1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5018-sonli Farmoniga muvofiq va ichimlik suvdan foydalanishda samarali davlat nazoratini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 17 nafardan iborat boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
2. 2017-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar — Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar taʼminoti boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparatini Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining maʼmuriy binosida joylashtirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda hududiy inspeksiyalarni bepul foydalanish huquqi bilan tegishli binolar va xonalarga joylashtirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Davsuvinspeksiya”ni oʻrnatilgan tartibda telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
6. Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-aprel,
PQ-2899-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2899-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining
TAShKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyalari
Boshqaruv xodimlarining jami cheklangan soni — 73 nafar, ulardan:
markaziy apparat boshqaruv xodimlari soni — 17 nafar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri inspeksiyalarining boshqaruv xodimlari soni — 56 nafar.
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2899-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparati
TUZILMASI
Inspeksiya boshligʻi
Ichimlik suvni ishlab chiqarish va tashishga qoʻyiladigan texnologik talablarga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi
3
Buxgalteriya
1
Ichimlik suvdan oqilona foydalanish va sotishni nazorat qilish boʻlimi
3
Yuriskonsult
1
Yer osti suvlaridan foydalanishni nazorat qilish boʻlimi
3
Kadrlar boʻyicha inspektor
1
Hududiy inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi
3
Maxsus qism
1
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 17 nafar;
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2899-son qaroriga 3-ILOVA
Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Bosh inspektor
Ichimlik suv ishlab chiqarish samaradorligini nazorat qilish inspektori
1-2
Ichimlik suv va yer osti suvidan oqilona foydalanishni nazorat qilish inspektori
1 — 3
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 56 nafar, shu jumladan:
Toshkent, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida — 6 nafardan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida — 4 nafardan;
Andijon, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida — 3 nafardan.
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 271-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son; 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)