|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.07.2021
|
1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish | |||
|
1. |
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2017-yil 1-aprel |
Bosh prokuratura (U. Sunnatov), MXX (R. Gulyamov), IIV (D. Nazarmuxamedov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev) |
|
2. |
Davlat xizmati tizimini yaratish va uning faoliyati asosiy tamoyillarini, davlat xizmatining kadrlar tarkibini shakllantirishga, davlat xizmatiga ishga kirishga boʻlgan talablarni, uni oʻtashni va yakunlashni tartibga soluvchi “Davlat xizmati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
2017-yil 1-oktabr |
Oliy Majlis palatalari (N. Ismoilov, AQHMI (F. Muxamedov), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), |
|
3. |
Davlat va xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaat keltiruvchi hamkorlikning qonuniy asoslarini nazarda tutuvchi “Davlat va xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
2017-yil 1-oktabr |
Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Moliya vazirligi (M. Mirzayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Aminov), Oliy xoʻjalik sudi (B. Isakov), Savdo-sanoat palatasi (A. Shayxov) |
|
4. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish; — davlat xaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmi, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olish choralari; — davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish; — davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish; — elektron xaridlarni yanada rivojlantirish va boshqalar. |
2017-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi (D. Sattorov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Aminov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov) |
|
5. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish; — normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning taʼsirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, shuningdek konsepsiyalarni va ularga tushuntirish xatlarini chop etishni, qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlariga �arhlar tayyorlash va chop etish amaliyotini keng joriy etish; — aholiga normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va maqsadlarini tushuntirish va ulardan keng xabardor qilish boʻyicha choralar; — Oliy Majlis palatalarining, Vazirlar Mahkamasining, boshqa davlat organlarining aholi va ijrochilarga qonun va qonunosti hujjatlarini yetkazish boʻyicha aniq vakolatlarini belgilash. |
2017-yil 1-iyul |
Oliy Majlis palatalari Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Bosh prokuratura (U. Sunnatov), Oliy sud (S. Aripov) |
|
6. |
Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish boʻyicha munosabatlarini tartibga soluvchi “Jamoat nazorati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
2017-yil 1-iyul |
Oliy Majlis palatalari (N. Ismoilov, Bosh prokuratura (U. Sunnatov), “Kamolot” YIH (S. Ashurov), “Mahalla” fondi (S. Ruziyev) |
|
7. |
Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida maʼlumot beruvchi shaxslarning jismoniy va ijtimoiy himoyasining davlat tomonidan kafolatlarini nazarda tutuvchi “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-yanvar |
Oliy sud (K. Togayev), Oliy xoʻjalik sudi (B. Isakov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Ichki ishlar vazirligi (B. Jalolov), Bosh prokuratura (M. Azimov) |
|
8. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish; — davlat organlarining boshqaruv faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish; — asosli va tezkor qarorlarni qabul qilish yoʻli bilan davlat xizmatlarini koʻrsatishning samarasini taʼminlash; — jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etish. |
2017-yil 1-iyul |
Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), DSQ (E. Gadoyev), DBQ (B. Raimov) |
|
9. |
Mamlakatda huquqiy taʼlim va maʼrifatni tubdan yaxshilashga, huquqiy bilimlarni jamiyatda targʻib etishga qaratilgan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturining loyihasini tayyorlash. |
2017-yil 1-oktabr |
Oliy Majlis palatalari Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), |
|
10. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlash: — davlat organlari xodimlarining ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga koʻndirish maqsadida biror-bir shaxs oʻzlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar toʻgʻrisida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga oʻxshash huquqbuzarliklarning oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan har qanday faktlari haqida oʻz rahbarlarini yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qilish shart boʻlgan tartib; — korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari haqida xabar berish tartibini, shuningdek manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni tartibga solish boʻyicha talablarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish. |
2018-yil 1-oktabr |
Bosh prokuratura (U. Sunnatov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), IIV (A. Azizov), Oliy sud (K. Togayev), Mehnat vazirligi (A. Abduxakimov) |
|
II. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan | |||
|
11. |
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2017-yil 1-aprel |
Bosh prokuratura (U. Sunnatov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), IIV (A. Azizov), FJShMQMI (Gʻ. Abdukarimov), “Mahalla” fondi (S. Ruziyev), “Kamolot” |
|
12. |
Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sherikligi samaradorligini quyidagi chora-tadbirlar yordamida oshirish: — korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy sheriklik mexanizmlaridan keng foydalanish, shu jumladan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida kelishuvlar va shartnomalar tuzishni nazarda tutadigan mexanizmlardan keng foydalanish; — davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2017-2018-yy. davomida |
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) (I. Abdullayev), OʻzNNTMA (A.Karimov) |
|
13. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan axborot maʼlumotlarini tayyorlash va keng tarqatish, shu jumladan mavzuga oid videoroliklar yaratish, bosma materiallarni chop etish (plakatlar, risol�lar, bukletlar). |
2017-2018-yy. davomida |
Bosh prokuratura (U. Sunnatov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), MTRK (N. Xikmatullayev), |
|
14. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat natijalarini televideniye, radio, bosma va elektron OAV orqali, shu jumladan mavzuga bagʻishlangan dasturlarni, intervyularni, muhokamalarni, press-konferensiyalarni va boshqa tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish yoʻli bilan yoritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2017-yil 1-aprel, 2017-2018-yy. davomida |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev), MAA (M. Hazratqulov), MTRK (N. Xikmatullayev), |
|
15. |
Davlat organlari xodimlarini, tadbirkorlik subyektlarini va boshqa maqsadli guruhlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida oʻquv seminarlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2017-yil 1-aprel, davomida |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev), Bosh prokuratura (U. Sunnatov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), IIV (A. Azizov), SSP (A. Shayxov) |
|
16. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va tashkilotlar mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2017-yil 1-aprel, 2017-2018-yy. davomida |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Bosh prokuratura (U. Sunnatov), DBA (M. Aliyev) |
|
17. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim boʻyicha maxsus oʻquv dasturini ishlab chiqishni hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular�i yanada kuchaytirishni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat taʼlim standartlariga kiritish. |
2017-yil 1-iyul |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Xalq taʼlimi vazirligi (B. Daniyarov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev) |
|
18. |
Davlat organlari mutaxassislari va taʼlim muassasalari oʻqituvchilarini oʻqitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus oʻquv dasturlari va mashgʻulotlarini olib borishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
2017-yil 1-oktabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Xalq taʼlimi vazirligi (B. Daniyarov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev) |
|
19. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga doir oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish. |
2017-2018-yy. davomida |
Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Bosh prokuratura (U. Sunnatov), IIV (A. Mirzayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Xalq taʼlimi vazirligi (B. Daniyarov), DBQ (B. Raimov), MXX (R. Gulyamov) |
|
III. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar | |||
|
20. |
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonun talablarining ijrosi holatini oʻrganish, qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2017-yil 1-iyul |
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi (I. Abdullayev) |
|
21. |
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini har chorakda monitoring qilish va baholash. |
2017-2018-yy. davomida |
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi (I. Abdullayev) |
|
22. |
Mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar tomonidan oʻz mansab va xizmat vazifalarini bajarish sifatini baholash tizimini va standartlarini, samaradorlik mezonlarini belgilovchi idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-aprel |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev), Vazirlik va idoralar |
|
23. |
Davlat organlari tomonidan oʻz faoliyatining tizimli tahlili, korrupsiya xavfiga duchor boʻlgan soha va yoʻnalishlarni aniqlash, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikning taʼsirchan choralarini koʻrish asosida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha choralarni amalga oshirish. |
2017-2018-yy. davomida |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev), Vazirlik va idoralar |
|
24. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish: — xodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha, shu jumladan ilgʻor ilmiy-texnik vositalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan oldini olish boʻyicha idoraviy nazorat mexanizmlarini takomillashtirish; — odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etishni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar. |
2017-2018-yy. davomida |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev), Vazirlik va idoralar |
|
25. |
Davlat organlari xodimlari oʻrtasida odob-axloq qoidalari normalari va talablarini, shu jumladan treninglar, seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish yoʻli bilan tushuntirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2017-yil 1-iyul, 2017-2018-yy. davomida |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev), vazirlik va idoralar |
|
26. |
Davlat organlari xodimlari odob-axloq qoidalariga amal qilinishi monitoringini oʻtkazish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish borasida takliflar tayyorlash. |
2018-yil 1-aprel |
Bosh prokuratura (U. Sunnatov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Mehnat vazirligi (B. Nizomov) |
|
27. |
Davlat organlari xodimlarining manfaatlar toʻqnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2018-yil 1-aprel |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev), Bosh prokuratura (U. Sunnatov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Mehnat vazirligi (B. Nizomov) |
|
28. |
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun doirasida, parlament nazoratining shakllarini keng qoʻllagan holda korrupsiyaga qarshi qonunchilikni roʻyobga chiqarish boʻyicha nazorat-tahlil choralarini koʻrish. |
2017-2018-yy. davomida |
Oliy Majlis palatalari |
|
29. |
Budjet mablagʻlarini shakllantirish va sarflash jarayonlarining shaffofligini, shuningdek ularning taqsimoti boʻyicha maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlash borasida korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2017-yil 1-iyul, 2017-2018-yy. davomida |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot vazirligi (Sh. Ismailov) |
|
30. |
Moliyaviy nazorat institutlarini, tashqi va ichki auditni yanada mustahkamlash, ularning korrupsiyaga qarshi tadbirlardagi ishtirokini jadallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2017-2018-yy. davomida |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev), Hisob palatasi (Q. Akmalov), Bosh prokuratura (U. Sunnatov), MXX (R. Gulyamov), |
|
31. |
Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2018-yil 1-aprel |
Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Bosh prokuratura (U. Sunnatov), AQHMI (F. Muxamedov) |
|
32 |
Davlat xizmatlarini koʻrsatishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga, interaktiv davlat xizmatlarining koʻlamini yanada kengaytirishga va bu boradagi huquqni qoʻllash amaliyot�ni elektron hukumat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻrganishni oʻtkazish va takliflar tayyorlash. |
2018-yil 1-aprel |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev) |
|
33. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash: — maʼmuriy va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, roʻyxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish; — davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yoʻl qoʻymaslik; — davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish; — tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va insofsiz raqobatga yoʻl qoʻymaslik. |
2017-2018-yy. davomida |
Iqtisodiyot vazirligi (Sh. Ismailov), Moliya vazirligi (M. Mirzayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Aminov), |
|
34. |
Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, kommunal xizmat koʻrsatish sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli shart-sharoitlarni hamda teng imkoniyatlarni yaratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan idoraviy korrupsiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2017-yil 1-aprel, 2017-2018-yy. davomida |
Vazirlar Mahkamasi (D. Nabiyev, Xalq taʼlimi vazirligi (B. Daniyarov), Sogʻliqni saqlash vazirligi Mehnat vazirligi (B. Nizomov), Iqtisodiyot vazirligi (D. Turdiyev) |
|
35. |
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2017-2018-yy. davomida |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev), Bosh prokuratura (U. Sunnatov), FJShMQMI (Gʻ. Abdukarimov), OʻzNNTMA (A. Karimov) |
|
36. |
Biznes-uyushmalar va nodavlat tashkilotlarning boshqa birlashmalari tomonidan korrupsiyaga qarshi qonunchilikka rioya etishni taʼminlaydigan ichki nazoratning tegishli mexanizmlarini tashkil etish, ish odobi qoidalari kodekslarini qabul qilish va boshqa choralarni oʻz ichiga qamrab oladigan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni qabul qilish yoʻli orqali nodavlat tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish. |
2017-2018-yy. davomida |
SSP (A. Shayxov), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Aminov) |
|
IV. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, | |||
|
37. |
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek bu borada jazoning muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2017-2018-yy. davomida |
Bosh prokuratura (I. Ergashxodjayev), IIV (D. Nazarmuxamedov), MXX (R. Gulyamov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev) |
|
38. |
Korrupsiyaning holati va tendensiyalarini tizimli tahlil qilishga hamda samarali idoralararo hamkorlik va maʼlumotlar almashinuviga asoslangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari ishini samarali tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2017-yil 1-aprel, 2017-2018-yy. davomida |
Bosh prokuratura (I. Ergashxodjayev), MXX (R. Gulyamov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), |
|
39. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikning taʼsirchan choralarini nazarda tutuvchi idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish. |
2017-yil 1-iyul |
Bosh prokuratura (U. Sunnatov), IIV (A. Azizov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev) |
|
40. |
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning texnik taʼminoti darajasini oshirish, ularning faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilish. |
2017-2018-yy. davomida |
Bosh prokuratura (I. Ergashxodjayev), IIV (S. Nishanbayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov) |
|
41. |
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlar tayyorlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2017-yil 1-aprel, 2017-2018-yy. davomida |
Bosh prokuratura (U. Sunnatov), IIV (A. Mirzayev), DBQ (B. Raimov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), |
|
42. |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlarini oʻz vaqtida qabul qilishda “ishonch telefonlari” va rasmiy veb-saytlardan foydalanishi ustidan monitoring oʻtkazish, shuningdek: — “ishonch telefonlari” va rasmiy veb-saytlarning ishlashini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik choralarning tahlilini oʻtkazish; — “ishonch telefonlari” orqali va rasmiy veb-saytlarga kelib tushgan murojaatlarning tahlilini amalga oshirish; — mazkur sohada davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini baholash, shuningdek uning natijalarini chop etish. |
2017-2018-yy. davomida |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzaxidov), Bosh prokuratura (U. Sunnatov), IIV (A. Azizov), |
|
43. |
Sudlarning odil sudlovni amalga oshirish faoliyati samaradorligi va ochiqligini taʼminlash, shu jumladan qabul qilinayotgan sud qarorlarining ommabopligini taʼminlash, sud qarorlari bazasi va banklarini tashkil etish va ularni sud organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish yoʻli bilan taʼminlash. |
2018-yil 1-yanvar |
Oliy sud (F. Abduazimov), Oliy xoʻjalik sudi (K. Kamilov), Axborot texnologiyalari |
|
44. |
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlarni bekor qilish va oʻzgartirish hamda ushbu huquqbuzarliklar oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplashning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, yakuni boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2018-yil 1-yanvar |
Fan va texnika davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Oliy xoʻjalik sudi (B. Isakov), AQHMI (F. Muxamedov), Bosh prokuratura (U. Sunnatov) |
|
45. |
Yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun javobgarligining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, yakuni boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2018-yil 1-oktabr |
Fan va texnika davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Bosh prokuratura (U. Sunnatov) |
|
V. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralar, tadqiqotlar oʻtkazish, xalqaro hamkorlik | |||
|
46. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar nizomlarini va ularning tarkiblarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2017-yil 1-aprel |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev) |
|
47. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha choralarning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish, ushbu sohada tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash uslubiyotlarni ishlab chiqish va qabul qilish. |
2017-yil 1-iyul |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev) |
|
48. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida korrupsiyaning holatini, uning jihatlarini, koʻlamini, oʻsish surʼatlarini hamda tendensiyalarini, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining samaradorligini milliy, hududiy va sohalar kesimida oʻrganishni nazarda tutuvchi ijtimoiy, maxsus, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2017-yil 1-oktabr, 2017-2018-yy. davomida |
Idoralararo komissiya (I. Abdullaev), Bosh prokuratura (U. Sunnatov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik |
|
49. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha inventarizatsiyadan oʻtkazish. |
2017-yil 1-iyul |
Idoralararo komissiya (I. Abdullayev), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Bosh prokuratura (U. Sunnatov), AQHMI (F. Muxamedov), Tashqi ishlar vazirligi (D. Xakimov) |
|
50. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni (BMTNJQKB, BMTTD, IHTT, EXHT, ShHT, JDLTMQKEG va boshqalar), shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini mustahkamlash, shuningdek respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan islohotlar natijalarini xalqaro hamjamiyatga yetkazish maqsadida jadallashtirish. |
2017-2018-yy. davomida |
Tashqi ishlar vazirligi (D. Xakimov), Bosh prokuratura (M. Azimov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), |
|
51. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama xalqaro hamkorlikni oshirib borish. |
2017-2018-yy. davomida |
Bosh prokuratura (M. Azimov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Tashqi ishlar vazirligi (D. Xakimov) |
2-ILOVA
|
1. |
Abdullayev I.B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, komissiya raisi |
|
2. |
Ikramov M.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, komissiya raisi oʻrinbosari |
|
3. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari | |
|
4. |
Azizov A.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri |
|
5. |
Gaziyev Sh.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi |
|
6. |
Kamilov K.F. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi |
|
7. |
Abdukadirov D.X. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi |
|
8. |
Matmuratov B.D. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitasining raisi |
|
10. |
Abdukarimov Gʻ.O. |
— |
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori |
|
11. |
Muxammadiyev U.N. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) |
|
12. |
Saidov A.X. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi direktori |
|
13. |
Javlonov Sh.S. |
— |
“Mahalla” fondi raisi |
|
14. |
Kuranbayev K.K. |
— |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi |
|
15. |
Karimov A.M. |
— |
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi |
|
16. |
Abduholiqov F.F. |
— |
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi |
|
17. |
Ubaydullayeva R.A. |
— |
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori |
|
18. |
Maʼrufova G.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
19. |
Rafikov K.M. |
— |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
|
20. |
Jalilov Sh.I. |
— |
“Nuroniy” jamgʻarmasi raisi |
|
21. |
Axmedov R.T. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi |
|
22. |
Xakimov S. |
— |
Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi |
|
23. |
Shayxov A.E. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi |
|
24. |
Xodjayev B.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri |
|
25. |
Saidova G.K. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
|
26. |
Kamilov A.X. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri |
|
27. |
Abduxakimov A.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri |
|
28. |
Kasimov R.S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
29. |
Inoyatov U.I. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri |
|
30. |
Mirzaxidov X.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri |
|
31. |
Akmalov Q.V. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari |
|
32. |
Parpiyev B.R. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
|
33. |
Toxiriy M.V. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
|
34. |
Lavozim boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi |
|
35. |
Xidoyatov D.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi |
|
Sharipov N.Sh. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi | |
|
36. |
Xadjibayev A.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
37. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v.b. | |
|
38. |
Xadjayev A.D. |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
39. |
Hazratqulov M. |
— |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
|
40. |
Mansurov K.T. |
— |
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari |
|
41. |
Yuldashev B.S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti |
|
42. |
Aliyev M.G. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori |
|
43. |
Kanyazov E.S. |
— |
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori. |
3-ILOVA