Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 28-martda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-1015-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi OʻRQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
3-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863–XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning uchinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 59-moddadagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan” degan soʻzlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 81-moddaning uchinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan” degan soʻzlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, basharti bu harakatlar toʻlanishi lozim boʻlgan soliqning yoki boshqa majburiy toʻlovlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlarni, boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun zarur boʻlgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarini hamda boshqa hujjatlarni, debitorlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoxud toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi yozma bildirishni taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etish, xuddi shuningdek kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik”;
oltinchi qismining sanksiyasidagi “mansabdor shaxslarga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
yettinchi qismining sanksiyasidagi “mansabdor shaxslarga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
nomidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 1104-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar belgisidan oxirgi besh yil davomida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning roʻyxatdan oʻtkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi boʻyicha bekor qilinishi mumkin”;
2) quyidagi mazmundagi 11071-modda bilan toʻldirilsin:
“11071-modda. Tovar belgisiga doir mutlaq huquqning tugashi
Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi boʻlmaydi”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 483–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
oʻzbekcha matnining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sanitariya-epidemiologik xulosa — oziq-ovqat mahsulotining va uni tayyorlash hamda undan foydalanish uchun moʻljallangan uskunalarning sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat”;
ruscha matnining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sanitarno-epidemiologicheskoye zaklyucheniye — dokument, udostoveryayushiy sootvetstviye pishevoy produksii i oborudovaniya, prednaznachennogo dlya yeye izgotovleniya i ispolzovaniya, sanitarnim pravilam, normam i gigiyenicheskim normativam”;
2) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “gigiyena sertifikati” degan soʻzlar “sanitariya-epidemiologik xulosa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi 725–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 19-moddaning birinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi 813–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 91-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 19-moddadagi “Agentlikning rasmiy axborotnomasida” degan soʻzlar “Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “rasmiy axborotnomada” degan soʻzlar “Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “rasmiy axborotnomada” degan soʻzlar “Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran istalgan besh yil” degan soʻzlar “amal qilgan oxirgi besh yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovar belgisining mazkur Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan holda ishlatilishi tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalil hisoblanadi. Tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etiladigan, tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalillar arizada koʻrsatilgan vaqt davriga taalluqli boʻlishi kerak”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
ikkinchi qismidagi “Agentlikning rasmiy axborotnomasida” degan soʻzlar “Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi boʻlmaydi”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar belgisining:
reklamada, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda, peshlavhalarda, koʻrgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish etish vaqtida, ishlab chiqarilayotgan, sotuvga taqdim etilayotgan, sotilayotgan yoki boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan yoxud shu maqsadda saqlanayotgan va (yoki) tashilayotgan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida;
tovarlarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarda;
domen nomida ishlatilishi ham tovar belgisidan foydalanish deb eʼtirof etilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular soxtalashtirilgan boʻladi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
6) 322-moddaning uchinchi qismidagi “Agentlikning rasmiy axborotnomasida” degan soʻzlar “Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi OʻRQ-730-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 4-avgustdagi OʻRQ-787-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 5-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/787/0708-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi OʻRQ-850-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonun ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda aholi oʻrtasida mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlasin.
19-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 4-moddasining 1-bandi mazkur Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 19-apreldagi 77 (6771)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-aprel,
OʻRQ-429-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 265-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son; 04.08.2022-y., 03/22/787/0708-son; 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)