1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, muqaddas qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda.
Ayni vaqtda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati bu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etmoqda. Bu borada nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida g‘oyat noyob hisoblangan, YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan qo‘lyozmalar fondiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, shuningdek, qadimiy yozma manbalar fondiga ega bo‘lgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, ushbu nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalari oldida qo‘lyozmalarni saqlash, ta’mirlash, mavjud fondlarni boyitib borish, tarixiy manbalar bilan ishlash uchun mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga qulay sharoitlar yaratish, tarixiy-madaniy merosimiz namunalarini har tomonlama chuqur o‘rganish, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini targ‘ib etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, avvalo, yosh avlodimizni xalqimizning buyuk ma’naviy merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarning natijadorligini tubdan oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalar turganini alohida ta’kidlash lozim.
Ana shu vazifalarni samarali hal etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutini (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan zamonaviy yozma manbalarni saqlash, o‘rganish, ilmiy asosda tadqiq etish va targ‘ib qilish bo‘yicha mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari]
Sharq qo‘lyozmalari fondini saqlash, ta’mirlash, boyitish va muayyan tizimga keltirish, arab yozuvidagi turli mavzularga oid yozma yodgorliklar va epigrafika namunalarini tadqiq qilish, ularni asl holida hamda o‘zbek va xorijiy tillarda ilmiy izohlar, tarjimalar bilan nashr etish, ilmiy muomalaga kiritish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari]
boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy-intellektual merosimizni saqlash, ilmiy tahlil qilish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida soha mutaxassislariga, tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalarga batafsil ma’lumot berib borish, buyuk alloma va mutafakkirlarimiz asarlarini dunyo hamjamiyati o‘rtasida keng targ‘ib etish, zamonaviy ilm-fan, ma’naviyat va amaliyot rivojida undan samarali foydalanish va kelgusi avlodlarga yetkazish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari]
aholida saqlanayotgan qadimiy noyob qo‘lyozmalar, chet el fondlaridagi mavjud asarlar nusxalarini ayirboshlash yoki olish hisobidan Institutning qo‘lyozma va yozma manbalar fondini boyitib borish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.01.00 Umumiy qoidalar]
o‘rta asrlarda hozirgi O‘rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan alloma va mutafakkirlarning matematika, astronomiya, fizika kabi aniq fanlar, meditsina, kimyo, geografiya singari tabiiy fanlar, tarix, adabiyot, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar, islom dini va ilohiyotga oid merosini tadqiq qilishni kengaytirish va chuqurlashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari]
matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali o‘rganilmagan ko‘pgina qatlamlarini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti kabi mazkur sohada faoliyat ko‘rsatadigan oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda qo‘lyozmalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni reja asosida maqsadli tayyorlash va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti singari oliy ta’lim muassasalarining ixtisoslik kafedralari bitiruvchilari hisobidan Institutning kadrlar tarkibini yangilab borish, qo‘lyozmalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.08.00 Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy obyektlar]
xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunda ushbu davlatlarda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni ularning O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlari nuqtai nazaridan o‘rganish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari]
O‘zbekiston Respublikasining turli tashkilotlarida saqlanayotgan arab yozuvidagi qo‘lyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarning saqlanish va ta’mirlanish holatini monitoring qilish va ularning elektron bazasini yaratish.
3. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Institutni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlarning natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, jumladan, maqsadli grantlar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
tadbirkorlik faoliyatidan, jumladan, noshirlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mamlakatimizda turli manbalarda saqlanayotgan noyob va qimmatli qo‘lyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni aniqlash va tahlil qilish, shuningdek, aholida saqlanayotgan shunday kitoblarni sotib olish va Institutda jamlanilishini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhi hamda komissiya tuzish haqidagi takliflari ma’qullansin.
5. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondini aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar hisobiga boyitish bo‘yicha ekspertlar guruhi (keyingi o‘rinlarda Ekspertlar guruhi deb ataladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
Aholida saqlanayotgan qo‘lyozma, toshbosma kitoblar hamda tarixiy hujjatlarni baholash va sotib olish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondidagi 2017 — 2021-yillarda nashr etilishi rejalashtirilayotgan qo‘lyozma asarlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan Nizomga asosan xarid qilinadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Ekspertlar guruhi hamda Komissiyaning tegishli xulosalari, aholida saqlanayotgan, sotib olinishi rejalashtirilayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar ro‘yxati, shuningdek, ularni xarid qilish bo‘yicha tavsiya etilgan narxlar Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tasdiqlanishga asos bo‘ladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
qadimiy yozma manbalar bilan ishlashning o‘ziga xos murakkab xususiyatlarini, bu ish yuqori ilmiy malaka va ko‘nikmalarni talab qilishini inobatga olib, Institutning qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarining oylik ish haqiga 30 foiz miqdorda qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
bir oy muddatda Ekspertlar guruhi va Komissiya to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki oy muddatda Institut faoliyatini takomillashtirishga oid aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Institutda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozmalar eng zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq saqlanishi va bosqichma-bosqich restavratsiya qilinishini ta’minlash uchun 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘lar doirasida mablag‘ ajratsin, 2018-yildan boshlab ana shu ishlar uchun zarur mablag‘ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Institutdagi foto va restavratsiya laboratoriyalarini zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda Institutda Sharq qo‘lyozmalari muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
Institut fondida saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozmalarni bosqichma-bosqich restavratsiya qilish uchun zarur reaktivlar va sarflanuvchi materiallarni sotib olish hamda Institutning foto va restavratsiya laboratoriyalarini zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun mablag‘lar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan o‘rnatilgan tartibda ajratiladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Institutda Sharq qo‘lyozmalari muzeyini tashkil etish va uni jihozlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
11. Innovatsion rivojlanish agentligi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
Institutda noyob qo‘lyozma asarlarni o‘rganish bo‘yicha ishlarni tashkil etish uchun ilmiy jihatdan asoslangan tadqiqotlarga har yillik davlat buyurtmasini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini;
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi ilmiy-texnik loyihalarga ajratiladigan budjet mablag‘lari hisobidan ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar ajratishni ta’minlasin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fan va texnologiyalar agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Ushbu Qaror “Xalq so‘zi” gazetasining 2017-yil 25-maydagi 103 (6797)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-may,
PQ-2995-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondini aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar hisobiga boyitish bo‘yicha ekspertlar guruhi
TARKIBI
Qosimxonov B.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi mudiri, Ekspertlar guruhi raisi
Bobojonov B.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, Ekspertlar guruhi raisi o‘rinbosari
Lutfullayev H.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari
Aminov H.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari
Qoriyev O.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari
Muhammadaminov S.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari
Jumanazarov A.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi
Po‘latov Sh.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i
Umrzoqov B.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi
Rahimov K.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi
Abdullayev B.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi
Ismoilov M.
—
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti
Buldakov I.
—
Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
Isomov A.
—
Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti “Mumtoz filologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
Izoh: ekspertlar guruhi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda Ekspertlar guruhi tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-son qaroriga 2-ILOVA
Aholida saqlanayotgan qo‘lyozma, toshbosma kitoblar hamda tarixiy hujjatlarni baholash va sotib olish bo‘yicha komissiya
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijrochi direktori v.b., komissiya raisi o‘rinbosari
Qosimxonov B.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi mudiri, komissiya raisi o‘rinbosari
Karimova S.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Hasanov M.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi
Yusupova D.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi
Bo‘riyev O.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi
G‘ulomov S.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi
Uvatov U.
—
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori
Ziyodov Sh.
—
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi direktori
Nasrullayev N.
—
Toshkent islom universiteti qo‘lyozmalar xazinasi mudiri
Hasanov S.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi direktori
Mansurov A.
—
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari
Salimov M.
—
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bo‘limi mudiri
Ismoilov M.
—
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti dotsenti
Isakova M.
—
Markaziy davlat arxivi bo‘lim boshlig‘i
Isanov U.X.
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yuristi
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondidagi 2017 — 2021-yillarda nashr etilishi rejalashtirilayotgan qo‘lyozma asarlar
RO‘YXATI
T/r
Manbaning nomi
Nashr shakli
Izohlar
I. TARIX
1.
“Insho” to‘plamlaridagi Amir Temurning xatlari
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima
Ushbu xatlarda Amir Temur davlatining diplomatik munosabatlari tarixi aks etgan
Asar xronologik tartibda tuzilgan bo‘lib, Temuriylar davridagi muhim voqealarni va Markaziy Osiyodagi mashhur shaxslarning tarjimai hollarini qamrab oladi
Ushbu asar Xorazm tarixining qadim zamonlardan buyon to mo‘g‘ullar istilosigacha bo‘lgan davridan iborat. U o‘z ichiga yirik shaharlar, madrasalar, masjidlar, olimlar, qorilar, bozorlar, savdo do‘konlari, o‘sha davrda Xorazmda amalda bo‘lgan hunarmandchilikning barcha turlari haqidagi ma’lumotni qamrab oladi
4.
Amir Abdulahad. “Ro‘znomayi safari Fitirburg”
Ilmiy-izohli tarjima
Buxoro amiri Abdulahadning 1893-1894-yillardagi Peterburg safari kundaligi
5.
Amir Abdulahad. “Ro‘znomayi safari chahorumi Fitirburg”
Ilmiy-izohli tarjima
Buxoro amiri Abdulahadning 1907-yildagi Peterburg safari kundaligi
6.
Istaxriy (X asr). “Masolik al-mamolik” (Yo‘llar va mamlakatlar)
Arab tilidan o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima
Kitobda o‘sha davr musulmon olami 20 ta geografik iqlimga taqsimlangan holda tavsiflangan
7.
Muhammad Amin Buxoriy (XVII asrning oxiri — XVIII asrning boshi). “Muhit at-tavorix”
Fors tilidan o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima
Ushbu asar umumiy tarixga bag‘ishlangan bo‘lib, Ashtarxoniy Subxon Qulixon (1680 — 1702) hukmronligi davridagi Buxoro tarixi bilan tugallanadi. Kitobning oxiri shu davrning yetuk arboblari, yozuvchilar, shoirlar va rassomlarning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan
Hanafiylik mazhabi sohasidagi amaliy fiqhga oid klassik asar bo‘lib, uning mavjudligi shu paytgacha noma’lum edi. Asar hanafiy mazhabiga oid fiqhiy hukmlar to‘plamidan iborat
16.
Husayn Voiz Koshifiy. “Mavohibi Aliyya” (Oliymaqom tuhfalar)
Faksimile ko‘rinishdagi nashr
Hazrat Alisher Navoiyning topshirig‘iga binoan muallif tomonidan Qur’onning barcha suralariga yozilgan tafsir. Asarda tafsirdan tashqari XV asrdagi mashhur shaxslar va manbalarning nomlari keltirilgan
Asar e’tiqodning axloqiy va etik me’yorlarini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, muallif unda mahalliy olimlarning asarlariga asoslangan
18.
Hakim at-Termiziy (820 — 930). “Xatm al-avliya” (Valiylar muhri)
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima
Asar tasavvuf tarixiga, so‘fiylar odobining asosiy qoidalariga, shuningdek tasavvuf ta’limoti g‘oyalarining yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasidagi o‘rnini yoritishga bag‘ishlangan
19.
Hakim at-Termiziy. “Masa’ili maknuna” (Pinhon masalalar, tushunchalar)
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima
Asar tasavvuf tariqatlari ta’limotining asosini tashkil etuvchi axloqiy-tarbiyaviy, diniy-ma’naviy masalalarni yoritishga bag‘ishlangan
20.
Hakim at-Termiziy. “Manhiyat” (Ruxsat etilgan va man qilingan)
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima
Asar shariatda ruxsat etilgan va man qilingan hukmlarga bag‘ishlangan
21.
Hakim at-Termiziy. “Tahsil naza’ir al-Qur’on” (Kur’on istilohlarining leksikologik talqini)
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima
Asar qur’onshunoslikda istifoda etiladigan istilohlarning leksik-filologik talqiniga bag‘ishlangan
22.
Sobir Termiziy. “Devon” (Devon)
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima
O‘rta asr shoirining fors tilidagi she’r va g‘azallaridan tarkib topgan
23.
Abu Iso Termiziy (IX asr). “Sunan at-Termiziy”
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima
Asar musulmon fiqhining asosiy manbalaridan biri bo‘lib, u Payg‘ambarning aytganlari va o‘zlarini tutishlariga bag‘ishlangan. Axloqiy-etik va tarbiyaviy mazmundagi hadislardan iborat to‘plam
24.
Abu Iso Termiziy. “Tasmiyya as’hob ar-Rasul” (Payg‘ambar sahobalarining biografiyasi)
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima
Asar Payg‘ambar sahobalarining tarjimai hollarini yoritishga bag‘ishlangan
25.
Abu Iso Termiziy. “Ilal at-Termiziy” (Hadislarning illatlarini aniqlash qoidasi)
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima
Asar hadis roviylarining darajalari va ularning o‘zaro bog‘liqlik silsilasini hamda hadis matnini aniqlashga bag‘ishlangan
Asar hanafiylik mazhabining amaliy fiqh sohasiga bag‘ishlangan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga SHARH
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ko‘p asrlik madaniy va ilmiy yutuqlarimiz aks etgan yozma yodgorliklarni saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilishga katta e’tibor berilmoqda.
O‘zbekistonda asrlar davomida Markaziy Osiyo bo‘yicha eng boy qo‘lyozma meros jamlangan bo‘lib, uning salmoqli qismi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Har biri ulkan ma’naviy obida, madaniyat durdonasi bo‘lgan bu qo‘lyozmalar fondi jahon miqyosida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho xazinadir. Mazkur fond 2000-yilda noyob ilmiy va madaniy obyektlardan biri sifatida YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Institutning qo‘lyozmalar fondi oltita alohida bo‘limdan tashkil topgan bo‘lib, arab, fors, eski o‘zbek tili va boshqa sharq tillarida bitilgan 26 ming jild qo‘lyozma, 39 ming jild toshbosma kitoblar va 10 mingga yaqin tarixiy hujjatlardan tashkil topgan.
Mazkur ilm dargohida nafaqat ilmiy-tadqiqot ishlari, balki qo‘lyozmalarni saqlash, ta’mirlash, fondni boyitib borish, shuningdek, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga manbalar bilan ishlashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kabi keng qamrovli ishlar olib boriladi.
Milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira davomiyligini ta’minlash, ulkan yozma merosni asrab-avaylash, boyitib borish va tadqiq qilish hamda madaniy va ma’naviy qadriyatlarni ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror yosh avlodni vatanparvarlik va boy tariximizga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekistonning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mamlakat sifatidagi xalqaro obro‘-e’tiborini yanada mustahkamlash, boy yozma merosimizni saqlash, o‘rganish va keng targ‘ib qilish ishlarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa yozma manbalarni saqlash, o‘rganish, ilmiy asosda tadqiq etish va targ‘ib qilish bo‘yicha mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilangani uning dunyodagi yetakchi sharqshunoslik markazlaridan biri sifatidagi mavqeyini mustahkamlaydi. Shu bilan birga, qarorda Institutning ilmiy va tashkiliy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Jumladan, zamonaviy talablar asosida Institutning asosiy vazifa va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ulardan biri institut fondlarini saqlash va aholi qo‘lida saqlanayotgan qo‘lyozma va boshqa yozma yodgorliklarni xarid qilish hisobidan boyitishni nazarda tutadi. Shu maqsadda yozma yodgorliklarni to‘plash, baholash va sotib olish bilan shug‘ullanadigan ekspertlar guruhi va maxsus komissiya tuzilmoqda.
Shuningdek, O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo hududidan yetishib chiqqan alloma va mutafakkirlarning ilm-fanning aniq, tabiiy, gumanitar sohalari va islom ilmlari bo‘yicha yaratgan asarlari tadqiqini kengaytirish va chuqurlashtirish hamda ularni asl matn va ilmiy izohli tarjima shaklida nashr etib, ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish va ilmiy muomalaga kiritish ishlariga alohida urg‘u berilgan.
Shu bilan birga, qarorda institutning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘lyozma manbalar bilan ishlash malakasiga ega yosh kadrlarni tayyorlash ishiga alohida e’tibor qaratilgan.
Qarorda Institutning xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunda ushbu davlatlarda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni ularning O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlari nuqtai nazaridan o‘rganish borasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish borasidagi vazifalar aniq belgilab berilgan.
Dunyo miqyosida qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilishga bo‘lgan e’tiborning tobora ortib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, qarorda Institutning foto va restavratsiya laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko‘zda tutilgani alohida ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlarning samarali yo‘lga qo‘yilishi qo‘lyozmalarning umrini uzaytirish va ushbu laboratoriyalarni O‘zbekistondagi boshqa mavjud fondlar uchun namunaviy peshqadam restavratsiya maydoniga aylantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, qadimiy yozma manbalar bilan ishlashning o‘ziga xos murakkab xususiyatlarini, bu ish yuqori ilmiy malaka va ko‘nikmalarni talab qilishini inobatga olib, Institutning qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarini moliyaviy rag‘batlantirish choralari ham belgilangan.
Qarorda o‘z yechimini topgan muhim masalalardan yana biri — bu boy va turfa yozma merosimizni namoyish etish maqsadida Institutning Sharq qo‘lyozmalari muzeyini yaratishdir. Muzeyda qo‘lyozmalar fondida mavjud kolleksiyalarning eng yorqin namunalari namoyish etiladi.
Ushbu qaror davlatimiz tomonidan ilm-fanning rolini kuchaytirish, mamlakatning intellektual salohiyatini mustahkamlash, akademik institutlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tizimli va ilmiy asosda saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlarning mantiqiy davomi bo‘lib, u barchamizni boy ma’naviy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, uni bugungi va kelajak avlodlar uchun xizmat qildirishga da’vat etadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 21-son, 389-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)