Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.12.2019
|
Tadbirlar nomi | Mas’ul vazirliklar va idoralar | Tadbirni amalga oshirishning hisoblangan qiymati* (mln so‘m) | Moliyalashtirish manbalari | Bajarish muddatlari | |
I. Infratuzilma va moddiy-texnik bazani rivojlantirish | |||||
1. | Texnik topshiriqqa binoan yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash bo‘yicha xalqaro talablarga muvofiq Toshkent hayvonot bog‘i (keyingi o‘rinlarda hayvonot bog‘i deb ataladi) obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish (mahalliy qozonxona binosini, sovuq va issiq suv ta’minoti, isitish, energiya ta’minoti, gaz ta’minoti tizimini, shuningdek hayvonot bog‘i volyerlarini rekonstruksiya qilish) | Toshkent shahri hokimligi, Toshkent hayvonot bog‘i, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK | Mahalliy budjet | Toshkent shahri hokimligi mablag‘lari | 2016-yil |
2. | Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq hayvonot bog‘i obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash | Toshkent shahri hokimligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK | Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi yakunlari bo‘yicha aniqlanadi | Moliyalashtirish manbalari loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi yakunlari bo‘yicha aniqlanadi | 2016 — 2020-yillar |
3. | Hayvonot bog‘i hududida volyerlar va “Akvanarium” qurish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK | Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi yakunlari bo‘yicha aniqlanadi | Moliyalashtirish manbalari loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi yakunlari bo‘yicha aniqlanadi | 2017-yil |
4. | Hayvonot bog‘i hududida tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy bolalar ko‘ngilochar attraksion maydonchalari, wi-fi zonali qahvaxonalar va shu kabilarni o‘z ichiga oluvchi qo‘shimcha qulayliklar tashkil etish. | Toshkent shahri hokimligi, Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, Toshkent hayvonot bog‘i | 1000,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | 2016-2017-yillar |
5. | Hayvonot bog‘ida ekskursiyalar tashkil etish uchun ikkita elektromobil xarid qilish | Toshkent hayvonot bog‘i | 700,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | 2016-yil |
II. Ilmiy-tadqiqot va seleksiya faoliyatini rivojlantirish | |||||
6. | Hayvonot bog‘i tuzilmasida tashkil etiladigan zoologiya va zoomuhandislik laboratoriyalari negizida oliy ta’lim muassasalari talabalarining ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarish, diplomoldi amaliyotidan o‘tishlari bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish, ularga bakalavrlarning diplom, bitiruv ishlarini va magistrlik disseratsiyalarini tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent hayvonot bog‘i | Har yili byudj�tdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent hayvonot bog‘i mablag‘lari | Doimo |
7. | Ilmiy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan: a) faunistik tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek zoologiya va zoomuhandislik laboratoriyalari uchun zamonaviy ilmiy majmua barpo etish; b) chiplar o‘rnatish usuli orqali hayvonlarni hisobga olish va inventarizatsiya qilishning umumjahon dasturi amaliyotini joriy etish; v) hayvonot bog‘i hayvonlarining ma’lumotlar bazasini tashkil etish va zotlari kitoblarini tuzish | Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent hayvonot bog‘i | Har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida | Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Toshkent hayvonot bog‘i mablag‘lari | 2017-2018-yillar |
8. | Quyidagilar yo‘li bilan hayvonot bog‘i mutaxassislarining malakasini oshirish: a) Yevropa va Osiyo hayvonot bog‘lari va akvariumlari mintaqaviy assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan yillik konferensiyalarda hayvonot bog‘i mutaxassislarining ishtirokini ta’minlash; b) xodimlarni jahonning yetakchi hayvonot bog‘lariga stajirovkaga yuborish | Toshkent hayvonot bog‘i, Toshkent shahri hokimligi, Madaniyat vazirligi | 30,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | Har yili |
9. | Qimmatbaho va noyob hayvon turlarini sun’iy chatishtirish orqali zamonaviy seleksiya va inkubatsiya texnologiyalariga ravon o‘tish chora-tadbirlarini amalga oshirish. | Toshkent hayvonot bog‘i | 100,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | 2017-2018-yillar |
III. Hayvonot dunyosi kolleksiyasini saqlash, to‘ldirish va boyitish | |||||
10. | Mahalliy fauna vakillari hisobiga hayvonot bog‘i kolleksiyasi tur tarkibini to‘ldirish va boyitish hamda yangi juftlarni shakllantirish, kolleksiyaning tur tarkibini genetik yangilash uchun noyob va yo‘qolib borayotgan hayvonlarni boshqa hayvonot bog‘lari bilan ayirboshlashga doir faoliyatni kengaytirish, shuningdek yaqin qon chatishuvlarini istisno etish | Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Toshkent hayvonot bog‘i | 100,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | Zaruriyatga ko‘ra |
11. | Faunaning yo‘qolib borayotgan va endemik turlari kolleksiyasini kengaytirish. | Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Toshkent hayvonot bog‘i | 50,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari m?blag‘lari | Zaruriyatga ko‘ra |
12. | Aniq maqsadga yo‘naltirilgan maxsus epizootga qarshi tadbirlarni amalga oshirish; | Toshkent hayvonot bog‘i | - | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | Doimo |
IV. Ta’lim va madaniy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish | |||||
13. | Maktabgacha va maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun maxsus to‘garaklar tashkil etish | Toshkent hayvonot bog‘i, Xalq ta’limi vazirligi | Xarajatlar talab etilmaydi | Toshkent hayvonot bog‘i, Xalq ta’limi vazirligi mablag‘lari | 2016-yil |
14. | Maktab o‘quvchilari uchun multimedia ta’lim resurslari dasturini ishlab chiqish, hayvonot bog‘ida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalarining ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotidan o‘tishlarini tashkil etish | Toshkent hayvonot bog‘i, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, | 30,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | 2016-yil |
15. | O‘quv kurslari, ekskursiyalar, ko‘rgazmalar tashkil etish, shuningdek radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar uyushtirish va ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilish yo‘li bilan ta’lim va ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish | Toshkent hayvonot bog‘i, Madaniyat vazirligi | 50,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | Doimo |
16. | Ko‘rgazmali axborot materiallarini, shu jumladan hayvonot bog‘i faunasining xilma-xilligi to‘g‘risida reklama bukletlarini ishlab chiqish, tayyorlash, nashr etish va e’lon qilish | Toshkent hayvonot bog‘i | 50,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan t�shqari mablag‘lari | Zaruriyatga ko‘ra |
17. | Hayvonot bog‘iga maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalarining bepul tashriflarini tashkil etish bo‘yicha uch tomonlama reja-jadvallarni tasdiqlash | Toshkent hayvonot bog‘i, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi | - | Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent hayvonot bog‘i mablag‘lari | 2016 — 2020-yillar |
V. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va keng qo‘llash | |||||
18. | Hayvonot bog‘ining http://www.ipzoo.uz veb-saytini takomillashtirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: veb-saytni Content Management System (CMS) boshqaruvining professional tizimiga o‘tkazish; ve?-sayt dizaynini yaxshilash; veb-sayt funksiyalarini ko‘paytirish; veb-sayt bo‘limlari bilan ishlashda yanada qulay interfeys tashkil etish; veb-saytda hayvonot bog‘i bo‘ylab virtual sayohat pavilonlar, ko‘ngilochar attraksionlar, kafe va hayvonot bog‘ining boshqa infratuzilmasi joylashuvi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot beradigan elektron xarita-yo‘lko‘rsatkich yaratish | Toshkent hayvonot bog‘i, Madaniyat va sport ishlari vazirligi | 50,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | 2016-yil oxirigacha, doimiy asosda yangilagan holda |
19. | Internet tarmog‘ining mashhur qidiruv tizimlarida hamda elektron kartalarda (Google va boshqalar) hayvonot bog‘i to‘g‘risidagi batafsil axborotni joylashtirish va quyidagi axborotni ko‘rsatish: hayvonot bog‘iga borish chizmasi; hayvonot bog‘ining ish jadvali; kirish chiptalarining narxi; hayvonot bog‘ining sxematik xaritasi; hayvonot bog‘i faunasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar | Toshkent hayvonot bog‘i | 20,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | 2016-yil oxirigacha, doimiy asosda yangilagan holda |
20. | Hayvonot bog‘ining tarixiga, uning ilmiy faoliyatiga, faunasiga va shu kabilarga bag‘ishlangan maqolalar tayyorlash va ularni umumta’lim “ZiyoNet” tarmog‘ida joylashtirish | Toshkent hayvonot bog‘i | 10,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | Doimo |
21. | Hayvonot bog‘ida audio-gid xizmatlarini tashkil etish uchun zamonaviy uskunalar jamlamasini xarid qilish | Toshkent hayvonot bog‘i | 50,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | 2016-yil |
22. | Tashrif buyuruvchilarni, xodimlarning ish vaqtini va hayvonot bog‘i xavfsizligini ta’minlash uchun asbob-uskunalar majmuini o‘z ichiga oluvchi tizimni xarid qilish orqali sensorli to‘siqlar va panjaralardan foydalaniladigan elektron turniket tizimni o‘rnatish | Toshkent hayvonot bog‘i | 160,0 | Toshkent hayvonot bog‘ining budjetdan tashqari mablag‘lari | 2016-yil |