Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari yetakchi olimlari, fan-texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohalarining obroʻ- eʼtiborli vakillaridan iborat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari boʻyicha kengash tarkibini qaytadan shakllantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son Farmoni 1-ilovasi matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-fevral,
PF-4972-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PF-4972-son Farmoniga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari boʻyicha kengash
TARKIBI

Aripov A.N.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi

Sultonov X.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Kengash raisining oʻrinbosari

Kengashning fan va texnika sohasi boʻyicha shuʼbasi:

Yoʻldoshev B.S.

Fanlar akademiyasi prezidenti, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik (fizika), shuʼba raisi

Abduraxmonov I.Yu.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi direktori, biologiya fanlari doktori, professor (biologiya, genetika)

Aripova T.U.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika immunologiya ilmiy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor (tibbiyot)

Ayupov Sh.A.

Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi Matematika instituti direktori, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik (matematika)

Beglov B.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti bosh ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori, professor, akademik (kimyo-texnologiya)

Dusmatov A.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farmakopeya qoʻmitasi raisi, farmatsevtika fanlari doktori (farmatsevtika)

Zahidov R.A.

“Oʻzbekenergo” AJ “Ilmiy-texnik markazi” MCHJ bosh ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori, professor, akademik (energetika)

Abdurasulova Q.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kafedra professori, yuridik fanlari doktori, professor (huquqshunoslik)

Ismailov B.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim (texnik tizimlarni boshqarish)

Mirzayev S.Z.

Toshkent davlat texnika universiteti laboratoriyasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori (fizika)

Nazarov B.A.

Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Oʻzbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim mudiri, filologiya fanlari doktori, professor, akademik (adabiyotshunoslik)

Qurbonov R.D.

“Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” aksiyadorlik jamiyati direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor (tibbiyot)

Ataniyozova O.A.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor (tibbiyot)

Pidayev Sh.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sanʼatshunoslik instituti direktori, tarix fanlari nomzodi (arxeologiya)

Rahimov M.A.

Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi Tarix instituti boʻlim mudiri, tarix fanlari doktori, professor (tarix)

Rashidova S.Sh.

Oʻzbekiston milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy tadqiqot markazi direktori, kimyo fanlari doktori, professor, akademik (polimerlar kimyosi va fizikasi)

Sanaqulov Q.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori, Navoiy davlat konchilik instituti rektori, texnika fanlari doktori (geologiya va mineralogiya)

Teshayev Sh.J.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor (qishloq xoʻjaligi fanlari)

Tojiboyev K.Sh.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻsimlik va hayvonot olami genofondi instituti direktori, biologiya fanlari doktori, professor (botanika)

Turayev A.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, kimyo fanlari doktori, professor (kimyo)

Xadjibayev A.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor (tibbiyot)

Shermuhamedov A.A.

Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor (mashinasozlik)

Egamberdiyev Sh.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti direktori, fizika-matematika fanlari doktori, professor (astronomiya)

Yusupov A.T.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, iqtisod fanlari doktori, professor (iqtisodiyot nazariyasi)

Nabiyev D.X.

Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va ilm-fan masalalari Axborot-tahlil departamenti mudiri, iqtisod fanlari doktori (iqtisodiyot)

Kengashning adabiyot sohasi boʻyicha shuʼbasi:

Ahmedov M.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shuʼba raisi

Mahmudov N.M.

Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Oʻzbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor (tilshunos)

Mirzaaliyev I.M.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston xalq shoiri

Rizayev Sh.T.

“Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent (adabiyotshunos)

Sirojiddinov Sh.S.

Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor (adabiyotshunos)

Sidikova E.A.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari, Oʻzbekiston xalq shoiri

Shukurov E.J.

“Maʼnaviy hayot” jurnali bosh muharriri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Karimov K.A.

Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist

Kengashning sanʼat va meʼmorchilik sohasi boʻyicha shuʼbasi:

Muratov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, shuʼba hamraisi

Toxtayev A.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan arxitektor, shuʼba hamraisi

Nuriddinov A.V.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Oʻzbekiston xalq rassomi, shuʼba hamraisi

Abdullayev R.

Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston sanʼat arbobi

Abdullayev S.A.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, Oʻzbekiston sanʼat arbobi (rassom)

Karimova N.Gʻ.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi (kinotanqidchi)

Azizov M.M.

Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqiy teatri direktori, Oʻzbekiston xalq artisti

Ahmedov M.Q.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti professori, arxitektura fanlari doktori

Jabborov I.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti katta oʻqituvchisi, Oʻzbekiston sanʼat arbobi (haykaltarosh)

Qosimov H.S.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri sahnalashtiruvchi rejissori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Yoʻlchiyeva M.A.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi “Anʼanaviy xonandalik” kafedrasi mudiri, Oʻzbekiston xalq artisti

Yakubov B.R.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Moʻminov Q.T.

“Oʻzbekiston” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, Oʻzbekiston xalq artisti

Nazarbekov O.A.

“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi, Oʻzbekiston xalq artisti

Sapayeva M.J.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqiy teatri artisti, Oʻzbekiston xalq artisti

Shahobiddinov A.Sh.

“Oʻzbekfilm” kinostudiyasi rejissori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Vasilyev O.A.

Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri direktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 125-modda)