O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining
Qarori
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 28-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2818]
O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Rais D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-iyun,
01/26-26/40-son
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 21-iyundagi 01/26-26/40-son qaroriga
ILOVA
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi ellik foizdan ko‘proq bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tijorat siri rejimiga rioya etilishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Boshqa tashkilotlar uchun mazkur Nizom normalari tavsiyaviy xususiyatga ega hisoblanadi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tijorat siri — uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot bo‘lib, ushbu axborot mulkdori uning maxfiyligini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
tijorat sirining maxfiyligi — tijorat sirining tarqalib ketishi, oshkor etilishi va undan ruxsatsiz foydalanilishi xavfsizligi ta’minlanganligi holati;
tijorat sirining mulkdori — tijorat siriga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishni amalga oshiruvchi va unga nisbatan tijorat siri rejimini o‘rnatgan yuridik shaxs;
konfident — tijorat sirini uning mulkdori bilan tuzilgan shartnoma asosida egalik qilishga va foydalanishga olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
tijorat sirini oshkor etish — tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning uchinchi shaxslarga bunday axborot mulkdorining yoki konfidentning roziligisiz yoxud mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomaga xilof ravishda, mumkin bo‘lgan har qanday shaklda (og‘zaki, yozma, boshqa shaklda, shu jumladan texnika vositalaridan foydalangan holda) ma’lum bo‘lib qolishiga olib keladigan harakat yoki harakatsizlik;
tijorat siri rejimi — tijorat siridan foydalanishni cheklaydigan huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa chora-tadbirlar tizimi;
“tijorat siri” grifi — tijorat siri rejimi o‘rnatilgan moddiy jismlarga qo‘yiladigan rekvizit;
tijorat siri bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) — tashkilotda tijorat siri rejimini o‘rnatish va unga rioya etish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish uchun tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan komissiya;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar — tijorat sirini tashkil etuvchi axborot aks etgan moddiy jismlar, shu jumladan tijorat sirini o‘z ichiga olgan hujjatlar yoki axborot aks etgan hajmli jismlar;
axborot aks etgan hajmli jismlar (bundan buyon matnda AHJ deb yuritiladi) — tijorat sirini tashkil etuvchi axborot yoziladigan SD va DVD disklari, flesh- kartalari va hajmli qattiq disklar (tashqi);
tashkilotning tijorat siri ro‘yxati (bundan buyon matnda Ro‘yxat deb yuritiladi) — tashkilotning bo‘linmalaridagi ma’lumotlarning butun hajmidan saralab olingan, tijorat siri rejimi o‘rnatilgan axborot.
2. Tijorat sirining mulkdori faoliyat sohasining xususiyatidan kelib chiqib mazkur Nizomda nazarda tutilmagan tijorat sirini muhofaza qilish usullarini mustaqil ravishda belgilashga haqli.
2-bob. Tijorat siri rejimini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish
3. Tijorat siri rejimini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish tashkilot rahbari zimmasiga, mazkur Nizom talablarining xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tarkibiy bo‘linmalarining boshliqlariga yuklatiladi.
4. Tashkilot rahbari tijorat sirini muhofaza qilish bo‘yicha tashkiliy, huquqiy, texnik va boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi.
5. Tashkilot rahbari:
Ro‘yxatni tasdiqlaydi, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
tijorat siridan foydalanishga ijozat olgan xodimlarning ro‘yxatini tasdiqlaydi;
tijorat sirini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini nazorat qiladi;
tijorat siri rejimining o‘rnatilishi va unga rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal qiladi.
6. Tashkilotda tijorat sirini muhofaza qilish bilan bog‘liq joriy ishlar tashkiliy — nazorat funksiyalarini bajaruvchi tarkibiy bo‘linmaga (bundan buyon matnda Tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma deb yuritiladi) yuklatiladi. Tashkilotda tijorat qimmatiga ega bo‘lgan axborot kam hajmda bo‘lganda mazkur funksiyalar alohida mansabdor shaxsga yuklatilishi mumkin.
7. Tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tijorat sirini muhofaza qilish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi;
tashkilotning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tijorat siri rejimining o‘rnatilishi va unga rioya etilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritishni amalga oshiradi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarga “tijorat siri” grifini berishni amalga oshiradi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni konfidentlarga berishni amalga oshiradi;
tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi, tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yo‘qotilishi faktlari bo‘yicha xizmat tekshiruvlari o‘tkazadi;
Ro‘yxatni shakllantirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish loyihasini tayyorlaydi;
tashkilot tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida tijorat qimmatiga ega bo‘lgan axborotni aniqlash bo‘yicha tushuntirish ishlarini o‘tkazadi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar saqlanadigan seyflar, metall shkaflar hisobini yuritadi.
8. Ro‘yxatni tashkil qilish uchun tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tashkilot mansabdor shaxslari orasidan kamida uch kishidan iborat bo‘lgan tarkibda Komissiya tuziladi. Uning tarkibiga rais, Komissiya a’zolari va kotib kiradi.
9. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
tashkilotning tarkibiy bo‘linmalaridan kelib tushadigan tijorat qimmatiga ega axborotni tijorat siriga kiritish haqidagi buyurtmanomalarni ekspertiza qilish;
tijorat siri rejimining amal qilish muddatini belgilash, o‘zgartirish va bekor qilish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning mavjudligini xatlovdan o‘tkazish;
tijorat siri yo‘qotilishining oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tashkilotning tijorat sirini muhofaza qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
10. Komissiyaning raisi tashkilot rahbariyatiga o‘zining vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha davriy ravishda hisobot beradi.
11. Komissiyaning tijorat siri rejimini o‘rnatish va unga rioya etilishi masalalari bo‘yicha qarorlari, agar Komissiyaning majlisida uning a’zolarining kamida yarmi va raisi ishtirok etgan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Komissiya qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
3-bob. Ro‘yxatni shakllantirish
12. Tijorat siri quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli tashkilot uchun haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo‘lishi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq hammaga ma’lum yoki hamma uchun ochiq bo‘lmasligi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
maxfiyligi muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan ta’minlangan bo‘lishi;
davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir belgilariga ega bo‘lmasligi.
13. O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq quyidagi ma’lumotlar tijorat sirini tashkil etishi mumkin emas:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkka doir huquqlar va bu huquqlar bo‘yicha bitimlar to‘g‘risidagi;
yuridik shaxsning ta’sis hujjatlaridagi, yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaliklari haqidagi yozuvlar tegishli davlat reyestrlariga kiritilganligi faktini tasdiqlaydigan hujjatlardagi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatlardagi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat muassasasining mol-mulki tarkibi to‘g‘risidagi va ular tomonidan tegishli budjet mablag‘laridan foydalanilishi haqidagi;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2025-yil 25-apreldagi 2818-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2818-1, 14.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2025-y., 10/25/2818-1/0436-son)
atrof-muhitning ifloslanishi, yong‘in xavfsizligining holati, sanitariya-epidemiologik va radiatsiyaviy vaziyat, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi hamda ishlab chiqarish obyektlarining xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini, har bir fuqaroning va butun aholining xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar haqidagi;
xodimlarning soni va tarkibi, mehnatga haq to‘lash tizimi va mehnat sharoitlari to‘g‘risidagi, shu jumladan, mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklari ko‘rsatkichlari, shuningdek bo‘sh ish o‘rinlari bor-yo‘qligi haqidagi;
ish beruvchilarning ish haqi to‘lash va ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari buzilishlari va bunday buzilishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish faktlari to‘g‘risidagi;
(13-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish bo‘yicha tanlovlarning yoki kimoshdi savdolarining shartlari haqidagi;
notijorat tashkilotlar daromadlarining miqdorlari va tuzilishi, ushbu tashkilotlarning mol-mulki miqdorlari va tarkibi haqidagi, ularning xarajatlari, bu tashkilotlar xodimlarining (a’zolarining) soni va mehnatiga haq to‘lash, notijorat tashkilotning faoliyatida fuqarolarning tekin mehnatidan foydalanilishi to‘g‘risidagi;
yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz ish yuritish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati haqidagi;
davlat statistika hisoboti sifatida taqdim etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar.
Oshkor etilishi shartligi yoki foydalanishni cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi boshqa qonunda belgilangan ma’lumotlar tijorat sirini tashkil etishi mumkin emas.
14. Ro‘yxatni shakllantirish Komissiya tomonidan tashkilot rahbarining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi. Ro‘yxatni shakllantirish uchun tashkilotning tarkibiy bo‘linmalarida tijorat qimmatiga ega bo‘lgan axborot mavjudligi haqida yozma buyurtmanomalar yig‘iladi va ko‘rib chiqiladi. Buyurtmanomaga bir nusxada tijorat qimmatiga ega bo‘lgan axborot aks etgan moddiy jism ilova qilinadi.
15. Saralab olingan buyurtmanomalar tashkilot rahbarining buyrug‘ida belgilangan muddatda tarkibiy bo‘linmalarning boshliqlari tomonidan Komissiyaning kotibiga ikki nusxada tuzilgan ro‘yxat asosida beriladi. Ro‘yxatning bir nusxasi Komissiyada qoladi, ikkinchisi esa qabul qilinganligi haqidagi belgi qo‘yilib, tarkibiy bo‘linmaga qaytariladi.
16. Komissiya tashkilot rahbarining buyrug‘ida belgilangan muddatda tarkibiy bo‘linmalar tomonidan taqdim qilingan tijorat qimmatiga ega bo‘lgan axborotning ekspertizasini amalga oshiradi. Buyurtmanomalar ko‘p miqdorda bo‘lgan taqdirda Komissiyaning ishi tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida uzaytirilishi mumkin.
17. Tijorat qimmatiga ega bo‘lgan axborotni ekspertiza qilish yakunlari bo‘yicha Komissiya axborotga yoki uning bir qismiga nisbatan tijorat siri rejimini qo‘llash maqsadga muvofiqligi hamda uning amal qilish muddati haqida xulosa beradi.
Komissiyaning xulosasi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
18. Ro‘yxat mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakllantiriladi va tashkilot rahbarining tijorat siri rejimini o‘rnatish haqidagi buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
19. Ro‘yxatga kiritilgan axborotga nisbatan tijorat siri rejimi tijorat siri rejimi o‘rnatish haqidagi buyruq qabul qilingan kundan boshlab amal qiladi.
20. Tijorat siri rejimining amal qilish muddatini o‘zgartirish va (yoki) tijorat siri rejimini bekor qilish tegishli tarkibiy bo‘linmalarning takliflari asosida Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
21. Tijorat siri rejimining amal qilish muddatini o‘zgartirish yoki tijorat siri rejimini bekor qilish zarurati paydo bo‘lgan taqdirda, tegishli tarkibiy bo‘linmaning boshlig‘i Komissiyaga Ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqida taklif kiritadi.
22. Komissiyaning tijorat siri rejimining amal qilish muddatini o‘zgartirish yoki tijorat siri rejimini bekor qilish to‘g‘risidagi xulosasi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
23. Tijorat siri rejimining amal qilish muddatining o‘zgartirilishi yoki tijorat siri rejimining bekor qilinishi tashkilot rahbari tomonidan buyruq qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, uning asosida Ro‘yxatga tegishli yozuv kiritiladi.
24. Tijorat sirini tashkil etuvchi axborot jiddiy o‘zgarganda, Ro‘yxat yangidan shakllantiriladi va tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
4-bob. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarga “tijorat siri” grifini berish
25. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarga “tijorat siri” grifi berish (bundan buyon matnda griflash deb yuritiladi) tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma tomonidan amalga oshiriladi.
26. Tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma xodimiga tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni griflash, hisobini yuritish, saqlash bo‘yicha majburiyatlar yuklatiladi.
27. “Tijorat siri” grifini berish uchun taqdim etiladigan tijorat sirini o‘z ichiga olgan hujjatlarda ularning nomi va qisqa annotatsiya ko‘rsatilgan titul varag‘i bo‘lishi kerak.
28. Har bir hujjat titul varag‘i bilan birga kitob holiga keltirilishi va tikilishi, betlari raqamlab chiqilishi kerak. Oxirgi varaqning orqa tomonidan tikish ipining oxirini mahkamlaydigan yopishqoq varaqchada tikib chiqilgan va raqamlab chiqilgan betlarning soni ko‘rsatiladi, tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma xodimining imzosi qo‘yiladi.
29. Hujjatlarning titul varag‘iga quyidagi rekvizitlar qo‘yiladi:
“Tijorat siri” yozuvi yoki “TS” belgisi;
hujjatning to‘liq nomi;
tijorat siri mulkdorining nomi;
tijorat sirining amal qilish muddati;
tijorat siri rejimining o‘rnatilishi haqidagi buyruq raqami va sanasi;
Ro‘yxat bo‘yicha tijorat siri obyektining raqami.
30. AHJ ko‘rinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlarga mazkur Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan rekvizitlarni o‘z ichiga olgan yorliqlar yopishtirilgan bo‘lishi lozim. Agar tijorat siri aks etgan AHJning yuzasi rekvizitini tushirish imkonini beradigan hajmga ega bo‘lsa, rekvizit uning yuzasiga qo‘yiladi.
31. “Tijorat siri” grifi tegishli shtamp yordamida, mashina yozuvi yoki qo‘lyozma usulda qo‘yib chiqilishi mumkin.
32. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq dalolatnoma asosida tegishli tarkibiy bo‘linmaga beriladi. Har bir tijorat siri aks etgan moddiy jism uning Ro‘yxatda mavjudligi bo‘yicha, AHJ esa ularda tijorat sirini tashkil etuvchi axborot mavjudligi bo‘yicha tekshiriladi.
33. Tijorat siri rejimi bekor qilinganda tijorat siri rejimi bekor qilingan barcha moddiy jismlarga tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma tomonidan tijorat siri rejimining o‘rnatilganligi haqidagi grifning pastiga uning bekor qilinganligi haqidagi buyruqning sanasi va raqamini ko‘rsatgan holda tegishli belgi qo‘yiladi.
5-bob. Tijorat siridan foydalanishga ijozat berish
34. Tashkilot xodimlariga tijorat siridan foydalanishga ruxsatnoma asosida yo‘l qo‘yiladi.
Tijorat siridan foydalanishga ijozat berilgan xodimlar ro‘yxati tashkilot tarkibiy bo‘linmalarining boshliqlari tomonidan tuziladi va tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
35. Xodimning tijorat siridan foydalanishi, agar bu uning mehnat vazifalarida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘zining roziligi bilan amalga oshiriladi.
36. Tijorat sirining muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida ish beruvchi:
o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun tijorat siridan foydalanishi zarur bo‘lgan xodimni tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar ro‘yxati bilan tilxat olgan holda tanishtirishi;
xodimni ish beruvchi tomonidan o‘rnatilgan tijorat siri rejimi va uni buzganlik uchun javobgarlik choralari bilan tilxat olgan holda tanishtirishi;
ish beruvchi tomonidan o‘rnatilgan tijorat siri rejimiga rioya etishi uchun xodimga zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.
37. Tijorat sirining muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida xodim:
ish beruvchi tomonidan o‘rnatilgan tijorat siri rejimiga rioya etishi;
ish beruvchining roziligisiz tijorat sirini oshkor etmasligi va undan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi;
mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganda o‘z foydalanishida bo‘lgan, tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ish beruvchiga topshirishi yoki uni mazkur jismlardan ish beruvchining nazorati ostida yo‘q qilib yoxud o‘chirib tashlashi shart.
38. Tijorat sirining muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
xodimning va tijorat siri mulkdori yoki konfident bo‘lgan ish beruvchining tijorat siri muhofaza qilinishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari;
mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingandan keyin sobiq xodim tijorat sirini oshkor etmasligi shart bo‘lgan muddat.
39. Xodim mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada nazarda tutilgan vazifalarni bajarishi munosabati bilan foydalanishga ijozat olgan tijorat siriga qonunga xilof ravishda tijorat siri rejimi o‘rnatilganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.
40. Xodimning tijorat siridan foydalanishini bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomaning bekor qilinishi;
tijorat sirini oshkor qilmaslik yoki tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni yo‘qotmaslik bo‘yicha olingan majburiyatlarning buzilishi.
41. Mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishning bekor qilinishi xodimni tijorat sirini oshkor etmaslik bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod etmaydi.
6-bob. Tashkilotga kelib tushadigan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va hisobini yuritish
42. Tashkilotga kelib tushadigan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni qabul qilish tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma tomonidan amalga oshiriladi.
Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni qabul qilishda quyidagilar tekshiriladi:
hujjatda ko‘rsatilgan adresatning muvofiqligi;
konvertlarning bus-butunligi;
“tijorat siri” grifi qo‘yilgan hujjatlar va AHJning mavjudligi.
43. Olingan konvertda tijorat siri aks etgan moddiy jismlar mavjud bo‘lmagan, hujjatning ayrim varaqlari yetishmagan yoxud konvertda ko‘rsatilgan raqam tijorat siri aks etgan moddiy jismning raqamiga mos kelmagan taqdirda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilotda qoladi, ikkinchisi esa, konvertning jo‘natuvchisiga qaytariladi.
44. Tashkilotga kelib tushgan tijorat siri aks etgan moddiy jismning har biriga tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmaning ro‘yxatga olish shtampi qo‘yiladi. Ro‘yxatga olish shtampi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma nomi;
hujjatning ro‘yxat raqami (“tijorat siri” grifini qo‘shgan holda);
kelib tushish sanasi;
hujjat va ilovalari varaqlari soni.
45. Tashkilotga kelib tushgan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Tashkilotga kelib tushgan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ro‘yxatga olish jurnalida amalga oshiriladi.
7-bob. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar bilan ishlash
46. Tijorat siri aks etgan moddiy jismni ijrochi xodimga berish tashkilot tarkibiy bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
47. Hujjatlar ko‘rinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobi mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Hujjatlar ko‘rinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish jurnalida yuritiladi.
AHJ ko‘rinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobi mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq Axborot hajmli jismlar ko‘rinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish jurnalida yuritiladi.
48. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish bo‘yicha tegishli jurnalga yozuv kiritilgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida har bir tijorat siri aks etgan moddiy jismga yig‘majild shakllantiriladi, unga tijorat sirining o‘rnatilishi va undan foydalanilishi bo‘yicha hujjatlar (tijorat siri rejimining o‘rnatilishi to‘g‘risida buyruq, boshqa buyruqlar, xabarnomalar, xizmat xatlari, dalolatnomalar, shartnomalar va boshqalar) tikiladi.
49. Yig‘majildga “tijorat siri” grifi qo‘yiladi, tashkilotning to‘liq nomi, joylashgan joyi, Ro‘yxatdagi raqami, tijorat siri rejimining muddati, yig‘ma jildi raqami, tijorat siri aks etgan moddiy jismni saqlash joyi ko‘rsatiladi.
50. “Tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majild hujjatlarning ichki ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. “Tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildga yangi hujjatlarning kelib tushishiga qarab ichki ro‘yxatga tegishli yozuv kiritiladi.
“Tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majilddagi hujjatlarning ichki ro‘yxati mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
51. “Tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majilddan hujjatlar olingan yoki ular “Tijorat siri” grifi qo‘yilgan boshqa yig‘majildga joylashtirilgan taqdirda, yig‘majildga tegishli ma’lumotnoma joylashtiriladi, unda hujjatning yangi joylashgan joyi ko‘rsatiladi va yig‘majilddagi hujjatlarning ichki ro‘yxatiga tegishli belgi qo‘yiladi. Ma’lumotnoma mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha tuziladi.
52. Zarurat bo‘lganda, “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majilddan olingan hujjatlarning o‘rniga uning tasdiqlangan nusxalari tikilishi mumkin. Bunday holatda ma’lumotnoma talab qilinmaydi.
53. Zarurat bo‘lganda, “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majilddan olingan hujjatlardan nusxa olish faqat tarkibiy bo‘linma boshlig‘ining tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma boshlig‘i tomonidan imzo qo‘yilgan yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi. Ruxsat tegishli yig‘majildga tikiladi.
Tijorat siri aks etgan moddiy jismning ko‘paytirilgan nusxalari hujjat aslining ro‘yxat raqami bilan hisobga olinadi.
Ko‘paytirilgan nusxalar soni haqida tijorat siri aks etgan moddiy jismning orqa tomonida va uni ro‘yxatga olishning hisob ma’lumotlarida belgi qo‘yiladi.
Tijorat siri aks etgan moddiy jismning ko‘paytirilgan nusxalari hisobi avval ko‘paytirilgan va hisobga olingan nusxalarning oxirgi raqamidan boshlab davom etadi.
54. “Tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majilddan nusxa olinganligi, nusxalarning yangi joylashgan joyi haqidagi belgilar tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish jurnaliga kiritiladi.
55. “Tijorat siri” grifi qo‘yilgan tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va yig‘majildlar maxsus qulflanadigan shkaflar (seyflar)da saqlanishi lozim.
56. “Tijorat siri” bekor qilingan taqdirda tijorat siri aks etgan moddiy jismlar tashkilot arxiviga topshiriladi.
57. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni arxivga topshirish uchun yoki yo‘q qilish uchun ajratib olish tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida amalga oshiriladi
58. Komissiya tomonidan arxivga topshirish uchun ajratib olingan moddiy jismlarning ro‘yxati tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ikki nusxada “tijorat siri” grifi qo‘yilgan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni arxivga topshirish dalolatnomasi (bundan buyon matnda arxivga topshirish dalolatnomasi deb yuritiladi) tuziladi, u Komissiya a’zolari va tegishli tarkibiy bo‘linma boshlig‘i tomonidan imzolanadi. Arxivga topshirish dalolatnomasining birinchi nusxasi tegishli tarkibiy bo‘linmada, ikkinchisi esa, tashkilotning arxivida saqlanadi.
59. Arxivga topshirish dalolatnomasi tijorat siri aks etgan moddiy jismning hisobga olish ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Hisobga olish ma’lumotlarida ular tomonidan arxivga topshirish dalolatnomasining raqamini va topshirish sanasini ko‘rsatgan holda tegishli belgi qo‘yiladi.
60. Komissiya tomonidan yo‘q qilish uchun ajratib olingan, arxivga topshirilishi lozim bo‘lmagan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning ro‘yxati tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ikki nusxada tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risida dalolatnoma (bundan buyon matnda yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risida dalolatnoma deb yuritiladi) tuziladi, u Komissiya a’zolari va tegishli tarkibiy bo‘linma boshlig‘i tomonidan imzolanadi. Yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risida dalolatnomaning birinchi nusxasi Komissiyada, ikkinchisi esa, tashkilotning tarkibiy bo‘linmasida saqlanadi.
61. Yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risida dalolatnomadagi ma’lumotlar tijorat siri aks etgan moddiy jismning hisobga olish ma’lumotlari bilan solishtiriladi va hisobga olish ma’lumotlariga yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomaning raqami va topshirish sanasi ko‘rsatilgan tegishli belgi qo‘yiladi.
62. “Tijorat siri” grifi qo‘yilgan moddiy jismlar, yig‘majildlarni yo‘q qilish Komissiya a’zolari ishtirokida, qog‘ozni yo‘q qiladigan mashinalar yordamida va matnning tiklanishini istisno etuvchi boshqa usulda amalga oshiriladi.
63. Ishdan chiqqan tijorat siri aks etgan AHJ sindirish yoki yaroqsiz holga keltirish orqali yo‘q qilinishi lozim.
AHJ ko‘rinishidagi moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish jurnaliga AHJ hisobdan chiqarilganligi haqida tegishli belgi hamda ilgari AHJni olganligi haqida imzo qo‘ygan xodimning imzosi qo‘yiladi.
64. Tijorat siridan foydalanishga ijozat berilgan xodim tomonidan tijorat siri aks etgan moddiy jismni boshqa xodimga berilishi, tijorat siri aks etgan moddiy jismni tarkibiy bo‘linma boshlig‘ining yozma ruxsatisiz ish joyidan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.
65. Ruxsatnoma berilgan shaxs tomonidan xizmat vazifalarini bajarish uchun tijorat siri aks etgan moddiy jismdan foydalanish muddati tarkibiy bo‘linma boshlig‘i bilan kelishilgan xizmat xati asosida uzaytirilishi mumkin.
66. Tashkilot tarkibiy bo‘linmalari har xil yuridik manzil bo‘yicha joylashgan taqdirda, tijorat siri aks etgan moddiy jismni berish tarkibiy bo‘linma boshlig‘ining asoslantirilgan yozma so‘rovi asosida tijorat siri aks etgan moddiy jismni konvertlarda jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
8-bob. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning saqlanishini nazorat qilish
67. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlarning saqlanishini nazorat qilish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
tijorat siri rejimiga xodimlar tomonidan rioya etilishini kunlik nazorat qilish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va yig‘majildlarni har yili xatlovdan o‘tkazish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar saqlanadigan yig‘majildlarning yo‘qotilishi munosabati bilan tijorat siri rejimini navbatdan tashqari tekshiruvdan o‘tkazish;
tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi fakti munosabati bilan tijorat siri rejimini navbatdan tashqari tekshiruvdan o‘tkazish;
tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma mansabdor shaxslari va tijorat siriga mas’ul xodimlar almashganda tijorat siri rejimini tekshiruvdan o‘tkazish.
68. Tarkibiy bo‘linmalarning mansabdor shaxslari va tijorat siriga mas’ul shaxslar tijorat siri rejimiga rioya etilishini kunlik nazorat qilishni amalga oshiradilar.
69. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlarni har yili xatlovdan o‘tkazish Komissiya tomonidan tashkilot rahbarining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi.
70. Komissiya tekshirishni o‘tkazish davomida quyidagilarni aniqlaydi:
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlar mavjudligini;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar hisobini yuritish jurnalidagi, tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish jurnalidagi hisob ma’lumotlarining to‘g‘riligini, shuningdek ularni yuritish to‘g‘riligini;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlar bilan ishlash tartibiga rioya etilishini;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ko‘paytirish, yo‘q qilish va arxivga topshirish tartibiga rioya etilishini;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlardan “tijorat siri” grifini olish to‘g‘riligini.
71. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlarni xatlovdan o‘tkazish tamomlangandan so‘ng mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuziladi, u Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
Dalolatnoma quyidagilarni aks ettirishi lozim:
xatlovdan o‘tkazishga asos;
kim tomonidan va qachon xatlov o‘tkazilganligi;
tijorat siri rejimi o‘rnatilishi, unga rioya etilishi holati va tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlarning mavjudligiga baho;
tijorat siri muhofazasini kuchaytirish va saqlanishini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar.
72. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar yo‘qotilgan yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborot oshkor etilgan holatlar aniqlanganda tashkilot rahbari va tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma mansabdor shaxsiga ma’lum qilinadi.
9-bob. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yo‘qotilishi va tijorat sirini tashkil etuvchi axborot oshkor etilishi faktlari bo‘yicha xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish
73. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yo‘qotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi faktlari bo‘yicha xizmat tekshiruvlari o‘tkaziladi.
74. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yo‘qotilishi va tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishiga, shu jumladan quyidagilar kiradi:
tijorat siri aks etgan moddiy jismni to‘liq yoki uning bir qismini talon-toroj qilish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismni to‘liq yoki bir qismini yo‘qotish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismni yoki undagi axborotni qasddan yo‘q qilish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismdan axborotdan ruxsat berilmagan holda nusxa olish.
75. Tarkibiy bo‘linmaning boshlig‘i tashkilot rahbarini tashkilot yoki uning konfidentlari tomonidan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yo‘qotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi fakti haqida xizmat xati asosida xabardor qiladi va xizmat tekshiruvlari o‘tkazilishi tashabbusi bilan chiqadi.
76. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yo‘qotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi holati bo‘yicha xizmat tekshiruvlarini Komissiya tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiradi.
77. Komissiya xizmat tekshiruvini o‘tkazishda quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
yo‘qotilgan tijorat siri aks etgan moddiy jismga “tijorat siri” grifi berilishi to‘g‘riligini aniqlaydi;
oshkor qilingan axborotning tashkilot sirini tashkil etuvchi axborotga kirish yoki kirmasligini;
tijorat siri aks etgan moddiy jism yo‘qotilishi holatlarini aniqlaydi;
tijorat sirini tashkil etuvchi axborot oshkor etilishi sodir bo‘lgan holatlarni aniqlaydi (vaqt, joy, usuli);
yo‘qotilgan tijorat siri aks etgan moddiy jismning joylashgan joyini aniqlashga qaratilgan choralarni ko‘radi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yo‘qotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi oqibatida yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy va boshqa zararni aniqlaydi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yo‘qotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishiga taalluqli bo‘lgan xodimlarni aniqlaydi;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yo‘qotilishiga olib kelgan yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
78. Xizmat tekshiruvlarini o‘tkazayotgan Komissiya a’zolari quyidagilarga haqli:
tashkilot tarkibiy bo‘linmalari joylashgan joyni ko‘zdan kechirishni o‘tkazish;
tijorat siri aks etgan moddiy jism kelib tushishi va harakatini aks ettiruvchi hisob hujjatlarini tekshirish;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yo‘qotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni so‘roq qilish;
yo‘qotilgan tijorat siri aks etgan moddiy jismning joylashgan joyini aniqlashda yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar xodimlari bilan savol-javob o‘tkazish;
tegishli tarkibiy bo‘linmalardan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yo‘qotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi holatlariga aloqador bo‘lgan axborot va hujjatlarni so‘rash va olish.
79. Xizmat tekshiruvi yakuni bo‘yicha Komissiya tashkilot rahbarining ko‘rib chiqishi uchun quyidagi xulosalarni taqdim etadi:
o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlarining natijalari haqida xulosa;
yo‘qotilgan tijorat siri aks etgan moddiy jismga “tijorat siri” grifi berilishi to‘g‘riligi yoki oshkor qilingan axborotning tijorat sirini tashkil etuvchi axborotga kiritilishi to‘g‘riligi haqida xulosa;
tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning yo‘qotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning oshkor etilishi oqibatida yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy va boshqa zararni aniqlash natijasi bo‘yicha xulosa;
xizmat tekshiruvlarini o‘tkazishga aloqador bo‘lgan hujjatlar.
80. Xulosalar ikki nusxada tuziladi va Komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Xizmat tekshiruvlarining natijalari bo‘yicha xulosaning bir nusxasi Komissiyada qoladi, ikkinchisi esa, tashkilotning tijorat siri bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmasiga taqdim etiladi.
81. Xizmat tekshiruvlari tamom bo‘lgandan so‘ng Komissiya tomonidan tijorat siri aks etgan moddiy jismning yo‘qotilishi yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborot oshkor etilishida aybdor shaxslar aniqlanadi.
10-bob. Yakuniy qoida
82. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2016-yil 21-iyun
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizomga
1-ILOVA
Tijorat qimmatiga ega axborotni korxona (tashkilot)ning tijorat siriga kiritish bo‘yicha
BAYONNOMA

Tijorat qimmatiga ega axborotni korxona (tashkilot)ning tijorat siriga
‎kiritish bo‘yicha
‎BAYONNOMA ‎‎

‎‎“Tasdiqlayman” _____________________
‎(tashkilot rahbari )
‎(F.I.O.)

______ -son ‎

‎‎20__yil “__” __________‎

Qatnashdilar: ‎
Komissiya raisi — ‎

‎‎
‎___________________________________________________________________
‎(F.I.O., lavozimi)

Komissiyaning mas’ul kotibi — ‎

‎‎

‎____________________________________________________________________
‎(F.I.O., lavozimi)

Komissiya a’zolari:

‎‎
‎___________________________________________________________________
‎‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎___________________________________________________________________ ‎‎
‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎___________________________________________________________________
‎‎‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎Kun tartibi: tijorat qimmatiga ega axborotni korxona (tashkilot)ning tijorat siriga kiritish maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish

‎‎_________________________________________________________________________________
‎(tashkilotning nomi)

Eshitildi:________________________________________________________________________

‎‎(ma’ruzachining F.I.O.)

‎‎_________________________________________ni tijorat qimmatiga ega axborotni tashkilotning tijorat siriga kiritish maqsadga muvofiqligi haqidagi masala bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar:

- _____________________________________________________
‎‎‎(________dagi _______-sonli buyurtmanoma);

-‎______________________________________________
‎(________dagi _______-sonli buyurtmanoma);
‎- _____________________________________________________
‎(________dagi _______-sonli buyurtmanoma);

‎‎Qaror qilindi: quyidagi tijorat qimmatiga ega axborotga nisbatan
‎‎- ________________________________________________________________________________
-‎ ________________________________________________________________________________
‎-‎ ________________________________________________________________________________
‎‎□ tijorat siri rejimi o‘rnatilsin;
‎□ tijorat siri rejimini o‘rnatish maqsadga muvofiq emas.
‎‎Komissiya a’zolarining alohida fikrlari: ______________________________________________ _________________________________________________________________________________

‎‎(Komissiya a’zosining F.I.O.)

‎‎_________________________________________________________________________________
‎(Komissiya a’zosining muhokamada aytilgan alohida fikri)

Komissiya raisi:‎


‎___________
‎(lavozimi, ‎


‎___________‎‎___________
‎‎F.I.O.


‎___________
imzo)‎‎‎

Komissiyaning mas’ul kotibi‎‎‎
‎‎____________________________________________________________________

(lavozimi,

‎F.I.O.

imzo)‎

Komissiya a’zolari:‎
‎‎____________________________________________________________________

(lavozimi,

‎F.I.O.

imzo)

____________________________________________________________________‎‎

(lavozimi,

‎F.I.O.

imzo)

____________________________________________________________________‎‎‎‎

(lavozimi,

‎F.I.O.

imzo)‎

Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizomga
2-ILOVA

‎_______________________
‎(tashkilot nomi)
‎rahbarining
‎20___ yil “___” _________dagi
‎_________-son buyrug‘i
‎bilan amalga kiritilgan

‎‎Tashkilotning tijorat siri
‎ RO‘YXATI

T/r‎

‎‎Tashkilotning tijorat sirini tashkil etuvchi tijorat qimmatiga ega axborot

‎‎Tijorat siri rejimining amal qilish muddati

Tijorat siri rejimining olib tashlanishi haqida ma’lumotlar‎‎

1.‎

2.‎

‎‎
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizomga
3-ILOVA

‎‎____________________________
‎(tashkilot nomi)
‎rahbarining
‎20___ yil “___” _________dagi
‎_________-son buyrug‘i bilan
‎amalga kiritilgan

Tijorat siri bo‘yicha komissiyaning tijorat siri rejimini bekor qilish (muddatini o‘zgartirish) to‘g‘risida
‎BAYONNOMASI
‎‎ ‎20__ yil “__” _____________ __ -son

Qatnashdilar: ‎
Komissiya raisi — ‎

‎‎____________________________________________________________________
‎(F.I.O., lavozimi)

Komissiyaning mas’ul kotibi — ‎

‎‎____________________________________________________________________
‎(F.I.O., lavozimi)

Komissiya a’zolari:

‎‎___________________________________________________________________
‎‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎___________________________________________________________________ ‎‎
‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎___________________________________________________________________
‎‎‎(F.I.O., lavozimi)

Kun tartibi: __________________________ga nisbatan tijorat siri rejimini bekor qilish (muddatini o‘zgartirish) to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish.
Eshitildi:_________________________________________________________________________

‎‎(ma’ruzachining F.I.O.)
‎_________________________________________________________________________________

quyidagi sabablarga ko‘ra (bir yoki bir nechta sabablar tanlansin):
‎‎□ tijoratdagi qiymatining yo‘qolishi;
‎‎□ e’lon qilinishi sababli hammaga ma’lum bo‘lgan axborot toifasiga o‘tishi, e’lon qilinish sanasi _______________, e’lon qilinish manbasi ______________________;
‎□ tijorat siri rejimi amal qilishining belgilangan muddati o‘tishi;
‎□ tijorat siri rejimi amal qilishining muddatini uzaytirish maqsadga muvofiqligi.

‎Quyidagi axborotga nisbatan tijorat siri rejimi bekor qilinsin (muddati o‘zgartirilsin):
‎— (tijorat siri ro‘yxati bo‘yicha raqami ____________)
‎— (tijorat siri ro‘yxati bo‘yicha raqami ____________)
‎— (tijorat siri ro‘yxati bo‘yicha raqami ____________)

‎Komissiya a’zolari: _________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎_________________________________________________________________________________
‎(Komissiya a’zosining muhokamada aytilgan alohida fikri)

Komissiya raisi:‎

_____________ ‎(lavozimi, ‎ ‎ ‎

‎‎‎‎‎‎_______________________ ‎
‎ ‎F.I.O. ‎ ‎‎

_____________‎ ‎imzo)‎ ‎

Komissiyaning mas’ul kotibi

_____________ ‎(lavozimi, ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎‎‎‎‎‎‎_______________________
‎‎ ‎F.I.O. ‎ ‎‎

_____________‎ ‎imzo)‎ ‎ ‎

Komissiya a’zolari:‎‎‎‎‎

_____________ ‎(lavozimi,
‎‎_____________ ‎(lavozimi,
‎‎_____________ ‎(lavozimi,‎

‎‎‎‎‎‎‎‎_______________________ ‎‎
‎ ‎F.I.O.
‎‎‎‎‎‎‎‎‎_______________________ ‎‎
‎ ‎F.I.O.
‎‎‎‎‎‎‎‎‎_______________________ ‎‎
‎‎F.I.O.‎‎

_____________‎ ‎imzo)‎
‎_____________‎ ‎imzo)‎
‎_____________‎ ‎imzo)‎‎

Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizomga
4-ILOVA

‎‎Tijorat siri aks etgan moddiy jismlarning qabul qilish-topshirish
D‎ALOLATNOMASI

______-son ‎

‎‎201__ yil “__” ____________ ‎

‎‎___________________ tashkiloti rahbarining _________dagi _____-son buyrug‘iga va tashkilot rahbarining _______dagi ______-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Tijorat siri ro‘yxatiga muvofiq, __________________________________ topshirdim,

‎‎(lavozim, F.I.O., imzo)

‎‎_________________________________ ___________________________ning quyidagi

‎‎(lavozim, F.I.O., imzo)

‎‎tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni qabul qildim:
‎— _________ ta (varaqda, gigabayt) tijorat siri aks etgan moddiy jismlar.
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizomga
5-ILOVA

‎‎____________________________________
‎ (tashkilotning nomi)
‎____________________________________
‎(tarkibiy bo‘linmaning nomi)

‎Tashkilotga kelib tushgan tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ro‘yxatga olish
‎JURNALI

T/r‎‏‎

Ro‘yxatga olish kirish raqami va sanasi‎‏

Jo‘natuvchining sanasi va chiqish raqami‎‏

Jo‘natuvchi tashkilot nomi‎‏‎

Hujjatning qisqacha mazmuni‎‏‎

‎‎Varaqlar soni va nusxa raqami

asosiy hujjatlar‎

ilovalar‎

...‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

Hujjatdagi rezolyutsiya‎

Ijro muddati (mavjud bo‘lsa)‎

Hujjatni qabul qilish sanasi, F.I.O., imzo‎

Hujjatni qaytarish sanasi, imzo, F.I.O.‎

Yig‘ma jild raqami‎

Yo‘q qilinganlik haqida belgi (yo‘q qilinganlik haqida dalolatnoma raqami va sanasi)‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12

Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizomga
6-ILOVA

‎‎____________________________________
‎ (tashkilotning nomi)
‎____________________________________
‎(tarkibiy bo‘linmaning nomi)

Hujjatlar ko‘rinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish
‎JURNALI

T/r‎

Kirim raqami, sanasi‎‏

Hujjat qayerdan kelib tushgan va qayerga yuborilgan‎‏

Hujjatning ko‘rinishi va qisqa mazmuni‎‏

Varaqlar soni va nusxa raqami‎‎

Hujjat ijroga kimga topshirildi, imzo va sana‎‏

asosiy hujjatning‎

ilovaning‎

...‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

Hujjat ijrochidan olinganligi haqida imzo va sana

Hujjat tikilgan yig‘majild raqami

Hujjat mavjudligi tekshirilganligi haqida belgi

Hujjat yo‘q qilinganligi (arxivga topshirilgan- ligi) haqida dalolatnomaning soni va sanasi

Izoh

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizomga
7-ILOVA

‎‎____________________________________
‎ (tashkilotning nomi)
‎____________________________________
‎(tarkibiy bo‘linmaning nomi)

Axborot hajmli jismlar ko‘rinishidagi tijorat siri aks etgan moddiy jismlar harakatining hisobini yuritish
‎JURNALI

T/r

AHJ turi va o‘lchami

AHJ raqami va kelib tushish sanasi

AHJ qayerdan kelib tushgan va qayerga yuborilgan

AHJdagi axborotning qisqacha mazmuni

AHJ ijroga kimga topshirildi, imzo va sana‏‎

...‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

‎‎

Tijorat siriga mas’ul shaxsning AHJni olganligi haqida tilxati va sanasi‎

AHJning joyi, yig‘majildi raqami‎

AHJ mavjudligi tekshirilganligi haqida belgi‎

AHJdagi axborotning yo‘q qilinganligi haqida dalolatnomaning soni va sanasi‎

AHJning hisobdan chiqarilganligi haqida ma’lumot‎‎

Izoh‎

6‎

7‎

8‎

9‎‎

10‎

11‎

‎‎
Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizomga
8-ILOVA

____-sonli “Tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘ma-jilddagi hujjatlarning
‎ICHKI RO‘YXATI

T/r‎

Hujjat soni‎

Hujjat kiritilgan sana‎

Hujjatning nomi va qisqacha mazmuni‎

Varaqlar soni‎

Nusxalar soni‎

Nusxalar soni‎

...‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

‎‎
‎Jami: ________________________________ ta hujjat.

‎‎(raqamlar va harflar bilan)

________________
‎(lavozim‎‎

__________________
‎F.I.O.‎‎

_______________
‎imzo)‎‎

Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizomga
9-ILOVA

‎‎“Tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majilddan olingan hujjatlar bo‘yicha
‎MA’LUMOTNOMA

‎‎_____________________dagi _________-sonli hujjat yig‘majilddan ___________ varaqda olindi.
__________________________________________________________________________________
‎(boshqa yig‘majildga tikilgan taqdirda, yangi yig‘majild raqami ko‘rsatiladi;‎
‎__________________________________________________________________________________
‎yuborilganda — qayerga yuborilgan, qancha muddatga, yuborish va qaytarish sanasi ko‘rsatilgan holda;
‎__________________________________________________________________________________
‎yo‘q qilinganda — yo‘q qilish dalolatnomasi raqami va sanasi)
‎Asos: _____________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________

_____________
‎(lavozim ‎‎

_____________
‎F.I.O.‎‎

_____________
‎imzo)‎‎

Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizomga
10-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎tashkilot rahbari

_______________
‎(imzo‎‎

‎‎_______________________
‎F.I.O.)‎

‎‎201__ yil “___” _____________

‎‎______________________
‎(tashkilotning nomi)


‎Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar va “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlar mavjudligini tekshirish
‎______-son DALOLATNOMASI

‎‎Asos ____________________________________________________________________________
‎(har yilgi xatlov, tijorat siri aks etgan moddiy jismlar yo‘qotilganda, tijorat siri
‎_________________________________________________________________________________
‎aks etgan moddiy jismlarni ro‘yxatga olish, hisobini yuritish, saqlashga mas’ul shaxs almashganda
‎_________________________________________________________________________________

‎‎(bo‘shaganda) o‘tkaziladigan navbatdan tashqari tekshirish)

‎Tekshirishda quyidagilar aniqlandi:

‎1. Hisobga olish ma’lumotlari bo‘yicha hammasi bo‘lib hisobda turadi:
‎‎________ta tijorat siri aks etgan moddiy jism;
‎________ta “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlar.
‎‎Mavjud:
‎‎________ta tijorat siri aks etgan moddiy jism;
‎________ta “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlar.
‎‎Aniqlanmadi:
‎‎________ta tijorat siri aks etgan moddiy jism;
‎________ta “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlar.
‎‎
‎2. Hisobga olish ma’lumotlariga kiritilmagan quyidagilar aniqlandi:
‎‎________ta tijorat siri aks etgan moddiy jism;
‎________ta “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlar.

‎‎
‎3. Tijorat siri aks etgan moddiy jismlar ahvolining tavsifi _____________________________ ________________________________________________________________________________
‎(qoniqarli, qoniqarsiz, shikastlar bilan, shikastsiz)

‎‎“tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlar ahvolining tavsifi __________________________ _________________________________________________________________________________
‎(qoniqarli, qoniqarsiz, shikastlar bilan, shikastsiz)

‎‎Komissiya tomonidan tijorat siri aks etgan moddiy jismlar yoki _______________-sonli ‎“tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlar tanlab olish yo‘li bilan tekshirildi.

‎Ulardan: ____________________________ta tijorat siri aks etgan moddiy jismlar yoki ____________________________________ sonli “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlar mavjud;

‎________________________________ta tijorat siri aks etgan moddiy jismlar yoki ____________________________________-sonli “tijorat siri” grifi qo‘yilgan yig‘majildlar aniqlanmadi.

‎Tekshirish natijasi bo‘yicha qaror _______________________________

‎Komissiya raisi:

___________________
‎(lavozimi

_____________
‎F.I.O. ‎‎

_________________
‎imzo)‎‎


‎Komissiyaning mas’ul kotibi

___________________ ‎(lavozimi ‎‎

_____________ ‎F.I.O. ‎‎ ‎‎

_________________
‎ ‎imzo)‎‎ ‎‎

‎‎
‎Komissiya a’zolari:

‎‎___________________ ‎(lavozimi
‎___________________ ‎(lavozimi
‎___________________ ‎(lavozimi

‎‎_____________ ‎F.I.O.
‎_____________ ‎F.I.O.
‎_____________ ‎F.I.O.

‎‎_________________ ‎ ‎
‎imzo)‎‎
‎_________________ ‎ ‎
‎imzo)‎‎
‎_________________ ‎
‎‎imzo)‎‎

‎‎20___yil “___” _____________‎__
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 30-son, 370-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.05.2025-y., 10/25/2818-1/0436-son)