1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
2.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida yagona geologiya xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yer qaʼrini kompleks geologik oʻrganish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarining samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida:
(1 — 8-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
9. Quyidagilar:
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlari qimmatbaho va rangli metallar hamda uranga olib boriladigan geologiya-qidiruv ishlarining obyektlari va bajarish muddatlari, shuningdek, zaxiralar hajmini koʻpaytirish qismida “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ bilan kelishilishi lozimligi;
2016-yilgi geologiya-qidiruv ishlari Dasturi doirasida avval xarid qilingan uskunalar, maxsus texnika va avtotransport vositalari Davlat geologiya qoʻmitaning “Geoltextaʼminot” DK ga begʻaraz asosda topshirilishi belgilab qoʻyilsin.
10. Belgilab qoʻyilsinki, mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik dasturlarida koʻzda tutilgan geologiya- qidiruv ishlari va geologiya sohasini modernizatsiya qilish chora- tadbirlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida geologiya-qidiruv ishlari uchun koʻzda tutilgan budjet mablagʻlari;
“Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ ning qimmatbaho va rangli metallar hamda uran zaxiralarini koʻpaytirishni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi maxsus maqsadli hisob raqamlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat geologiya qoʻmitasi, “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2017-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida geologiya-qidiruv ishlarini bajarish va geologiya korxonalarini modernizatsiya qilishga moʻljallangan asbob-uskunalarni xarid qilishni moliyalashtirish uchun maxsus maqsadli hisob raqamlarida mablagʻlarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlariga uzluksiz ish staji uchun “Navoiy KMK” DK ning “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazi va “Olmaliq KMK” AJning “Rangli metallar geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazi xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda ustama toʻlashni nazarda tutuvchi ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi geologiya yoʻnalishlarida oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha asosiy buyurtmachi etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda:
ikki oy muddatda oʻrnatilgan tartibda 5-ilovadagi roʻyxatga muvofiq Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga zarur yoʻnalishlar va mutaxassisliklarni kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin;
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab yer qaʼrini geologik oʻrganishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy qilgan holda geologiya mutaxassisliklarining oʻquv rejalaridagi amaliyot mashgʻulotlari hajmini oshirsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Davlat geologiya qoʻmitasining 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab geologiya sohasi ehtiyoji uchun 6-ilovaga muvofiq kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qarorning 6-ilovasida koʻrsatilgan kasb-hunar kollejlarini malakali oʻqituvchilar hamda zarur boʻlgan oʻquv va metodik materiallar, laboratoriya uskunalari bilan toʻldirishni, shuningdek, bitiruvchilarni tanlagan kasblari boʻyicha ishga joylashtirilishini taʼminlasinlar.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 7-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Davlat geologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-may,
PQ-3004-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-son qaroriga 5-ILOVA
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga yangidan kiritilayotgan, talab yuqori boʻlgan oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari
ROʻYXATI
1. Bakalavriat boʻyicha:
geoximiya;
geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi
2. Magistratura boʻyicha:
paleontologiya va stratigrafiya;
mineralogiya va kristallografiya;
ekspert mineralogiyasi;
petrografiya va vulkanologiya;
litologiya;
gidrogeoekologiya;
Yerni masofadan turib zondlash va GAT-texnologiyalari;
qattiq foydali qazilmalarni izlashning geofizik usullari va qidiruvi;
geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi.
LexUZ sharhi
5-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-son qaroriga 6-ILOVA
2017/2018-oʻquv yilidan boshlab geologiya sohasi ehtiyojlari uchun mutaxassislar tayyorlash tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1396-son qarorining 1, 2-bandlari, 4-bandining 3-xatboshisi, 7-bandining 4-xatboshisi va 8-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2723-son qarori.
LexUZ sharhi
7-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 450-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)