|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.06.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaror bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlagan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 72-bandiga muvofiq, davlat boji stavkalarini maqbullashtirish, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-iyun,
402-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 402-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “kassatsiya” degan so‘z “appelatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) “a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
a) mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan: |
— da’vo bahosining 2 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda |
”; |
v) “a1” va “a2” kichik bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) “j” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
j) sudlarning qarorlariga appelatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan |
— da’vo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy nizolar bo‘yicha esa — ushbu bandning “a” kichik bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan stavkalar miqdorida |
”. |
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 402-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 18-maydagi 140-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 37-modda) ilova 1-bandining “b” kichik bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmoni) 2012-yil 31-iyuldagi 232-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 59-modda) ilova 1-bandi “a” kichik bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 547-modda)