Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligida tarkibiy oʻzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, chorvachilikda xususiy mulkning ustuvor ahamiyati va oʻrnini taʼminlash, yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va raqobatdoshligini oshirish maqsadida:
1. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining qorakoʻlchilik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib, shuningdek, chorvadorlik qishloq xoʻjaligi kooperativlari(shirkatlari)ni — fermer xoʻjaliklari etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi 1, 2-va 3-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
2. Qorakoʻlchilik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, qorakoʻlchilik va chorvadorlik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xoʻjaliklari etib qayta tashkil qilish, shuningdek, fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilinadigan shirkatlar hududida joylashgan barcha ijtimoiy infratuzilma hamda boshqa obyektlarni tasarruf qilish Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklari etib qayta tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
ikki oy muddatda qorakoʻlchilik va chorvadorlik shirkatlarini fermer xoʻjaliklari hamda masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish borasidagi tadbirlarni ishlab chiqsin, unda shirkatlarning mol-mulki va yer maydonlari kompleks inventarlashtirilishi nazarda tutilsin;
2017-yilning 1-iyuniga qadar inventarlashtirish natijalari boʻyicha tayyorlangan loyihalar asosida shirkatlarni fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish ishlari nihoyasiga yetkazilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda qayta tashkil etilayotgan qorakoʻlchilik va chorvadorlik shirkatlari hududida zooveterinariya xizmati punktlari, yoqilgʻi-moylash materiallari sotiladigan tegishli neft bazalarining filiallari, yem-xashak bilan taʼminlash omborlari tarmogʻi hamda bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasining boshqa obyektlari barpo etilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda qorakoʻlchilik va chorvadorlik shirkatlarini fermer xoʻjaliklari hamda masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish natijasida boʻshaydigan xodimlarni ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda qorakoʻlchilik sohasidagi xoʻjalik subyektlarining:
“Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasini respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi etib;
“Qorakoʻl” hududiy birlashmalarini “Qorakoʻl” hududiy uyushmalar etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining asosiy vazifalari deb hisoblansin:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mayda shoxli mollar, shu jumladan qorakoʻl qoʻylarining naslini qayta tiklash, yuqori mahsuldor zot tiplarini yaratish va joriy etish boʻyicha qorakoʻlchilik subyektlari hamda tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, respublikada qorakoʻl qoʻylarning elita genofondining saqlab qolinishi ustidan monitoringni olib borish;
tabiiy yaylovlarning holatini yaxshilash, qurgʻoqchilikka va issiqqa chidamli yaylov ozuqabop oʻsimliklar navlarini yaratish, yaylovlarni degradatsiyadan chiqarishda ilgʻor texnologiyalarini joriy etish hamda investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
yaylov xoʻjaliklarida faoliyat yurituvchi subyektlarga ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qoʻllagan holda mayda shoxli mollar, shu jumladan, qorakoʻl qoʻylarini koʻpaytirish, subyektlar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish, yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishining oldini olish boʻyicha yuklatilgan majburiyatlar ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
ichki va tarmoqlararo, jumladan, mayda shoxli mollar, tuya, yilqi va yirik shoxli mollarni yetishtirishga hamda ulardan olinadigan xom ashyolarni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan korxonalar, shuningdek, qorakoʻlchilik xoʻjaliklari hamda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish;
sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali samarali va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish;
jahon bozoridagi talab va taklifni inobatga olgan holda mayda shoxli mollar, tuya, yilqi va yirik shoxli mollardan olinadigan xom ashyolarni chuqur qayta ishlash va eksport uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish;
malakali kadrlar tayyorlash va sohaning ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarish, taʼlim va fanning oʻzaro integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
jun yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish, jun ishlab chiqarish hajmini oshirish va uni chuqur qayta ishlash;
Oldingi tahrirga qarang.
yaylov xoʻjaliklarining doimiy foydalanishidagi yaylovlar hosildorligini oshirish, yaylov oʻsimliklari urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish va kavrak plantatsiyalarini tashkil etishga koʻmaklashish, shuningdek, tabiiy holda oʻsuvchi kavrak oʻsimliklaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
(7-bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos keladigan ozuqabop oʻsimliklar yetishtirishni tashkil etish va tayyor mahsulotni yetkazib berish boʻyicha takliflar tayyorlash;
respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida yetishtirish hajmini koʻpaytirish choralarini koʻrish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport hajmini oshirish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Uyushma aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar oʻtkazish jarayonida, shuningdek, sudlarda ishlarni koʻrishda himoya qilish.
(7-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PQ-4984-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 07/21/4984/0098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi boshqaruvi raisiga, zarurat tugʻilganda, ijro etuvchi apparat tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritishga ruxsat berilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
9. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi raisi Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq saylanadi. “Qorakoʻl” hududiy uyushmalarining rahbarlari Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi boshqaruv raisining qaroriga binoan tasdiqlanadi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi va “Qorakoʻl” hududiy uyushmalari faoliyatini moliyalashtirish ularning tarkibiga kiruvchi xoʻjalik subyektlarining ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi va “Qorakoʻl” hududiy uyushmalari qayta tashkil etilayotgan “Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi hamda “Qorakoʻl” hududiy birlashmalarining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadilar.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda uyushma hamda hududiy uyushmalarning nizomlarini ishlab chiqsin, taʼsis yigʻilishlarini oʻtkazsin va belgilangan tartibda nizomlarni tasdiqlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi naslchilik xoʻjaliklari maqomiga ega boʻlgan qayta tashkil etiladigan shirkatlar negizida tashkil qilingan masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, qonun hujjatlariga muvofiq, naslchilik qorakoʻlchilik xoʻjaliklari maqomi berilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 8-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-mart,
PQ-2841-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2841-son qaroriga
1-ILOVA
Fermer xoʻjaliklari etib qayta tashkil etiladigan qorakoʻlchilik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)
ROʻYXATI

T/r

T/r

Tuman nomi

Qoraqoʻlchilik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) nomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

1.

Ellikqalʼa

Bukan-merey

2.

2.

Beruniy

“Qizilkapa”

3.

3.

“Qoraklchi

4.

4.

Qoʻngʻirot

Usturt

5.

5.

Qoraoʻzak

“Qorakalpogʻistonning 40 yilligi

6.

6.

Taxtakoʻpir

Mulik

7.

7.

Kuniratkl

8.

8.

Janadarya

9.

9.

Mal-semirtuv

10.

10.

Toʻrtkoʻl

Trtkl

11.

11.

“Qizilqum

Buxoro viloyati

12.

1.

Romitan

“Qizil-Ravot

Jizzax viloyati

13.

1.

Forish

Arnasoy

14.

2.

Amankeldi

15.

3.

Musoqul Orolov nomidagi shirkat

16.

4.

Mustaqillik

17.

5.

“Qizil-Qum

18.

6.

A. Yerimbetov nomidagi shirkat

19.

7.

Darboza

20.

8.

Forish

21.

9.

Zomin

Yangi chorvador

22.

10.

Zomin-chorvador

Qashqadaryo viloyati

23.

1.

Chiroqchi

Beshchashma

24.

2.

Chiyal

25.

3.

Kkdala

26.

4.

Chorvador

27.

5.

Dehqonobod

Xoji Begimqulov nomidagi shirkat

28.

6.

Dehqonobod

29.

7.

Ibn Sino nomidagi shirkat

30.

8.

Kkbuloq”

31.

9.

“Qizilcha

32.

10.

Okrabot

Navoiy viloyati

33.

1.

Konimex

Karak-ota

34.

2.

Madaniyat

35.

3.

Chordara

36.

4.

Tomdi

Keregetau

37.

5.

J. Balimanov nomidagi shirkat

38.

6.

Kerizbuloq”

39.

7.

Ayaqquduq”

40.

8.

Birlik

41.

9.

Tomdi”

42.

10.

Jana sharua

43.

11.

Uchquduq

Avangard

44.

12.

“Oltintov”

45.

13.

Juzkuduq”

46.

14.

Mingbuloq”

47.

15.

Uzunkuduq”

48.

16.

Nurota

Sh. Rashidov nomidagi shirkat

49.

17.

“Oʻzbekiston

50.

18.

Alisher Navoiy nomidagi shirkat

51.

19.

Al Buxoriy nomidagi shirkat

52.

20.

Qiziltepa

Malikchl

53.

21.

Navbahor

Sarmish

54.

22.

Karmana

Karmana

55.

23.

Xatirchi

Oltinsoy

Samarqand viloyati

56.

1.

Nurobod

Jom

57.

2.

Ulus

58.

3.

Koraklcha

59.

4.

Qoʻshrabot

E. Jumanbulbul oʻgʻlinomidagi shirkat

60.

5.

“Qoʻshrabot

61.

6.

O. Qodirov nomidagi shirkat

62.

7.

Jonbuloq”

63.

8.

Zarmitan

64.

9.

Pangat

65.

10.

Payariq

Dstlik

66.

11.

“Xalkobod

Surxondaryo viloyati

67.

1.

Qumqoʻrgʻon

Oqqopchigoy

68.

2.

Boysun

Sayrob

69.

3.

Sherobod

Koʻhitang

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2841-son qaroriga
2-ILOVA
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil etiladigan naslchilik qorakoʻlchilik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)
ROʻYXATI

T/r

T/r

Tuman nomi

Naslchilik qorakoʻlchilik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) nomi

Buxoro viloyati

1.

1.

Olot

“Olot”

2.

2.

Jondor

Amir Temur nomidagi shirkat

3.

3.

Shofirkon

“Gʻalaba”

4.

4.

Peshku

“Jongeldi”

5.

5.

Qorakoʻl

“Qorakoʻl”

6.

6.

Qorovulbozor

“Qorovulbozor”

7.

7.

Gʻijduvon

“Koʻkcha”

Jizzax viloyati

8.

1.

Forish

“Bogʻdon”

Qashqadaryo viloyati

9.

1.

Mirishkor

“Oʻzbekiston”

10.

2.

Gʻ. Gʻulom nomidagi shirkat

11.

3.

Muborak

“Muborak”

12.

4.

Gʻuzor

“Gʻuzor”

13.

5.

“Pachkamar”

14.

6.

Koson

“Turon”

15.

7.

Nishon

“Nishon”

16.

8.

Dehqonobod

M. Ibragimov nomidagi shirkat

17.

9.

“Qoʻngʻirot”

Navoiy viloyati

18.

1.

Kanimex

“Saribel”

19.

2.

“Konimex”

20.

3.

“Abay”

21.

4.

“Qizil-qum”

22.

5.

Nurota

“Qizilcha”

23.

6.

“Istiqlol”

24.

7.

“Nurota”

25.

8.

“Gʻozgʻon”

Samarqand viloyati

26.

1.

Nurobod

“Kattaqoʻrgʻon”

27.

2.

“Olgʻa”

28.

3.

R. Jaxongirov nomidagi shirkat

29.

4.

“Sahoba ota”

30.

5.

“Oʻzbekiston”

31.

6.

Paxtachi

“Qarnobota”

Surhondaryo viloyati

32.

1.

Qumqoʻrgʻon

“Sayhon”

 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2841-son qaroriga
3-ILOVA
Fermer xoʻjaliklari etib qayta tashkil etiladigan chorvadorlik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)
ROʻYXATI

T/r

T/r

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari nomi

Chorvadorlik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) nomi

1.

1.

Kegeyli

Yerkindarya”

2.

2.

Trtkl

3.

3.

“Qazanketken

4.

4.

Parlitau

5.

5.

Aspantay

6.

1.

Chimboy

Taza-jol

7.

1.

Qoʻngʻirot

Jana-talap

8.

2.

Kokli-kol

9.

1.

Moʻynoq

Mynoq”

10.

2.

“Oq-qala

 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2841-son qaroriga
4-ILOVA
Qorakoʻlchilik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qorakoʻlchilik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
auksion — qorakoʻlchilik shirkatlari mulklarini sotish maqsadida tashkil etiladigan auksion savdolari;
talabgor — auksionda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan, 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va yuridik shaxslarning vakillari;
mulk — sotuvga qoʻyiladigan hayvonlar, oʻtarlar, qoʻtonlar, molxonalar, choʻponlar uyi, hayvonlarni soʻyishda foydalaniladigan nasos uskunasi, shaxta quduqlari va skvajinalar, shuningdek, xatlovda aniqlangan boshqa mulklar;
avans zakalati — auksionda ishtirok etish uchun sotuvga qoʻyiladigan mulk dastlabki bahosining 10 (oʻn) foizi miqdorida oldindan amalga oshiriladigan toʻlov.
3. Qorakoʻlchilik shirkatlarini fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema, ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq hokim qarori bilan tashkil etiladigan namunaviy tarkib boʻyicha Qorakoʻlchilik shirkatlarini fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish Komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
4. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq amalga oshiradi.
2-bob. Auksionga qoʻyiladigan fermer xoʻjaliklarini tashkil etish loyihalarini shakllantirish
5. Auksionga qoʻyiladigan fermer xoʻjaliklarini tashkil etish loyihalari (keyingi oʻrinlarda — loyihalar)ni shakllantirishda quyidagi asosiy mezonlarga alohida eʼtibor qaratiladi:
qorakoʻlchilik shirkatlaridagi chorva mollarning soni, suvi bor shaxta quduqlari va skvajinalar miqdori, hayvonlarni ulardan suv bilan taʼminlash mumkinligi, ushbu hududda hayvonlarni boqish uchun ajratilgan yaylovlarning hosildorligi;
hayvonlar oʻtarlari, qoʻtonlar, molxonalar, choʻponlar uyi va boshqa vositalar mavjudligi hamda ularning joylashuvi;
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra aniqlangan yer maydonlari konturini hamda mulkning boshlangʻich balans qiymati asosida realizatsiya qilinadigan loyihalarni ishlab chiqish va ularning xaritalarini tayyorlash.
6. Hayvonlar ikki va undan ortiq loyihalarda bir shaxta qudugʻi yoki skvajinadan suv bilan taʼminlangan taqdirda, auksionga qoʻyilayotgan ushbu shaxta qudugʻi yoki skvajinalarning narxi har bir loyiha boʻyicha teng qismda taqsimlanadi.
7. Hayvonlar umumiy foydalanishdagi sugʻorish tarmoqlari (ariqlar, daryolar, kanallar, buloqlar va boshqalar) yoki suv keltirish orqali suv bilan taʼminlangan taqdirda har bir oʻtardagi mulk va unga biriktirilgan yer maydonlari bitta loyiha hisoblanadi.
8. Yil fasllari va yaylovlarning hosildorligidan kelib chiqib, bir oʻtardagi hayvonlarni (loyihadagi) bir hududdan boshqa hududga oʻtkazgan taqdirda ikkala hududning mulki va ajratilgan yer maydonlari bitta loyihaga kiritiladi va bitta loyiha sifatida savdoga qoʻyiladi.
9. Auksionga qoʻyilgan har bir loyihadagi qoʻy va echkilar soni 300 (uch yuz) boshdan kam boʻlmasligi shart.
10. Mulkning loyihadagi balans qiymatini baholash summasi auksionda ushbu loyihaning boshlangʻich bahosi hisoblanadi.
3-bob. Auksionni tashkil etish
11. Komissiya auksion oʻtkazilishidan bir oy oldin auksionga qoʻyiladigan loyihalar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida belgilangan tartibda eʼlon joylashtiradi.
Eʼlon, qoidaga binoan, qorakoʻlchilik shirkatining maʼmuriy binosida bemalol tanishib chiqish uchun ochiq joyda ham joylashtiriladi.
Auksion oʻtkazilishidan to tugatilguniga qadar eʼlonni olib tashlash taqiqlanadi.
Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon qoʻshimcha ravishda mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda Internet tarmoqlarining veb-saytlariga ham joylashtirilishi lozim.
12. Eʼlonda majburiy tartibda quyidagilar koʻrsatiladi:
auksionga qoʻyilgan mulkning turi, soni va dastlabki narxi;
auksionga qoʻyilgan loyihaning joylashishi va unga biriktirilgan yer maydoni sxemasi;
auksionni oʻtkazish joyi, vaqti (boshlanish va tugash soatlari koʻrsatiladi) uni oʻtkazish tartibi;
auksionda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati;
talabgor tomonidan toʻlanadigan avans zakalatining miqdori, muddati va shakli, avans zakalatini oʻtkazib berish uchun bank hisob raqamining rekvizitlari.
13. Auksiondagi ishtiroki uchun talabgor tomonidan loyiha qiymatining 10 (oʻn) foizi miqdorida avans zakalati toʻlanadi.
Talabgor auksionda gʻolib boʻlgan taqdirda, u loyiha qiymatining qolgan 90 (toʻqson) foizini auksion oʻtkazilgan kundan boshlab 1 (bir) oy ichida toʻlashi shart.
14. Auksionni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-harajatlar qayta tashkil etilayotgan qorakoʻlchilik shirkatlari mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
4-bob. Auksionda ishtirok etish
15. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari auksionda ishtirok etish uchun Komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
auksionda ishtirok etish uchun ikki nusxada ariza (arizada loyiha raqami aniq koʻrsatilishi kerak);
avans zakalati toʻlanganligini tasdiqlovchi kvitansiya nusxasi;
yuridik shaxslar uchun — davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma, uning nomidan ishonchli shaxs qatnashgan taqdirda esa — belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslar uchun — uning nomidan ishonchli shaxs qatnashgan taqdirda esa — belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
16. Ariza Komissiya kotibi tomonidan qabul qilinadi. Arizaning ikkinchi nusxasi esa roʻyxatga olish raqami, sanasi va unga hujjatlar roʻyxati ilova qilinib arizachiga qaytarib beriladi.
Komissiya raisi va aʼzolari auksionda ishtirok etish uchun ariza topshirishga haqli emas, qayta tashkil etilayotgan shirkat rahbari va boshqa xodimlari bundan mustasno.
Qayta tashkil etilayotgan shirkatlarning Komissiya tarkibiga kiritilgan rahbarlari va boshqa xodimlari auksionda ishtirok etish huquqiga ega.
17. Ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq, toʻliq boʻlmagan hajmdagi hujjatlar taqdim etilganda, ariza qabul qilinmaydi.
18. Ushbu Nizomning 3-ilovasiga binoan shakl boʻyicha Komissiya tomonidan auksion savdolarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobi yuritiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish kitobi shnurlangan (tikib bogʻlab qoʻyilgan), raqamlangan va qorakoʻlchilik shirkatining muhri bilan mahkamlangan boʻlishi kerak. Barcha arizalar Komissiya kotibi tomonidan kechiktirilmay roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga qayd qilinishi lozim.
19. Komissiya arizachilarni auksion oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar namunasi bilan taʼminlashga hamda ularni toʻldirish va rasmiylashtirishda maslahat koʻmagini koʻrsatishga majburdir.
20. Komissiya taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning bus-butun saqlanishi hamda arizachilar va taqdim etilgan hujjatlarning sir tutilishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishi lozim.
21. Auksion boshlangunga qadar arizachi Komissiyaga yozma murojaat qilgan holda arizani qaytarib olish huquqiga ega. Bu holatda avans zakalati Komissiyaga tegishli ariza kelib tushgan paytdan boshlab bankning uch ish kunidan kechiktirmay qaytarib berilishi lozim.
22. Auksionda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish auksion oʻtkaziladigan kun eʼlon qilingan sanadan ikki kun oldin Komissiya tomonidan toʻxtatiladi.
23. Komissiya arizachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni toʻliq oʻrganib chiqib, auksionda ishtirok etuvchi aniq talabgorlar roʻyxatini belgilaydi.
24. Auksionda ishtirok etuvchi talabgorlar roʻyxati Komissiya bayonnomasi bilan tasdiqlangandan soʻng talabgorlar auksionning rasmiy ishtirokchilari hisoblanadilar.
25. Talabgorga barcha loyihalar boʻyicha auksionga qoʻyilgan, sotiladigan mulk koʻrsatilgan holda bilet va savdo vaqtida foydalanish uchun maxsus raqamli belgi beriladi va u savdolar tugaganidan soʻng qaytarilishi lozim boʻladi.
5-bob. Auksionni tashkil etish tartibi
26. Auksion eʼlonda koʻrsatilgan sana va vaqtda Komissiya tomonidan oʻtkaziladi.
27. Auksionda talabgorlardan tashqari boshqa shaxslar, shu jumladan qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini vakillari hamda mahalla faollari kuzatuvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
28. Komissiya bayonnomasida belgilangan talabgorlar ishtirok etadigan savdolar auksionga qoʻyilgan har bir loyiha boʻyicha alohida oʻtkaziladi.
Bunda start beriladigan auksion boshlangʻich narxi maksimal boʻlgan auksion loyihasi boʻyicha, keyingi auksion loyihalari boʻyicha esa — navbati bilan, boshlangʻich narxi imkoni boricha kamaytirib borilgan holda oʻtkaziladi.
29. Auksion har bir loyiha uchun kamida ikkita talabgorning hujjatlari taqdim etilgan taqdirda oʻtkaziladi.
30. Auksionni oʻtkazish jarayoni boshlangʻich bahosining eʼlon qilinishi bilan boshlanadi. Navbatdagi bahosi eʼlon qilinganidan soʻng savdoni oʻtkazayotgan shaxs maxsus raqamli belgini birinchi koʻtargan talabgorni koʻrsatadi. Agar boshqa talabgorlar sotib olish xohishini bildirsa, savdolar tashkilotchisi auksion bahosining keyingi qadamini eʼlon qiladi.
Auksion bahosining qadami Komissiya tomonidan belgilanib, auksionga qoʻyilgan loyiha boshlangʻich bahosining 5 (besh) foizidan kam va 10 (oʻn) foizidan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Auksion loyiha boʻyicha maksimal narxni taklif etadigan talabgor aniqlangunga qadar davom etadi.
Narx uch marta eʼlon qilinganidan keyin boshqa talabgorlar maxsus raqamli belgilarni koʻtarmasalar, auksionda bu narx boʻyicha savdolar toʻxtatiladi. Oxirgi boʻlib maxsus raqamli belgini koʻtargan talabgor eʼlon qilinadi va auksion gʻolibi hisoblanadi.
Auksionda sotib olingan hayvonlarni toʻgʻri parvarishlash, boqish va suv bilan taʼminlash maqsadida auksion gʻolibi loyihaning qolgan 90 (toʻqson) foiz pul miqdorini toʻliq toʻlaganidan soʻng egalik huquqini qoʻlga kiritguniga qadar qorakoʻlchilik shirkati ishchilariga mazkur oʻtarda hayvonlarni nazorat qiluvchi oʻzining ishonchli vakilini biriktirib qoʻyishi mumkin.
31. Auksionda gʻolib boʻlgan talabgor Komissiya bayonnomasini imzolashdan va toʻlov boʻyicha oʻzining majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, uning gʻolib boʻlgani toʻgʻrisidagi qaror Komissiya tomonidan avans zakalati qaytarilmasdan bekor qilinadi hamda mazkur loyiha boʻyicha qaytadan auksion eʼlon qilinadi.
32. Auksionda talabgorlar mavjud boʻlmagan yoki bitta talabgor ishtirok etgan taqdirda, auksion boʻlib oʻtmagan hisoblanadi va Komissiya qarori bilan uning takroran oʻtkazilishi bir hafta muddatga suriladi.
33. Agar muayyan loyihaga faqat bitta talabgor hujjat topshirgan boʻlsa, bunda auksion yana ikki marta qoldirilgan boʻlsa hamda uchinchi marta ham bitta talabgor boʻlsa, Komissiya qarori bilan mazkur loyiha uning boshlangʻich bahosiga 5 (besh) foiz qoʻshilgan holda ushbu talabgorga sotiladi.
34. Auksion tugaganidan soʻng Komissiya loyihaning sotilganini, uning narxi va gʻolibning raqamini eʼlon qiladi.
35. Auksion oʻtkazilgan kunda Komissiya tomonidan auksion natijalari va gʻolib toʻgʻrisida uch nusxada bayonnoma tuziladi.
Bayonnomaning bir nusxasi auksionda gʻolib boʻlgan talabgorga beriladi, ikkinchi bayonnoma belgilangan tartibda yer maydoni ajratilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun tuman hokimligiga yuboriladi, uchinchi nusxa auksion boʻyicha hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
36. Auksion yakunlariga koʻra tuzilgan bayonnomada quyidagi maʼlumotlar oʻz aksini topadi:
sotilgan loyiha boʻyicha mulklar roʻyxati;
ushbu loyihaga biriktirilgan yaylovlar maydoni;
loyihaning sotilish narxi, toʻlov tartibi va shakli;
sotib oluvchi toʻgʻrisida maʼlumot va uning manzili;
loyiha boʻyicha sotilgan mulkka boʻlgan egalik huquqini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish.
37. Komissiya uch kun muddatda aniq talabgorning gʻolibligi toʻgʻrisidagi bayonnomani, loyiha boʻyicha mulk haqi batamom toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat hamda boshqa tegishli hujjatlarni tuman hokimiyatligiga yuboradi.
38. Taqdim etilgan hujjatlar asosida fermer xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisida tuman hokimi belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
39. Loyihaga biriktirilgan yer maydoni (yaylovlar)da joylashgan yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasini rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
40. Yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasida, fermer xoʻjaligi majburiyatlaridan tashqari quyidagilar ham nazarda tutiladi:
mavjud ixtisoslikni saqlab qolish;
ajratilgan yaylovlarni boshqa shaxslarga ijaraga bermaslik;
yaylovlar hosildorligini oshirish tadbirlarini bajarish;
yaylovlar tanazzulga uchrashining oldini olish;
auksionda sotib olingan mulkdan oqilona foydalanish.
Yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasida fermer xoʻjaligining boshqa majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
41. Auksionda ishtirok etish uchun toʻlangan avans zakalati Komissiya tomonidan quyidagilarga qaytarib beriladi:
auksionda ishtirok etishga rad javobini olgan shaxslarga — rad etilgan kundan boshlab uch bank ish kunidan kechiktirmasdan;
auksionda gʻolib boʻlmagan talabgorlarga — auksion oʻtkazilgan kundan boshlab uch bank ish kunidan kechiktirmasdan.
Ushbu bandda koʻrsatilgan hollarda naqd pul bilan toʻlangan avans zakalati naqd pul shaklida, pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlangan avans zakalati esa — pul oʻtkazish orqali qaytariladi.
42. Auksionda qorakoʻlchilik shirkatlari mulki sotilishi bilan bogʻliq barcha hujjatlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash lozim boʻlgan alohida yigʻmajildlar yuritiladi.
43. Yigʻmajildga auksion toʻgʻrisidagi eʼlon, talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, auksion natijasi boʻyicha bayonnomaning bir nusxasi hamda auksion oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlar solinishi kerak.
44. Auksion orqali qorakoʻlchilik shirkati mulkini sotishdan tushgan mablagʻlar birinchi navbatda qorakoʻlchilik shirkatining kreditorlik qarzini qoplashga yoʻnaltiriladi, mablagʻning qolgan qismi ushbu xoʻjalikning paychilari orasida ularning paylari miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
6-bob. Naslchilik qorakoʻlchilik shirkatlarini masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish tartibi
45. Komissiya naslchilik qorakoʻlchilik shirkatlarini masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilishni Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
46. Komissiya naslchilik qorakoʻlchilik shirkatlarini masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish masalasini mulkiy paylar koʻrinishidagi ulushi boʻlgan qorakoʻlchilik shirkatlari aʼzolarining umumiy yigʻilishida koʻrib chiqadi.
47. Naslchilik qorakoʻlchilik shirkatlarini masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil etishda xoʻjalik aʼzolarining mulkiy paylar ulushidan kelib chiqib, ularning umumiy yigʻilishidagi roziligi bilan ikki yoki undan koʻp masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tashkil qilinishi mumkin. Masʼuliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil etishda mulkiy ulushi boʻlgan ishtirokchilarning soni 50 nafardan oshmasligi kerak.
48. Naslchilik qorakoʻlchilik shirkatlarini ikki yoki undan koʻp masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil etishda qorakoʻlchilik shirkatlarining mulki asosiy va boshqa vositalari biriktirilgan yer uchastkalari joylashuvining hududiy butunligi saqlangan holda masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ulush bilan qatnashuvchilari oʻrtasida mutanosib tartibda taqsimlanadi.
49. Tashkil etilayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar orasida qorakoʻlchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi asosiy vositalari (maʼmuriy binolar, mashina-traktor parklari, turli texnik vositalar, omborxona va boshqalar)ni teng qismda taqsimlashning iloji boʻlmagan taqdirda, mazkur vositalar auksion orqali qonunchilikda belgilangan tartibda sotilishi mumkin. Bunda tushgan mablagʻlar ularning pay ulushlariga mutanosib miqdorda taqsimlanishi mumkin.
50. Qorakoʻlchilik shirkatining kreditorlik qarzi yangi tashkil etilayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlari mulkiy ulush qatnashuvchilarining pay ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
51. Barcha tayyorlangan hujjatlar Komissiya tomonidan naslchilik qorakoʻlchilik shirkati aʼzolarining umumiy yigʻilishi muhokamasiga kiritiladi.
Naslchilik qorakoʻlchilik shirkatining umumiy yigʻilishi aʼzolari umumiy yigʻilishda masʼuliyati cheklangan jamiyat ustavi loyihasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish xususida oʻzlarining fikrlari va takliflarini bildirishlari va kelishilgan ustavni tasdiqlashlari, shuningdek, jamiyat boshqaruvini, rais (direktor)ni va taftish komissiyasi (taftishchi)ni saylashlari mumkin. Bunday holda umumiy yigʻilish taʼsis yigʻilishi hisoblanadi.
Umumiy taʼsis yigʻilishida koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ular kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng qaytadan taqdim etish uchun muddati koʻrsatilgan holda Komissiyaga qaytarib beriladi.
52. Naslchilik qorakoʻlchilik shirkatini masʼuliyati cheklangan jamiyat etib qayta tashkil qilishda pay ulushlari boʻlgan shaxslar tomonidan masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustav jamgʻarmasiga oʻz ulushlarini kiritishni rad qilgan taqdirda Komissiya pay ulushlarining mansubligi boʻyicha belgilangan tartibda qaytarilishini taʼminlaydi.
53. Masʼuliyati cheklangan jamiyat aʼzolari taʼsis yigʻilishi oʻtkazilganidan soʻng masʼuliyati cheklangan jamiyatni tashkil etish bilan bogʻliq barcha zarur hujjatlarni qabul qilish-topshirish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadilar.
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi qorakoʻlchilik shirkati mulkini topshirayotgan moddiy masʼul xodimlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatning qabul qilib olayotgan masʼul xodimlari tomonidan imzolanadi hamda Komissiya raisi va masʼuliyati cheklangan jamiyatning saylangan raisi (direktori) tomonidan tasdiqlanadi.
54. Masʼuliyati cheklangan jamiyat raisi (direktori) uch kun mobaynida qabul qilingan hujjatlar asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tuman hokimligiga taʼsis hujjatlarini taqdim etadi.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasini rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
55. Masʼuliyati cheklangan jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan boshlab naslchilik qorakoʻlchilik shirkati masʼuliyati cheklangan jamiyat etib qayta tashkil qilingan hisoblanadi.
7-bob. Yakuniy qoida
56. Ushbu Nizomning talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima.
Nizomga
1-ILOVA
Qorakoʻlchilik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish
SXEMASI

Bosqichlar

Tadbirlar

Masʼullar

Muddatlar


I. UMUMIY AMALGA OSHIRILADIGAN TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR


I bosqich

Qorakoʻlchilik shirkatlarini fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish boʻyicha Komissiya tuzish.

Tuman hokimligi

2 kun


II bosqich

Qorakoʻlchilik shirkatlarini fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish boʻyicha ish rejasini ishlab chiqish.

Tuman hokimligi, Komissiya

3 kun


II. QORAKOʻLCHILIK SHIRKATLARINI FERMER XOʻJALIKLARI ETIB QAYTA TASHKIL QILISH SXEMASI


I bosqich

Qorakoʻlchilik shirkatlarini fermer xoʻjaliklari etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisida umumiy yigʻilish qarorini qabul qilish.

Komissiya, qorakoʻlchilik shirakatlari

5 kun


II bosqich

Qorakoʻlchilik shirkatlarining yer uchastkalari va mulkini xatlovdan oʻtkazish, ularning balans qiymatini aniqlash va fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish loyihalarini shakllantirish.

Komissiya, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi

2 oy


III bosqich

Xatlov yakuniga koʻra qorakoʻlchilik shirkatlari mulkini sotish boʻyicha auksion savdolar oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon qilish.

Komissiya

Loyihalar shakllangandan keyin
2 kun davomida


IV bosqich

Auksion savdolarida ishtirok etish uchun berilgan arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish.

Komissiya

Eʼlon berilgan kundan boshlab
1 oy davomida


V bosqich

Shakllantirilgan loyihalar asosida qorakoʻlchilik shirkatlari mulkini sotish boʻyicha auksion savdolarini oʻtkazish.

Komissiya

Komissiya tomonidan tasdiqlangan Jadval asosida arizalarni qabul qilish tugaganidan keyin 2 kun oʻtgach


VI bosqich

Loyihada nazarda tutilgan mulk uchun auksion savdolarida gʻolib deb eʼlon qilingan talabgor tomonidan toʻlovlar summasini toʻliq kiritish.

Gʻolib deb topilgan talabgor

Auksion oʻtkazilgan kundan keyin 1 oy davomida


VII bosqich

Fermer xoʻjaligini tashkil qilish uchun gʻolib deb topilgan talabgorning tegishli hujjatlarini tuman hokimligiga taqdim etish.

Komissiya

3 kun


VIII bosqich

Fermer xoʻjaligini tashkil qilish va Komissiya tomonidan taqdim qilingan hujjatlar asosida yer uchastkasini biriktirish toʻgʻrisida tuman hokimining qarorini qabul qilish.

Tuman hokimi

5 kun


III. QORAKOʻLCHILIK SHIRKATLARINI MASʼULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATLAR ETIB QAYTA TASHKIL QILISH SXEMASI


I bosqich

Qorakoʻlchilik shirkatlarini masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisida umumiy yigʻilish qarorini qabul qilish.

Komissiya,

qorakoʻlchilik shirkatlari

Ish rejasi tasdiqlanganidan keyin 5 kun davomida


II bosqich

Qorakoʻlchilik shirkatlarining yer uchastkalari va mulkini xatlovdan oʻtkazish, ularning balans qiymatini aniqlash va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tashkil qilish loyihalarini shakllantirish.

Komissiya, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi

1 oy


III bosqich

Tashkil etilayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustavi va boshqa zarur hujjatlarini tayyorlash va uning taʼsis majlisini oʻtkazish.

Komissiya

5 kun


IV bosqich

Masʼuliyati cheklangan jamiyatni tashkil etish bilan bogʻliq barcha hujjatlarni qabul qilish-topshirish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish.

Komissiya, qorakoʻlchilik shirkatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar raislari

2 kun


V bosqich

Masʼuliyati cheklangan jamiyatni ushbu jamiyat raisi taqdim etgan hujjatlar asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda jamiyatga yer uchastkalarini biriktirish toʻgʻrisida tuman hokimining qarorini qabul qilish.

Tuman hokimi

5 kun

 LexUZ sharhi
Nizomning 1-ilovasi norasmiy tarjima.
Nizomga
2-ILOVA
Qorakoʻlchilik qishloq xoʻjaligi kooperativlarini (shirkatlarini) fermer xoʻjaliklari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi

4.

Tuman moliya boʻlimi boshligʻi

5.

Tuman Fermerlar kengashi raisi

6.

Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi

7.

Tuman bandlikka koʻmaklashish markazi direktori

8.

Tuman elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi

9.

Tuman gaz taʼminoti tashkiloti filialining rahbari

10.

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ hududiy boʻlinmasi boshligʻi

11.

Tuman “AgrotexservisMTP MCHJ raisi

12.

Tuman Suvoqavafiliali boshligʻi

13.

Tuman statistika boʻlimi boshligʻi

14.

Tuman davlat veterinariya boʻlimi boshligʻi

15.

Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki boʻlimi boshqaruvchisi

16.

Qorakoʻlchilik shirkati raisi

17.

Qorakoʻlchilik shirkati bosh buxgalteri

18.

Qorakoʻlchilik shirkati bosh iqtisodchisi

19.

Qorakoʻlchilik shirkati bosh zootexnigi

20.

Qorakoʻlchilik shirkati veterinariya vrachi

21.

Qorakoʻlchilik shirkati ombori mudiri

22.

Qorakoʻlchilik shirkatini qurish boʻyicha mutaxassis

23.

Qorakoʻlchilik shirkati bosh muhandisi

24.

Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisi, Komissiya kotibi

Izoh: Komissiya tarkibiga tuman hokimi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Nizomning 2-ilovasi norasmiy tarjima.
Nizomga
3-ILOVA
Auksion savdolarida ishtirok etish arizalarini roʻyxatdan oʻtkazish
KITOBI

T/r

Ariza beruvchining F.I.Sh.

Loyihaning tartib raqami

Mulkning boshlangʻich narxi

Auksion savdolarini eʼlon qilish sanasi

Arizani qabul qilish sanasi

Zakalat toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjatning sanasi va raqami

Ariza beruvchining imzosi hamda bilet va maxsus raqamli belgi berilgan sanasi

Auksionda ishtirok etishni rad qilish toʻgʻrisidagi xatning sanasi va raqami

Auksionni oʻtkazish kuni

Auksion natijasi

(gʻolib boʻldi yoki boʻlmadi),

shuningdek, loyiha raqami

Mulk toʻlovi,

toʻlov hujjatining sana va raqami

Yer uchastkasi berilishi uchun tuman hokimligiga yuborilgan hujjatlar va sana

Boshqa maʼlumot*






* Ustunlarda boshqa maʼlumotlar: auksion savdosining kechikishi yoki takror oʻtkazilishiga (takror oʻtkazishga asos koʻrsatilgan holda) doir avans zakalatini qaytarish toʻgʻrisida (toʻlov hujjatining sanasi va raqami koʻrsatilgan holda) hamda auksionga tegishli boshqa barcha maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Nizomning 3-ilovasi norasmiy tarjima.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2841-sonli qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-son “Qorakoʻlchilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va uni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-son “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori 6-ilovasi II-boʻlimining 13-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori 1-ilovasining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi ““Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1083-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi ““Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1084-son qarorlari) (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 37-modda).
 LexUZ sharhi
8-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 200-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son; 10.02.2021-y., 07/21/4984/0098-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son; 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)