O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-sonli Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-sonli qaroriga muvofiq:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalarini davlat-hissadorlik kompaniyalariga aylantirish to‘g‘risida” 1995-yil 14-avgustdagi PF-1212-sonli Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-sonli Farmonining 9-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, O‘zbekiston “Sifat” markazi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z me’yoriy hujjatlarini mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-noyabr,
PF-4856-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli Farmoniga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 575-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-sonli Farmoni 2-bandidagi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi” so‘zlari “O‘zpaxtasanoateksport” XK” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro o‘zbek paxta yarmarkasini har yili tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 8-noyabrdagi PP-217-sonli qarorida:
a) 2-ilovadagi “F.B. Omonov — “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi” so‘zlari “A.S. Kamalov — “O‘zpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
“F.B. Omonov — “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi” so‘zlari “A.S. Kamalov — “O‘zpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“ — “O‘zmarkazimpeks” DATK boshqaruvi raisi”, “ — “O‘zinterimpeks” DATK boshqaruvi raisi”, “ — “O‘zsanoatmashimpeks” DAK boshqaruvi raisi” va “F.Sh. Zargarov — “O‘ztashqitrans” DAK boshqaruvi raisi” so‘zlari “J.J. Qodirov — “O‘zpaxtaeksport” AJ bosh direktori — “O‘zpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisining o‘rinbosari” va “Y.S. Xidirov — “O‘zpaxtasanoat” AJ bosh direktori — “O‘zpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ–330-sonli qarori 3-bandining uchinchi xatboshidagi “tashqi savdo kompaniyalari” so‘zlari “tashqi savdo kompaniyalari va “O‘zpaxtaeksport” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-sonli qarorining 2-ilovasidagi 277 — 281- pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-iyuldagi PP-2374-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasida “Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari” bo‘limidagi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi” so‘zlari “O‘zpaxtasanoateksport” XK” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 47-son, 537-modda; 2017-y., 26-son, 575-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)