1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2090-12]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomailovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Hududiy adliya organlari rahbarlari:
2017-yilning 1-mart kuniga qadar mulkni tasarruf etish huquqi bilan berilgan amaldagi ishonchnomalar hamda vasiyatnomalar haqidagi ma’lumotlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) kiritilishini;
qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash va xatlash hamda ularni bekor qilish huquqiga ega organlar va mansabdor shaxslarning mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash va xatlash yoki uni bekor qilish haqidagi xabarlarini Tizimga o‘z vaqtida kiritmagan notarius lavozimdan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortilishi hamda u tomonidan yetkazilgan zarar belgilangan tartibda undirilishi haqida qat’iy ogohlantirilishini;
notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar Tizimga o‘z vaqtida kiritilishi holati doimiy ravishda monitoring qilib borilishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-dekabr,
304-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-son buyrug‘iga ILOVA
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. II bob quyidagi mazmundagi 352 — 357-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“352. Notariuslar notarial harakatlarni rasmiylashtirish jarayonida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (keyingi o‘rinlarda Tizim deb yuritiladi) foydalanadilar.
Tizim notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarni avtomatlashtirish, ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
353. Tizim imkoniyatidan kelib chiqib, unga amalga oshirilgan notarial harakatlar, bitimlar bekor bo‘lganligi yoki ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi.
354. Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasiga qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlash hamda ularni olib tashlash huquqiga ega organlar va mansabdor shaxslar tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlash yoxud uni bekor qilish haqida xabarlar belgilangan tartibda yuborilsa, ushbu xabarlarning davlat notarial idorasiga kelib tushgan aniq vaqti (soat, daqiqa) haqida Hujjatlarning kirim daftarida qayd etiladi.
Qonunning 31-moddasiga asosan manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra notarial harakatni amalga oshirish o‘n kun muddatga kechiktirilganda, ushbu muddat ichida mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash haqida notarius tomonidan Tizimga ma’lumot kiritiladi. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma’lumot olinmasa, notarius tomonidan taqiq olib tashlanganligi haqida Tizimga ma’lumot kiritiladi va notarial harakat amalga oshiriladi.
Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlangan yoki xatlangan mol-mulk haqidagi ma’lumotlar zudlik bilan Tizimga kiritilishi lozim.
355. Mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi. Bunda, mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi.
Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga ko‘ra unga tegishli mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.
356. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi.
357. Notariuslar tomonidan garov (ipoteka) shartnomalari rasmiylashtirilganda yoki taraflar o‘rtasida to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlashda, ushbu shartnomalarni (bitimlarni) tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi”.
“Mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni bekor qilish haqidagi bitim asosiy bitimga qo‘shib qo‘yiladigan alohida hujjat tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bitim predmeti ko‘chmas mulk bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi (bundan keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasi deb yuritiladi) talab qilinadi hamda Tizim orqali ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi tekshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnoma notarius tomonidan idoralararo so‘rov orqali “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasidan olinadi.”.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi ko‘rsatilganligidan qat’i nazar, bu haqdagi ma’lumot Tizim orqali tekshirilishi lozim.”.
“105. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlamaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlarni tasdiqlash ularning xatlamaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.”.
“Ijaraga olingan mulkni sotib olish sharti bilan shartnoma tuzilsa va ushbu mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mulk bo‘lsa, notarius Tizim orqali mazkur mulkning boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligini tekshirishi lozim.”.
6. 178-band quyidagi tahrirdagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bu haqda shu kunning o‘zida Tizimga tegishli ma’lumot kiritiladi.”.
“Notariuslar tomonidan vasiyatnoma tasdiqlangandan keyin vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vasiyatnomani tasdiqlash sanasi va reyestr raqami hamda unga o‘zgartirish kiritilganligi yoki bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotlar alifbo kitobiga va Tizimga kiritilishi lozim.”;
“204. Bekor qilingan ishonchnomalar haqidagi ma’lumot (bekor bo‘lgan ishonchnoma kim tomonidan va kimga rasmiylashtirilganligi, sanasi va reyestr raqami, mulkni joylashgan joyi) notarius tomonidan Tizimga kiritilishi shart. Bunda ishonchli vakilga zudlik bilan xabar beriladi.”.
“Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berish vaqtida vasiyatnomaning mavjudligi, o‘zgartirilmaganligi yoki bekor qilinmaganligi Tizim orqali tekshiriladi.”.
“254. Agar meros mulki tarkibiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, korxona yoki boshqa ko‘chmas mol-mulk kirsa, meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjat, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasi taqdim qilinadi. Bunda ushbu mulk taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi Tizim orqali tekshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnoma notarius tomonidan idoralararo so‘rov orqali “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasidan olinadi.”.
“280. Qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda, shuningdek banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqa ko‘chmas mulk sotib olish yoki qayta ta’mirlash va boshqa maqsadlarda berilgan qarzlarning qaytarilishini ta’minlash uchun ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garov shartnomalarini tasdiqlash vaqtida mazkur ko‘chmas mulk joylashgan hududdagi notarius ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq qo‘yadi va bu haqda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasiga xabarnoma yuboradi. Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga notarius tomonidan taqiq qo‘yilganligi haqida belgi qo‘yiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi.
Agar garov shartnomasining predmeti avtomototransport vositalari bo‘lsa, ularga notarius tomonidan garov shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilgunga qadar taqiq qo‘yiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi hamda bu haqda transport vositasini qayd etish guvohnomasiga yozib qo‘yilib, u ro‘yxatda turgan tegishli DYHXX organiga (kuryer yoki buyurtma xatlar orqali) ma’lumot yuboriladi.”.
“284. Sud, tergov, prokuratura organlari va sud ijrochilari tomonidan ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi to‘g‘risidagi xabarlar mazkur Yo‘riqnomaning ilovasida ko‘rsatilgan taqiq va xatlov bazasini yurituvchi notarius tomonidan taqiqlar va xatlovlarni ro‘yxatga olish kitobida qayd etiladi va Tizimga kiritiladi. Ushbu xabarlar alifbo kitobiga ham yozib qo‘yiladi.
285. Notariuslar banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlarning qarz majburiyatlari bajarilganligi haqidagi yoxud garov (ipoteka) to‘g‘risidagi shartnomaning bekor qilinganligi haqidagi xabarni olganlaridan so‘ng ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasining boshqa shaxsga o‘tkazilishiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlaydilar.
Taqiq olib tashlanganligi haqida alifbo kitobiga yozib qo‘yiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi, tegishli idoralarga xabar qilinadi.
Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi notarius tomonidan sud, tergov, prokuratura organlari va sud ijrochisining taqiq va xatlovni olib tashlanganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborgan xabarnomalarini olgan kuni bu haqda taqiqlar va xatlovlarni ro‘yxatga olish kitobiga, alifbo kitobiga yozib qo‘yadi hamda Tizimga ma’lumot kiritadi.”.
14. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda ilova bilan to‘ldirilsin.
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ILOVA
“Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ILOVA
Ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalari bo‘yicha taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idoralari
RO‘YXATI
T/r
Hududlar
Tuman (shahar) nomi
Davlat notarial idora nomi
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Nukus shahri
Nukus shahar 8-son DNI*
Nukus tumani
Nukus tuman DNI
Qorao‘zak tumani
Qorao‘zak tuman DNI
Chimboy tumani
Chimboy tuman DNI
Taxtako‘pir tumani
Taxtako‘pir tuman DNI
Kegeyli tumani
Kegeyli tuman DNI
Shumanay tumani
Shumanay tuman DNI
Qonliko‘l tumani
Qonliko‘l tuman DNI
Qo‘ng‘irot tumani
Qo‘ng‘irot tuman 1-son DNI
Mo‘ynoq tumani
Mo‘ynoq tuman DNI
Xo‘jayli tumani
Xo‘jayli tuman 1-son DNI
Amudaryo tumani
Amudaryo tuman 2-son DNI
Ellikqal’a tumani
Ellikqal’a tuman 1-son DNI
Beruniy tumani
Beruniy tuman 1-son DNI
To‘rtko‘l tumani
To‘rtko‘l tuman 1-son DNI
2.
Andijon viloyati
Andijon shahri
Andijon shahar 2-son DNI*
Andijon tumani
Andijon tuman 1-son DNI
Asaka tumani
Asaka tuman 3-son DNI
Bo‘z tumani
Bo‘z tuman DNI
Buloqboshi tumani
Buloqboshi tuman DNI
Baliqchi tumani
Baliqchi tuman 1-son DNI
Qo‘rg‘ontepa tumani
Qo‘rg‘ontepa tuman 1-son DNI
Ulug‘nor tumani
Ulug‘nor tuman DNI
Oltinko‘l tumani
Oltinko‘l tuman DNI
Marhamat tumani
Marhamat tuman 1-son DNI
Paxtaobod tumani
Paxtaobod tuman 1-son DNI
Shahrixon tumani
Shahrixon tuman 4-son DNI
Xo‘jaobod tumani
Xo‘jaobod tuman 1-son DNI
Jalaquduq tumani
Jalaquduq tuman 1-son DNI
Xonabod shahri
Xonabod shahar DNI
Izboskan tumani
Izboskan tuman DNI
3.
Buxoro viloyati
Buxoro shahri
Buxoro shahar 1-son DNI*
Buxoro tumani
Buxoro tuman DNI
Vobkent tumani
Vobkent tuman DNI
Shofirkon tumani
Shofirkon tuman 1-son DNI
G‘ijduvon tumani
G‘ijduvon tuman 1-son DNI
Romitan tumani
Romitan tuman 1-son DNI
Peshku tumani
Peshku tuman DNI
Jondor tumani
Jondor tuman 1-son DNI
Qorako‘l tumani
Qorako‘l tuman 1-son DNI
Olot tumani
Olot tuman DNI
Kogon shahri
Kogon shahar 1-son DNI
Kogon tumani
Kogon tuman DNI
Qoravulbozor tumani
Qoravulbozor tuman DNI
4.
Jizzax viloyati
Jizzax shahri
Jizzax shahar 2-son DNI*
Arnasoy tumani
Arnasoy tuman DNI
Baxmal tumani
Baxmal tuman DNI
G‘allaorol tumani
G‘allaorol tuman 1-son DNI
Do‘stlik tumani
Do‘stlik tuman DNI
Jizzax tumani
Jizzax tuman 1-son DNI
Mirzacho‘l tumani
Mirzacho‘l tuman DNI
Paxtakor tumani
Paxtakor tuman DNI
Zomin tumani
Zomin tuman 1-son DNI
Zarbdor tumani
Zarbdor tuman DNI
Forish tumani
Forish tuman DNI
Yangiobod tumani
Yangiobod tuman DNI
Zafarobod tumani
Zafarobod tuman DNI
5.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahri
Qarshi shahar 1-son DNI*
Qarshi tumani
Qarshi tuman DNI
G‘uzor tumani
G‘uzor tuman 1-son DNI
Koson tumani
Koson tuman 1-son DNI
Kitob tumani
Kitob tuman DNI
Qamashi tumani
Qamashi tuman DNI
Kasbi tumani
Kasbi tuman DNI
Dehqonobod tumani
Dehqonobod tuman DNI
Nishon tumani
Nishon tuman 1-son DNI
Muborak tumani
Muborak tuman DNI
Mirishkor tumani
Mirishkor tuman DNI
Shahrisabz tumani
Shahrisabz tuman 2-son DNI
Chiroqchi tumani
Chiroqchi tuman 1-son DNI
Yakkabog‘ tumani
Yakkabog‘ tuman 1-son DNI
6.
Navoiy viloyati
Navoiy shahri
Navoiy shahar 2-son DNI*
Karmana tumani
Karmana tuman 1-son DNI
Xatirchi tumani
Xatirchi tuman 1-son DNI
Qiziltepa tumani
Qiziltepa tuman 1-son DNI
Konimeh tumani
Konimeh tuman DNI
Navbahor tumani
Navbahor tuman DNI
Nurota tumani
Nurota tuman DNI
Zarafshon shahri
Zarafshon shahar 1-son DNI
Uchquduq tumani
Uchquduq tuman DNI
Tomdi tumani
Tomdi tuman DNI
7.
Namangan viloyati
Namangan shahri
Namangan shahar 3-son DNI*
Namangan tumani
Namangan tuman 1son DNI
To‘raqo‘rg‘on tumani
To‘raqo‘rg‘on tuman 1-son DNI
Chust tumani
Chust tuman 1-son DNI
Pop tumani
Pop tuman 1-son DNI
Mingbuloq tumani
Mingbuloq tuman DNI
Yangiqo‘rg‘on tumani
Yangiqo‘rg‘on tuman DNI
Chortoq tumani
Chortoq tuman DNI
Uychi tumani
Uychi tuman 1-son DNI
Kosonsoy tumani
Kosonsoy tuman 1-son DNI
Uchqo‘rg‘on tumani
Uchqo‘rg‘on tuman 1-son DNI
Norin tumani
Norin tuman DNI
8.
Samarqand viloyati
Samarqand shahri
Samarqand shahar 12-son DNI*
Samarqand tumani
Samarqand tuman 1-son DNI
Toyloq tumani
Toyloq tuman 1-son DNI
Bulung‘ur tumani
Bulung‘ur tuman 1-son DNI
Payariq tumani
Payariq tuman 1-son DNI
Oqdaryo tumani
Oqdaryo tuman 2-son DNI
Kattaqo‘rg‘on shahri
Kattaqo‘rg‘on shahar 1-son DNI
Kattaqo‘rg‘on tuma�i
Kattaqo‘rg‘on tuman 1-son DNI
Pastdarg‘om tumani
Pastdarg‘om tuman 1-son DNI
Paxtachi tumani
Paxtachi tuman DNI
Urgut tumani
Urgut tuman 2-son DNI
Narpay tumani
Narpay tuman DNI
Nurobod tumani
Nurobod tuman DNI
Qo‘shrabod tumani
Qo‘shrabod tuman DNI
Jomboy tumani
Jomboy tuman DNI
Ishtixon tumani
Ishtixon tuman 1-son DNI
9.
Sirdaryo viloyati
Guliston shahri
Guliston shahar 1-son DNI*
Shirin shahri
Shirin shahar DNI
Yangiyer shahri
Yangiyer shahar 1-son DNI
Boyovut tumani
Boyovut tuman DNI
Sayxunobod tumani
Sayxunobod tuman DNI
Guliston tumani
Guliston tuman DNI
Sardoba tumani
Sardoba tuman DNI
Mirzaobod tumani
Mirzaobod tuman DNI
Sirdaryo tumani
Sirdaryo tuman 4-son DNI
Xovos tumani
Xovos tuman DNI
Oqoltin tumani
Oqoltin tuman DNI
10.
Surxondaryo viloyati
Termiz shahri
Termiz shahar 1-son DNI*
Termiz tumani
Termiz tuman DNI
Angor tumani
Angor tuman 2-son DNI
Sherobod tumani
Sherobod tuman 1-son DNI
Sariosiyo tumani
Sariosiyo tuman DNI
Denov tumani
Denov tuman 1-son DNI
Muzrobod tumani
Muzrabod tuman DNI
Qiziriq tumani
Qiziriq tuman 1-son DNI
Boysun tumani
Boysun tuman DNI
Jarqo‘rg‘on tumani
Jarqo‘rg‘on tuman 1-son DNI
Qumqo‘rg‘on tumani
Qumqo‘rg‘on tuman DNI
Sho‘rchi tumani
Sho‘rchi tuman 1-son DNI
Oltinsoy tumani
Oltinsoy tuman DNI
Uzun tumani
Uzun tuman 1-son DNI
11.
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona shahri
Farg‘ona shahar 1-son DNI*
Qo‘qon shahri
Qo‘qon shahar 1-son DNI
Marg‘ilon shahri
Marg‘ilon shahar 1-son DNI
Quvasoy shahri
Quvasoy shahar 1-son DNI
Quva tumani
Quva tuman 1-son DNI
Yozyovon tumani
Yozyovon tuman DNI
Farg‘on tumani
Farg‘on tuman 1-son DNI
Oltiariq tumani
Oltiariq tuman 1-son DNI
Rishton tumani
Rishton tuman 1-son DNI
Bog‘dod tumani
Bog‘dod tuman DNI
Buvayda tumani
Buvayda tuman DNI
Dang‘ara tumani
Dang‘ara tuman DNI
Uchko‘prik tumani
Uchko‘prik tuman 2-son DNI
O‘zbekiston tumani
O‘zbekiston tuman DNI
Beshariq tumani
Beshariq tuman 1-son DNI
So‘x tumani
So‘x tuman DNI
Toshloq tumani
Toshloq tuman DNI
Qo‘shtepa tumani
Qo‘shtepa tuman DNI
Furqat tumani
Furqat tuman DNI
12.
Xorazm viloyati
Urganch shahri
Urganch shahar 4-son DNI*
Xazorasp tumani
Xazorasp tuman 1-son DNI
Bog‘ot tumani
Bog‘ot tuman 1-son DNI
Gurlan tumani
Gurlan tuman 1-son DNI
Qo‘shko‘pir tumani
Qo‘shko‘pir tuman 2-son DNI
Urganch tumani
Urganch tuman 1-son DNI
Xonqa tumani
Xonqa tuman 1-son DNI
Xiva tumani
Xiva tuman 2-son DNI
Shovot tumani
Shovot tuman 1-son DNI
Yangiariq tumani
Yangiariq tuman DNI
Yangibozor tumani
Yangibozor tuman DNI
13.
Toshkent viloyati
Angren shahri
Angren shahar 1-son DNI
Olmaliq shahri
Olmaliq shahar 2-son DNI
Ohangaron tumani
Ohangaron tuman 2-son DNI
Bekobod shahri
Bekobod shahar 1-son DNI
Chirchiq shahri
Chirchiq shahar 3-son DNI
Bo‘stonliq tumani
Bo‘stonliq tuman 3-son DNI
Bo‘ka tumani
Bo‘ka tuman 2-son DNI
Bekobod tumani
Bekobod tuman DNI
Oqqo‘rg‘on tumani
Oqqo‘rg‘on tuman DNI
Qibray tumani
Qib�ay tuman 2-son DNI
Quyichirchiq tumani
Quyichirchiq tuman DNI
Zangiota tumani
Zangiota tuman 1-son DNI
Piskent tumani
Piskent tuman DNI
Parkent tumani
Parkent tuman DNI
O‘rtachirchiq tumani
O‘rtachirchiq tuman 2-son DNI*
Yuqorichirchiq tumani
Yuqorichirchiq tuman DNI
Chinoz tumani
Chinoz tuman 1-son DNI
Yangiyo‘l tumani
Yangiyo‘l tuman 6-son DNI
14.
Toshkent shahar
Bektemir tumani
Bektemir tuman 2-son DNI
Mirzo Ulug‘bek tumani
Mirzo Ulug‘bek tuman 7-son DNI*
Mirobod tumani
Mirobod tuman 1-son DNI
Olmazor tumani
Olmazor tuman 8-son DNI
Sergeli tumani
Sergeli tuman 3-son DNI
Uchtepa tumani
Uchtepa tuman 2-son DNI
Chilonzor tumani
Chilonzor tuman 8-son DNI
Shayxontohur tumani
Shayxontohur tuman 8-son DNI
Yunusobod tumani
Yunusobod tuman 6-son DNI
Yakkasaroy tumani
Yakkasaroy tuman 6-son DNI**
Yashnobod tumani
Yashnobod tuman 8-son DNI
Izoh: *Hududiy adliya organlariga shaxsning barcha mol-mulklariga nisbatan taqiq qo‘yish haqida sud, tergov, prokuratura organlari va sud ijrochilarining xabarnomalari kelib tushsa, ushbu xabarnomalar ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat notarial idoralariga “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun yuboriladi.
**Sud, tergov, prokuratura organlari va sud ijrochilari tomonidan shaxsning barcha mol-mulklariga nisbatan taqiq qo‘yish haqida xabarnomalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushsa, ushbu xabarnomalar ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat notarial idorasiga “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun yuboriladi. Boshqa hududiy adliya organlariga ushbu xabarnomalar ma’lumot uchun yuboriladi.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 52-son, 606-modda)