Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2017-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son)
b) undiriladigan gerb yigʻimidan tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga ajratmalar:
gerbli (maxsus) blankalarda ishonchnomalar va bitimlarni notarial tasdiqlaganlik uchun — 50 foiz miqdorida;
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan gerbli guvohnomalar berganlik uchun — 15 foiz miqdorida.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial harakatlarni sodir etganlik uchun tushgan davlat boji va gerb yigʻimi summasidan adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari hisob raqamida jamlangan mablagʻlar qoldigʻi qismidan kamida 70 milliard soʻmni 2016-yil 26-dekabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 2017-yil 1-yanvardan boshlab oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-dekabr,
413-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-dekabrdagi 413-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2017-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga;
50 foizi –Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi va gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bankini yaratishga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga maqsadli tartibda sarflanadi”;
b) uchinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 52-son, 603-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son; 17.02.2018-y., 09/18/124/0782-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)