Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.07.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT MULKINI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-iyuldagi 325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aktivlarini va aksiyalar ulushlarini boshqarish samaradorligini oshirish, xususiylashtirilgan korxonalarni aniq va maqsadli qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
2. Quyidagilar:
aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillarini tayinlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
4. Vazirlar Mahkamasi korxonalarning ustav jamgʻarmalarida davlat ulushini 25 foiz va undan ortiq miqdorda saqlab qolishning maqsadga muvofiqligi hamda ularni fond bozorida, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish toʻgʻrisidagi masalani bir oy muddatda koʻrib chiqsin va qaror qabul qilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Vazirlar Mahkamasining manfaatdor Komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va korporatsiyalar bilan birgalikda 2000-yilning uchinchi choragi mobaynida barcha davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2000-yil 1-sentabrgacha aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlari miqdorlarini oʻrganib chiqsin hamda ular ustav jamgʻarmalarining ularga kirmagan markazlashtirilgan investitsiyalar va boshqa budjet ajratmalari miqdoriga oʻzgartirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin;
bir oy muddatda Davlat mulki qoʻmitasining Markaziy apparati tuzilmasida xodimlarining cheklangan soni 15 nafar boʻlgan Aksiyadorlik jamiyatlarida davlat mulkini boshqarish departamenti tashkil etsin. Belgilansinki, Departament faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida qoldiriladigan xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
5-bandning toʻrtinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-martda 97-sonli qaroriga muvofiq oʻzgartirish kiritilgan.
Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish, korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish, aksiyalarida davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarni tanlash va ularni oʻqitish ishlarini olib borish, shuningdek ularning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin.
 LexUZ sharhi
5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-martda 97-sonli qaroriga muvofiq xatboshilar bilan toʻldirilgan.
Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi joriy yilning oxirigacha davlatning ishonchli vakillarini va ishonchli boshqaruvchilarni korporativ boshqarish asoslariga oʻqitish boʻyicha doimiy ishlovchi kurslar tashkil etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qaroriga 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-iyul,
257-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)