Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.09.2020
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ga qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 1-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2371-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3239, 04.06.2020-y.) asosan 2020-yil 5-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi va 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2012-yil 22-maydagi 01/19-18/09-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2371, 2012-yil, 18-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 25-son, 279-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
01/27-26/38-son
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/38-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ga kiritilayotgan qo‘shimchalar
1. 50-bandi “muhri bilan” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
a) 117-bandning o‘ninchi xatboshisi “muhr bilan” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
b) 130-bandning ikkinchi xatboshisi “muhri bilan” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. Mazkur qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, O‘zbekiston baholovchilar jamiyati va Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi Sh. SALIXOV
2016-yil 26-may
Intellektual mulk agentligi bosh direktori o‘rinbosari M. BOBOJONOV
2016-yil 26-may
O‘zbekiston baholovchilar jamiyati raisi N. MIRZARAXIMOVA
2016-yil 26-may
Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi raisi A. ISLAMOV
2016-yil 26-may
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 22-son, 259-modda)