|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbir nomi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbai |
Masʼul vazirliklar va idoralar |
|
1. |
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Poshxurt” botiqligi hududida qishloq xoʻjalik ehtiyoji uchun yaroqli tuproq qatlamlarining tarqalish maydonini aniqlash, intensiv texnologiyalar asosida bogʻlar tashkil qilish va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirish uchun suv bilan taʼminlash manbalarini asoslash maqsadida 20 ming gektar maydonda zarur gidrogeologik va muhandislik-geologik dala ishlarini olib borish. |
2017-yil 1-mayga qadar |
Davlat budjetidan Davlat geologiya qoʻmitasiga ajratilgan mablagʻlar |
Davlat geologiya qoʻmitasi (Turamuratov) |
|
2. |
Olib borilgan gidrogeologik va muhandislik-geologik dala ishlari asosida yer osti suvlaridan mavjud aholi punktlarida ichimlik uchun foydalanilayotgan suvga salbiy taʼsir etmagan holda qishloq xoʻjaligida oyma-oy foydalanish boʻyicha aniq hisob-kitoblar va asoslangan xulosani Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish. |
2017-yil 5-may |
Davlat budjetidan Davlat geologiya qoʻmitasiga ajratilgan mablagʻlar |
Davlat geologiya qoʻmitasi (Turamuratov) |
|
3. |
“Poshxurt” botiqligi hududidagi yer usti suv resurslari zohirlarini oʻrganish va ulardan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda foydalanish boʻyicha hisob-kitoblarni ishlab chiqish. |
2017-yil 5-may |
Davlat budjetidan “Oʻzgidromet” markaziga ajratilgan mablagʻlar |
“Oʻzgidromet” markazi (Chub), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), “UZGIP” MChJ (Roʻziboyev) |
|
4. |
“Poshxurt” botiqligi hududida olib borilgan gidrogeologik va muhandislik-geologik dala ishlari natijasida aniqlangan qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli boʻlgan yerlarning tuproq ball-boniteti, mexanik tarkibi, shoʻrlanish darajasi va boshqa koʻrsatkichlarini, shuningdek mavjud yer osti va yer usti suv resurslari zaxiralarini hisobga olgan holda konturlari boʻyicha xaritasini ishlab chiqish. |
2017-yil 10-iyun |
Davlat budjetidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi va Davlat geologiya qoʻmitasiga ajratilgan mablagʻlar |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev), Davlat geologiya qoʻmitasi (Turamuratov) Tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti (Qoʻziyev), “UZGIP” MChJ (Roʻziboyev) |
|
5. |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi va “Oʻzgidromet” markazining yer osti va yer usti suv resurslari zaxiralarini hisobga olib aniqlangan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanishga yaroqli boʻlgan yer maydonlarida tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejovchi boshqa sugʻorish texnologiyalarini joriy qilgan holda bogʻlar va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirish mumkin boʻlgan yerlarini aniqlash. |
2017-yil 15-iyun |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Vaxabov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev), Davlat geologiya qoʻmitasi (Turamuratov), Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov) | |
|
6. |
“Poshxurt” botiqligi hududidagi qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli boʻlgan yer maydonlari, yer usti va yer osti suvlari resurslarining zaxiralaridan kelib chiqib, intensiv texnologiyalar asosida bogʻlar tashkil qilish va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish boʻyicha aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish. |
2017-yil 1-iyul |
Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov), Sherobod tumani hokimligi (Eshmurodov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Vaxabov), Davlat geologiya qoʻmitasi (Turamuratov) | |
|
7. |
“Poshxurt” botiqligi hududida intensiv texnologiya asosida bogʻlar tashkil qilish va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlar yetishtirish uchun suv bilan taʼminlash tizimining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazish. |
2017-yil 10-noyabr |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan markazlashtirilgan investitsiyalar limitlari hisobidan |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), “UZGIP” MChJ (Roʻziboyev), Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov), Davlat geologiya qoʻmitasi (Turamuratov), |
|
8. |
Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan suv bilan taʼminlash tizimi qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2017-yil 1-dekabr |
Iqtisodiyot vazirligi (Bekenov), Moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Vaxabov), Surxondaryo viloyat xokimiyati (Turdimov) | |
|
9. |
Suv bilan taʼminlash tizimi loyihasini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash va qurilish-montaj ishlarini tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida bajarishni tashkil qilish. |
2017 — 2019-yillar |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga har yili ajratiladigan markazlashgan investitsiyalar limitlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), 13-qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi, pudrat tashkilotlari |
|
10. |
“Poshxurt” botiqligi hududida intensiv texnologiyalar asosida bogʻlar tashkil qiladigan va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtiradigan tadbirkorlarni aniqlab, ularga belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratish. |
2017 — 2019-yillar |
Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov), Sherobod tumani hokimligi (Eshmurodov) | |
|
11. |
Intensiv texnologiyalar asosida bogʻlar tashkil qiluvchi va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlarga tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejovchi boshqa sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish, koʻchat, urugʻlik olish va boshqa agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish uchun oʻrnatilgan tartibda tijorat kreditlarini ajratish. |
2017 — 2019-yillar |
Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari va xalqaro moliya institutlarining kreditlari, Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining mablagʻlari hamda qonunga zid boʻlmagan boshqa manbalar |
Tijorat banklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta tashkil qilish agentligi (Najimov), Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti (Sabirov) |
|
12. |
“Poshxurt” botiqligi hududida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida bogʻlar tashkil qilish va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish chora-tadbirlarining ijrosi boʻyicha tizimli monitoring oʻrnatish hamda natijasi boʻyicha har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot taqdim qilib borish. |
2017 — 2019-yillar har chorak yakuni bilan |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Vaxabov, Xamrayev), Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov) |