Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.07.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XUSUSIY TADBIRKORLIK TOʻGʻRISIDA NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyuldagi 346-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 14-fevraldagi 55-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 2-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisida Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 7-iyul,
334-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
7-iyuldagi 334-con qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisida Nizomga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning uchinchi xatboshidagi “(yakka tartibdagi faoliyat)” soʻzlari “(yakka tartibdagi tadbirkorlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tadbirkorning xususiy mulkiga asoslangan korxona Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari”, “Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan xususiy korxona hisoblanadi”;
band quyidagi mazmundagi xat boshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur Nizomning amal qilishi dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatishning huquqiy va iqtisodiy asoslariga tatbiq qilinmaydi”.
3. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplangandan, soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan, shuningdek, kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan soʻng qoladigan daromadi (foydasi) ularning xohishiga koʻra foydalaniladi”.
4. VI boʻlim nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“VI. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi”
5. 32-banddagi “Yakka tartibdagi faoliyat” soʻzlari “Yakka tartibdagi tadbirkorlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 33 va 34-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“33. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
34. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ruxsat etilgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish xohishini bildirgan jismoniy shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu shaxs doimiy yashaydigan tuman, shahar va shahardagi tuman hokimliklari tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgan holda ariza berilgan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bunday qaror qabul qilgan organ uch kun mobaynida yozma ravishda bu toʻgʻrida jismoniy shaxsni xabardor qilishga majbur. Agar davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan muddatda amalga oshirilmasa yoxud unda tadbirkor asosli emas deb hisoblagan sabab bilan rad etilgan boʻlsa, tadbirkor sudga murojaat qilishi mumkin”.
7. 35-bandning birinchi xatboshidagi “davlat boji” soʻzlari “roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxsga, uni albatta yakka tartibdagi tadbirkorlar reyestriga kiritgan holda, uning arizasida koʻrsatilgan muddatga yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (4-ilova) beriladi. Mazkur guvohnoma biror-bir qoʻshimcha kelishuvlarsiz bankda hisobvaragʻi ochish, muhrlar va boshqa rekvizitlar tayyorlatish uchun asos boʻladi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma toʻrt nusxada rasmiylashtiriladi. Guvohnomaning ikki nusxasi tadbirkorga beriladi (bittasi pensiya jamgʻarmasi organlarida hisobga qoʻyish uchun), uchinchisi hokimlikda qoladi, toʻrtinchisi bir hafta muddatda tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga yuboriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni hisobga olish va ularga soliq solish amaldagi soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
9. Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ilovada “yuridik shaxs boʻlmasdan xususiy tadbirkor” soʻzlari “yakka tartibdagi tadbirkor” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisida Nizomga 4-ilovada “Jismoniy shaxsning oʻz faoliyatini yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshiruvchi tadbirkor sifatida” soʻzlari “Yakka tartibdagi tadbirkorning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 36-modda)