Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2090-14]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir M.IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-iyun,
149-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 508-bandning beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 53-bandning yettinchi xatboshisidagi “sud ijrochisining qarori yoxud sud ijrochisi” degan soʻzlar “davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 77-bandning oltinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalarining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 80-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 96-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 131-bandning uchinchi xatboshisidagi “sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisi,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7. 136-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 284-banddan “sud ijrochilari” degan soʻzlar “davlat ijrochilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 285-bandning uchinchi xatboshisidagi “sud ijrochisining” degan soʻzlar “davlat ijrochisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 3471-banddan “qarzdor doimiy roʻyxatda turgan joydagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11. Ilovaning izohida:
birinchi xatboshidagi “sud ijrochilarining” degan soʻzlar “davlat ijrochilarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “sud ijrochilari” degan soʻzlar “davlat ijrochilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 566-modda)