Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Qarori
“Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2665-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/8-son “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2665, 2015-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 185-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-may,
239/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-son qaroriga
ILOVA
“Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “Doktorlik dissertatsiyasi” degan soʻzlar “Dissertatsiya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
a) nomidagi, 2-bobning ikkinchi paragrafi nomidagi, 3-bobning nomidagi, 3-bobning birinchi paragrafi nomidagi hamda 3-bobning ikkinchi paragrafi nomidagi “Doktorlik dissertatsiyasi” degan soʻzlar “Dissertatsiya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF–4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy) hamda fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi (bundan buyon matnda dissertatsiya deb yuritiladi) va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini belgilaydi.”;
birinchi xatboshidagi “Doktorlik dissertatsiyani” degan soʻzlar “Dissertatsiyani” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidan “va dissertatsiyaga kiritilishi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Doktorlik dissertatsiyasi” degan soʻzlar “Dissertatsiyani” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“natijalari” degan soʻz chiqarib tashlansin;
d) 2-bobning nomida “Doktorlik dissertatsiyasini” degan soʻzlar “Dissertatsiyani” degan soʻz bilan almashtirilsin;
e) 2-bobning birinchi paragrafi nomidagi “Doktorlik dissertatsiyasiga” degan soʻzlar “Dissertatsiyaga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
j) 3-banddagi “Dissertatsiyani rasmiylashtirish katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchining tanlovi boʻyicha” degan soʻzlar “Dissertatsiyani rasmiylashtirish doktorant yoki mustaqil izlanuvchining xohishiga koʻra” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 4-banddagi “1-ilovasiga” degan soʻzlar “1 va 1a-ilovalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi hamda 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doktorlik dissertatsiyasi” degan soʻzlar “dissertatsiya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
k) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak:
dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati;
tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi;
dissertatsiya mavzusi boʻyicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi uchun);
muammoning oʻrganilganlik darajasi;
dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʻliqligi;
tadqiqotning maqsadi;
tadqiqotning vazifalari;
tadqiqotning obyekti;
tadqiqotning predmeti;
tadqiqotning usullari;
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
tadqiqotning amaliy natijalari;
tadqiqot natijalarining ishonchliligi;
tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati;
tadqiqot natijalarining joriy qilinishi;
tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi;
tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi;
dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.”;
l) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uchta bobdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining asosiy qismi esa, kamida toʻrtta bobdan iborat boʻlishi lozim.”;
m) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining hajmi 60 varaqdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining hajmi esa, 100 varaqdan oshmasligi kerak (matn varaqning old va orqa tomoniga yoziladi). Ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishidagi dissertatsiya hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Mundarija, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, shartli belgilar va atamalar roʻyxati hamda ilovalar koʻrsatilgan hajmga kiritilmaydi.”;
n) 18-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dissertatsiya matni A4 formatdagi standart qogʻoz varagʻining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida, 1,5 qator oraligʻida (“polutorniy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda boʻlishi lozim.”;
o) 23-banddagi “havola qilinganda,” degan soʻzlar “havola satr osti eslatmalarda keltiriladi yoki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
p) 26-banddagi “mumkin” degan soʻz “lozim” degan soʻz bilan almashtirilsin;
r) 32-banddagi “2-ilovasiga” degan soʻzlar “2 va 2a-ilovalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
s) 34-banddagi “3-ilovasiga” degan soʻzlar “3 va 3a-ilovalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
t) 40-banddagi “doktorlik dissertatsiyalarining” degan soʻzlar “dissertatsiyalarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
u) 42 va 43-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati oʻzbek va rus yoki ingliz tillarida 2 bosma taboq, har bir tilda 1 bosma taboq hajmda tayyorlanib, uning uchinchi tildagi (rus yoki ingliz) qisqacha mazmuni ham beriladi.
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati oʻzbek va rus yoki ingliz tillarida 3 bosma taboq (har bir tilda 1,5 bosma taboq) hajmda tayyorlanib, uning uchinchi tildagi (rus yoki ingliz) qisqacha mazmuni ham beriladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
43. Dissertatsiya avtoreferati quyidagi texnik talablarga muvofiq tayyorlanadi va risola shaklida chop etiladi:
matn A4 formatdagi standart qogʻoz varagʻining bir tomonida joylashtiriladi;
matn 1 qator oraligʻida (“odinarniy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1 sm ga teng va bir xilda boʻladi;
risolaning oʻlchami 21 x 14,5 sm boʻladi.”;
f) 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
x) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda 1a-ilova bilan toʻldirilsin;
ch) 2-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
sh) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 4-ilovasiga muvofiq tahrirda 2a-ilova bilan toʻldirilsin;
e) 3-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 5-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
yu) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 6-ilovasiga muvofiq tahrirda 3a-ilova bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi hamda Fan va texnologiyalar agentligi bilan kelishilgan.
Kelishildi:
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
2017-yil 29-may
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. KASIMOV
2017-yil 29-may
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2017-yil 29-may
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2017-yil 29-may
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2017-yil 29-may
Madaniyat vaziri M. MURATOV
2017-yil 30-may
Fanlar akademiyasi prezidenti v.v.b B. IBRAGIMOV
2017-yil 30-may
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. KURBANOV
2017-yil 30-may
Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M. BOLTABAYEV
2017-yil 30-may
“Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
“Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
1-ILOVA
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi titul varagʻining
ShAKLI
“Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
“Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
1a-ILOVA
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi titul varagʻining
ShAKLI
“Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
“Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
2-ILOVA
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasining
ShAKLI
“Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
4-ILOVA
“Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
2a-ILOVA
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasining
ShAKLI
“Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
5-ILOVA
“Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
3-ILOVA
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasi orqa tomonining
ShAKLI
Izoh: mazkur Shakl “Times New Roman” matn redaktorining 11 oʻlchamli shriftda rasmiylashtiriladi.”.
“Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
6-ILOVA
“Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
3a-ILOVA
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasi orqa tomonining
ShAKLI
Izoh: mazkur Shakl “Times New Roman” matn redaktorining 11 oʻlchamli shriftda rasmiylashtiriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 573-modda)