Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 18-maydagi PF-3878-sonli Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida” 2016-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-406-sonli Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 18-maydagi PF-3878-sonli Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-fevral,
PF-4962-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4962-sonli Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 18-maydagi PF-3878-sonli Farmoniga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Kirish qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga doir davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida” soʻzlari “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilab qoʻyilsinki, qonunchilikka muvofiq, yosh oila toifasiga turmush qurganlarning yoshi 30 yoshdan oshmagan, yoki bolalarni (bolani) 30 yoshdan oshmagan ota-onadan biri, shu jumladan, turmushidan ajrashgan erkak (ayol), beva (beva ayol) kishilar tarbiyalayotgan oilalar kiritiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 107-modda)