Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘zbekgidroenergo” AJ faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5044-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2972-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekgidroenergo” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zbekgidroenergoqurilish” AJ boshqaruv organlari va “O‘zsuvenergo” birlashmasi ishtirokchilarining:
a) “O‘zbekgidroenergo” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida:
“O‘zbekgidroenergoqurilish” AJ, “Gidromaxsusqurilish” AJ, “Gidroproyekt” AJ ustav kapitallaridagi “O‘zbekenergo” AJga tegishli balans qiymati bo‘yicha aksiyalar paketlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zsuvenergo” birlashmasining balans qiymatidagi va “O‘zsuvenergo” birlashmasining energiya ishlab chiqaruvchi korxonalari ustav fondi miqdoridagi sof aktivlarini, 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha;
“O‘zbekenergo” AJga tegishli energiya ishlab chiqaruvchi korxonalar balans qiymatidagi sof aktivlarini, 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha;
“Suvinshotta’mir” MCHJ ustav kapitalidagi nominal qiymatdagi davlat ulushini;
keyinchalik “Suvsanoatmash” AJ ustav kapitaliga o‘tkazish bilan Toshkent sh., Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasi, 120-uy manzilda joylashgan balans qiymatidagi bino va inshootlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi;
b) Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 22-uyda joylashgan “O‘zbekgidroenergoqurilish” AJning 3 qavatli binosini unga tutash hudud va binolar bilan balans qiymati bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJga o‘tkazish, keyinchalik uning tomonidan “O‘zbekgidroenergoqurilish” AJ bilan o‘tkazilayotgan binolar uchun hisob-kitoblar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” birlashmasini tugatish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “O‘zbekgidroenergo” AJ O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan obyektlar va aktivlar qabul qilinishi va topshirishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda “O‘zsuvenergo” birlashmasini tugatish bo‘yicha uning mol-mulki belgilangan tartibda “O‘zbekgidroenergo” AJga o‘tkazilishini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar majmuini tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining taqdim etilgan asosli hisob-kitoblaridan kelib chiqib, gidroelektrstansiyalar uchun tarifni, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda, iste’molchilar uchun yakuniy tarifning 85 foizi miqdorida belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Belgilansinki:
“O‘zbekgidroenergo” AJ gidroelektrstansiyalari har yili “O‘zbekgidroenergo” AJ va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida tuziladigan bosh shartnomaga muvofiq respublika yagona elektr energetika tizimiga elektr energiyasini yetkazadi;
“O‘zbekgidroenergo” AJ gidroelektrstansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan olingan mablag‘lar, qarzga olingan kreditlar, mavjud GESlarni saqlash xarajatlari va “O‘zbekgidroenergo” AJni saqlash uchun ajratmalar chegirib tashlangan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-44-son qarori, O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga maqsadli yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5044-son Farmoni bilan belgilangan tartibda “O‘zbekgidroenergo” AJning maxsus hisobvarag‘ida jamlanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “O‘zsuvenergo” birlashmasining ishdan bo‘shaydigan xodimlarini ishga joylashtirishda zarur yordam ko‘rsatsin.
7. “O‘zbekgidroenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergoqurilish” AJning mazkur qaror 1-bandi “b” kichik bandiga muvofiq “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufiga o‘tkazilgan “O‘zbekgidroenergoqurilish” AJning Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi 22-uy manzilida joylashgan 3 qavatli binosiga “O‘zbekgidroenergo” AJni joylashtirish;
“Suvsanoatmash” AJning “Suvsanoatmash” AJga tegishli bo‘lgan Toshkent shahri, Olmazor tumani, Minor ko‘chasida joylashgan 2 va 3-sonli 9 qavatli yotoqxonalarning Davlat mulki sifatida Toshkent shahar hokimligiga bepul berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-dekabrdagi 918-F-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibrohimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-iyun,
407-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 407-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” birlashmasi va “O‘zsuvenergo” birlashmasiga qarashli energiya hosil qiluvchi korxonalarining ustav kapitali miqdorida balans qiymati bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ustav kapitaliga davlat hissasi sifatida o‘tkaziladigan sof aktivlari
RO‘YXATI

(ming so‘m)

T/r

Korxonalar nomi

Ustav kapitali 04.01.2017-y

1.

“O‘zsuvenergo” birlashmasi

2 990 436,0

2.

“Andijon gidroelektrstansiyasi” davlat korxonasi

1 779 584,0

3.

“Tuyamo‘yin gidroelektrstansiyasi” davlat korxonasi

375 886,0

4.

“Urgut gidroelektrstansiyasi” DK

1 989 354,0

5.

“To‘polang gidroelektrstansiyasi” davlat korxonasi

22 153 563,0

6.

“Ohangaron gidroelektrstansiyasi” davlat korxonasi

41 785 612,0

7.

“Andijon gidroelektrstansiyasi GES-2” davlat korxonasi

39 455 922,0

8.

“Hisorak gidroelektrstansiyasi” davlat korxonasi

32 626 877,0

9.

“Ertoshsoy gidroelektrstansiyasi” davlat korxonasi

17 894 866,0

10.

“18-son qurilishi birlashgan direksiyasi” davlat unitar korxonasi

148 664,0

Jami

161 200 764,0

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 407-son qaroriga
2-ILOVA
“O‘zbekenergo” AJga tasarrufida bo‘lgan va balans qiymati bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ustav kapitaliga davlat hissasi sifatida o‘tkaziladigan energiya hosil qiluvchi korxonalar
RO‘YXATI

(ming so‘m)

T/r

Korxonalar nomi

Kitob qiymati

1.

“Farhod gidravlik elektr stansiyasi” UK

20 004 099,56

2.

“Quyi Bo‘zsuv gidravlik elektr stansiyalari kaskadi” UK

12 377 501,0

3.

“Qodiriya gidravlik elektr stansiyalar kaskadi” UK

2 115 701,0

4.

“Toshkent gidroelektrstansiyalari kaskadi” DUK

838,161,0

5.

“O‘rta Chirchiq gidravlik elektr stansiyalar kaskadi” UK

146 436 222,2 *

6.

“Chirchiq gidroelektrstansiyalari kaskadi” UK

5 583 168,5

7.

“Kudash” GES “O‘zelektrtarmoqlari” DK

674,6

Jami

187 355 527,86

* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-noyabrdagi PQ-2264-son qaroriga muvofiq “Chorvoq gidroelektrstansiyasi gidrogeneratorlari ish g‘ildiraklarini almashtirgan holda modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “O‘zbekenergo” AJ tomonidan 87 577 535,2 ming so‘m miqdorida kiritilgan investitsiyalarni hisobga olingan holda