1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Avtotransport xizmatlari bilan taʼminlash sohasini yanada rivojlantirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda mamlakat shahar va qishloqlarida aholi bandligi muammolarini hal etishda avtotransport xizmatlari koʻrsatishning rolini kuchaytirish, yoʻlovchilar tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli tashlamalarni qisqartirish maqsadida:
1. Quyidagilar respublikada avtomobil transportida yoʻlovchilar tashishni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
harakatdagi tarkibni zamonaviy, qulay avtobuslar va mikroavtobuslar bilan yangilash, yoʻnalishlarni oqilona tashkil etish va kengaytirish, yoʻl qoplamalarini birinchi navbatda qishloq joylarda yaxshilash hisobiga aholining avtomobillarda tashuvlarga boʻlgan talab-ehtiyojini yanada toʻliq qondirishni taʼminlash;
yoʻlovchilar tashish xavfsizligi chora-tadbirlarini kuchaytirish, yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish jadvallariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifat darajasini oshirish, yoʻlovchilar tashish sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimini shakllantirish, yoʻlkira haqi uchun naqd pulsiz toʻlov tizimini joriy etish;
avtobuslar va mikroavtobuslardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, avtomobil transporti korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash;
yoʻlovchilar tashishni boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.
2. Transport vazirligi zimmasiga yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyati va sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va tizimli asosda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifasi yuklansin, quyidagilar vazirlikning qoʻshimcha funksiyalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
LexUZ sharhi
2-bandning birinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5525-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
vazifasi yuklansin, quyidagilar agentlikning qoʻshimcha funksiyalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.11.00 Tashish. Transport ekspeditsiyasi (shuningdek, 09.15.14.00, 09.15.16.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish transportida xizmatlar koʻrsatish yuzasidan namunaviy kontraktlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, ularda aholiga sifatli va xavfsiz avtotransport xizmatlarini kafolatli taʼminlash uchun optimal shart-sharoitlarni nazarda tutish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi]
yoʻlovchilar tashishni amalga oshirish yuzasidan doimiy ravishda markazlashtirilgan monitoring olib borilishini taʼminlash, “onlayn” (GPS) rejimida masofadan kuzatish tizimini hamda rasmiy veb-sayt va “ishonch telefonlari” orqali aholi bilan muloqot mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.11.00 Tashish. Transport ekspeditsiyasi (shuningdek, 09.15.14.00, 09.15.16.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
tashuvchilar tomonidan yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatish yuzasidan litsenziya talablari va shartlarining, kontraktlarning bajarilishi, yoʻlovchilar huquqlariga, belgilangan harakatlanish jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etilishi, qonunchilikning, shu jumladan xizmat koʻrsatish madaniyatining past boʻlishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etish.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
3. 2017 — 2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1-ilovaga* muvofiq 2017 — 2021-yillarda yoʻlovchilar tashiydigan yangi avtobus yoʻnalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlari;
2-ilovaga muvofiq 2017 — 2021-yillarda yangi avtobuslar sotib olish parametrlari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
4-ilovaga* muvofiq 2017 — 2021-yillarda yoʻlovchilar avtovokzallari va avtostansiyalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish tadbirlari.
4. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishi yuzasidan masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda:
LexUZ sharhi
5-bandning birinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5525-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar va parametrlarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ikki hafta muddatda ishlab chiqilishini;
2018-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida shahar yoʻlovchilar tashish transportida yoʻlkira uchun naqd pulsiz haq toʻlash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini;
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot kiritilishini taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda ikki oy muddatda, yengil konstruksiyalardan hamda narxlari va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha qulay boʻlgan, asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan materiallardan (metall konstruksiyalar, sendvich-panellar va shu kabilardan) foydalangan holda avtovokzallar, avtostansiyalar va yoʻnalishlardagi toʻxtash punktlarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
7. Mahalliy budjetlar, “Oʻzavtosanoat-lizing” MCHJ, boshqa lizing tashkilotlari mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
8. Aksiyadorlik-tijorat “Xalq banki”ga, zarurat boʻlganda, jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng boʻlgan foiz stavkasi bilan, kelgusida “Oʻzavtosanoat-lizing” masʼuliyati cheklangan jamiyat va boshqa lizing tashkilotlarini moliyalashtirish uchun yillik 0,5 foizdan koʻp boʻlmagan tijorat banklari marjasi bilan umumiy miqdori 100 mlrd. soʻmgacha resurslar ajratish tavsiya etilsin.
10. 2022-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatga:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
chetdan keltiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, muntazam yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida band boʻlgan avtobuslar va mikroavtobuslarning ishi ustidan “onlayn” rejimida (GPS), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha shahar yoʻlovchilar tashish transportida yurganlik uchun elektron toʻlov tizimlarini masofadan kuzatib borishni joriy etish uchun moʻljallangan uskunalar, mexanizmlar, materiallar, butlovchi buyumlar bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno);
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
lizing tashkilotlari va avtomobil transporti tashkilotlari — Dastur doirasida sotib olinadigan mikroavtobuslarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda avtotransport yigʻimi toʻlovidan;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
avtomobil transporti tashkilotlari — yoʻlovchilarni shahar atrofida va viloyatlar ichidagi shaharlararo yoʻnalishlarda (qishloq joylarda) avtobuslar va mikroavtobuslarda tashish hajmi boʻyicha yagona soliq toʻlovidan ozod qilinsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika shaharlari va qishloqlarida aholiga. transport xizmati koʻrsatish va avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish boʻyicha bir oy muddatda qaror qabul qilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh. vazirining birinchi oʻrinbosari —“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-yanvar,
PQ-2724-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qaroriga
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 33-modda, 28-son, 636-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)