Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash boshqarmasi Davlat yongʻindan saqlash nazorati tomonidan respublika hududida xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib amalga oshirilayotgan obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tuzatish va texnik qayta jihozlash nazorat qilinishi tartibi toʻgʻrisidagi Qoidalarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 23-martdagi 93-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatiga shaharsozlik sohasida yuklangan vazifalarni Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash boshqarmasi Davlat yongʻindan saqlash nazorati tomonidan respublika hududida xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib amalga oshirilayotgan obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tuzatish va texnik qayta jihozlash nazorat qilinishi tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 23-martdagi 93-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 14-noyabr,
386-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 46-son, 531-modda)