|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilinishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 11-dekabrdagi 548-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilinishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 11-dekabrdagi 548-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 11-12-son, 39-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-avgust,
254-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-avgustdagi 254-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilinishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 11-dekabrdagi 548-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom talablarining tegishli tashkilotlar tomonidan og‘ishmay bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlasinlar”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 32-son, 390-modda)