Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.12.2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tadbirkorlik subyektlari va barcha aholi qatlamining imtiyozli mikrokreditlardan keng foydalanishini ta’minlash, shuningdek, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini rag‘batlantirish orqali aholi bandligini yanada oshirish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, shuningdek, tijorat banklarining yuridik shaxsni tashkil etmasdan yangi ro‘yxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit ajratish bo‘yicha quyidagilar ko‘zda tutilgan soddalashtirilgan mexanizmni joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
yangi ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini amalga oshirish uchun olingan tovarlarni garov sifatida hisobga olgan holda eng kam ish haqining 20 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratish;
yangi davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining 60 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar kreditlashga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’minot turlari bilan bir qatorda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida ko‘rsatilgan vakolatlar doirasida kafilligi asosida ajratishni kengaytirish.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-yanvarga qadar mazkur qarorning 1-ilovasida qayd etilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlari ushbu qarorning 1-bandida ko‘zda tutilgan qoidalarga binoan mikrokreditlarni rasmiylashtirishda 6 oy muddatga qat’iy belgilangan soliq to‘lovlaridan ozod etiladi.
Qarorning mazkur bandida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadigan qat’iy belgilangan soliq to‘lovchilar ular davlat ro‘yxatiga olingan kundan e’tiboran o‘n ikki oy ichida tugatilsa yoki uch yoxud undan ko‘p oy muddatga faoliyatini to‘xtatsa, faoliyat ko‘rsatgan davri uchun qat’iy belgilangan soliqlarni to‘laydi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda:
tijorat banklari krediti hisobidan sotib olinadigan qoramol, qo‘y-echki, quyon, parranda, baliq, asalari uyasi, mevali daraxt va tok ko‘chatlari, urug‘, mineral o‘g‘it, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, maishiy texnika, uskunalar, qurilish materiallari va boshqa tovarlarni hech qanday cheklovlarsiz naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan yetkazib berishni tashkil etishga ko‘maklashsin;
bir oy muddatda hududdagi joriy holatni tanqidiy tahlil qilish asosida tegishli qishloq xo‘jaligi tovarlari, maishiy texnika, uskunalar, qurilish materiallari va boshqa turdagi mahsulotlar yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan xo‘jalik subyektlarini tashkil etsin.
4. Belgilansinki, tijorat banklari Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mazkur qarorning 2-ilovasida qayd etilgan uzoq va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan hududlarda yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga eng kam ish haqining 100 barobarigacha miqdorda kreditlar ajratadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
bir oy muddatda ushbu qarorning 1-bandi talablaridan kelib chiqqan holda, yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan tartibini tasdiqlash;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, jumladan, Internet tarmog‘idan keng foydalangan holda, aholi o‘rtasida mazkur qarorning maqsad va vazifalarini tizimli asosda har tomonlama muntazam yoritish;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflar kiritish tavsiya etilsin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari R. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-mart,
PQ-2844-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qaroriga
1-ILOVA
Qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha imtiyozlar joriy etiladigan faoliyat turlari
RO‘YXATI

T/r

Faoliyat turi nomi

1.

Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar.

2.

Tikuv, mo‘yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlari, to‘qimachilik va galantereya buyumlarini ta’mirlash va tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, trikotaj buyumlarini to‘qish, kashtachilik

3.

Hayvonlar terilari, mo‘yna, to‘qimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va bo‘yash

4.

Yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha poyabzal tayyorlash va tikish, poyabzal ta’mirlash, bo‘yash va tozalash.

5.

Attorlik buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash.

6.

Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash.

7.

Kalitlar yasash.

8.

Inventarni (xo‘jalik, sport, baliqchilik va hokazo) ta’mirlash va tayyorlash.

9.

Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash.

10.

Tayyor mebelni yig‘ish, ta’mirlash va drapirovka qilish.

11.

Optika, soatlarni ta’mirlash, o‘ymakorlik ishlari

12.

Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy buyumlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini ta’mirlash, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.

13.

Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari.

14.

Shisha va oynalarni kesish, shishaga badiiy ishlov berish.

15.

Milliy shirinliklar, pishloq va qurt mahsulotlari, nonbulka va qandolat mahsulotlari, popkorn, frezerda muzqaymoq, salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va o‘tirib iste’mol qilish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish.

16.

Dizayn bo‘yicha xizmatlar (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek, chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek, rassomlik san’ati.

17.

Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni ko‘paytirish va sotish.

18.

Paxta (ilgari iste’molda bo‘lgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari.

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qaroriga
2-ILOVA
Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratadigan, olis va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlar
RO‘YXATI

T/r

Hududlarning nomlanishi

Respublika bo‘yicha jami 47 ta tuman, jumladan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Taxtako‘pir tumani

2.

Qonliko‘l tumani

3.

Mo‘ynoq tumani

4.

Chimboy tumani

5.

Qorao‘zak tumani

6.

Shumanay tumani

Andijon viloyati

1.

Paxtaobod tumani

2.

Bo‘z tumani

3.

Ulug‘nor tumani

Buxoro viloyati

1.

Shofirkon tumani

2.

Qorako‘l tumani

3.

Olot tumani

Jizzax viloyati

1.

Baxmal tumani

2.

Zomin tumani

3.

Forish tumani

4.

Yangiobod tumani

Qashqadaryo viloyati

1.

Dehqonobod tumani

2.

Chiroqchi tumani

3.

Mirishkor tumani

Navoiy viloyati

1.

Xatirchi tumani

2.

Nurota tumani

3.

Konimex tumani

4.

Tomdi tumani

5.

Uchquduq tumani

Namangan viloyati

1.

Mingbuloq tumani

2.

Chortoq tumani

Samarqand viloyati

1.

Kattaqo‘rg‘on tumani

2.

Qo‘shrabot tumani

3.

Paxtachi tumani

4.

Urgut tumani

Surxondaryo viloyati

1.

Uzun tumani

2.

Qiziriq tumani

3.

Oltinsoy tumani

4.

Boysun tumani

5.

Muzrabod tumani

Sirdaryo viloyati

1.

Sardoba tumani

2.

Guliston tumani

3.

Boyovut tumani

4.

Xovos tumani

Toshkent viloyati

1.

Bo‘stonliq tumani

2.

Parkent tumani

Farg‘ona viloyati

1.

Qo‘shtepa tumani

2.

Yozyovon tumani

3.

So‘x tumani

Xorazm viloyati

1.

Qo‘shko‘pir tumani

2.

Yangiariq tumani

3.

Yangibozor tumani

 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 12-son, 187-modda)