Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5017-sonli Farmonini ijro etish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi taʼminoti sarf-xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Belgilansinki, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining buyrugʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va uning huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda — 2 baravarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalarida — 1,5 baravarga, tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlarida — 1,3 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablagʻlar;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirishga jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining imtiyozli kreditlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
xalqaro donorlarning grantlari, xayriya mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 07/23/343/0812-son)
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 07/23/343/0812-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 07/23/343/0812-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻztransgaz” AK bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha, shuningdek elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq suv va issiqlik energiyasi yetkazib beruvchilar oldida 2017-yilning 1-apreligacha boʻlgan holatiga koʻra qarzdorlik, suv taʼminoti va issiqlik taʼminoti tashkilotlari tomonidan hisoblangan penya va jarimalar, shu jumladan muddati uzaytirilganlarini ham xatlovdan oʻtkazsin va buning yakunlari boʻyicha qarzdorlikni restrukturizatsiya qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” Agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Niyozbek yoʻli koʻchasi, 1-uyda joylashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Niyozbek yoʻli koʻchasi, 1-uy manzilidagi Respublika “Oʻzkommunoʻquvtashkilotchi” oʻquv-metodik, normativ-injiniring markazi binolarini tezkor boshqaruv huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga topshirsin;
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Niyozbek yoʻli koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan, ilgari boshqa shaxslarga sotilgan binoning bir qismini xarid qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, bunda ularning egalariga Toshkent shahrining boshqa qismlaridan teng qimmatga ega xonalar ajratilishini yoki belgilangan tartibda konpensatsiya toʻlanishini nazarda tutsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi 9-ilovaga* muvofiq manzillarda;
* 1 — 9-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
tumanlar (shaharlar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlari — tegishli tuman (shahar) hokimliklarining binolarida joylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga, asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha, vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari maʼmuriy binolarini rekonstruksiya qilish, shuningdek ularni xizmatga oid inventarlar, tashkiliy texnika bilan jihozlash hamda zarur miqdorda yengil avtotransport vositalarini xarid qilishga kerakli mablagʻlar ajratsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligini belgilangan tartibda telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining statistik axborotlari tarqatilishi majburiy boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Mehnat vazirligi bilan birgalikda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kasblarining jazibadorligini oshirish va ularning ijtimoiy muhofazasini takomillashtirish maqsadida, bir oy muddatda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashni ragʻbatlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
“2017 — 2021-yillar davrida ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida”;
“2017 — 2021-yillar davrida koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”;
“2018 — 2022-yillar davrida issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-aprel,
PQ-2900-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish, foydalanish va boshqarish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma Koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash hamda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash boʻyicha dasturlar (keyingi oʻrinlarda — Dasturlar)ni moliyalashtirish uchun tashkil etilgan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
II. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablagʻlar;
uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirishga jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining imtiyozli kreditlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
xalqaro donorlarning grantlari, xayriya mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilangan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq summasining bir qismi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-140-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-140-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)
6. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri boʻyicha Bosh boshqarmasining hisob-kitob kassa markazida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan ochiladigan alohida gʻaznachilik hisobraqamlarida jamlanib boriladi.
III. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilarni moliyalashtirishda foydalaniladi:
Koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash hamda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududni obodonlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan zaruriy texnika, mebel, aloqa vositalari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika vositalari bilan taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi xodimlarining xizmat safarlari, shu jumladan xorijiy xizmat safarlari;
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
vazirlikning kommunal xarajatlari bilan bogʻliq toʻlovlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga konsalting tashkilotlaridan va boshqa tashkilotlardan mutaxassislarni, jumladan mahalliy va xorijiy maslahatchilarni jalb qilish;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qaroriga asosan oltinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
IV. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
8. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish boʻlimi tomonidan ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish boʻlimi:
Oldingi tahrirga qarang.
zarur boʻlganda joylarga chiqqan holda, koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash va koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududni obodonlashtirish, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini maxsus texnika uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga oid har yilgi dasturlarni shakllantirishda ishtirok etadi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
Oldingi tahrirga qarang.
koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash va koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududni obodonlashtirish, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini maxsus texnika uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga oid dasturlar bajarilishi tahlili va monitoringini amalga oshiradi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
Dasturlar doirasida loyiha-qidiruv ishlarini tashkillashtiradi;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini hamda choraklar va oylar boʻyicha taqsimlagan holda uning bir yildagi ijrosi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi, keyinchalik bularni Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi rahbariyatiga maʼlum qiladi;
Jamgʻarma daromad va xarajatlari smetasini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi rahbariyatiga kiritadi;
Dasturlarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobi yuritilishini taʼminlaydi;
Dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi rahbariyatiga takliflar kiritadi.
V. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
10. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash mazkur Nizomga muvofiq Dasturlarning loyihalarini tayyorlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili:
Oldingi tahrirga qarang.
1-iyulga qadar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan manbalardan kelib tushadigan tushumlarning kelgusi yilgi prognozlarini, Jamgʻarmaning barcha yoʻnalishlar boʻyicha xarajatlari prognozini va obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari hamda Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish Bosh boshqarmasi takliflarini hisobga olgan holda kelgusi yilgi dasturlarning loyihalarini tayyorlaydi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, kapital va joriy taʼmirlash, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga oid dasturlarni tasdiqlash uchun uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi dasturlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiga kiritadi;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha manzilli roʻyxatlarni, shuningdek maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga oid roʻyxatni uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi dasturlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyalari tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Jamgʻarmaning keyingi yilgi daromad va xarajatlari prognozi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
VI. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
13. Jamgʻarma mablagʻlari uning gʻaznachilik hisobraqamidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlari orqali sarflanadi.
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli xarajatlar smetasi, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha manzilli roʻyxatlar hamda maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash roʻyxatlari asosida amalga oshiriladi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi belgilangan tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash va koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududni obodonlashtirish, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari maxsus texnika uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga oid shartnomalar roʻyxatga olinishini;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida qatʼiy amal qilgan holda xarajatlar haqi toʻlanishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash va koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududni obodonlashtirish, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha xarajatlarni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining toʻlov-topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
qurilishning prognoz qilinayotgan yerida tender (tanlov) savdosi natijalariga koʻra belgilangan ishlar umumiy qiymatining 30 foiziga qadar miqdorda avans toʻlovlarining teng ulushlari bilan qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlashni dastlabki ikki oy mobaynida haqini toʻlash;
ajratilgan avans proporsional ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda har oy bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida joriy moliyalashtirish;
pudratchiga qolgan 5 foizni toʻlash — shartnomada qayd etib oʻtilgan kafolat muddati tugagandan soʻng amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini maxsus texnika uskunalar, mashina va mexanizmlarni jihozlash boʻyicha sarf-xarajatlar haqini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining toʻlov-topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
qonunchilikda belgilangan tartibda avans toʻlovini amalga oshirish;
ajratilgan avans toʻlovlarini ushlab qolgan holda mahsulot yetkazib berishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib, har oygi joriy moliyalashni amalga oshirish.
18. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga sarf-xarajatlar haqi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining toʻlov-topshiriqnomalari asosida tasdiqlangan oʻquv jadvali va dasturlariga muvofiq Jamgʻarmaning ushbu maqsadlarga sarf-xarajatlari smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida “Oʻzkommunoʻquv” davlat unitar korxonasiga toʻlanadi.
19. Qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash hamda jihozlashning manzilli roʻyxatlarida nazarda tutilgan toʻliq moliyalashtirilmay qolgan mablagʻlar joriy moliya yili yakunlariga koʻra Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari balansliligini taʼminlashni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilangan tartibga kelgusi moliya yilida toʻlanishi lozim.
20. Quyidagilar:
Jamgʻarma mablagʻlarini ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarga sarflash;
Mazkur Nizomda koʻzda tutilmagan maqsadlarga Jamgʻarma hisobvaraqlaridan mablagʻlarni olish, shu jumladan vaqtincha olib qoʻyish taqiqlanadi.
VII. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish hisobi, hisoboti va nazorati
21. Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va sarflanishi hisobini yuritish hamda ular yuzasidan hisobot tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanish sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya zimmasiga yuklanadi.
23. Tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Tadbirlar

Masʼul bajaruvchilar

Amalga oshirish mexanizmi

I bosqich

Koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼminlash va koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, kommunal xizmat tashkilotlarini maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash boʻyicha dasturlarni shakllantirish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi. viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi

Birinchi navbatdagi va ustuvor obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha dastlabki manzilli roʻyxatlarni, shuningdek, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar roʻyxatini ishlab chiqib, ularni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga kiritish

Qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha kiritilgan dastlabki manzilli roʻyxatlarni, shuningdek, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar roʻyxatlarini tuzatish va qoʻshimchalar kiritilishini hisobga olgan holda kompleks tarzda koʻrib chiqish

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

Koʻp xonadonli uy-joy fondi kapital va joriy taʼmirlash xamda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, issiqlik taʼminoti obyektlari qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash. shuningdek. kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari va “TGX” DUKlarini maxsus texnika. uskunalar. mashina va mexanizmlar bilan jihozlash boʻyicha dasturlarni koʻrib chiqish va shakllantirish xamda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida dasturlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish respublika komissiyasiga taqdim etish

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda

II bosqich

Loyiha oldi va loyiha hujjatlarining texnik topshiriqlarini kelishish, shuningdek, koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash xamda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini maxsus texnika uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlar chiqish uchun buyurtmanoma tayyorlash

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi. viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari hududiy issiqlik va suv taʼminoti tashkilotlari

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha-texnik topshiriqni tayyorlash xamda uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga kiritish

Suv resurslaridan oqilona foydalanish usullarini joriy etish, shuningdek, loyiha boʻyicha optimal texnik yechimlar koʻllashni hisobga olgan xolda ichimlik suvining kafolatlangan manbalari boʻyicha xulosalar tayyorlash va tegishli qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga kiritish

Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi

Loyiha texnik topshiriqlarini koʻrib chiqish va kelishish hamda uni loyiha-smeta hujjatlarini (LSX) ishlab chiqish uchun “Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” davlat unitar korxonasiga topshirish

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

Loyihalarning idoraviy ekspertizasini oʻtkazish va keyinchalik ekspertiza natijalarini ekspertizadan oʻtkazish va belgilangan tartibda LSʼHni tasdiqlash uchun “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga topshirish

III bosqich

Koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash xamda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha manzilli roʻyxatlarni, shuningdek, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash roʻyxatlarini tasdiqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

Uzil-kesil manzilli roʻyxatga kiritilgan obyektlar boʻyicha belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolarini tashkil etish va oʻtkazish, pudrat shartnomalarini tuzish

Uzil-kesil manzilli roʻyxatlar xamda maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlarning roʻyxatlarini kelishib olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga kiritish

IV bosqich

Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash dasturlarini moliyalashtirish

Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi

Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari va “TTX” DUKlarni maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlanishini moliyalashtirish

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
 LexUZ sharhi
Nizomga ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qaroriga
9-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasini
JOYLASHTIRISH

T/r

Nomlanishi

Manzillari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

Nukus shahri, Beruniy koʻchasi, 20-uy

2.

Andijon viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Andijon shahri, Sarkuy koʻchasi, 5-uy

3.

Buxoro viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Buxoro shahri, Naqshband koʻchasi, 299-uy

4.

Jizzax shahri uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Jizzax shahri, Sh. Rashidov koʻchasi, 63-uy

5.

Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Qarshi shahri, Mustaqillik koʻchasi, 19-uy

6.

Navoiy viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Navoiy shahri, Xalqlar Dstligi koʻchasi,77a-uy

7.

Namangan viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Namangan shahri, Ibrat koʻchasi, 33-uy

8.

Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Samarqand shahri, Koʻksaroy maydoni, 1a-uy

9.

Sirdaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Guliston shahri, Mustaqillik koʻchasi,35-uy

10.

Surxondaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Termiz shahri, Xumo koʻchasi, 5-uy

11.

Toshkent viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Toshkent viloyati, Toʻytepa shahri,Toshkentshoh koʻchasi, 9-uy

12.

Fargʻona viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Fargʻona shahri, B. Mariloniy koʻchasi,35-uy

13.

Xorazm viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi

Urganch shahri. Al-Xorazmiy koʻchasi,23-uy

14.

Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi

Toshkent shahri,Mirobod tumani,T. Shevchenko koʻchasi, 26-uy

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 291-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son; 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 31.10.2023-y., 07/23/343/0812-son; 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)