O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5067-sonli Farmoni ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 va 2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish va muvofiqlashtirish Komissiyasi 12-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
4. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari Dasturi (keyingi o‘rinlarda — chora-tadbirlar Dasturi) 13-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 13-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga chora-tadbirlar Dasturida ko‘rsatilgan tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini tashkil etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘laridan foydalanish va shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
8. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining markaziy apparati Toshkent shahri, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 21a-uy manziliga;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 21a-uy manziliga;
(8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi Toshkent shahri, A.Yunusov ko‘chasi, 1a-uy manziliga;
Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha Davlat ilmiy markazi Toshkent shahri, Diydor ko‘chasi, 100-uy manziliga;
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Toyloq qo‘rg‘oni, Al-Beruniy ko‘chasi, 35-uy manziliga joylashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasini belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-iyun,
PQ-3026-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 23-son, 453-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)