Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.09.2020
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (9-son MBMS) “Biznes qiymatini baholash”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 19-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2026-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3239, 04.06.2020-y.) asosan 2020-yil 5-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2009-yil 6-oktabrdagi 01/19-18/19-son qarori (ro‘yxat raqami 2026, 2009-yil 28-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 475-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (9-son MBMS) “Biznes qiymatini baholash”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2017-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Rais R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-may,
01/27-26/07-son
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/07-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (9-son MBMS) “Biznes qiymatini baholash”ga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bir paytning o‘zida bir korxonaning davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalari (ulushlari) va davlatga tegishli bo‘lmagan aksiyalari (ulushlari) baholanishi kerak bo‘lgan taqdirda baholash O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash” (ro‘yxat raqami 2025, 2009-yil 28-oktabr) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
2. 37-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘xshash tarmoq korxonalarini (yoki uning aksiyalarini) sotishdagi o‘zaro nisbatlari (multiplikatorlari) ko‘rsatkichlaridan hamda ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan tarmoqlar o‘zaro nisbatlari usulini.”.
a) 14-bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi “20” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin;
b) 23-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bozor axboroti mavjud bo‘lmaganda, nazorat elementlari yo‘qligiga chegirmalar quyidagicha hisoblanadi:

Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori, %

Nazorat elementlari yo‘qligiga chegirma, %

100 dan 75 gacha +1 oddiy aksiya

0

75 dan 50 gacha +1 oddiy aksiya

5

50 dan 25 gacha +1 oddiy aksiya

10

25 dan 10 gacha +1 oddiy aksiya

15

10 va undan kam

20

;

v) 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Baholash obyektining joriy qiymati kapitallashtirish usuli yordamida yil (yoki boshqa davr) mobaynida olinishi kutilayotgan daromad miqdorini kapitallashtirish stavkasiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi.
Baholash obyektining bozor qiymatini olish uchun pul oqimlarini shakllantirishda ishga solinmagan aktivlarning (agar ular mavjud bo‘lsa) bozor qiymatini qo‘shish lozim.
Agar baholash obyekti biznesdagi mulk ulushi bo‘lsa baholovchi nazorat va likvidlik darajasiga tuzatishlar kiritadi.
Agar butun investitsiya qilingan kapitalga pul oqimi (daromad) baholash bazasi bo‘lsa, 100 foizdan kam bo‘lgan aksiyalar paketini baholashda aksiyalar paketining tegishli miqdori uchun nazorat elementlari yo‘qligiga chegirma qo‘llaniladi.
Agar 1 dona oddiy aksiyaga pul oqimi (daromad) baholash bazasi bo‘lsa, aksiyalar paketining tegishli miqdoriga nazorat elementlari mavjudligiga mukofot qo‘llaniladi.
Bozor axboroti mavjud bo‘lmaganda, nazorat elementlari yo‘qligiga (mavjudligiga) chegirmalar (mukofotlar) quyidagi tarzda hisoblanadi:

Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori, %

Chegirma, %

Mukofot, %

100 dan 75 gacha +1 oddiy aksiya

0

25

75 dan 50 gacha +1 oddiy aksiya

5

20

50 dan 25 gacha +1 oddiy aksiya

10

11

25 dan 10 gacha +1 oddiy aksiya

15

5

10 va undan kam

20

0

;

g) 31-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bozor axboroti mavjud bo‘lmaganda, nazorat elementlari yo‘qligiga (mavjudligiga) chegirmalar (mukofotlar) quyidagi tarzda hisoblanadi:

Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori, %

Chegirma, %

Mukofot, %

100 dan 75 gacha +1 oddiy aksiya

0

25

75 dan 50 gacha +1 oddiy aksiya

5

20

50 dan 25 gacha +1 oddiy aksiya

10

11

25 dan 10 gacha +1 oddiy aksiya

15

5

10 va undan kam

20

0

;

d) 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Ishlab turgan korxonani sof aktivlar usuli bilan baholash uchun baholovchi baholash sanasiga qadar so‘nggi korxona buxgalteriyasi (yoki mavjud bo‘lganda konsolidatsiya qilingan / birlashtirilgan) balansi asosida baholash balansi (iqtisodiy balans)ni tuzadi. Iqtisodiy balansda korxonaning barcha, shu jumladan buxgalteriya balansida hisobga olinmagan aktivlari (masalan, gudvill) va majburiyatlari bozor qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
Iqtisodiy balansni tuzishda baholovchi:
ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlaydi;
mashinalar, uskunalar va transport vositalarining bozor qiymatini aniqlaydi;
nomoddiy aktivlarning bozor qiymatini aniqlaydi. Aktivlarning tarmoq bo‘yicha o‘rtacha daromaddorligi haqida axborot mavjud bo‘lsa, gudvill qiymati quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi (bunda korxonaning balansida aks ettirilgan, xususiylashtirish (sotib olish) paytida gudvill sifatida korxona xususiy kapitalining balans qiymati va baholash qiymati o‘rtasidagi farq tarzida yuzaga kelgan nomoddiy aktivlar, baholashga kiritilmaydi):

ChP — RSA * SDA

Gudvill = -----------------------------

SK

bu erda:
ChP — korxona sof daromadi;
RSA — korxona aktivlarining bozor qiymati;
SDA — aktivlarning tarmoq bo‘yicha o‘rtacha daromadliligi;
SK — kapitallashtirish stavkasi;
korxona moliyaviy qo‘yilmalarining bozor qiymatini, shu jumladan korxonaning qimmatli qog‘ozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga investitsiyalarini, shuningdek boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlarni aniqlaydi. Fond bozorida kotirovka qilinadigan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarning bozor qiymatini baholashda baholovchi ushbu qimmatli qog‘ozlarning bozordagi kotirovkalariga asoslanadi.
Fond bozorida kotirovka qilinmaydigan qimmatli qog‘ozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav fondlariga qilingan investitsiyalar qiymatini baholash investitsiyalarning nazorat sifatlariga qarab amalga oshiriladi:
50 foizdan ortiq bo‘lgan investitsiyalar (aksiyalar paketlari, ulushlar va boshqalar) qiymatini baholash mazkur Mulkni baholash Milliy standarti (9-son MBMS) asosida amalga oshiriladi;
50 foizgacha (qo‘shib hisoblaganda) bo‘lgan investitsiyalar (aksiyalar paketlari, ulushlar va boshqalar) qiymatini baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
fond bozorida kotirovka qilinadigan aksiyalar qiymatini baholash mazkur aksiyalarning baholash sanasidan oldingi bozor kotirovkalariga muvofiq amalga oshiriladi;
dividendlar ko‘rinishida (naqd, naqdsiz shaklda yoki aksiyalar ko‘rinishida) daromadlar keltiradigan investitsiyalar qiymatini baholash so‘nggi uch yil uchun dividend ko‘rinishidagi o‘rtacha yillik daromadni baholash sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha kapitallashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
adekvat daromadlar keltirmaydigan investitsiyalar qiymatini baholash xususiy kapital miqdoridan kelib chiqib quyidagi hisoblash formulasiga binoan amalga oshiriladi:
Sak = Bin * Ssk / Suf * (1-Kkontr)
bu erda:
Sak — aksiyalar paketining hisoblangan qiymati paketa aksiy;
Bin — aksiyalar paketining balans qiymati;
Ssk — xususiy kapitalning balans bo‘yicha miqdori (xususiy mablag‘lar manbalari);
Suf — balans bo‘yicha ustav kapitalining miqdori;
Kkontr — nazorat koeffitsiyenti.
Aksiyalar qiymatini hisoblashda baholanayotgan aksiyalar paketining nazorat darajasini inobatga olish zarur. Nazorat elementlari yo‘qligiga chegirma mazkur uslubiy ko‘rsatmalarning 34-bandiga binoan hisoblanadi.
Investitsiyalarning yakuniy qiymati sifatida qiymatning eng ko‘p miqdorini beruvchi hisob-kitoblar natijasi qabul qilinadi. Bunda, aksiyalar paketi qiymatining bahosi balans qiymatidan past bo‘lishi mumkin emas.
nihoyasiga yetkazilmagan kapital qo‘yilmalar — tugallanmagan qurilish obyektlari va o‘rnatilishi lozim bo‘lgan uskunalarning bozor qiymatini aniqlaydi;
tovar-moddiy zaxiralarining qiymatini ularning balans qiymati bo‘yicha qabul qiladi;
kelgusi davrlar xarajatlari balans qiymati bo‘yicha qabul qilinadi;
Kechiktirilgan xarajatlar va daromadlarning qiymati quyidagi tarzda aniqlanadi:
agar ular milliy buxgalteriya hisobi standartlarida belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bersa, ularning qiymati balans qiymatiga teng holda qabul qilinadi;
agar ular milliy buxgalteriya hisobi standartlarida belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bermasa, ularning qiymati to‘lanadigan foyda va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlar (muddati kechiktirilgan daromadlar uchun) yoki ushbu soliqlardan tejalgan summa (muddati kechiktirilgan xarajatlar uchun) bo‘yicha hisoblanadi. Bunda to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar yoki ularni tejash summalari ushbu soliqlarning amaldagi stavkalari summasini kechiktirilgan xarajatlar va daromadlarning balans qiymatiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi;
pul mablag‘lari qiymatiga tuzatish kiritilmaydi;
har bir debitor bo‘yicha uzoq muddatli debitorlik qarzining bozor qiymatini kutilayotgan qarz to‘lovlari va qarz bo‘yicha foizlarni diskontlashni diskontlash stavkasi bo‘yicha qarzni uzish muddatlari va ehtimolini hisobga olgan holda amalga oshirish yo‘li bilan aniqlaydi. Diskontlash stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida olinadi. Joriy debitor qarzi balans qiymatiga teng deb olinadi.
uzoq muddatli majburiyatlarning bozor qiymatini kutilayotgan qarz to‘lovlari va qarz bo‘yicha foizlarni diskontlashni diskontlash stavkasi bo‘yicha to‘lov muddatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish yo‘li bilan aniqlaydi. Diskontlash stavkasi korxonaning foizli qarzlariga qo‘llaniladigan stavkaga teng deb olinadi;
majburiyatlarning balans qiymatiga teng deb olinadigan joriy majburiyatlarning bozor qiymatini aniqlaydi;
baholanayotgan korxonaga tegishli bo‘lgan, balansdan tashqari schyotida turgan, foydalanishda bo‘lgan xo‘jalik inventari balansdan tashqari schyotda ko‘rsatilgan qiymati bo‘yicha 50 foiz miqdoridagi eskirishni ayirib tashlagan holda baholanadi;
hisobga olinmagan majburiyatlarning (agar ular mavjud bo‘lsa) bozor qiymatini aniqlaydi.”;
e) 34-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bozor axboroti mavjud bo‘lmaganda, nazorat elementlari yo‘qligiga chegirmalar quyidagi tarzda hisoblanadi:

Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori, %

Nazorat elementlari yo‘qligiga chegirma, %

100 dan 75 gacha +1 oddiy aksiya

0

75 dan 50 gacha +1 oddiy aksiya

5

50 dan 25 gacha +1 oddiy aksiya

10

25 dan 10 gacha +1 oddiy aksiya

15

10 va undan kam

20

.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 20-son, 376-modda)