Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
bir oy muddatda oʻrta va quyi boʻgʻinlar oʻrtasidagi vazifa va funksiyalarni aniq chegaralanishini, shuningdek xodimlarning funksional majburiyatlarini nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlasin;
2018-yilning 1-yanvariga qadar ichki ishlar organlarining yangidan tashkil etilayotgan boʻlinmalarini va kiritilayotgan lavozimlarini zarur bilimlarga, amaliy koʻnikmalarga, maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuklanayotgan yangi vazifalarning mazmun va mohiyatini ichki ishlar organlarining har bir xodimi eʼtiboriga yetkazishni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilsin.
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalari hamda Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentiga boʻysunadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 1-avgustdagi PQ-339-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2022-y., 07/22/339/0703-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalari Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmalarining tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi va tegishincha ularning boshliqlariga — faoliyatni tartibga solish boʻyicha kundalik masalalar yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentiga — xizmat faoliyatini amalga oshirish masalalari yuzasidan boʻysunadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 1-avgustdagi PQ-339-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2022-y., 07/22/339/0703-son)
shahar (tuman, transport) ichki ishlar boʻlimlarining yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari bosh buxgalterlari, katta inspektorlari (inspektorlari), katta muhandislari (muhandislari), shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijro etishni nazorat qilish boʻlinmalari (guruhlari) katta inspektorlari (inspektorlari), pasport boʻlinmalari boshliqlari va doimiy ravishda ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda faoliyat olib boruvchi jamoat tartibini saqlash guruhlari katta inspektorlari lavozimlari ofitserlar tarkibi tomonidan egallanadi;
shahar (tuman) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) pasport boʻlinmalari xizmatchilari lavozimlari safdorlar tarkibi tomonidan egallanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda safdorlar tarkibiga oʻtkazilayotgan shahar (tuman) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) pasport boʻlinmalari xizmatchilarini attestatsiyadan oʻtkazish, shuningdek ularni asosan yuridik kollejlar bitiruvchilari bilan toʻldirish boʻyicha choralarni koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniy-maʼrifiy ishlar markazi, “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, shuningdek, davolash-profilaktika va tibbiyot muassasalari tomonidan ular faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan pullik xizmatlar koʻrsatish huquqini berish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi va hududiy ichki ishlar organlari tarkibidagi tibbiyot boʻlimlari, shu jumladan ambulatoriyalar, davlat tibbiyot muassasalari hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ichki ishlar organlari xodimlarining ichki ishlar tizimida egallab turgan lavozimiga koʻra pul taʼminoti va ijtimoiy imtiyozlari tashkiliy-shtatlar oʻzgarishlariga muvofiq ular lavozimga qayta tayinlanguniga yoki pensiyaga chiqquniga qadar saqlab qolinsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining takliflariga asosan Ichki ishlar organlarini bosqichma-bosqich moddiy-texnik jihozlash Dasturini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasiga ajratmalarni ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasi doimiy yangilanib turilishi, eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinishi hamda xodimlarni ragʻbatlantirish zaruriyatini inobatga olgan holda koʻpaytirish boʻyicha takliflar kiritsin;
ikki oy muddatda ichki ishlar organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash, ularning koʻp yillik xizmatini hisoblash va pensiya taʼminoti tizimini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda mablagʻlarning oqilona ishlatilishi, ustamalar va toʻlovlarni ishlarning amaldagi natijasini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan tarzda qoʻllanishini taʼminlaydigan tizimni joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiq xarajatlar smetalariga oʻzgartishlar kiritsin, shuningdek Ichki ishlar vazirligi va uning boʻlinmalarining yangi shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
uch oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi va mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida tushuntirishni, shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining eshituvlarini yoritishni taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-aprel,
PQ-2883-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) ichki ishlar organlari tizimi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladigan va muvofiqlashtiradigan respublika davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, qonunda koʻzda tutilgan ayrim masalalar boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Vazirlik oʻz faoliyatini bevosita hamda ichki ishlar organlari orqali, shu jumladan davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
4. Vazirlikning faoliyati ochiq va oshkora hisoblanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Vazirlik davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholini mamlakatdagi kriminogen vaziyat, huquq-tartibotni muhofaza qilish va jamoat xavfsizligini taʼminlash holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek Vazirlik va ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida tizimli ravishda xabardor qilib boradi.
5. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻzining nomi yozilgan muhrga ega boʻladi, shuningdek Vazirlik faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan oʻz ramziga ega boʻlishi mumkin.
2-bob. Vazirlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, konstitutsiyaviy tuzum himoya qilinishini, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash;
xalq bilan tizimli manzilli muloqotni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikni oʻrnatish, aholining eng muhim muammolarini hal etishga har tomonlama koʻmaklashish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, oʻsib kelayotgan avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoya qilishga qaratilgan samarali ishlarni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
barcha darajadagi ichki ishlar organlari boʻlinmalarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi boʻyicha, avvalambor, huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, tezkor-qidiruv va ekspert-kriminalistika faoliyati, tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish sohasidagi faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va samaradorligini taʼminlash;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini himoya qilishni taʼminlash, muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki qonun bilan cheklangan predmetlar va moddalarni sotib olish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishni tashkil etish;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ–4229-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, aholi migratsiyasi va pasport tizimi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
jinoiy jazolar va boshqa jinoiy-huquqiy taʼsir choralari ijrosini, mahkumlarni tuzatish va qayta tarbiyalash, shuningdek shaxslarni qidirish ishlarini tashkil etish;
huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va bunga imkon yaratadigan shart-sharoitlarni tizimli tahlil qilish, ularni, shu jumladan qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish orqali bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonun buzilishiga murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularga qonunga itoatkorlik xulq-atvorini hamda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish hissini singdirish;
ichki ishlar organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlash va joy-joyiga qoʻyish, shuningdek xodimlarini huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
xavfsiz turizmni taʼminlash.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
7. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Vazirlik quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, konstitutsiyaviy tuzum himoya qilinishini, qonun ustuvorligi, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash sohasida:
ichki ishlar organlarining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning buzilish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda oʻz vaqtida bartaraf etish borasidagi faoliyati samarali tashkil etilishini taʼminlash;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qonuniylikni va qonun ustuvorligini taʼminlashga doir respublika va idoraviy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, ichki ishlar organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini tizimli va kompleks tahlil qilish;
shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, jamiyatda fuqarolar totuvligi va ahilligini saqlashda ishtirok etish;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan xavfsizlik, inson huquqlari va qonun ustuvorligini taʼminlashning dolzarb masalalari yuzasidan hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ushbu sohadagi xalqaro shartnomalarga rioya etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ–4229-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ–4229-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etmaslik, qonun buzilishi holatlari boʻyicha xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish va ichki ishlar organlari xodimlarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
b) xalq bilan tizimli manzilli muloqotni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikni oʻrnatish, aholining eng muhim muammolarini hal etishga har tomonlama koʻmaklashish sohasida:
ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish boʻyicha ishini samarali tashkil etish, murojaatlarda koʻtarilayotgan muammolarga yuzaki munosabatda boʻlishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish sohasidagi faoliyatini, shu jumladan joylarga chiqib, murojaatlarda koʻtarilayotgan muammolar boʻyicha zudlik bilan tegishli choralarni koʻrish orqali nazorat qilish hamda muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati uchun asos boʻlgan qonun buzilishi holatlari va boshqa muammolarni kompleks va tizimli tahlil qilishni amalga oshirish, shuningdek qonun buzilishlarini bartaraf etish va muammolarni hal etishga doir takliflar ishlab chiqish;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish, fuqarolarni tashvishga solayotgan muammolarni hal etish boʻyicha aholi bilan tizimli manzilli muloqotni yoʻlga qoʻyish, shuningdek aholining ichki ishlar organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yuklatilgan vazifalarning lozim darajada bajarilishi boʻyicha jamoatchilik nazoratini kengaytirish va ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga oid chora-tadbirlarni, xususan, jamoatchilikka oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobotlarni tizimli taqdim etib borishi orqali amalga oshirish;
davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan aholining kundalik muammolarini hal etishda toʻgʻridan-toʻgʻri va yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
aholiga uning kundalik muammolarini hal etishga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida ichki ishlar organlari faoliyatida ijtimoiy va davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirishni taʼminlash;
v) voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, oʻsib kelayotgan avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoya qilishga qaratilgan samarali ishlarni tashkil etish sohasida:
ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar va yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qismi oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, oʻsib kelayotgan avlodni qonunga zid faoliyatga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ularning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimini olishlariga, ishga joylashishlariga koʻmaklashish, shuningdek, mazmunli dam olishlarini tashkil etish;
oʻsib kelayotgan yosh avlodning ongida vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning anʼana va urf-odatlarini hurmat qilish, shuningdek mustaqillik gʻoyalariga sadoqat tuygʻusini chuqur singdirishga toptirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yoshlarni terrorizm, diniy ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan, “ommaviy madaniyat”ning buzgʻunchi taʼsiri, shuningdek boshqa axborot va mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishni tashkil etish;
voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishda davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
g) barcha darajadagi ichki ishlar organlari boʻlinmalarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi boʻyicha, avvalambor, huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, tezkor-qidiruv va ekspert-kriminalistika faoliyati tergovga qadar tekshiruv, va dastlabki tergovni amalga oshirish sohasidagi faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va samaradorligini taʼminlash sohasida:
(7-bandning “g” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, shuningdek jinoyat ishlarini tergov qilish, kriminogen vaziyatni prognoz qilish amaliyotiga doir faoliyatining samaradorligini kompleks hamda tizimli tahlil qilishni tashkil etish;
ichki ishlar organlari faoliyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, ularni sodir etish sabablari va buning uchun imkon yaratadigan shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining jinoyatlar oldini olish, aniqlash, bartaraf etish va fosh qilish borasidagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish;
davlat, jamoat va boshqa tashkilotlar rahbarlariga huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va buning uchun imkon yaratadigan shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir taqdimnomalar, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritish;
jinoyatlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida uyushgan jinoiy guruhlar va hamjamiyatlar faoliyatining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish;
qonunchilikka muvofiq ichki ishlar organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyatlarni oʻz vaqtida va toʻliq fosh etish hamda har tomonlama tergov qilishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlarida tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish jarayonida qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(7-bandning “g” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarini texnik-kriminilastik taʼminlash, axborot-maʼlumotnoma va kriminalistika hisobi, kartoteka hamda kolleksiyalar yuritilishini tashkil etish;
maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni yuritish, qonunda nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy jazoni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlar bajarilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
d) jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini himoya qilishni taʼminlash, muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki qonun bilan cheklangan predmetlar va moddalarni sotib olish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishni tashkil etish sohasida:
(7-bandning “d” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ–4229-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
koʻchalar va boshqa jamoat joylarida sodir boʻladigan voqea-hodisalar, huquqbuzarliklarni, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini kompleks va tizimli tahlil qilishni tashkil etish;
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek shartnomaviy-huquqiy asosda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish;
ichki ishlar organlari vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan oʻrnatilgan tartibda litsenziyalash va ruxsatnoma turidagi hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya hamda ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda, shuningdek aholi gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini himoya qilishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish, vazirlik va idoralarning bu boradagi faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish hamda muvofiqlashtirish;
fuqarolarga tegishli va xizmat qurollari hamda ularning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, shuningdek pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining muomalada boʻlishi sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash hamda bartaraf etish;
davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda aholi bilan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
e) yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, aholi migratsiyasi va pasport tizimi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish sohasida:
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, shuningdek migratsiyani nazorat qilish va pasport tizimi talablariga rioya etilishi samaradorligini kompleks hamda tizimli tahlil qilish;
(7-band “e” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
yoʻl harakati xavfsizligini, shu jumladan yoʻl-transport hodisalari va yoʻl harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi, shuningdek ularga qarshi kurashishni taʼminlash, huquqbuzarliklarni sodir etishga daxldor boʻlganlarni va ularning shaxsini aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band “e” kichik bandining toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarga aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar kiritish;
(7-band “e” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
pasport tizimi qoidalari va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasiga kirish va chiqish uchun zarur hujjatlar, doimiy va vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalarni berish va rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish hamda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalasi boʻyicha murojaatlari koʻrib chiqilishini tashkil etish;
j) jinoiy jazolar va boshqa jinoiy-huquqiy taʼsir choralari ijrosini, mahkumlarni tuzatish va qayta tarbiyalash, shuningdek shaxslarni qidirish ishlarini tashkil etish sohasida:
belgilangan tartibda jinoiy jazolar va boshqa jinoiy-huquqiy taʼsir choralari ijrosini, shuningdek mahkumlarni tuzatish va qayta tarbiyalash ishlarini tashkil etish;
jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olish, jinoyatlarni bartaraf etish va fosh etish, huquq-tartibot hamda qonuniylikni taʼminlashga doir tadbirlarni amalga oshirish;
jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va takomillashtirish, mahkumlar bandligini taʼminlash uchun yangi ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib, jinoiy jazodan qochib yurgan shaxslarni, bedarak yoʻqolgan va qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda boshqa shaxslarni qidirishni, shuningdek shaxsi aniqlanmagan murdalar shaxsini aniqlashni tashkil etish;
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda shaxslarni xalqaro qidirish, hibsga olinganlarni olib kelishni taʼminlashda hamkorlikni muvofiqlashtirish va amalga oshirish;
Qarang: Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida qatnashuvchi davlatlarning “Shaxslarni davlatlararo qidirish toʻgʻrisida”gi shartnomasi (2010-yil 10-dekabr, Moskva)
z) huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va bunga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni tizimli tahlil qilish, ularni, shu jumladan, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish orqali bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish sohasida:
ichki ishlar organlari faoliyatini yuridik taʼminlash va ularning qonun ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyotida qonuniylikka rioya etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotida huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va shart-sharoitlari boʻlgan omillarni aniqlashni taʼminlash, shuningdek ularning tizimli tahlilini amalga oshirish;
qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqish hamda amalga oshirish, shuningdek ularni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda kiritish;
ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, ular zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band “z” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
i) jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonun buzilishiga murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularga qonunga itoatkorlik xulq-atvorini hamda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish hissini singdirish sohasida:
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonun buzilishiga murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularga qonunga itoatkorlik xulq-atvorini hamda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish hissini singdirish maqsadida aholi oʻrtasida huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha ichki ishlar organlarining muvofiqlashtirilgan ishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamgʻarmasi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ichki ishlar organlarining aholi oʻrtasidagi huquqiy targʻibot va maʼrifat ishlariga jalb qilish;
(7-bandning “i” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)
aholi oʻrtasida huquqiy bilimni targʻib qilish va qonunchilik normalari mazmun-mohiyatini, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalarini tushuntirishda ishtirok etish;
huquqbuzarliklardan jabrlangan shaxslar, gʻayriijtimoiy xulqli, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil va sodir etgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiya hamda ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishni amalga oshirish va tashkil etish, ularning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish va hal etishni taʼminlash;
aholi oʻrtasida huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha axborot, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirilishini taʼminlash;
aholi oʻrtasida huquqiy targʻibot va maʼrifat ishlarini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish;
k) ichki ishlar organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlash va joy-joyiga qoʻyish, shuningdek xodimlarini huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini tashkil etish sohasida:
ichki ishlar organlari xodimlarini tanlash, oʻrganish va joy-joyiga qoʻyishni, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va ular bilan ishlashni tashkil etish;
kadrlar bilan ishlash holatini tahlil qilish va baholash, uni yanada takomillashtirish va ichki ishlar organlarining kadrlar salohiyatini kuchaytirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish, korrupsiya holatlari va qonunga zid boshqa xatti- harakatlar sodir etilishini oʻz vaqtida aniqlash, bartaraf etish va profilaktikasini amalga oshirish;
ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini tashkil etish;
ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini tashkil etish;
ichki ishlar organlari taʼlim muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
ichki ishlar organlari xodimlari bilan maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni, ularni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortishni tashkil etish;
ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashish holatlariga barham berish choralarini koʻrish;
ichki ishlar organlari xodimlarining sogʻligʻini saqlash, mehnatiga haq toʻlash, ularni uy-joy bilan taʼminlash, xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan ichki ishlar xodimlari yoki ularning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash, davlat pensiya taʼminoti, davlat sugʻurtasini, shuningdek xodimlar va ularning oilasiga qonunga muvofiq ijtimoiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-bobi.
ichki ishlar organlarining jangovar va safarbarlik tayyorgarligini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlarining davolash-profilaktika, sport, sogʻlomlashtirish muassasalari hamda akademik litseylari faoliyatini tashkil etish.
(7-bandning “k” kichik bandi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
l) xavfsiz turizmni taʼminlash sohasida:
turistik namoyish obyektlari va infratuzilmalari hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashni taʼminlash;
turistlarni potensial tahdidlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish, shuningdek huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ularga tez yordam koʻrsatish boʻyicha vazifalarni bajarishni taʼminlash;
avtomobil, temir yoʻl va havo transporti infratuzilmalarida jamoat xavfsizligini taʼminlash;
turizm yoʻnalishlaridan jinoiy maqsadlar uchun foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslarning qonunga xilof faoliyatini aniqlash va bartaraf etish;
turistlar vaqtini xavfsiz oʻtkazishlari uchun shart-sharoit yaratish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish va dam olish joylarida, shuningdek ommaviy-madaniy va koʻngilochar tadbirlar oʻtkazishda jamoat tartibini saqlash boʻyicha choralarni amalga oshirish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoniga asosan “l” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
3-bob. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
8. Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlariga koʻrib chiqish uchun qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha oʻrnatilgan tartibda takliflar kiritish;
fuqarolarni ularning roziligi bilan hamkorlikka jalb etish, shuningdek ichki ishlar organlariga yordam bergan va jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda oʻrnak koʻrsatgan fuqarolarni ragʻbatlantirish;
davlat organlari, boshqa tashkilotlar yoki manfaatdor shaxslarga huquqbuzarliklarni, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni kiritish;
boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan hamkorlikda qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish;
jinoyatlar tafsilotlari, ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash hamda shaxslarni qidirish uchun davlat organlari tomonidan taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanish;
tashkilotlar va fuqarolardan ichki ishlar organlari faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotni bepul olish, qonunda boshqacha tartib oʻrnatilgan hollar bundan mustasno;
jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklarni oldini olish va fosh etish maqsadida texnika va maxsus vositalardan foydalangan holda axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazasini yaratish;
ichki ishlar organlari faoliyatini yoritish, normativ-huquqiy hujjatlar, rasmiy eʼlonlarni chop etish, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar boʻyicha boshqa materiallarni joylashtirish uchun qonunga muvofiq bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini taʼsis etish;
ikki tomonlama va koʻp tomonlama kelishuvlar asosida xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat birlashmalari va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan bogʻliq tadbirlarni oʻtkazish uchun vazirlik va idoralarning mutaxassislarini jalb etish;
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish uchun davlat unitar korxonalari tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
ichki ishlar organlari boʻlinmalarining ramzlarini, shu jumladan farqlovchi koʻkrak nishonlarini taʼsis etish.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Vazirlik ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
4-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
10. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan tasdiqlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimidan ozod etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri (keyingi oʻrinlarda — vazir) boshchilik qiladi.
11. Vazir:
ichki ishlar organlari tizimiga umumiy rahbarlikni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi koʻrib chiqishi uchun tashkiliy-shtatlar, moliyaviy-iqtisodiy, moddiy-texnik va ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan takliflarni oʻrnatilgan tartibda kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
bir yilda ikki marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida axborot beradi”;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Vazirlik va uning boʻlinmalari tuzilmasiga ularning jami cheklangan shtatlar soni doirasida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
jamoat xavfsizligini taʼminlash va qonunda nazarda tutilgan boshqa faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida tushadigan mablagʻlar hisobidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlikning tegishli boʻlinmalari xodimlarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritadi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-iyuldagi PF-5773-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)
oʻz vakolati doirasida Vazirlik boʻlinmalarining tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlaydi;
oʻz vakolati doirasida Vazirlik boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek hududiy ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlaydi;
davlat organlari, tashkilotlari va aholi, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Vazirlik nomidan ish koʻradi;
Vazirlikka berilgan vakolatlar doirasida buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi, ularning bajarilishi nazoratini tashkil etadi;
oʻzining oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, Vazirlikning ayrim uchastkalari faoliyati va ichki ishlar organlari ishiga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari hamda boshqa mansabdor shaxslarning javobgarlik darajalarini belgilaydi;
hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining qonunchilik talablarini buzgan holda qabul qilgan qarorlarini (yozma koʻrsatmalarini) bekor qiladi;
ichki ishlar organlari xodimlariga oʻrnatilgan tartibda maxsus unvonlar beradi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ichki ishlar organlari generallari tarkibiga unvonlar berish haqida taqdimnoma kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining oʻquv jarayonini belgilaydi;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Vazirlik stipendiyasini taʼsis etadi, Vazirlikning oliy taʼlim muassasalari tinglovchilari va kursantlariga bunday stipendiya miqdorini va toʻlash shartlarini belgilaydi;
ichki ishlar organlari xodimlari, Vazirlikning oliy taʼlim muassasalari tinglovchilari va kursantlarini ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazolar qoʻllash masalalarini hal etadi, Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlariga taqdim etadi;
Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan sakkiz nafar oʻrinbosar, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Vazir boʻlmagan hollarda uning vazifasini birinchi oʻrinbosar bajaradi.
Majburiyatlar taqsimotiga muvofiq vazir oʻrinbosarlari Vazirlik faoliyatining aniq yoʻnalishlariga rahbarlik qiladi.
Vazirning topshirigʻi boʻyicha uning oʻrinbosarlari oʻz vakolatlari doirasida farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
121. Vazir mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosariga tenglashtirilgan maslahatchiga ega.
Vazir maslahatchisi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Vazir maslahatchisi:
ichki ishlar organlari faxriylarini munosib ijtimoiy himoya qilish;
ichki ishlar organlari tizimida hurmat va obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan xodimlarning ijobiy xizmat tajribasi, amaliy koʻnikmasi va malakasini yosh xodimlarga yetkazish orqali ularda yuksak axloqiy va kasbiy mahoratni shakllantirish;
ichki ishlar organlarining yosh xodimlarida Vatanga hamda xizmat vazifalariga nisbatan sadoqat hissini shakllantirish uchun masʼuldir”;
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
13. Vazirlikda vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek Vazirlikning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat ushbu Nizomda belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Hayʼat majlislariga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqish uchun boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hayʼat uning majlisda tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchilik paydo boʻlgan taqdirda vazir mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi.
Hayʼatning faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
14. Vazirlikda ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish masalalarini kompleks hal etish uchun kengashlar va komissiyalar tuzilishi mumkin. Kengashlar va komissiyalar tarkibi, shuningdek ularning nizomlari Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
15. Hududiy ichki ishlar organlari yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz faoliyatini Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga asosan amalga oshiradi.
Hududiy ichki ishlar organlariga Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliqlar rahbarlik qiladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan vazir bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bundan mustasno.
Hududiy ichki ishlar organlari joylardagi davlat hokimiyati organlaridan mustaqil va bevosita Vazirlikka boʻysunadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 247-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son; 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son; 02.08.2022-y., 07/22/339/0703-son; 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son; 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)