hollarda);
baholovchiga zarur dastlabki axborotni taqdim qilish.
2-§. Baholash topshirigʻini belgilash
11. Baholash topshirigʻi buyurtmachi tomonidan baholovchi tashkilot bilan birgalikda tuziladi va baholash toʻgʻrisidagi shartnomaga ilova shaklida rasmiylashtiriladi.
Baholash topshirigʻi quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
baholash obyektining nomi va qisqacha tavsifi;
buyurtmachining nomi va uning rekvizitlari;
baholovchi tashkilotning nomi va uning rekvizitlari;
baholashni oʻtkazish uchun asoslar;
baholash maqsadi (vazifasi) va baholash natijalaridan foydalanish moʻljali;
baholash sanasi;
baholash maqsadiga muvofiq boʻlgan aniqlanayotgan qiymat turi;
farazlar va cheklovchi shartlar (ular mavjud boʻlganda);
buyurtmachi tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan dastlabki axborot roʻyxati;
baholash ishlarini bajarish muddatlari.
Baholash topshirigʻi qoʻshimcha shartlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
3-§. Axborot yigʻish va uni tahlil qilish
12. Axborotni yigʻish va uni tahlil qilish:
baholash obyektini funksional koʻrsatkichlari (unumdorligi yoki quvvati, yuk koʻtarishi, yuk tortishi, ish makoni hajmlari, aniqlik toifasi, avtomatlashtirish darajasi va h.k.), foydalanish koʻrsatkichlari (avtomatik, yarim avtomatik yoki noavtomatik foydalanilishi, toʻxtovsiz ishlashi, chidamliligi, taʼmirga yaroqliligi, but saqlanishi va h.k.), konstruktiv koʻrsatkichlari (massasi, ogʻirligi, asosiy konstruktiv materiallarining tarkibi va h.k.), iqtisodiy koʻrsatkichlari (mashinalar faoliyat koʻrsatganda vaqt birligida, mahsulot yoki ishlar birligiga turli zaxiralarning sarflanishi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatlarni;
baholash obyekti toʻgʻrisida moliyaviy maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi iqtisodiy hujjatlarni (balans qiymati, xarid qiymati, joriy va kapital taʼmirlash qiymati, vaqt mobaynida ishlab chiqarish quvvatining qiymat koʻrsatkichlari va h.k.), shuningdek baholash obyektining kelib chiqishi toʻgʻrisidagi hujjatlarni (oldi-sotdi shartnomalari, qabul qilish dalolatnomalari, boshqalar);
baholash obyekti mansub boʻlgan bozorning holati va dinamikasi haqidagi axborotni (ishlab chiqarish, sotish holatlari, talab va taklif);
baholash obyektining qiymatini baholash va baholash toʻgʻrisida ishonchli hisobotni tuzish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni yigʻish va oʻrganishni oʻz ichiga oladi.
Axborotni yigʻish imkoni boʻlmaganda yoki maʼlumot mavjud boʻlmaganda baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda buni koʻrsatishi hamda oʻzi olgan ishonchli axborot asosida mashinalar va uskunalar qiymatini baholash usullarini qoʻllashi zarur.
13. Baholash obyektining qiymatini baholash jarayonida buyurtmachi quyidagilarni taqdim etadi:
mulkdor toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (huquqni belgilovchi hujjatlar boʻlgan hollarda, ularni ilova qilgan holda);
15-son MBMSning 12-bandida koʻrsatilgan texnik va iqtisodiy hujjatlarni.
14. Baholovchi baholash obyekti mansub boʻlgan bozorning holati va dinamikasi haqidagi maʼlumotlar, analoglarning narxlari va takliflar haqidagi axborot, shuningdek oʻxshash obyektlar bilan bitimlar toʻgʻrisidagi (sanasi, narxi, narxni shakllantiruvchi omillar, axborot manbai va boshqalar) maʼlumotlarni yigʻishni amalga oshiradi.
15. Baholanishi lozim boʻlgan barcha obyektlar boʻyicha qoʻshimcha axborotni yigʻish baholovchi tomonidan bozorni hamda baholash obyektlarining jismoniy va huquqiy tavsiflari toʻgʻrisida axborot manbalarini oʻrganish asosida amalga oshiriladi.
16. Baholash obyektini baholashda quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
buyurtmachidan olingan axborotdan;
ishlarni bajarishga jalb qilingan uchinchi shaxslardan olingan, ularning imzolari bilan tasdiqlangan axborotdan;
ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning statistika maʼlumotlaridan (tarmoq, tahliliy sharhlar, bozor sharhlari), shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻida eʼlon qilingan statistika maʼlumotlaridan;
boshqa axborotdan (soʻrov, intervyu natijalari boʻyicha va boshqa manbalardan olingan), bunda ushbu axborotdan foydalanganlik uchun javobgarlik baholovchiga yuklanadi.
17. Baholovchi tomonidan qoʻllaniladigan usullar bozor holati va dinamikasi toʻgʻrisida, shuningdek baholash obyekti boʻyicha bitimlar haqida (sanasi, narxi, narxni shakllantiruvchi omillar, axborot manbai va boshqalar) axborotdan foydalanishni talab etgan hollarda, baholovchi 15-son MBMSning talablariga muvofiq baholash obyekti tegishli boʻlgan bozor segmenti toʻgʻrisida umumiy axborotni yigʻishi kerak.
18. Baholash jarayonida foydalaniladigan axborot baholovchi tomonidan baholash uchun zarur boʻlgan narxni shakllantiruvchi omillarni aniqlash uchun ishonchli va yetarli boʻlishi lozim.
Buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan, shuningdek ishlarni bajarishga jalb qilingan uchinchi shaxslardan olingan axborot quyidagi hollarda ishonchli hisoblanadi, agar:
axborotni taqdim etgan tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan va muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan boʻlsa, tegishli manbalarga havola qilinishi lozim boʻlgan, baholovchi tomonidan ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻi, soʻrov, intervyu natijalari boʻyicha va boshqa oʻxshash manbalardan olingan axborot bundan mustasno;
hujjatlar asl nusxadagi hujjatning nusxasi boʻlgan hollarda axborot tegishli boʻlgan tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan va muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan boʻlsa.
19. Agar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan axborot hajmi va sifati 15-son MBMS talablariga muvofiq baholashni amalga oshirish va baholash obyektlarini baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash uchun yetarli boʻlmasa, baholovchi baholash boʻyicha ishlarni bajarishdan bosh tortishga haqli.
20. Baholashni oʻtkazishda baholovchi uchun maʼlum boʻlgan barcha axborot va hujjatlar qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda maxfiylik shartlarida qoʻllanilishi shart.
4-§. Baholash yondashuvlari va usullarini qoʻllash
21. 15-son MBMS doirasida baholash obyekti qiymatining hisob-kitobi qiyosiy, xarajat va daromad yondashuvlarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Biror-bir yondashuvdan foydalanishning imkoni yoʻqligi yoki cheklanganligini baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda tegishli dalillarni keltirgan holda asoslashi lozim.
22. Qiyosiy yondashuv aynan bir xil obyektlar va/yoki analoglarning sotilishiga doir bozor maʼlumotlaridan kelib chiqib baholash obyektining qiymatini aniqlashga asoslanadi. Aynan bir xil obyekt yoki analog bilan bitimlar toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmaganda, ishlab chiqaruvchi zavodlar, yetkazib beruvchilar takliflari toʻgʻrisidagi axborot asosida qiyosiy yondashuvdan foydalanish mumkin.
Analoglarni tanlash ularning baholash obyekti bilan texnik, texnologik, jismoniy va iqtisodiy tavsiflari boʻyicha oʻxshashligi asosida amalga oshiriladi.
23. Mashina va uskunalarni baholashdagi qiyosiy yondashuv quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
sotuvlarni toʻgʻridan toʻgʻri qiyoslash usuli;
statistik tahlil usullari.
24. Qiyosiy yondashuvda sotuvlarni toʻgʻridan toʻgʻri qiyoslash usuli aynan bir xil yoki analog obyektlar narxiga ularning baholash obyektidan farqlanishiga qarab tegishli tuzatishlar (qiymat va/yoki foiz) kiritish orqali qoʻllaniladi.
25. Statistik tahlil usullari korrelatsion va regression tahlil usullari bilan oʻrganiladigan, oʻzgaruvchan usullar oʻrtasidagi statistik aloqalarni aniqlashdan iboratdir.
26. Analoglarni tanlashdagi asosiy talab funksional maqsadiga koʻra tarmoq boʻyicha va konstruktiv-texnologik oʻxshashligi hisoblanadi.
15-son MBMS doirasida qiyosiy yondashuv usullari qoʻllanilganda analoglarni tanlash 15-son MBMSni qoʻllashga doir Uslubiy koʻrsatmalarning 5-bobi talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
27. Mashina va uskunalar qiymatini baholashda xarajat yondashuvi tiklanish qiymatini keyinchalik unda jamlangan eskirishning aniqlangan elementlari keltirib chiqargan qadrsizlanishni (jismoniy, funksional va iqtisodiy) hisobga olgan holda hisoblash yoʻli bilan baholash obyektining joriy qiymatini aniqlashga asoslanadi.
28. Xarajat yondashuvi doirasida mavjud boʻlgan axborotdan kelib chiqib quyidagi usullardan biri qoʻllaniladi:
almashtirish usuli;
turdosh obyekt narxi boʻyicha hisoblash usuli;
elementma-element hisoblash usuli;
qiymatni indeksatsiya qilish usuli.
29. Almashtirish qiymatini aniqlash uchun almashtirish usuli aynan bir xil obyektlar yoki analoglar toʻgʻrisidagi narx axborotini keyinchalik ishlab chiqarish, texnik va texnologik tavsiflardagi tafovutlarga qarab tuzatishlardan, shuningdek vaqt mobaynida narxlar oʻzgarishini hisobga oluvchi tuzatishlardan kelib chiqib qoʻllashni nazarda tutadi.
30. Turdosh obyekt narxi boʻyicha hisoblash usuli keyinchalik asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlaridagi farqlanishlarga tuzatishlar kiritish orqali analog toʻgʻrisidagi narx axborotiga (narxi maʼlum boʻlganda) asoslangan holda baholash obyekti qiymatini aniqlashga asoslanadi.
31. Elementma-element hisoblash usuli baholash obyekti bozor narxi maʼlum boʻlgan bir nechta agregatlardan iborat boʻlganda, shuningdek texnik agregatlarni yigʻish murakkab boʻlmagan va isteʼmolchining oʻzi tomonidan bajarilishi mumkin boʻlgan hollarda qoʻllaniladi.
32. Qiymatni indeksatsiya qilish usuli joriy narxlarga mos keltirish uchun baholash obyektining bazaviy (boshlangʻich yoki tiklanish) qiymatiga narxlar qimmatlashishining statistik indekslarini qoʻllashga asoslanadi.
33. Daromad yondashuvi baholanayotgan obyektdan boʻlgʻusi daromadni prognozlash imkoniyatiga asoslanadi.
15-son MBMS doirasida mashina va uskunalar qiymatini baholashga daromad yondashuvini qoʻllash cheklangan xususiyatga ega boʻlib, uni qoʻllash shartlari quyidagilar bilan belgilanadi:
daromad yondashuvidan xarajat va qiyosiy yondashuvlarni qoʻllashning imkoni boʻlmagan hollarda foydalaniladi;
daromad yondashuvidan baholashning yakka tartibdagi obyekti boʻlgan mashina va uskunalar baholangan hollardagina foydalaniladi;
15-son MBMSning daromad yondashuviga tegishli boʻlgan baholash normalari va qoidalari mashina va uskunalarni yalpi biznes doirasida baholashda qoʻllanilmaydi.
Daromad yondashuvi:
foydani toʻgʻridan toʻgʻri kapitallashtirish usuli;
qoldiq usuli;
bir xil samarador funksional analog usuli bilan amalga oshiriladi.
34. Foydani kapitallashtirish usuli baholash obyektidan foydalanishdan keladigan foydani joriy qiymatga keltirishga asoslangan.
Mulkdorning operatsion xarajatlarini chegirgan holda baholash obyektini ijaraga berishdan hosil boʻlgan yillik pul oqimi foyda sifatida qabul qilinadi.
Foydani toʻgʻridan toʻgʻri kapitallashtirish usuli, texnologik majmuadan qatʼi nazar, daromad hosil qilishga qodir boʻlgan yakka tartibdagi obyektidan iborat baholash obyektlariga nisbatan qoʻllaniladi.
35. Qoldiq usuli baholash obyekti tomonidan texnologik majmua sifatida hosil qilinadigan sof operatsion daromadni kapitallashtirishga asoslanadi.
Baholash obyekti texnologik majmua tariqasida tarkibiga kiritiladigan yalpi biznesning ishlab chiqarish boʻlinmasi yalpi biznesga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish-texnologik siklni taʼminlashga qodir boʻlgan alohida mustaqil mulkiy majmuaga ajratilishi mumkinligi qoldiq usulining qoʻllanilishini taqozo etadi.
Ishlab chiqarish boʻlinmasini texnologik majmua bilan ajratish imkoni mavjud boʻlmaganda baholash obyektining qiymatini baholashga daromad yondashuvi qoʻllanilmaydi.
36. Bir xil samarador funksional analog usuli baholash obyektining qiymatini bozor narxi maʼlum boʻlgan analoglarning funksional va ishlab chiqarish quvvatlari asosida aniqlashni nazarda tutadi.
5-§. Turli yondashuvlar doirasida olingan baholash natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash
37. Baholash obyektining yakuniy qiymati turli yondashuvlar bilan baholashda olingan baholar natijalarini muvofiqlashtirish orqali aniqlanadigan qiymatning yagona miqdori tarzida ifodalanadi.
38. Muvofiqlashtirish turli yondashuvlar bilan olingan baholash natijalariga 15-son MBMSning Uslubiy koʻrsatmalarida belgilangan tartibda aniqlanadigan tegishli ogʻirlik koeffitsiyentlarini qoʻyish orqali amalga oshiriladi.
39. Turli yondashuvlar bilan hisob-kitob qilish yakunlari boʻyicha olingan baholash natijalari oʻrtasida jiddiy (30 foizdan ortiq) tafovutlar mavjud boʻlganda ushbu tafovutning sabablari tahlil qilinadi, u baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi hamda muvofiqlashtirish uchun baholovchining fikriga koʻra eng toʻgʻri natijalar tanlab olinadi.
Baholovchi qoʻllanilgan baholash yondashuvlari (usullari) natijalarini muvofiqlashtirishdan bosh tortishga va yondashuvlardan birining natijasini yakuniy qiymat sifatida tavsiya etishga haqli. Bunda baholovchi oʻzining rad javobini baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirishi va asosli dalillarni keltirishi lozim.
40. Muvofiqlashtirishda baholovchi quyidagilarni hisobga olishi zarur:
baholash maqsadi va baholash natijalaridan foydalanish moʻljalini;
baholash obyektining oʻziga xosligini;
tahlil va hisob-kitob qilishga asos boʻlgan axborotning toʻliqligini;
baholash yondashuvi baholash obyektiga oʻxshash obyektlarning odatdagi xaridorlari va sotuvchilarining asoslarini aks ettirilishini;
baholash yondashuvining bozor konyunkturasini hisobga olinishini.
41. Muvofiqlashtirish usuli va solishtirma ogʻirlikni tanlash, shuningdek keltirilgan barcha mulohazalar va farazlar baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslantirilishi zarur.
6-§. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish
42. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot baholovchining professional fikrini ifodalaydi va baholash obyektining qiymatini aniqlash boʻyicha qilingan ishning hujjatli tasdigʻi hisoblanadi.
43. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot undan foydalanuvchi baholovchi tomonidan qilingan hisob-kitoblarning mantigʻini tushuna oladigan va butun ketma-ketligini takrorlay oladigan qilib tuzilishi lozim. Shuningdek, baholash toʻgʻrisidagi hisobotdan foydalanuvchi zarur hollarda baholash obyektining qiymatini hisobotda keltirilgan maʼlumotlardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblash imkoniga ega boʻlishi lozim.
44. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash obyekti toʻgʻrisidagi barcha axborot, baholash jarayonida foydalanilgan barcha axborot tavsifi, qilingan tahlil bosqichlari va hisob-kitoblar, olingan natijalarning asoslanmasi, baholash obyektining yakuniy qiymati, baholash bazasining tasdigʻi, baholashning maqsadi, shuningdek baholash natijalari toʻliq va bir xil talqin qilinishini taʼminlovchi barcha farazlar va cheklovchi shartlar boʻlishi lozim.
45. Hisobot faqatgina baholash jarayonidagi hisob-kitoblar va tahlil qilishda foydalanilgan axborot va maʼlumotlardan iborat boʻlishi lozim.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan, baholashni oʻtkazishda foydalanilgan yoki hisob-kitoblar natijasida olingan axborotda axborot manbaiga havolalar keltirilishi lozim.
46. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot quyidagi tuzilishga ega boʻlishi lozim:
titul varagʻi;
mundarija;
kuzatuv xati (umumlashtiruvchi qism);
qisqartmalar, shartli belgilar, ramzlar, birliklar va atamalar roʻyxati;
kirish;
asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan manbalar roʻyxati;
ilovalar.
47. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot baholovchi (baholovchilar) tomonidan sahifama-sahifa raqamlangan va imzolangan, tikilgan, shuningdek baholovchi tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va shu tashkilot muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanishi lozim.
48. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotga ilovada baholovchi tomonidan foydalanilgan hamda baholash obyektining miqdor va sifat tavsiflarini belgilovchi hujjatlarning nusxalari boʻlishi lozim.
49. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotga baholovchi tashkilotning litsenziyasi, baholovchilarning malaka sertifikatlari va fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash polisining nusxalari ham ilova qilingan boʻlishi lozim.
50. Baholashni oʻtkazishda ayrim hisob-kitoblar baholash toʻgʻrisidagi hisobotdagi ushbu hisob-kitoblarga havolalarni koʻrsatgan holda ilovaga chiqarilishi mumkin.
51. Baholovchi tashkilot baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan baholash natijalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
5-bob. Axborotni oshkor etishga qoʻyiladigan talablar
52. Baholash jarayonida foydalanilgan barcha axborot (maxfiy xususiyatga ega boʻlgani bundan mustasno) baholash toʻgʻrisidagi hisobotda, ular baholovchi tomonidan qanday shaklda toʻplangan boʻlsa, shunday shakl va tartibda ochib beriladi.
53. Maxfiy tusdagi axborot baholovchi tomonidan faqat buyurtmachi va/yoki bunday axborotni taqdim qilgan shaxslar bilan kelishuv boʻyicha yoxud sudning tegishli qaroriga binoan oshkor etiladi. Foydalanilayotgan axborotning maxfiylik darajasi buyurtmachi va/yoki bunday axborotni taqdim etuvchi yoxud unga bevosita aloqador boʻlgan shaxslar tomonidan belgilanadi.
54. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda barcha ehtimollar va cheklovchi shartlar, shuningdek axborotni oshkor etishga qoʻyiladigan har qanday talablar ochib beriladi.
55. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot, shuningdek baholovchining baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalariga, mazkur standartga va qabul qilingan boshqa mulkni baholash standartlariga rioya qilinganligi haqidagi bayonotdan iborat boʻlishi, standartlarning talablaridan har qanday chetga chiqish koʻrsatilishi va bunday chetga chiqishga tushuntirish berilishi lozim.
6-bob. Yakuniy qoidalar
56. 15-son MBMSning baholash jarayoni va olingan natijani bayon etish, baholashga va yakuniy qiymat toʻgʻrisidagi xulosaga daxldor boʻlgan har qanday farazlar va cheklovchi shartlarni oshkor etish bilan bogʻliq talablaridan biron-bir tarzda chetga chiqilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
57. Baholovchi qonun hujjatlariga muvofiq 15-son MBMSning talablariga qisman yoki toʻliq rioya qilish imkoni boʻlmagan hollarda, baholovchi baholash obyektining bazaviy qiymatini aniqlash boʻyicha mos keluvchi hisoblarni va baholashning tegishli tartib-taomillarini amalga oshirishi lozim.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda belgilanishi lozim boʻlgan qiymatni koʻrsatish va aniqlash bilan bir qatorda 15-son MBMSning talablaridan chetga chiqishlarning sabablarini dalillar bilan isbotlashi va asoslab berish zarur.
58. Mazkur 15-son MBMS Baholovchi tashkilotlar uyushmasi va Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati bilan kelishilgan.
Baholovchi tashkilotlar uyushmasi raisi A. ISLAMOV
2017-yil 15-may
Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati raisi N. MIRZARAXIMOVA
2017-yil 15-may
Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”ga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”ni qoʻllash boʻyicha
USLUBIY KOʻRSATMALAR
Mazkur Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”ni qoʻllash boʻyicha Uslubiy koʻrsatmalar (bundan buyon matnda uslubiy koʻrsatmalar deb yuritiladi) 15-son MBMSni amalda qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Uslubiy koʻrsatmalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
aynan bir xil obyekt — baholanayotgan obyekt kabi xuddi shunday modeldagi (modifikatsiyadagi) obyekt boʻlib, uning standart (zavoddagi) konstruksiyasi, jihozlanishi, parametrlari va qoʻllaniladigan materiallari boʻyicha baholanayotgan obyektdan hech qanday farqi boʻlmaydi;
analog — asosiy funksional, foydalanish va ishlab chiqarish tavsiflariga koʻra baholash obyektiga oʻxshash, aynan bir xil vazifalarni bajaruvchi obyekt. Farqlanishlar faqat konstruktiv tavsiflarida (standart butlanishi, tashqi koʻrinishi, faoliyat koʻrsatish shartlari va boshqalar) hamda ishlab chiqarish quvvatlarida namoyon boʻlishi mumkin;
analog-obyekt — baholash jarayonida ular haqidagi axborotdan foydalaniladigan aynan bir xil obyekt yoki analog;
jamlangan eskirish — mashina va uskunalar qiymatining ular texnik-iqtisodiy tavsiflarini yoʻqotishi bilan kechadigan qadrsizlanishi;
jismoniy eskirish — foydalanilishi davomida ishlab chiqarish omillari (korpus, agregatlar, materiallarning eskirishi, ishqalanish, zanglash, vibratsiya va boshqalar) taʼsirida baholash obyekti tavsiflarining tabiiy yomonlashuvi, shuningdek avariyalar, tabiiy ofatlar va boshqalar natijasida yomonlashuvi oqibatida mashina va uskunalar qiymatining pasayishi;
mashina parki — majmuada mavjud boʻlgan (masalan, ishlab chiqarish sexi koʻrinishida), biroq texnologik jihatdan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan, yakka tartibdagi texnikadan iborat mashina va uskunalar birliklarining jami. Mashina va uskunalar ishlab chiqarish jarayonida yagona siklning bosqichma-bosqich funksiyalarini bajarishi mumkin, biroq mashina parki texnikasining har bir birligi materialga ishlov berishning tugallangan jarayonini amalga oshirishi munosabati bilan mashina parkini texnologik majmuadan farqlash zarur;
tashqi eskirish — mashina va uskunalarga isteʼmol talabiga taʼsir koʻrsatuvchi tashqi omillar (iqtisodiy, ekologik va boshqa) oʻzgarishi oqibatida ushbu mashina va uskunalar qiymatining pasayishi;
texnologik majmua — tashkilotning ishlab chiqarish faoliyatida foydalaniladigan hamda uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini taʼminlovchi texnologik va tashkiliy jihatdan oʻzaro bogʻliq mashina va uskunalarning, shuningdek komponentlarning (instrumentlar, materiallar, dasturiy taʼminotlar va boshqalar) jami;
funksional eskirish — ishlab chiqarishning arzonlashishi yoki yangilariga nisbatan unumdorligi pastroqligi sababli mashina va uskunalar isteʼmol qiymatining qisman yoʻqotilishi.
2-bob. Baholash topshirigʻini belgilash
2. Baholash topshirigʻini tuzishda baholash obyekti barcha texnik parametrlar va konstruktiv elementlar, shuningdek barcha huquq va majburiyatlarni hisobga olgan holda tavsiflanadi.
3. Baholash topshirigʻi erkin shaklda va 15-son MBMS talablarini hisobga olgan holda tuziladi, buyurtmachi hamda baholash tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi, ularning muhrlari bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi va baholash toʻgʻrisidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi.
3-bob. Axborot yigʻish va uni tahlil qilish
4. Baholash obyekti toʻgʻrisida axborot yigʻish buyurtmachidan baholash obyektiga doir hujjatlarni olish, baholash obyektini koʻzdan kechirayotganda olingan axborotni oʻrganish, mashina va uskunalar bozoriga doir axborotni izlash va oʻrganish, axborotni tahlil qilish, baholash obyektini tavsiflashdan iborat
5. Axborot va taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinganda baholash obyektini koʻzdan kechirish natijalari hisobga olinadi. Ularda nomuvofiqliklar, qarama-qarshiliklar aniqlanganda yoki ularning ishonchliligiga shubha tugʻilganda baholovchi dastlabki maʼlumotlarni aniqlashtirishga va ularni kelgusi hisob-kitoblarda qoʻllashga yoki baholash uchun boshqa asoslangan axborotdan foydalanishga haqlidir
6. Yigʻilgan (buyurtmachidan yoki u vakolat bergan shaxslardan olingan) boshlangʻich hujjatlarga ega boʻlgan holda, baholovchi buyurtmachining vakili yoki baholash obyektining balansda saqlovchisi vakili bilan birga baholash obyektini koʻzdan kechirish, uning amaldagi holatini oʻrganish, uni tavsiflash, fotosuratga olish hamda baholash obyektini identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajaradi.
7. Baholash obyektini koʻzdan kechirish taomili uni identifikatsiya qilish maqsadida buyurtmachi yoki balansda saqlovchi (ularning vakillari) bilan birgalikda oʻtkaziladi hamda quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
baholash obyekti va uning qismlarining texnik holatini (ishga yaroqli-yaroqli emasligi) vizual koʻzdan kechirish (qismlarning nosozliklari va nuqsonlarini aniqlash);
baholash obyektining fotosuratini olish;
baholash obyektini identifikatsiya qilish;
koʻzdan kechirganlik dalolatnomasini tuzish.
8. Baholash obyektini koʻzdan kechirayotganda buyurtmachi baholash obyektining pasportini, baholash obyektining pasporti mavjud boʻlmagan taqdirda baholash obyektining texnik tavsiflarini oʻz ichiga olgan hujjatni taqdim etishi kerak. Baholash obyekti qonun hujjatlariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi zarur boʻlgan hollarda buyurtmachi baholash obyektining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini ham taqdim etadi.
Baholash obyektining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari mavjud boʻlmaganda koʻzdan kechirishda maʼlumotnoma-schyotlar, oldi-sotdi (hadya) shartnomalari yoki baholash obyektini yetkazib berish shartnomalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
9. Baholash buyurtmachisi baholash obyektiga va uning qismlariga kirish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
10. Axborot yigʻish davomida baholovchi tomonidan baholash obyekti mansub boʻlgan bozorning tahlili oʻtkaziladi, uning yakunlari boʻyicha koʻzdan kechirishda belgilangan baholash obyektining identifikatsiya alomatlariga muvofiq aynan bir xil obyektlar va analoglarning sotilishi va takliflari toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplanadi. Baholash obyektining asosiy parametr va tavsiflari xuddi shunday analog-obyektlarning parametr va tavsiflari bilan solishtiriladi.
11. Axborot yigʻishda aynan bir xil obyektlar toʻgʻrisidagi axborot ustuvor hisoblanadi.
12. Baholash obyekti va analog-obyektlarning parametr va tavsiflari solishtirilganda unumdorligi va quvvati toʻgʻrisidagi tavsiflarni, shuningdek obyektlarning butligini va jismoniy holatini solishtirish taomilini oʻtkazish majburiy hisoblanadi.
Agar parametr va tavsiflar baholash obyekti uchun narxni shakllantiruvchi ahamiyatga ega boʻlsa, obyektlarning boshqa parametr va tavsiflarini solishtirish ham majburiy hisoblanadi.
13. Analogni tanlashda baholash obyektining aynan ishlab chiqaruvchisi va kelib chiqish mamlakatini, shuningdek aynan bir xil maqsadlisini (umumiy, ixtisoslashtirilgan, maxsus va boshqalar) afzal koʻrish kerak boʻladi.
14. Analog-obyektlar haqidagi baholash jarayonida toʻplangan axborot quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha tahlil qilinadi:
qatʼiy belgilangan narxning amal qilish vaqti;
narx amalda boʻlgan pul birligi;
kelib chiqish manbai boʻyicha narxning xususiyati;
sotish joyi;
obyektning foizlardagi eskirishi;
narxda mahalliy soliqlarning bor-yoʻqligi;
sotuvchining narxdagi transport va boshqa chiqimlarining mavjudligi.
15. Baholovchi axborot yigʻish taomili va uning tahlili baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiradi.
4-bob. Baholash obyektini identifikatsiya qilish
16. Baholash obyektini identifikatsiya qilish koʻzdan kechirish materiallariga ishlov berish, uning pasporti va roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini (ular mavjud boʻlganda) oʻrganish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
17. Oʻrnatilgan qoʻshimcha uskunaga buyurtmachi va/yoki manfaatdor shaxs tomonidan tegishli texnik, ruxsat berish hujjatlari va balans qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yuridik shaxslar uchun) taqdim etiladi.
18. Baholash obyektini koʻzdan kechirish va identifikatsiya qilish yakunlari boʻyicha baholash obyektining texnik holatini koʻzdan kechirish dalolatnomasi tuziladi, unda baholash obyektining texnik holati aks ettiriladi, identifikatsiya qilish, butlash natijalari, nosozliklar, ekspluatatsion va boshqa nuqsonlari toʻgʻrisida xulosalar shakllantiriladi. Baholash obyektining texnik holati toʻgʻrisidagi dalolatnoma Uslubiy koʻrsatmalarning 1-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
19. Koʻzdan kechirish dalolatnomasida, shuningdek, Uslubiy koʻrsatmalarning 2-ilovasida keltirilgan Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasiga muvofiq baholash obyektining texnik tavsiflari koʻrsatiladi.
20. Funksional jihatdan bir xil boʻlgan koʻplab mashina va uskunalardan tarkib topgan mashina parki baholash obyekti boʻlgan hollarda mashina va uskunalarning turdosh guruhlarini (rusumi yoki funksional yoʻnalishiga koʻra) shakllantirish yoʻli bilan yoppasiga identifikatsiya (ommaviy identifikatsiya) qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Yoppasiga identifikatsiya, tarkibiga kamida 30 ta texnika kiradigan mashina parki baholash obyekti hisoblangan taqdirdagina oʻtkaziladi.
Yoppasiga identifikatsiya har bir guruhda kamida ikkita baholash obyektini tanlab identifikatsiya qilishni nazarda tutadi.
5-bob. Analog-obyektlarni tanlash va analog-obyektlar toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish xususiyatlari
21. 15-son MBMS doirasida mashina va uskunalar qiymatini baholash usullarini qoʻllaganda analoglarni tanlash va ular toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishning quyidagi ustuvor jihatlari oʻrnatiladi:
baholashda asosan aynan bir xil obyektlar — xuddi baholash obyekti singari bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan va aynan bir xil rusumga, ishlab chiqarish yiliga va boshqalarga ega boʻlgan obyektlar toʻgʻrisidagi axborotdan foydalaniladi;
aynan bir xil obyektlar toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmaganda analoglar toʻgʻrisidagi axborotdan foydalaniladi.
Analoglar toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanayotganda quyidagi talablarga rioya etish zarur:
analoglar va baholash obyektining tarmoqdagi vazifasi (foydalanish, qoʻllash sohasi) bir xil boʻlishi kerak;
baholash obyekti va tanlangan analoglar bitta savdo rusumiga (brendga) ega boʻlishi kerak, bundan savdo rusumi ishlab chiqarishdan olib qoʻyilgan yoki mazkur savdo rusumi ostida analoglarni ishlab chiqarish toʻxtatilgan hollar mustasno;
baholash obyekti va tanlangan analoglar bitta mamlakatda ishlab chiqarilgan, shuningdek, yagona mintaqaviy sotish bozoriga (Yevropa, Osiyo va h.k.) ega boʻlishi zarur. Analoglarning narxlari (sotish yoki takliflar) toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmaganda tegishli tuzatishlarni kiritgan holda boshqa mintaqaviy bozorlardagi axborotdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
6-bob. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qoʻllash
1-§. Umumiy qoida
22. 15-son MBMS talablariga muvofiq baholash obyektining qiymatini baholashda qiyosiy, xarajat va daromad yondashuvlardan foydalaniladi.
2-§. Qiyosiy yondashuv
23. Qiymatni qiyosiy yondashuv bilan hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
bozorni tadqiq etish, analog-obyektlar boʻyicha axborotni tahlil qilish va yigʻish;
qiyoslash analoglarini tanlash;
qiyoslash birliklarini aniqlash;
qiyoslash elementlarini tanlash;
qiymatni hisoblash usullarini tanlash;
qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatishlarni hisoblash;
analog-obyektlar narxiga (qiymatiga) tuzatishlar kiritish;
baholash obyekti qiymatini aniqlash.
24. Mashina va uskunalar bozori analog-obyektlarga doir bitimlar (takliflar) toʻgʻrisida axborot olish maqsadida tadqiq va tahlil qilinadi.
25. Qiyosiy yondashuv usullarini qoʻllashda kamida 2 ta analog-obyekt toʻgʻrisida axborot yigʻish lozim.
26. Qiyoslash birliklari baholash obyekti va analog-obyektlar toʻgʻrisida axborot mavjudligiga qarab aniqlanadi.
Quyidagilar mashina va uskunalar qiymatini baholashda asosiy qiyoslash birliklari hisoblanadi:
texnik tavsiflar — unumdorligi yoki quvvati, yuk koʻtarishi, yuk tortishi, ish makoni hajmlari, aniqlik toifasi, avtomatlashtirish darajasi va h.k.;
foydalanish tavsiflari — avtomatik, yarim avtomatik yoki noavtomatik foydalanilishi, toʻxtovsiz ishlashi, chidamliligi, taʼmirga yaroqliligi, but saqlanganligi va h.k.;
konstruktiv tavsiflar — massasi, ogʻirligi, asosiy konstruktiv materiallarining tarkibi va h.k.;
iqtisodiy tavsiflar — mashinalar vaqt birligida, mahsulot yoki ishlar birligida faoliyat koʻrsatganda turli zaxiralar sarflanishi.
Baholovchi oʻzida mavjud axborot va baholash obyektining xususiyatlariga (noyobligiga) qarab, baholash obyektining boshqa tavsiflaridan ham qiyoslash birliklari sifatida foydalanishi mumkin.
27. Baholash obyekti va analog-obyektlarni qiyoslash birligi boʻyicha solishtirish asosida qiyoslash elementlari tanlanadi:
mulkiy huquqlar — baholash obyekti va (yoki) analog-obyektlar sotilganda oʻtadigan mulkiy huquqlar tahlil qilinadi;
moliyalashtirish shartlari — baholash obyekti va (yoki) analog-obyektning bozor qiymatiga taʼsir koʻrsatadigan toʻlov shartlari (boʻlib toʻlash, kredit, lizing v.b.) tahlil qilinadi;
bozor holati (sotish vaqti) — analog-obyektlarga narxlarning oʻzgarishi tahlil qilinadi va hisobi yuritiladi;
sotish shartlari — sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi bozorga xos boʻlmagan munosabatlar aniqlanadi;
fizik tavsiflar — baholash obyekti va analog-obyektlarning texnik-foydalanish tavsiflari tahlil qilinadi va hisobi yuritiladi. Hajmlardagi, konstruktiv qismlardagi (elementlardagi), texnik holati (eskirish foizi), joriy foydalanish xususiyati, qoʻshimcha butlanishi va boshqa farqlari tahlil qilinadi;
foydalanish shartlari — baholash obyekti va analog-obyektlardan foydalanishdagi farqlar (joriy foydalanish, funksional foydalanish), shuningdek mazkur farqlarning analog-obyektlar narxiga taʼsiri aniqlanadi;
baholash obyektining narxiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa qiyoslash elementlari.
Qiyoslash elementlarini tanlash Uslubiy koʻrsatmalarning 5-bobi talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
28. Fizik tavsiflarni qiyoslash elementlari sifatida ikki guruhga ajratish mumkin:
baholash obyektining konstruksiyasiga (standart butlanishiga) tegishli boʻlgan (ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan turkum butlash qismlarining mavjud emasligi, qoʻshimcha butlashning mavjudligi, turkum ishlab chiqariladigan konstruksiyaning jiddiy oʻzgartirilganligi bilan bogʻliq tuzatishlar);
baholash obyektining haqiqatdagi texnik holatiga tegishli boʻlgan (baholash obyektidan foydalanishning uzluksizligi rejimi, baholash obyekti asosiy tizimlari va qismlarining jiddiy boʻlmagan foydalanish nuqsonlari, foydalanishdagi, avariyaviy jiddiy shikastlanish va nuqsonlar, baholash obyekti tovar koʻrinishining (qiymatining) yoʻqotilishi bilan bogʻliq tuzatishlar).
29. Qiyosiy yondashuv quyidagi usullarning biridan foydalangan holda amalga oshiriladi:
sotishlarni toʻgʻridan toʻgʻri qiyoslash usuli;
statistik tahlil usullari.
30. Sotishlarni toʻgʻridan toʻgʻri qiyoslash usulini qoʻllashda baholovchi xuddi shunday obyektlarning sotilish narxlari toʻgʻrisida va/yoki sotish haqidagi takliflari toʻgʻrisida axborotga ega boʻlishi kerak.
31. Xuddi shunday obyektning narxi (yoki sotish haqidagi taklifi) baholash obyektining qiymatini tayinlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Oʻrin bosuvchining toʻliq qiymati tuzatishlar yordamida baholash shartlariga moslashtirilgan analogning narxiga tengdir.
32. Sotishlarni toʻgʻridan toʻgʻri qiyoslash usuli analoglarning narxlariga tegishli tuzatishlarni kiritish yoʻli bilan quyidagi formulaga binoan amalga oshiriladi:
S = San * Kfv/ (1 – Kiz) * K1 * K2 * K3* … * Kn +/– Sdop bu yerda:
S — baholash obyektining narxi;
San — analog obyektining narxi;
Kfv — analoglar narxlarining vaqt omili boʻyicha (ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha) oʻzgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Kiz — ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha foydalanish davrida analogning jismoniy eskirishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
K1 * K2 * K3* … Kn — baholanayotgan obyekt va analogning parametrlari qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi tuzatuvchi koeffitsiyentlar;
Sdop –analog-obyekt qoʻshimcha qurilmalarning mavjudligi bilan farqlanib turadigan narx.
33. Baholash obyekti va analoglarning jismoniy holatiga tuzatishlar (ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha foydalanish davrida analogning jismoniy eskirishini hisobga oluvchi tuzatish):
Kiz — eskirishga tuzatish kirituvchi koeffitsiyent;
Iobyekt — baholash obyekti jismoniy eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ianalog — analog-obyekt jismoniy eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi.
34. Vaqt omili boʻyicha tuzatishlar (vaqt omili boʻyicha analoglar narxlarining oʻzgarishini hisobga oluvchi tuzatish (ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha)) analog ishlab chiqarilgan yil bilan uni baholash yili oʻrtasidagi vaqt davrida xuddi shunday obyektlar narxlari oʻzgarishining oʻrtacha koeffitsiyent koʻrsatkichi sifatida aniqlanadi. Analog bir yilning oʻzida ishlab chiqarilgan va baholanganda tuzatish kiritilmaydi.
Vaqtga koʻra mashina va uskunalar narxlari oʻzgarishi dinamikasining tahlili asosida vaqt omili boʻyicha tuzatish koeffitsiyentini aniqlashning imkoni boʻlmaganda tegishli guruh boʻyicha mahsulot narxlari qimmatlashishining statistik indeslaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
35. Baholashda xorijiy bozorning mashina va uskunalari toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanilgan hollarda ham analog-obyektlarning narxlariga turgan joyiga qarab tuzatish kiritiladi.
Joylashgan joyiga qarab tuzatishni hisoblash ketma-ketligi quyidagicha:
analogning shartnomaviy narxi aniqlanadi, u analogning sotish (taklif) narxi qoʻshuv yetkazib berishga (transport xarajatlari) teng;
import qilishda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar qonun hujjatlari normalariga muvofiq hisoblanadi.
Transport xarajatlari haqiqatdagi tashish xarajatlariga qarab qabul qilinadi. Tashish xarajatlarining haqiqatdagi miqdorini aniqlash yoki hisob-kitob qilishning imkoni boʻlmaganda transport xarajatlari analog-obyektni sotish/taklif qiymatining 5 foizi miqdorida qabul qilinadi.
36. Narxlar (sotish va/yoki takliflar) toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanganda tuzatishlar quyidagi ketma-ketlikda kiritiladi:
sotishning noodatiy shartlarini bartaraf etadigan tuzatishlar (yetkazib berishning tezlashtirilgan muddatlari, kafolat muddati, chegirmalar, butlash, qoʻshimcha xizmatlar va boshqalar);
QQS mavjudligiga qarab tuzatish kiritish;
vaqt omili boʻyicha tuzatish kiritish.
Ikkinchi va uchinchi guruhlardagi tuzatishlar doim amalga oshiriladi, birinchisi esa — ularning belgilanganligi va ahamiyatliligini hisobga olib tanlov asosida amalga oshiriladi.
37. Analoglarning sotish narxlari (va/yoki takliflari) toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanganda baholash obyektlarning narxlari (sotish va/yoki takliflar) va asosiy parametri oʻrtasidagi nisbatni aniqlashga, xususan darajali bogʻliqlikka asoslaniladi.
Mazkur norma quyidagicha formulada aks ettiriladi:
R1, R2 — qiyoslanadigan mashinalarning narxlari;
N1, N2 — qiyoslanadigan mashinalarning asosiy parametrlari;
n — texnik qurilmalarning aniq turiga bogʻliq boʻlgan darajali koeffitsiyent (narxni toʻxtatib turish koeffitsiyenti).
38. Qiyosiy yondashuvning barcha usullarini qoʻllashda tuzatishlar kiritishning yagona tartibiga rioya etish zarur: dastlab qiymat tuzatishlari, undan keyin foizli tuzatishlar kiritiladi.
39. Analoglar tuzatilgan narxlarining yagona qiymati oʻrtacha arifmetik, oʻrtacha oʻlchangan yoki mediana qiymatlarini hisoblash yoʻli bilan foydalanilgan axborotning toʻliqligi, batafsilligi va ishonchliligidan kelib chiqib aniqlanadi.
40. Statistik tahlil usullari analog-obyektlar narxlarining korrelatsion-regression tahlildan foydalangan holda qiyoslash elementlariga bogʻliqligini aniqlash yoʻli bilan baholash obyekti qiymatini belgilashga imkon beradi.
Mazkur usulni qoʻllaganda modellashtirish ehtimoliy potensial narx bilan korrelatsion aloqada boʻlgan analoglarning bir yoki bir nechta asosiy ishlab chiqarish va/yoki funksional parametrlarining tahlili asosida amalga oshiriladi.
Oʻzgaruvchan miqdorlar oʻrtasidagi statistik aloqalar korrelatsion va regression tahlil usullari bilan oʻrganiladi.
Korrelatsion tahlil baholash obyekti/analoglar narxi va ularning asosiy parametrlari (bir va bir nechta) oʻrtasidagi aloqani oʻrnatishga imkon beradi, regression tahlil usullari bilan esa aniq matematik modelni tanlash va tanlangan modelning adekvatligini (model xossalari (funksiyalari/parametrlari/tavsiflari va boshqalar) va modellanayotgan obyektning tegishli xossalari toʻgʻri kelishini) baholash mumkin boʻladi.
Korrelatsion tahlil bir alomatning (asosiy koʻrsatkichning) oʻzgaruvchanligi boshqasining (narxning, qiymatning) oʻzgaruvchanligiga muvofiqligi dalilini aks ettiruvchi alomatlarning kelishilgan oʻzgaruvchanligini ifodalaydi.
Juft korrelatsiya ikkita tasodifiy miqdorlar oʻrtasidagi, koʻp tarmoqli korrelatsiya — koʻp sonli miqdorlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganadi. Korrelatsion tahlilning asosiy vazifasi — tasodifiy miqdorlar oʻrtasidagi aloqani aniqlash va baholashdan, regression tahlilning asosiy vazifasi — shaklni belgilash va tasodifiy miqdorlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganishdan iborat.
Korrelatsion tahlil elementlari: (α, β) tasodifiy miqdor kuzatuvlaridan n tanlanganda (x1, y1),...,(xn, yn) ikki oʻlchamli normal taqsimlanishga ega boʻladi. Koordinatalarning dekart tizimida tanlov elementlarini nuqtalar bilan tasvirlab, tarqalish diagrammasi yoki korrelatsion maydonga ega boʻlamiz. Korrelatsion maydonning koʻrinishiga qarab korrelatsiyaning tanlov koeffitsiyenti asosida α va β oʻrtasida aloqaning mavjudligi va tavsifi xususida taxmin qilsa boʻladi.
Korrelatsiyaning tanlov koeffitsiyenti quyidagi son hisoblanadi:
| rvib | ≤ 1
Asos sifatida analoglarning narxlari olinadi, ularning koeffitsiyentlari koʻproq darajada 1 raqamiga intiladi.
Regression tahlil — mustaqil boʻlmagan oʻzgaruvchan miqdorlar bilan mustaqil oʻzgaruvchan miqdorning bir yoki bir nechtasi oʻrtasidagi aloqani oʻrganadi.
(α, β) ikki oʻlchamli tasodifiy miqdorning (x1, y1),...,(xn, yn) qiymatlari kuzatiladi. β tasodifiy miqdorining α tasodifiy miqdoriga tobeligi tekshiriladi.
Umuman olganda regression model quyidagi koʻrinishga ega:
y = ƒ (x, βk0, βk1, …, βkn,)
βk0, βk1, …, βkn parametrlari regressiya koeffitsiyentlari deb nomlanadi.
Regression tahlilning vazifalaridan biri — regressiya koeffitsiyentlarini baholash. Regressiya koeffitsiyentlarini baholash uchun, qoida tariqasida, eng kichik kvadratlar usuli qoʻllaniladi: bunda kuzatilayotgan qiymatlarning chetga ogʻish kvadratlari summasini kamaytiradigan parametrlarning qiymatlari baholash sifatida qabul qilinadi, yaʼni eng kichik kvadratlar usuli kvadratlar summasini kamaytirishga asoslangan:
Agar oʻzgaruvchan miqdorlar oʻrtasidagi aloqa chiziqli deb faraz qilinsa, u holda tegishli regression model quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
y = βk0 + βk1 x bu yerda:
βk0 va βk1 — chiziqli regressiya koeffitsiyentlari.
3-§. Xarajat yondashuvi
41. Baholash obyektini baholashda xarajat yondashuvi jamlangan eskirishni chegirgan holda baholash obyektining qismlari va (yoki) qoʻshimcha uskuna qiymatini hisobga olib baholash obyekti tiklanish qiymatini aniqlashga yoxud almashtirishga asoslangan.
42. Baholash obyektining qiymatini baholashda xarajat yondashuvi hisob-kitoblarning quyidagi bosqichlariga rioya etishni oʻz ichiga oladi:
toʻliq tiklanish qiymatini yoki almashtirish qiymatini aniqlash;
baholash obyektiga oʻrnatilgan, baholash obyektining standart butlanishiga (zarur hollarda) kirmaydigan qoʻshimcha uskunaning qiymatini aniqlash;
baholash obyektining tovar qiymati yoʻqotilishi hajmini aniqlash;
qoʻshimcha uskuna qiymati va jamlangan eskirishning qiymat koʻrsatkichini hisobga olgan holda toʻliq tiklanish yoki almashtirish qiymati oʻrtasidagi farq sifatida baholash obyektining qiymatini aniqlash.
43. Tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymatini aniqlash quyidagi usullardan birini qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
almashtirish usuli;
turdosh obyekt narxi boʻyicha hisoblash usuli;
elementma-element hisoblash usuli;
qiymatni indeksatsiyalash usuli.
44. Almashtirish usuli analog (aniq yoki taxminiy) obyektlar toʻgʻrisidagi narx axborotidan (bitim dalillari va/yoki yetkazib beruvchilarning takliflari toʻgʻrisidagi axborot) foydalangan holda qoʻllaniladi.
Analog-obyektlarning bitim yoki taklif narxiga tuzatishlarning quyidagi asosiy turlari kiritilishi mumkin:
ishlab chiqarish, texnik, texnologik, funksional tavsiflari, butlanishi, jihozlanishi va h.k. boʻyicha tafovutlarga qarab tuzatish kiritish;
tashish, bitimni rasmiylashtirish, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarga qarab tuzatish kiritish;
analog-obyektning joylashgan joyiga qarab tuzatish kiritish;
narxlar oʻzgarishi dinamikasini hisobga olib tuzatish kiritish (analoglarga doir bitimlar va takliflar toʻgʻrisidagi axborot olinganiga bir yildan ortiq boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi).
Bitimlar va takliflarning narxlariga narxni shakllantiruvchi boshqa omillarni hisobga olib tuzatishlar kiritilishi ham mumkin.
45. Turdosh obyekt narxi boʻyicha hisoblash usulini qoʻllagan holda baholash obyektining qiymati quyidagi tartibda aniqlanadi:
baholanayotgan obyekt uchun avvalo tayyorlash texnologiyasi, foydalanadigan materiallari, konstruksiyalari boʻyicha baholanayotgan obyektga oʻxshash turdosh obyekt tanlanadi. Turdosh obyektning narxi maʼlum boʻlishi kerak;
turdosh obyektni ishlab chiqarishning toʻliq tannarxi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Sp.od — turdosh obyektni ishlab chiqarishning toʻliq tannarxi;
Sod — turdosh obyekt narxi;
Nds — qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi;
Npr — foyda soligʻi stavkasi;
Kr — rentabellik koʻrsatkichi;
talabgir mahsulotlar uchun rentabellik koʻrsatkichi 0,25 — 0,35 oraligʻida, oʻrtacha talabgir boʻlgan mahsulotlar uchun 0,1 — 0,25 oraligʻida, past rentabelli mahsulotlar uchun 0,05 — 0,1 oraligʻida qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi;
baholash obyektining toʻliq tannarxi hisoblab chiqiladi. Buning uchun turdosh obyekt tannarxiga asosiy tavsifga qarab tuzatishlar kiritiladi:
Sp — baholanayotgan obyektni ishlab chiqarishning toʻliq tannarxi;
Go va God — tegishincha baholanayotgan va turdosh obyektlarning asosiy tavsifi koʻrsatkichi;
Ks va Ks/o — tegishincha baholanayotgan va turdosh obyektlarni ishlab chiqarishning turkumliligi koeffitsiyenti (turkumlilik koeffitsiyenti ishlab chiqarish turiga bogʻliq, u yirik turkumda boʻlsa 1 ga teng, oʻrtacha turkumda — 1,1 ga, mayda turkumda — 1,2 ga, bir martalik ishlab chiqarishda — 1,3 ga teng).
Baholanayotgan obyektni qayta ishlashning toʻliq qiymati (tiklanish qiymati) quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
46. Elementma-element hisoblash usuli qoʻllanganda ishlarning quyidagi bosqichlari amalga oshiriladi:
baholash obyektining butlovchi uzellari va agregatlari roʻyxati tuziladi;
butlovchi uzellar va agregatlar narxiga doir axborot yigʻiladi;
quyidagi formula boʻyicha baholash obyektining toʻliq tannarxi aniqlanadi:
Sp = ∑ Se + V bu yerda:
Sp — obyektning toʻliq tannarxi;
Se — butlovchi uzel va agregatning qiymati;
V — tayyorlovchining oʻz xarajatlari (yigʻish qiymati, xodimlarning ish haqi va h.k.).
Baholanayotgan obyektning tiklanish qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Sv — baholanayotgan obyektning tiklanish qiymati.
47. Qiymatni indeksatsiyalash usuli statistika organlari tomonidan belgilanadigan narxlarning qimmatlashuvi indekslarini qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bunda, indekslar narxlar indekslari hisoblangan davrga qarab, asosiy vositalarni soʻnggi qayta baholash sanasidan boshlab baholash obyektining bazaviy (boshlangʻich, tiklanish) qiymatiga nisbatan qoʻllanadi.
Bazaviy qiymat sifatida buxgalteriya hisobi maʼlumotlari yoki tayyorlovchilarning (yoki dilyerlar, yetkazib beruvchilarning) retrospektiv sanadagi narxga oid axborotdan foydalanish mumkin (bunda aynan bir xil butlangan aniq analog narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish zarur).
48. Baholash obyektining baholash sanasidagi jamlangan eskirishi uning jismoniy holatidan (jismoniy eskirish), baholash obyekti bozorning zamonaviy talablariga muvofiqligidan (funksional eskirish), shuningdek tashqi omillarning taʼsiri ostida qiymatining pasayishidan (tashqi/iqtisodiy eskirish) kelib chiqib baholash obyektini koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha aniqlanadi. Jamlangan eskirish 100 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Jamlangan eskirish tiklanish qiymatidan (koeffitsiyent koʻrsatkichi) yoki pul ifodasida almashtirish qiymatidan (mutlaq miqdor) foizlarda yoki ulushlarda aniqlanishi mumkin.
49. Jamlangan eskirish quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Inak = 1 — (1 — Ifiz) * (1 — Ifunk) * (1 — Ivn) bu yerda:
Inak — baholash obyekti jamlangan eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ifiz — baholash obyekti jismoniy eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ifunk — baholash obyekti funksional eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ivn — baholash obyekti tashqi eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi.
50. Baholash obyektining jismoniy eskirishi quyidagi usullardan biri bilan aniqlanadi:
asosiy parametrning yomonlashuvi usuli;
normativ eskirish usuli;
jismoniy eskirishni oʻlchashning toʻgʻridan toʻgʻri usuli;
xronologik yoshga tuzatish kiritish usuli;
tiklanish usuli;
oʻrtacha oʻlchangan eskirish usuli;
yoshni va qilingan kapital taʼmirlashlarni hisobga olish usuli;
ekspert-tahliliy usul.
51. Asosiy parametrning yomonlashuvi usuli jismoniy eskirish baholash obyektiga xos muayyan bir foydalanish parametrining (unumdorligi, aniqligi, quvvati, yonilgʻi sarfi va h.k.) yomonlashuvida namoyon boʻlishini nazarda tutadi. Agar mazkur turdagi mashina/uskunalar uchun shunday parametr topilgan boʻlsa, u holda jismoniy eskirish quyidagi tartibda hisoblanadi:
X, Xo — baholash obyektining undan foydalanila boshlagunga qadar va baholash paytidagi asosiy parametri qiymatlari;
n — asosiy parametrning baholash obyekti qiymatiga taʼsir kuchini tavsiflovchi daraja koʻrsatkichi (0,6 — 0,8).
52. Normativ eskirish usuli baholash obyekti haqiqatdagi xizmat muddatining normativ muddatga nisbati sifatida jismoniy eskirish hisoblanishini anglatadi. Mazkur usulni normativ-texnik hujjatlarda bosib oʻtadigan masofasi normativi yoki xizmat qilish muddati belgilangan baholash obyektlari uchun qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Bunda jismoniy eskirish quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Tef — baholash obyektining baholash sanasidagi samarali yoshi (ishlagan vaqti);
Tn — hisobdan chiqarish yoki kapital taʼmirlashgacha normativ xizmat muddati (ishlagan vaqti).
Baholash obyektining unumdorlik yoshi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Tost — qoldiq xizmat muddati.
53. Jismoniy eskirishni oʻlchashning toʻgʻridan toʻgʻri usulida eskirishni bartaraf etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan baholash obyektining alohida elementlarini (pul ifodasida) almashtirish xarajatlari summasi hisoblanadi. Shundan soʻng ushbu summa yangi (analogik) obyektning qiymati bilan solishtiriladi:
Sr — eskirishni bartaraf etish uchun talab qilinadigan taʼmirlash qiymati;
Sa — yangi analogning qiymati.
54. Xronologik yoshga tuzatish kiritish usuli bilan jismoniy eskirishni hisob-kitob qilish baholash obyektini ishlab chiqarish xususiyati, foydalanish muhiti, ishning smenaliligi va sharoitlariga asoslanadi. Hisob-kitob quyidagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi:
Ifiz = T * Ksm * Kxp * Kur bu yerda:
T — uskunaning xronologik yoshi;
Ksm — smenalilik koeffitsiyenti;
Kxp — ishlab chiqarish xususiyati koeffitsiyenti (0,9-1 ommaviy ishlab chiqarish uchun, 0,67 — 0,77 turkum ishlab chiqarish uchun, 0,5 — 0,65 bir marta ishlab chiqarish uchun);
Kur — ish sharoitlari koeffitsiyenti (sex binosida ishlaganda 1, alohida xonada ishlaganda 0,6-0,7, ishning zararli sharoitlarida 1,3 — 1,5).
55. Tiklanish usuli baholash obyektini yangi holatga keltirgunga qadar tiklash xarajatlarini:
keyinchalik foydalanishga yaroqliligidan qatʼi nazar, alohida asosiy agregatlar va qismlarni (uzellarni) yangilariga almashtirish bilan kapital taʼmirlashga xarajatlar summasini;
yangi baholash obyektini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar summasini jamlash yoʻli bilan jismoniy eskirishni hisob-kitob qilishni nazarda tutadi:
Ifiz = ∑ Skr + ∑ Sp bu yerda:
Skr — kapital taʼmirlashni oʻtkazishga xarajatlar summasi;
Sp — yangi baholash obyektini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar summasi (transport xarajatlari, majburiy toʻlovlar).
56. Oʻrtacha oʻlchangan eskirish usuli jismoniy eskirishni hisob-kitob qilishga asoslangan boʻlib, bunda baholash obyekti alohida konstruktiv elementlarining umuman baholash obyekti qiymatidagi salmogʻini hisobga olgan holda haqiqatdagi holati boʻyicha eskirish aniqlanadi.
Eskirishni aniqlash mazkur usuli ishlab chiqaruvchi zavod texnik hujjatlariga muvofiq salmoqlarning normativlari mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
Baholash obyekti, shuningdek uning butlovchi qismlari uchun jismoniy eskirish quyidagi formula boʻyicha hisob-kitob qilinadi:
Ifiz i — baholanayotgan baholash obyekti i-konstruktiv elementining (uzelining) jismoniy eskirishi, foizda;
ai — butun baholash obyektining tannarxida i-uzel tannarxining salmogʻi;
n — baholanayotgan baholash obyektining konstruktiv elementlari (uzellari) soni.
57. Yoshni va qilingan kapital taʼmirlashlarni hisobga olish usuli texnik hujjatlar bilan rejali kapital taʼmirlashlarni oʻtkazish nazarda tutilgan baholash obyektlariga nisbatan qoʻllaniladi. Eskirish quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
α — bir marta kapital taʼmirlash oʻtkazilgandan keyin jismoniy eskirish kattalashadigan doimiy miqdor, foizda;
k — baholash sanasiga qadar oʻtkazilgan kapital taʼmirlashlarning soni;
e — natural logarifmaning asosi, e ≈ 2,72;
Tk — oxirgi kapital taʼmirlash oʻtkazilgan paytdan boshlab baholash obyektining baholash sanasidagi haqiqatdagi xizmat muddati;
Tnkr — baholash obyektining kapital taʼmirlashga qadar boʻlgan normativ xizmat muddati.
Bir marta kapital taʼmirlash oʻtkazilgandan keyin jismoniy eskirish kattalashadigan α doimiy miqdori oʻrtacha 20 foizga teng deb qabul qilinadi (agar texnik hujjatlarda boshqacha miqdor belgilangan boʻlsa, texnik hujjatlardagi maʼlumotlar asos sifatida qabul qilinadi).
58. Ekspert-tahliliy usul mazkur Uslubiy koʻrsatmalarga 2-ilovada keltirilgan Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasiga muvofiq eskirish natijasida obyektning ehtimoliy texnik holatlari tavsiflaridan birini baholash obyekti bilan solishtirishdan iboratdir.
59. Jismoniy eskirishni baholash usullari bilan hisoblab chiqarilgan baholash obyektining jismoniy eskirishini baholash natijasi Uslubiy koʻrsatmalarga 2-ilovada keltirilgan Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasiga muvofiq jismoniy eskirish hajmi diapazoni boʻyicha texnik holat tavsiflariga mos kelishi zarur.
60. Jismoniy eskirish hisob-kitoblari Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasi koʻrsatkichlaridan farqlanganda baholovchi koʻzdan kechirish dalolatnomasida keltirilgan hamda baholash obyektining holati bahosiga mos keluvchi xulosalarni hisobga olgan holda hisob-kitoblar natijalariga tuzatish kiritishi zarur.
61. Funksional eskirish baholash obyektining ishlab chiqarishdan olib tashlanishi, xuddi shunday mashina va uskunalarni ishlab chiqarish sohasida yangi texnologiyalarning rivojlanishi munosabati bilan baholash obyekti u yoki bu xossalarining isteʼmol jozibadorligi pasayishi bilan belgilanadi. Funksional eskirish maʼnaviy va texnologik eskirishga boʻlinadi.
Maʼnaviy eskirish — xuddi shunday qurilmalarning xossalari va tavsiflarining yaxshilanishi (texnik parametrlari yoki konstruktiv yechimlarining oʻzgarishi, yangi imkoniyatlarining vujudga kelishi, koʻproq ekologikligi, energiya sarfini tejashi va h.k.) yoki ular turkum ishlab chiqarilishining arzonlashuvi sababchi boʻlgan eskirish.
Texnologik eskirish — xuddi shunday qurilmalarda foydalaniladigan konstruktiv materiallarning dizayni va tarkibidagi farqlanish, ishlab chiqarish (ishlov berish) texnologik siklining oʻzgarishi, qulayliklar va mexanika oʻrniga elektronika tufayli yangi funksiyalarning qoʻshilishi sababchi boʻlgan eskirish.
62. Funksional eskirish quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Ifunk = 1 — (Po / Pan) n bu yerda:
Po — baholash obyekti unumdorligi koʻrsatkichi (natural birliklarda yoki pul ifodasida);
Pan — funksional takomillashuv alomatlari boʻlgan yangi analogning unumdorlik koʻrsatkichi (natural birliklarda yoki pul ifodasida);
n — qoʻllanilayotgan parametrning baholash obyekti qiymatiga taʼsir kuchini tavsiflovchi daraja koʻrsatkichi (narxni toʻxtatish koeffitsiyenti) (0,6 — 0,8).
63. Baholash obyektining funksional eskirishini hisoblashda ham texnologik, ham funksional eskirishni hisobga olish zarur.
64. Tashqi eskirish baholash obyektining qiymatiga tashqi omillarning salbiy taʼsir koʻrsatishi bilan yuzaga kelgan eskirishdan iboratdir. Tashqi omillarga quyidagilar kiradi: bozordagi vaziyat, moliyalashtirish shartlari, foydalanishdagi cheklovlar, infratuzilmaning, qonun hujjatlarining oʻzgarishi va boshqalar.
65. Baholash obyektining jalb etilmagan zaxiralarini (ishlab chiqarish quvvatlari) va buning oqibatida foyda (daromad) darajasining yoʻqotilishini aniqlash tashqi eskirishni hisoblashni taqozo etadi, bu baholash obyekti qiymatining pasayishida aks etadi.
66. Tashqi eskirishning hisob-kitobi quyidagi formulaga binoan amalga oshiriladi:
67. Xarajat yondashuvini qoʻllaganda baholash obyektining qiymati jamlangan eskirishni chegirgan va tashqi qimmatlashuvni hisobga olgan holda baholash obyektining tiklanish qiymati (almashtirish qiymati) sifatida aniqlanadi. Baholash obyekti qiymatini hisoblash formulasi:
S = Sv * (100%– Isov) bu yerda:
Sv — baholash obyektining tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymati;
Isov — baholash obyektining jamlangan eskirishi, foizda.
4-§. Daromad yondashuvi
68. Daromad yondashuvi mashina va uskunalarning joriy qiymatini ulardan foydalanishdan (ekspluatatsiya qilishdan) olinadigan kelgusidagi daromadlarning yigʻindisi sifatida aniqlashga asoslanadi.
69. 15-son MBMS doirasida daromad yondashuvi quyidagi usullarni qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi:
foydani toʻgʻridan toʻgʻri kapitallashtirish usuli;
qoldiq usuli;
teng samarali funksional analog usuli.
70. Daromad yondashuvi usullari baholash obyektidan foydalanishdan sof operatsion daromad miqdorini kapitallashtirishga asoslangan.
Sof operatsion daromad operatsion xarajatlar summasini yalpi daromad miqdoridan ayirish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda, shuningdek, sof operatsion daromadning miqdori savdo markasi (brend) uchun pul ustamasidan tozalangan boʻlishi zarur.
Sof operatsion daromadning oʻrtacha yillik miqdoriga joriy moliya yili davomida baholash obyektining yuklanganligini hisobga olgan holda tuzatish kiritiladi.
71. Daromadni toʻgʻridan toʻgʻri kapitallashtirish usuli quyidagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi:
S — baholash obyektining qiymati;
ChOD — sof operatsion daromad;
Rk — kapitallashtirish stavkasi (koeffitsiyent ifodasida).
72. Qoldiq usulini texnologik majmuani yalpi biznes doirasidagi mulkiy majmua (yoki ishlab chiqarish sexi) sifatida ajratish imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda qoʻllash mumkin.
73. Qoldiq usuli texnologik majmua ulushiga toʻgʻri keladigan sof operatsion daromadning bir qismini kapitallashtirish asosida amalga oshiriladi.
74. Texnologik majmuaning ishlab chiqarish faoliyatidan sof operatsion daromadni hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
korxonaning butun mulkiy majmuasidan uskunasi baholanishi lozim boʻlgan majmua (yalpi, shartli ravishda mustaqil) ajratiladi;
ushbu majmuaga toʻgʻri keladigan korxona sof daromadining ulushi hisob-kitob qilinadi (korxonaning moliyaviy hisoboti va/yoki ishlab chiqarish hisoboti asosida);
sof daromad ulushidan texnologik majmua joylashgan yer uchastkasiga tegishli qism aniqlanadi. Hisob-kitob quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
ChDzem = Szem * Kzem bu yerda:
ChDzem — yer uchastkasi hisobidan olingan sof daromad;
Szem — yer uchastkasining bozor qiymati;
Rzem — kapitallashtirish stavkasi;
baholanayotgan texnologik majmuaga toʻgʻri keladigan sof daromad ulushidan mazkur texnologik majmuaning binosiga toʻgʻri keladigan qism ajratiladi. Hisob-kitob quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
ChDzd = Szd * Kzd bu yerda:
ChDzd — binolar hisobidan olingan sof daromad;
Szd — binoning bozor qiymati;
Rzd — kapitallashtirish stavkasi;
texnologik majmuaning mashinalari/uskunalariga toʻgʻri keladigan sof daromad ulushi (ChDob) yer uchastkasi va binolar hisobidan olingan sof daromadlar miqdorini ayirish yoʻli bilan aniqlanadi:
ChDob = ChDik — ChDzem — ChDzd bu yerda:
ChDik — korxonaning (yalpi biznesning) mulkiy majmuasiga toʻgʻri keladigan sof daromad;
baholanayotgan mashinalar/uskunalarga toʻgʻri keladigan sof daromad ulushi qoldiq usuli bilan aniqlanadi:
Sob — baholanayotgan uskunaning qiymati;
ChDob — baholanayotgan uskunaga toʻgʻri keladigan sof daromad;
Rk — kapitallashtirish stavkasi (koeffitsiyent ifodasida).
Yer uchastkasi va koʻchmas mulkning bozor qiymati boshqa baholash standartlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
75. Teng samarali funksional analog usuli quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
xuddi shunday funksiyalarni bajaruvchi, lekin unumdorligi, xizmat muddati, uning yordamida tayyorlangan mahsulot sifati, boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha baholanayotgan obyektdan farqlanishi mumkin boʻlgan analog (tayanch obyekt) tanlanadi;
baholanayotgan obyektdan olinadigan daromad aniqlanadi, lekin toʻliq hajmda emas, balki baholanayotgan obyektning daromadi xuddi shunday (tayanch) obyektdan farqlanadigan qismidagina.
76. Baholash obyektining qiymati, ularning foyda keltirishi bir xil boʻlgandagina tayanch analog narxidan kelib chiqib aniqlanadi. Usul texnika samaradorligi nazariyasi qoidalariga asoslanadi.
77. Agar samaradorlik nolga teng (teng samaradorlik sharti) deb faraz qilinsa, bunda qoʻllaniladigan matematik model qiyosiy iqtisodiy samarani hisoblash formulasidan olinadi:
S — baholash obyektining qiymati;
Sb — tayanch analogning narxi;
I, Ib — tegishli ravishda baholash obyekti va tayanch analogning yillik foydalanish chiqimlari (amortizatsiyani hisoblamaganda);
Ka, Ka.b. — qoplash fondi omiliga binoan hisoblab chiqariladigan, tegishli ravishda baholash obyekti va tayanch analogning amortizatsiya koeffitsiyenti;
Q, Qb — tegishli ravishda baholash obyekti va tayanch analog tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi;
Rk — kapitallashtirish stavkasi.
Teng samarali funksional analog usulida baholanayotgan obyekt qiymati, basharti ular bir xil foyda keltirsa, tayanch analog narxidan chiqariladi.
78. Mashina va uskunalar qiymatini baholashga daromad yondashuvi usullarini qoʻllash kapitallashtirish stavkasidan foydalanishni nazarda tutadi.
79. Mavjud axborotga qarab kapitallashtirish stavkasi bozor ekstraksiyasi usuli yoki kumulyativ tuzish usuli bilan hisoblanishi mumkin.
80. Bozor ekstraksiyasi usuliga muvofiq kapitallashtirish stavkasi sof operatsion daromad va aynan bir xil obyektlarni sotish narxi toʻgʻrisidagi bozor maʼlumotlarining tahlili asosida aniqlanadi:
ChOD — har bir sotilgan obyekt boʻyicha sof operatsion daromad;
S — sotish narxi.
81. Kumulyativ tuzish usuli bilan kapitallashtirish stavkasi tavakkalsiz daromad keltirish normasi hamda baholash obyektiga egalik qilish va undan foydalanish tavakkalchiligi uchun baholash obyektiga xos boʻlgan daromad keltirish normasining summasi sifatida aniqlanadi:
Rk = Ro + Rs + Rl + Rin + nk bu yerda:
R — kapitallashtirish stavkasi;
Ro — tavakkalsiz foiz stavkasi, foizda;
Rs — tarmoq tavakkalchiligi, foizda;
Rl — past likvidlilikka mukofot, foizda;
Rin — baholash obyektiga investitsiyalash tavakkalchiligi, foizda;
nk — kapitalga qaytish normasi, foizda.
Kapitalning qaytish normasini hisoblash uchun quyidagi usullarning biridan foydalaniladi:
investitsiyalangan kapital teng ulushlarda qoplanishini nazarda tutadigan Ring usuli (toʻgʻridan toʻgʻri qaytish):
nk= 1 / p bu yerda:
p — investitsiyalar qaytishi taxmin qilinayotgan vaqt davri;
kapitalning qaytish summalarini kapital uchun daromad keltiruvchi stavkada qayta investitsiyalashda foydalaniladigan Invud usuli:
nk = sff (n, Ron) bu yerda:
sff — stavka kapital uchun daromad keltiruvchi stavkaga teng boʻlganda qoplash fondi omili;
Ron — kapital uchun daromad keltiruvchi stavka;
kapitalning qaytish summalari tavakkalsiz stavka boʻyicha qayta investitsiyalanganda foydalaniladigan Xoskold usuli:
nk = sff ( n, Ro )
82. Baholash obyekti qiymati daromad yondashuvi bilan hisob-kitob qilinishi asos qilib olinadigan daromad shakllangan davrga muvofiq keluvchi davr uchun baholash obyektining amortizatsiyasini hisobga olgan holda kapitallashtirish stavkasiga tuzatish kiritish zarur.
83. Baholash obyekti tavsiflari va undan foydalanish sohasining oʻziga xosligidan kelib chiqib, tavakkalchilik uchun daromad keltirish normalari muayyan obyektga xos boʻlgan tavakkalchiliklarning boshqa turlari bilan toʻldirilishi mumkin.
5-§. Qoʻllanilgan baholash yondashuvlarining natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash
84. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish hamda baholashning turli yondashuvlarini qoʻllab olingan natijalarni oʻlchash va qiyoslash yoʻli bilan baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi:
mantiqiy muvofiqlashtirish usulida baholovchi amalga oshiradigan tahlil asosida, barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda solishtirma oʻlchamlarni tanlashdan iborat. Baholovchi tomonidan ustuvor yondashuv belgilanadi, qolgan yondashuvlarning natijalaridan esa ustuvor yondashuv yordamida olingan natijani tekshirish va unga tuzatish kiritish uchun foydalaniladi;
matematik oʻlchash usulida baholashga turlicha yondashuvlar bilan olingan natijalarning ulushlarini aniqlash uchun bir nechta mezonlardan foydalaniladi, ularning yordamida qoʻllanilgan hisoblash usulining afzalliklari yoki kamchiliklari muayyan obyektni baholash xususiyatlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi.
85. Ulushlarni aniqlashda baholovchi quyidagi asosiy omillarni tahlil qilishi lozim:
baholash maqsadini va baholash natijalaridan foydalanish moʻljalini;
baholash obyektining xususiyatini;
tahlil va hisob-kitoblar oʻtkazilishiga asos boʻlgan axborotning batafsilligini;
baholash yondashuvi baholash obyektiga oʻxshash obyektlarning odatdagi xaridorlari va sotuvchilari motivatsiyasini aks ettirishga qodirligini;
baholash yondashuvi bozor konyunkturasini hisobga olishga qodirligini.
86. Baholash obyekti qiymatining yakuniy miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S is = (Sd * K1) + (Ss * K2) + (Sz * K3) bu yerda:
Sis — baholash obyektining yakuniy qiymati;
Sd, Ss, Sz — tegishincha daromad, qiyosiy va xarajat yondashuvlari bilan aniqlangan qiymatlar;
K1, K2, K3 — har bir baholash yondashuvi uchun tanlangan tegishli salmoqlarni belgilovchi koeffitsiyentlar.
Bunda quyidagi shart bajarilishi lozim:
K1 + K2 + K3 = 1
7-bob. Baholash toʻgʻrisida hisobot tuzish
87. Toʻplangan axborot natijasining tasdigʻini va tegishli hisob-kitoblarni oʻz ichiga olgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholovchining baholash obyekti qiymatiga doir xulosasi taqdim etiladi.
88. Baholash toʻgʻrisida hisobotni tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
baholash toʻgʻrisidagi hisobot baholash obyekti qiymatini aniqlash uchun muhim boʻlgan barcha axborotni oʻz ichiga olgan boʻlishi zarur;
baholashni oʻtkazishda foydalanilgan yoki hisob-kitoblar natijasida olingan, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan axborot tasdiqlangan boʻlishi zarur;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning mazmuni mazkur hisobotdan foydalanuvchilarni chalgʻitmasligi, shuningdek turlicha talqin qilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan materiallar tarkibi va ketma-ketligi hamda baholash jarayoni tavsifi qiymat hisoblanishini va xuddi shunday natijalarni olish imkoniyatini berishi lozim;
baholash jarayonida foydalanilmagan axborot, agar bunday axborotni ilova qilish baholash faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining talablariga binoan majburiy boʻlmasa, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilmasligi lozim.
89. Baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobot quyidagi boʻlimlar va ularning qismlaridan iborat boʻlishi lozim:
a) I boʻlim “Titul varagʻi” — baholash toʻgʻrisidagi hisobotning birinchi sahifasi hisoblanadi va hujjatni qidirish uchun zarur boʻlgan birlamchi axborot manbai boʻlib xizmat qiladi.
Titul varagʻida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning roʻyxat raqami;
ishning nomi;
baholash obyektining nomi;
baholashdan maqsad va moʻljal;
buyurtmachining nomi;
baholovchi tashkilotning nomi;
baholash sanasi;
baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sana.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobot ikki va undan ortiq kitobdan iborat boʻlsa, har bir kitob birinchi kitobning titul varagʻiga muvofiq boʻlgan va mazkur kitobga daxldor maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan oʻz titul varagʻiga ega boʻlishi lozim. Kitob raqami titul varagʻiga qoʻyiladi;
b) II boʻlim “Mundarija” — tegishli sahifalarning raqamlari koʻrsatilgan barcha boʻlimlar, kichik boʻlimlar, bandlar (agar ular nomlangan boʻlsa), ilovalar nomini oʻz ichiga oladi.
Ikki va undan ortiq kitobdan iborat boʻlgan baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilganda ularning har birida oʻz mundarijasi boʻlishi lozim. Bunda birinchi kitobda butun baholash toʻgʻrisidagi hisobotning kitoblar raqamlari koʻrsatilgan mundarijasi, keyingi kitoblarda — faqat tegishli kitob mundarijasi joylashtiriladi. Birinchi kitobda keyingi kitoblar mundarijasi oʻrniga faqat ularning nomini koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi;
v) III boʻlim “Ilova xat (umumlashtiruvchi qism)” buyurtmachiga baholashni oʻtkazish natijalari haqidagi erkin shaklda (ish uslubida) bayon etilgan xabarni oʻz ichiga oladi. Xatda quyidagilar koʻrsatiladi:
baholashni oʻtkazish uchun asos;
baholash obyektining nomi va roʻyxatga olingan manzili;
bajarilgan ishlar mazmunining qisqacha bayoni;
qiymat aniqlangan sanadagi baholash obyektining qiymati haqida xulosa;
baholash toʻgʻrisidagi hisobot qaysi qonun hujjatlariga muvofiq tayyorlangan boʻlsa, shu hujjatlarga havola;
ilova xat baholash toʻgʻrisidagi hisobot asosida tayyorlangani va faqat hisobotning toʻliq matniga bogʻliq ravishda, yaʼni hisobotda qabul qilingan barcha farazlar va cheklashlarni hisobga olgan holda talqin qilinishi mumkinligiga koʻrsatma.
Ilova xat baholovchi tashkilotning firma blankasida rasmiylashtiriladi, uning rahbari tomonidan imzolanadi va muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi;
g) IV boʻlim “Kirish” asosiy dalillar va xulosalarning qisqacha bayonini oʻz ichiga oladi. Mazkur boʻlimga quyidagi qismlar kiritilishi lozim:
asosiy dalillar va xulosalar, bu yerda quyidagilar koʻrsatiladi:
baholash obyekti haqida umumiy axborot;
baholash toʻgʻrisida shartnoma nomi, uning raqami va tuzatilgan sanasi;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotga soʻnggi tuzatish kiritilgan va hisobot taqdim etilgan koʻrinishda rasmiylashtirilgan kalendar sanaga muvofiq boʻlgan baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sana;
baholash maqsadi va qiymat turi;
baholash buyurtmachisi haqida maʼlumotlar yuridik shaxslar uchun — nomi, rekvizitlari, jismoniy shaxslar uchun — F.I.Sh., pasport maʼlumotlari;
baholovchi tashkilot haqida (toʻliq nomi, yuridik manzili, fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash haqidagi maʼlumotlar, baholash faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan litsenziya raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati) hamda baholovchi tashkilot bilan mehnat shartnomasiga asosan ishlaydigan baholovchi haqida (familiyasi, ismi, otasining ismi, baholashni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat raqami va berilgan sanasi). Shuningdek, baholashni oʻtkazish va baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlashga jalb qilinadigan barcha tashkilotlar va mutaxassislar haqida axborot ularning malakasi va baholash obyektini baholashda ularning ishtirok etish darajasini koʻrsatgan holda keltirilishi lozim;
baholash natijalariga taʼsir koʻrsatgan farazlar va cheklovchi shartlar (mavjud boʻlganda);
d) V boʻlim “Asosiy qism” quyidagi majburiy qismlarni oʻz ichiga olishi lozim:
baholash jarayoni bosqichlari, bu yerda baholovchi oʻzi bajargan ishlar ketma-ketligini bosqichma-bosqich bayon etadi. Har bir bosqichda baholash obyektini baholash boʻyicha bajarilgan ishlar haqida umumiy maʼlumotlar keltiriladi (bajarilgan ishlarning oddiy roʻyxatini keltirishga yoʻl qoʻyiladi). Amalga oshirilgan tahlil va hisob-kitoblarning yanada batafsil tavsifi baholash obyektining xususiyatlari, baholash topshirigʻi va mavjud axborot hajmiga muvofiq quyidagi qismlarda keltiriladi;
baholash obyektining tavsifi, bu yerda baholash obyektining miqdor va sifat koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni olish jarayoni ham axborotni olishning aniq manbalarini, hujjatning nomi, raqami, sanasini va uni identifikatsiya qiluvchi boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda aks ettiriladi.
Agar buyurtmachining soʻralayotgan axborotni taqdim etishdan bosh tortishi baholash natijalarining aniqligi va/yoki haqqoniyligiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatsa, bu holat baholash toʻgʻrisidagi hisobotda qayd etiladi.
Baholash obyektining tavsifi baholash toʻgʻrisidagi hisobotdan foydalanuvchida baholash obyektining qimmatliligiga taʼsir etadigan barcha jihatlardan baholash obyekti haqida xolis tasavvurni shakllantirishi lozim.
Baholash obyekti bozorining tahlili uning qiymatiga taʼsir etadigan barcha omillar tahlilini oʻz ichiga olishi lozim. Boʻlimda baholash obyekti qiymatini aniqlashda foydalanilgan narxni shakllantiruvchi barcha omillar haqida axborot keltirilishi va ularning qiymatlari asoslanishi lozim.
Baholovchi foydalanilgan barcha qonun hujjatlarini ham baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirishi kerak.
Baholash jarayoni tavsifi baholash toʻgʻrisidagi hisobotdan foydalanuvchiga baholash jarayoni mantigʻini va baholovchi baholash obyekti qiymatini aniqlash yoʻlida tashlagan qadamlarning muhimligini tushunish imkoniyatini beruvchi baholash obyekti qiymatini aniqlash ketma-ketligini oʻz ichiga olishi lozim.
Har bir yondashuv doirasida baholovchi oʻzining barcha tahlillari, hisob-kitoblari, fikr-mulohazalarini keltiradi. Qabul qilingan yondashuvlar doirasida baholash usullarini qoʻllab baholashni amalga oshirishda baholovchining har bir harakati lozim darajada asoslangan boʻlishi kerak.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan barcha axborotni tekshirish imkoniyati boʻlishi lozim.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda, shuningdek, baholovchining fikriga koʻra u qoʻllagan baholash obyekti qiymatini hisoblash usulini toʻla aks ettirish uchun muhim hisoblangan har qanday maʼlumotlar aks ettirilishi mumkin;
e) VI boʻlim “Xulosa” quyidagi qismlardan tarkib topishi lozim:
muqofiqlashtirish taomili tavsifini keltirgan holda turli yondashuvlarni qoʻllab olingan baholash obyektini baholash natijalarini muvofiqlashtirish;
baholash yondashuvlarining har biri yordamida olingan natijalar oʻrtasidagi jiddiy tafovut uning ehtimoliy sabablari xususidagi asoslangan sharhlar bilan bayon etilishi kerak.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning xulosa qismida sifat toʻgʻrisida bayonot — baholovchining baholash toʻgʻrisidagi hisobot qonun hujjatlari va qoʻllanilayotgan baholash standartlari talablariga muvofiqligi haqidagi rasmiy bayonoti ifoda etilishi kerak;
j) VII boʻlim “Ilovalar” baholashni oʻtkazishda foydalanilgan bosma shakldagi barcha axborotni (shu jumladan internet-sahifalarni), shuningdek hisob-kitoblar va hisob-kitob jadvallarini oʻz ichiga olishi kerak.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotga ilova qilingan barcha hujjatlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim (bunga vakolatli shaxs tomonidan imzolangan hamda hujjatlarni taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak, bundan Internet tarmogʻi yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan olingan axborot mustasno).
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotga ilovalar baholovchi tashkilot litsenziyasi, baholovchining baholashni oʻtkazish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalarini, fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash polisining nusxasini ham oʻz ichiga olishi lozim.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda ilovadagi hujjatlarning toʻliq roʻyxati keltirilishi lozim.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobot nusxasini baholovchi tashkilot hisobot tuzilgan sanadan eʼtiboran qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlashi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”ni qoʻllash boʻyicha Uslubiy koʻrsatmalarga
1-ILOVA

‎‎Baholash obyektining texnik holati toʻgʻrisida
‎DALOLATNOMA
‎(namunaviy shakl)

______________ sh.‎ ‎‎20__ yil “___” _________
‎‎Komissiya tarkibi:
‎‎1. ____________________________________________________ (komissiya raisi)
‎2. ____________________________________________________
‎…
‎n. ____________________________________________________
‎Quyidagilar ishtirokida:
‎1. ____________________________________________________
‎2. ____________________________________________________
‎…
‎n. ___________________________________________________
‎Baholash obyektining nomi (texnik hujjatlarga muvofiq koʻrsatiladi; texnik hujjatlar boʻyicha nomi buxgalteriya hujjatlaridagi nomi bilan tafovut qilganda keyingisi drob orqali koʻrsatiladi): _____________ ___________________________________________________________________________________________.
‎Modeli (ishlab chiqaruvchini koʻrsatgan holda rusumi): _______________________________________________
__________________________________‎_________________________________________________________.
‎Joylashgan joyi (joriy): ______________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Inventar raqami: ____________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Balans qiymati: ______________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Qoldiq qiymati: ______________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Ishlab chiqarilgan yili: _______________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Foydalanishga topshirilgan sanasi: ______________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Tasnifi: ishlab chiqarish / noishlab chiqarish.
‎Huquqlar: mulkda / egalikda / foydalanishda.
‎Maqsadi (asosiy): ____________________________________________________________________________
‎Xizmat muddati: normativ ________________________
‎‎qoldiq ____________________________
‎‎Qilingan oxirgi taʼmir:
‎kapital (ishlarning turi va summasi) _____________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________‎___;
‎joriy (ishlarning turi va summasi) _____________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Baholash obyektining jismoniy holati: ___________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Koʻzdan kechirishda foydalanilgan material va uskunalar: ____________________________________________ ___________________________________________________________________________________________.
‎Koʻzdan kechirishda ishtirok etganlarning alohida fikr-mulohazalari: ___________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Dalolatnomaga ilova qilinadigan hujjatlar: ______________________________________________________
‎__________‎_________________________________________________________________________________.
‎‎Koʻzdan kechirishda ishtirok etganlarning imzolari:
‎‎1. ___________________________________________
‎2. ___________________________________________
‎3. ___________________________________________
‎4. ___________________________________________
‎5. ___________________________________________
‎‎m.oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)
‎‎‎m.oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)
‎‎‎m.oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)
‎‎‎m.oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)
‎‎‎m.oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)
Izoh: baholash obyektining texnik holati toʻgʻrisidagi dalolatnoma namunaviy hisoblanadi hamda zarur hoshiyalar va ustunlar, boshqa zarur axborot bilan toʻldirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”ni qoʻllash boʻyicha Uslubiy koʻrsatmalarga
2-ILOVA
Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari
ShKALASI

Holatning bayoni

Texnik holatning tavsifi

Xizmat muddatining qoldigʻi, foizda

Eskirish, foizda

Yangi

Yangi, biroq davlat organlarida roʻyxatdan oʻtkazilmagan, aʼlo darajadagi holatda, savdoga tayyorlashdan keyingi davrda, foydalanish belgilari mavjud emas.

100

95

0

5

Juda yaxshi

Deyarli yangi, foydalanishning kafolatli davrida, texnik xizmatlar hajmi koʻrsatilgan va taʼmirga yoki biror-bir qismini almashtirishga ehtiyojsiz.

90

85

10

15

Yaxshi

Foydalanishning kafolatli davridan keyingi davrda, texnik xizmatlar hajmi koʻrsatilgan, joriy taʼmirga yoki biror-bir qismini almashtirishga ehtiyojsiz. Mukammal taʼmirdan soʻng.

80

75

70

65

20

25

30

35

Qoniqarli

Oldin foydalanishda boʻlgan, texnik xizmatlar hajmi koʻrsatilgan, joriy taʼmirga yoki ayrim detallarni almashtirishga ehtiyoj bor, lok-boʻyoq qoplamasining biroz zararlanishi mavjud.

60

55

50

45

40

40

45

50

55

60

Shartli-yaroqli

Oldin foydalanishda boʻlgan, agregatlar joriy taʼmirdan chiqqach, kuzov (kabina) taʼmirlangach (almashtirilgach) keyinchalik foydalanishga yaroqli.

35

30

25

20

65

70

75

80

Qoniqarsiz

Oldin foydalanishda boʻlgan, raqamli agregatlarning (dvigatel, kuzov, ramalar) mukammal taʼmirlanishi yoki almashtirilishi, toʻliq boʻyalishi talab qilinadi.

15

10

85

90

Qoʻllashga yaroqsiz

yoki lom

Oldin foydalanishda boʻlgan, bajarilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikdan oshadigan hajmda taʼmirga talab bor; buni bajarish uchun texnik imkoniyat�ing yoʻqligi; foydalanishga va taʼmirga yaroqli emas.

2,5

0

97,5

100

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 600-modda)