Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.08.2003
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Transport sohasida litsenziyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi komissiyasi tarkibi 1-ilova*ga muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Transport sohasida litsenziyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi komissiyasi raisi (Axmetov) o‘n kun muddatda komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 1996-yil 12-maydagi 175-son qaroriga 3-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 5-son, 14-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 28-iyul,
363-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
28-iyuldagi 363-son qaropiga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 6-modda) 2-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorining 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Belgilansinki, 1997-yil 1-noyabrdan boshlab yo‘lovchilar va yuk tashuvchi jismoniy shaxslar o‘z faoliyatini faqat Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son hamda “Transport va aloqa sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 12-maydagi 175-son qarorlarida belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar bo‘yicha amalga oshiradilar.
Jismoniy shaxslar tomonidan yo‘lovchilar va yuk tashish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdori yuridik shaxslar uchun amalda bo‘lgan stavkalar miqdorida belgilansin”.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 7-son, 43-modda)