

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2967460" id="onLBC-2967460">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6289"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.02.00 Fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni undirish;</span></div><div id="LBC7512"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2967460" id="onLS-2967460">[<b>TSZ:</b><div id="LS3721"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2967464" id="-2967464">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2967465" id="-2967465">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2967466" id="-2967466">Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2967467" id="-2967467"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967468" id="-2967468">“Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-29526">Qonuniga</a> muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967469" id="-2967469">1. Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-2967460#-2967476">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967470" id="-2967470">2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2967471" id="-2967471">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2967472" id="-2967472">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2967473" id="-2967473">2016-yil 24-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2967474" id="-2967474">170-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2967475" id="-2967475"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2967476" id="-2967476">Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-maydagi 170-son <a href="/acts/-2967460">qaroriga</a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2967477" id="-2967477">Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2967478" id="-2967478"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2967479" id="-2967479"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2967492" id="-2967492">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967480" id="-2967480">1. Mazkur Nizom terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda mol-mulk egalari deb ataladi) mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibini belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967481" id="-2967481">Ushbu Nizomning amal qilishi terrorizmga qarshi kurashda qatnashayotgan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplashga tatbiq etilmaydi, terrorchilikka qarshi operatsiyani oʻtkazishda qatnashayotgan shaxsga mulkiy zarar terrorizmga qarshi operatsiyani oʻtkazish hududida mol-mulk egasi sifatida yetkazilgan hollar, shuningdek mol-mulk egalarining mol-mulki mazkur xavf boʻyicha sugʻurta qilingan holatlar bundan mustasno.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3757433" id="edi-3757433"><a href="/acts/-2967460?ONDATE=30.05.2016 00#-2967482">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3757433" id="-3757433"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3757442" id="-3757442">2. Mol-mulk egalariga yetkazilgan mulkiy zarar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3757470" id="-3757470">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli <a href="/acts/-3750212?ONDATE=24.05.2018 00#-3750434">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967483" id="-2967483">3. Quyidagilar qoplanishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967484" id="-2967484">terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida butunlay yoʻq qilinganligi sababli tiklashning imkoni yoʻq boʻlgan mol-mulkning bozor qiymati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967486" id="-2967486">terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida mol-mulkka yetkazilgan zarar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967487" id="-2967487">Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida shaxsning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda, unga bepul zarur tibbiy yordam taʼminlanadi, fuqaro halok boʻlgan taqdirda esa — qonunchilikka muvofiq, uning oila aʼzolariga pensiya yoki boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967488" id="-2967488">Maʼnaviy zararni qoplash masalalari sud tartibida hal qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967489" id="-2967489">4. Shaxsga uning terrorchilik harakatidagi ishtirokiga chek qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zarar qoplanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967490" id="-2967490">Oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joy, ishlab chiqarishlar va boshqa bino va inshootlarning qiymati, shuningdek mol-mulk egasining boy bergan foydasi qoplanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967491" id="-2967491">5. Terrorchilikka qarshi operatsiyani oʻtkazish natijasida mol-mulk egalariga yetkazilgan mulkiy zararni qoplash ilovadagi <a href="/acts/-2967460#-2967549">sxemaga</a> muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2967493" id="-2967493">II. Murojaatlarni koʻrib chiqish va mulkiy zararni qoplash tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967494" id="-2967494">6. Terrorchilikka qarshi operatsiya tugagandan soʻng uch ish kuni mobaynida hududida terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat yoki Toshkent shahri hokimi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan terrorchilikka qarshi operatsiyani oʻtkazish natijasida mol-mulkiga yetkazilgan mulkiy zararni qoplash uchun mol-mulk egalarining murojaatlarini koʻrib chiqish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967495" id="-2967495">Komissiyaga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat yoki Toshkent shahri hokimi yoxud ularning oʻrinbosarlari boshchilik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967496" id="-2967496">Komissiyaning shaxsiy tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, tegishli viloyat yoki Toshkent shahri hokimining qarori bilan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967497" id="-2967497">Komissiya tarkibiga tergov va moliya organlarining, Davlat raqobat qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi va boshqa manfaatdor organlar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967498" id="-2967498">7. Mol-mulk egalarini komissiya oʻz ishini boshlaganidan xabardor qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat yoki Toshkent shahri hokimliklari tomonidan ommaviy axborot vositalarida maʼlumotni joylashtirish, shuningdek fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yordamida komissiya tashkil qilingan kundan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967499" id="-2967499">8. Yoʻq qilingan yoki shikastlangan mol-mulkni qoplash uchun mol-mulk egasi yoki uning vakili komissiyaga yozma ravishda murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967500" id="-2967500">a) terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi ariza (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi), unda quyidagilar koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967502" id="-2967502">yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda STIR deb ataladi), bank rekvizitlari, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi (yuridik shaxslar uchun);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967503" id="-2967503">familiyasi, ismi va otasining ismi, bank rekvizitlari, yashash manzili va bogʻlanish uchun boshqa maʼlumotlar (jismoniy shaxslar uchun); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967504" id="-2967504">b) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi — yuridik shaxslar uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967505" id="-2967505">v) pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning nusxasi — jismoniy shaxslar uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967506" id="-2967506">g) mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967507" id="-2967507">d) vakil sifatida murojaat qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi — yuridik yoki jismoniy shaxsning vakili uchun (mol-mulk egasining vakili murojaat qilgan taqdirda); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967508" id="-2967508">e) koʻrilgan moddiy zararning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (mavjud boʻlgan taqdirda). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967509" id="-2967509">Ariza murojaat qilingan kundan boshlab koʻrib chiqiladi, agar murojaat komissiya ish boshlagan kundan 6 oydan kechikmay kelib tushgan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967510" id="-2967510">Komissiya ish boshlagan kundan 6 oy oʻtgandan soʻng komissiyaga murojaat qilingan taqdirda, yoʻq qilingan yoki shikastlangan mol-mulkni qoplash masalasi sud tartibida hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967511" id="-2967511">9. Ariza va mazkur Nizomning <a href="/acts/-2967460#-2967499">8-bandida </a>qayd etilgan unga ilova qilingan hujjatlar komissiya tomonidan oʻn besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967512" id="-2967512">10. Mazkur Nizomning <a href="/acts/-2967460#-2967499">8-bandida </a>qayd etilgan hujjatlar Komissiyaga toʻliq taqdim qilinmagan taqdirda, komissiya ariza kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida mol-mulk egasini yoki uning vakilini yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish kerakligi haqida xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967513" id="-2967513">11. Komissiya ariza va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida baholovchi tashkilotni jalb etgan holda, mol-mulk egasiga yetkazilgan mulkiy zararning miqdorini baholashni tashkillashtiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967514" id="-2967514">Mol-mulk egasiga yetkazilgan mulkiy zararning miqdorini baholashni tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlar mazkur Nizomning <a href="/acts/-2967460#-2967482">2-bandida </a>koʻrsatilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967515" id="-2967515">12. Baholovchi tashkilot tomonidan mulkiy zararni baholash tugagandan soʻng, komissiya uch ish kuni mobaynida mol-mulk egasiga yetkazilgan mulkiy zararni qoplashning miqdori boʻyicha xulosani (keyingi oʻrinlarda xulosa deb ataladi) tayyorlaydi hamda vakolatli organga kiritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967516" id="-2967516">13. Vakolatli organ mol-mulk egasiga yetkazilgan mulkiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi qarorni xulosani olgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida qabul qiladi hamda uni tegishli moliya organiga va gʻaznachilik boʻlinmasiga ijro etish uchun yuboradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967517" id="-2967517">Bunda vakolatli organ qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida mol-mulk egasiga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabar qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967520" id="-2967520">14. Moliya organi gʻaznachilik boʻlinmasi bilan birgalikda vakolatli organning mol-mulk egasiga mulkiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida, qonunchilikka muvofiq, vakolatli organning qarorida qayd qilingan mol-mulk egasining bank hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazishni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967523" id="-2967523">15. Mulkiy zararni qoplashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967524" id="-2967524">a) zarur shaklda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967525" id="-2967525">b) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz maʼlumotlar mavjud boʻlganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967526" id="-2967526">16. Mol-mulk egasi mulkiy zararni qoplashni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, komissiya tomonidan hujjatlarni qayta koʻrib chiqish mol-mulk egasining arizasi talab qilingan barcha hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab oʻn kundan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967527" id="-2967527">17. Zarurat boʻlgan hollarda, mol-mulk egasi yoki uning vakili bilan kelishilgan holda, mulkiy zarar mol-mulk egasiga yoki uning vakiliga teng qiymatdagi mol-mulkni berish yoʻli bilan natura tarzida qoplanishi mumkin. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2967528" id="-2967528">III. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2967529" id="-2967529">18. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7203573" id="-7203573">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining <a href="/acts/-111189#-150438">14</a> va <a href="/acts/-180552#-196564">985-moddalari</a>.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5996738" id="edi-5996738"><a href="/acts/-2967460?ONDATE=30.05.2016 00#-2967530">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5996738" id="-5996738"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5996740" id="-5996740">19. Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash masalalari boʻyicha nizo va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5996741" id="-5996741">(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2967531" id="-2967531"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2967535" id="-2967535">Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-2967460#-2967476">nizomga<br /></a>ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2967537" id="-2967537">Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararni qoplash</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2967539" id="-2967539"><strong>SXEMASI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2967544" id="-2967544"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-2967549" id="-2967549"><img src="/files/2967546" /></div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2969411" id="-2969411">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 235-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
