1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) faoliyatiga ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5059-son Farmoniga asosan:
Byuroning tuzilmasida 28 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-204-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/204/1013-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
Byuro hududiy boshqarmalarining tuzilmasida 28 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda Markazning hududiy boʻlimlari deb yuritiladi).
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
Byuroning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarini yaratish, rivojlantirish va yuritish boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, axborot xavfsizligini taʼminlash;
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
ijro ishi yuritish yagona maʼlumotlar bazasini, Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini, Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimini, majburiy ijro organlari faoliyatida ishlatiladigan boshqa axborot resurslari, maʼlumotlar bazalari va dasturiy komplekslarni kuzatish va boshqarish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
ijro hujjatlari va ular boʻyicha undirilgan summalar ishonchli hisobini yuritish, alohida jarayonlarni avtomatlashtirish orqali ijro hujjatlari tizimi tezkorligi va samaradorligini oshirish hamda sifati davlat interaktiv xizmatlarini koʻrsatish imkonini beruvchi ilgʻor axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda joriy etish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Byuroning axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarini rivojlantirish, ularni boshqa davlat organlarining tizimlari bilan integratsiya qilish;
Byuroning axborot xavfsizligiga tahdidlarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga qarshi kurashish, axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish, axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarini himoya qilish boʻyicha texnik infratuzilmalarni joriy etish hamda rivojlantirish;
axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalaridan foydalanish, axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida Byuro xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Markaz Byuroning mustaqil boshqarmasi huquqi bilan yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi;
Markazga Byuro direktorining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Markazning hududiy boʻlimlari oʻz faoliyatida Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari va Markaz direktoriga boʻysunadi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Markaz va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
Markaz va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining shtatlar jadvali 4 va 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra Markaz va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari ikki baravar miqdorda qoʻllaniladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Markaz va uning hududiy boʻlimlarining boshqaruv xodimlariga alohida mehnat sharoitlari uchun ularning lavozim maoshiga 100 foiz miqdorida oylik ustama toʻlanadi. Bunda ushbu ustama qonun hujjatlarida belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda Markaz va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi;
Markaz va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda:
Byuro xodimlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralari qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga Markaz va uning hududiy boʻlimlari tuzilmasiga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Byuro direktoriga:
Markaz va uning hududiy boʻlimlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, boshqa mutaxassislik sohasida oliy maʼlumotga, zarur bilim va ish tajribasiga ega boʻlgan malakali kadrlarni ishga qabul qilish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Markazga boshqa mutaxassislarni (dasturchilar, kompyuter tizimlari va tarmoqlari xavfsizligi, avtomatlashtirilgan tizimlarda maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha mutaxassislar, kompyuter muhandislari, veb-dizaynerlar va boshqalar) shartnomaviy-huquqiy asosda jalb etish huquqi berilsin.
7. Byuro bir oy muddatda:
Markaz toʻgʻrisidagi nizomning tasdiqlanishini;
Markaz va uning hududiy boʻlimlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan professional darajada foydalanish qobiliyatiga ega malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Markaz hamda uning hududiy boʻlimlarini zamonaviy kompyuter texnikasi, aloqa, mebel hamda ishni samarali tashkil etish uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Markaziy bank, Intellektual mulk agentligi, Davlat personallashtirish markazi, Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, boshqa vazirliklar hamda idoralar ikki oy muddatda Markazga oʻzlarining maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlaridan toʻlaqonli foydalanish imkoniyatini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ–3016-son qaroriga6-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda ushbu qaror talablariga muvofiq Byuroning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasiga oʻzgartishlar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Markaz xodimlarining umumiy soni — 28 birlik, shundan 25 nafari boshqaruv xodimlari.
* shundan barcha 3 nafari texnik xodimlar.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-204-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/204/1013-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ–3070-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomi
Razryadlar
Direktor
18
Direktor oʻrinbosari*
Dasturchi
15
Maʼlumotlar bazasi administratori
13
Korporativ tarmoq administratori
12
Texnik hujjatlashtirish boʻyicha muhandis
12
Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassis
12
Texnik mutaxassis
8
* Direktor lavozimiga mehnat haqi toʻlashdan 5% kam.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ–3070-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi hududiy boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ-3070-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlarining
SHTATLAR JADVALI
Lavozimlar nomi
Birliklar soni
Direktor
1
Direktor oʻrinbosari
1
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish shoʻbasi
Dasturchi
4
Axborot xavfsizligi shoʻbasi
Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassis
2
Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish shoʻbasi
Dasturchi
10
Texnik hujjatlashtirish boʻyicha muhandis
3
Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini yuritish shoʻbasi
Maʼlumotlar bazasi administratori
2
Korporativ tarmoq administratori
2
Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash shoʻbasi
Texnik mutaxassis
3
Jami:
28
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-204-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/204/1013-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ–3070-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi hududiy boʻlimlari xodimlarining
SHTATLAR JADVALI
Lavozimlar nomi
Birliklar soni
Boʻlim boshligʻi
1
Axborot texnologiyalari mutaxassisi
1
Texnik mutaxassis
1
Jami:
3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ–3070-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ–3016-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning birinchi xatboshisidagi “9 172”, “104” va “7 871” raqamlari tegishincha “9 222”, “126” va “7 921” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining tashkiliy-shtat tuzilmasi):
a) “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi 22” bloki bilan toʻldirilsin;
b) “104” raqami “126” raqami bilan almashtirilsin.
3. 2-ilovada (Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi):
a) “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi 2” bloki bilan toʻldirilsin;
b) “40” va “64” raqamlari tegishligicha “42” va “66” raqamlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 531-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son; 05.11.2025-y., 06/25/204/1013-son)