Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.02.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VA XORIJIY INVESTITSIYaLAR DEPARTAMENTINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Eksport salohiyatini kengaytirish, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini va dasturlarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish bo‘yicha ishlarni tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
4. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari majburiy tartibda:
tashqi iqtisodiy va investitsiya faoliyati masalalariga taalluqli normativ hujjatlar loyihalarini Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti bilan kelishib oladilar;
moliyaviy va texnikaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida xalqaro tashkilotlardan va ixtisoslashgan xorijiy agentliklardan so‘rovlarni faqat Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti orqali amalga oshiradilar.
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
5. Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning boshqa qarorlari majburiy tartibda jo‘natiladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki va boshqa idoralarining statistik axborotnomalari majburiy tartibda jo‘natiladigan reyestrga kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 5-mart,
112-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 364-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 20-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 364-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 20-son, 158-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 5-martdagi 112-son qaroriga
3-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN QARORLARI RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti to‘g‘risida” 1995-yil 4-iyuldagi 254-son qarori;
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiya dasturlari departamentini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 27-dekabrdagi 572-son qarori;
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 8-fevraldagi 55-son qarori;
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 17-iyundagi 304-son qaroriga ilovaning Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti hamda Investitsiya dasturlari departamentiga oid qismi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 5-son, 25-modda; 2002-y., 20-son, 158-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 32-33-son, 248-modda; 2009-y., 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda)