T/r | Chora-tadbirlarning nomlanishi | Ijro muddati | Xarajatlar (mln so‘mda) | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
I. YoLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLARNING TURMUSh DARAJASI VA SIFATINI OShIRISh UChUN QO‘ShIMChA ShART-ShAROITLAR YaRATIShGA QARATILGAN NORMATIV-HUQUQIY BAZANI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh | |||||
1. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlashtirish markazlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2017-yil IV chorak | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
2. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Intellektual rivojlanishda ijobiy dinamikasi bo‘lgan nogironlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasida “Muruvvat” internat-uylari faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2017 yil IV chorak | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
3. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil | 2017 yil I chorak | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
4. | Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning asosiy turlarini diagnostika qilish va davolashning yangilangan standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Jadvalga muvofiq | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
II. KEKSALAR VA NOGIRONLARGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISh DARAJASI VA SIFATINI OShIRISh | |||||
5. | Keksalarda, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarda surunkali, yashirin va avval aniqlanmagan kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha kompleks profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga patronaj tibbiy hamshiralarni biriktirish. | 2017 — 2020 yillar | Ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida | Davlat budjeti mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
6. | Imkoniyatlari cheklangan odamlarda (kattalar va bolalar) eshitish qobiliyati skriningi tekshiruvlarini o‘tkazish. | 2017 yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi | ||
7. | Keksa insonlar uchun sog‘lom ovqatlanish asoslari bo‘yicha metodik tavsiyalar, bukletlar, postyerlar ishlab chiqish orqali turli yosh guruhlarida (60 — 70 yosh, 70 — 80 yosh, 80 — 90 yosh, 90 — 100 yosh va 100 yoshdan kattalar) sog‘lom turmush tarzini olib borish, ovqatlanish, sog‘lomlashtirishgaoid tavsiyalarni qo‘llash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2017 — 2020 yillar | 40,0, shu jumladan 2017-yilda — 20,0, 2018-yilda — 20,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
8. | Har yili respublika ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida, ilmiy-tekshirish institutlarining klinikalarida, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinik bazalarida 7 ming nafar keksalarga hamda viloyatlardagi ko‘ptarmoqli tibbiyot markazlarida 20 ming nafar keksalarga, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarga yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish. | 2017 — 2020 yillar | 55000,0 shu jumladan, har yili 13750,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
9. | Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedrasi bazasida gerontologiyava geriatriya kafedralarini tashkil etish. | 2017 yil iyun | Ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida | Davlat budjeti mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
10. | Quyidagilarni amalga oshirish orqali keksalar, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlar uchun diagnostika va davolashning yuqori texnologiyali uslublaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish: | 2017 — 2020 yillar | 25 120,0 shu jumladan har yili | Davlat budjeti mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
yirik bo‘g‘imlar kasalliklarida 200 nafar kasallarda rekonstruktiv-tiklash amaliyotlarini qilish hamda umurtqa patologiyasiga ega 1000 nafar kasalda konservativ terapiyaning zamonaviy usullarini qo‘llash; | 1 200,0 | ||||
yurak-qon tomir kasalliklari tizimi kasalliklariga chalingan bemorlarning 1000 nafarida koronar tomirlarni stentlash va 100 nafar bemorda aortakoronar shuntlashtirish amaliyotlarini o‘tkazish; | 3 640,0 | ||||
keksalik kataraktasiga chalingan 1000 nafar hamda glaukoma bilan kasallangan 500 nafar bemorda organlarni saqlab qolish amaliyotlarini o‘tkazish; | 775,0 | ||||
peshob-tosh kasalliklari, adenoma va prostata bezi raki kasalliklariga chalingan 1000 nafar bemorda kichik invoziv urologik amaliyotlarini o‘tkazish; | 300,0 | ||||
qandli diabetning tomir asoratlarida 200 nafar bemorda yuqori texnologik amaliyotlarini o‘tkazish; | 200,0 | ||||
LOR kasalliklarining barvaqt oldini olish maqsadida sinustit bilan og‘rigan 200 nafar bemorda kichik invaziv endoskopik amaliyotlarini o‘tkazish va 500 nafar bemorda oto-mikroskopik tekshiruvlar o‘tkazish. | 165,0 | ||||
11. | Keksalar, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni quyidagi sharoitlarda yuqori texnologik usullar orqali diagnostika qilish va davolash: respublika tibbiyot muassasalari sharoitlarida; viloyat tibbiyot muassasalari sharoitlarida. | 2017 — 2020 yillar | 40 000,0, shujumladan har yili 10 000,0 103 840,0, shu jumladan har yili 25 960,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
III. YoLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISh, MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA QILISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh, ULARGA KO‘RSATILADIGAN MODDIY YORDAMNI KENGAYTIRISh | |||||
12. | Intellektual rivojlanishda ijobiy dinamikaga ega nogironlar uchun uy-internatlar tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish. | 2017 yil II chorak | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
13. | Ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam sifatini oshirish uchun yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni hisobga olish bo‘yicha interfaol ma’lumotlar bazasi va yagona registrini yaratish. | 2017 yil I chorak | — | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
14. | 1941 — 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, yolg‘iz keksa pensionyerlar va nogironlar hamda boshqa aholi zaif qatlamlarining kamida 35 ming nafarini sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirilishini tashkil etish. | 2017 — 2020 yillar | 72 000,0, | Davlat budjeti mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Moliya vazirligi |
15. | O‘zganing qaroviga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning 15 ming nafariga o‘z uyida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish. | 2017 — 2020 yillar | 72 000,0, shu jumladan har yili 18000,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati |
16. | Quyidagilar orqali muhtoj yolg‘iz qariyalar va nogironlarni har yili sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirishni (tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha) tashkil etish: | 2017 — 2020 yillar | 2 800,0, shu jumladan har yili: 700,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Kengashi, Moliya vazirligi |
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining sanatoriylarini kamida 1000 ta yo‘llanma bilan ta’minlash; | 2 200,0, shu jumladan har yili: 550,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | |||
Kasaba uyushmalari sanatoriylarini kamida 300 ta yo‘llanma bilan ta’minlash (ishlab turgan yolg‘iz keksalarni, pensionyerlarni va nogironlarni). | 6000, shu jumladan har yili: 150,0 | Kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablag‘lari | |||
17. | Har yili doimiy qarovga muhtoj kamida 4 ming nafar yolg‘iz keksalar va nogironlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena tovarlari bilan bepul ta’minlashni tashkil etish. | 2017 — 2020 yillar | 10 000,0, shu jumladan har yili 2500,0 | Davlat budjeti mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi |
18. | “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining ko‘chma hududiy tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari tomonidan kamida 2 ming nafar yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarga har yili patronaj xizmatini ko‘rsatish. | 2017 — 2020 yillar | 3000,0, shu jumladan har yili 750,0 | Ijrochilar mablag‘lari | “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi |
19. | Ambulator davolanishdan o‘tayotgan kamida 4 ming nafar yolg‘iz keksalar va nogironlarni shifokor retseptlari bo‘yicha dori vositalari bilan ta’minlash. | 2017 — 2020 yillar | 2800,0, shu jumladan har yili 200,0 500,0, shu jumladan: 100,0 300.0 100.0 | Davlat budjeti mablag‘lari Ijrochilar mablag‘lari, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati |
20. | Ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar xarajatlarini to‘lab berish orqali yolg‘iz pensionyerlar va nogironlarga manzilli moddiy yordam ko‘rsatish. | 2017 — 2020 yillarda | 80,0, shu jumladanhar yili 20,0 | Ijrochilar mablag‘lari | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
21. | Har yili kamida 10 ming nafar yolg‘iz keksalar va nogironlarni protez-ortopedik buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan bepul ta’minlash. | 2017 — 2020 yillar | 9500,0, shu jumladan har yili 2375 | Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
IV. TIBBIYOT VA TIBBIY-IJTIMOIY MUASSASALARNING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASh | |||||
22. | 4 ta tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurish va rekonstruksiya qilish (Andijon “Saxovat” uy-internati, Urush va mehnat veteranlari uchun respublika pansionati, Zomin xotin-qizlar “Muruvvat” uy-internati, Qarshi bolalar-nogironlar uchun “Muruvvat” uy-internati). | 2017 — 2018 yillar | 14 400,0, shu jumladan har yili 3 600,0 | Homiylar mablag‘lari | Andijon, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar hokimligi |
23. | Avval respublika ixtisoslashtirilgan va viloyat markazlari darajasida ko‘rsatilayotgan zamonaviy diagnostika va davolash usullaridan respublika tumanlari va shaharlari aholisining foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur ishlarni quyidagilar orqali amalga oshirish: tomirlarni o‘rganish va stentlash uchun angiografik moslamalarni taqdim etish hamda respublikaning beshta hududida (Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida) stenoz, anevrizmlar va insultni davolashda yurak koronar tomirlarini va bosh miyani stentlash bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish; zamonaviy yuqori texnologik tibbiyot uskunalarini taqdim etish hamda respublikaning to‘rt hududida (Andijon, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida) ochiq yurakda operatsiyalarni o‘tkazishni tashkil qilish; | 2017-yil 2018-yil | 9772,0 9158,0 | Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
Onkologiya kasalliklarini barvaqt diagnostika qilish va nur terapiyasining barcha turlari to‘liq kursini o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar onkologiya dispansyerlari uchun masofaviy hamdakontaktli nur terapiyasi kompyuter tomograflari va apparatlarini taqdim etish; | 2017 — 2019 yillar | 20,5 mln AQShdollari | Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari | ||
LOR-organlari, jarrohlik va ginekologiya kasalliklari, gepatit B,S virusli kasalliklariga chalinganlarni skrining qilish va barvaqt aniqlashda diagnostik o‘rganishlar va kam jarohat yetkazuvchi endoskopik operatsiyalar o‘tkazish uchun kompyuter tomograflar (KT), magnit rezonans tomograflar(MRT), laparoskopik uskunalar, LOR-kombaynlar va laboratoriya uskunalarini taqdim etish. | 2018 — 2020 yillar | 88,2 mln AQSh dollari | Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari | ||
12 372,0 | budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari |