|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.03.2001
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING TAShQI IQTISODIY FAOLIYATNI MUVOFIQLAShTIRISh DEPARTAMENTI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-martdagi 112-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni yaxshilash toʻgʻrisida” 1995-yil 13-iyundagi 219-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-yanvardagi 36-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari majburiy tartibda:
tashqi iqtisodiy faoliyatga taalluqli yoʻriqnomalar va nizomlarning loyihalarini Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti bilan kelishib oladilar;
moliyaviy va texnik yordam berish toʻgʻrisida xalqaro tashkilotlarga beriladigan soʻrovlarni faqat Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti orqali yuboradilar;
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti tomonidan soʻralgan zarur axborotlar oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-yanvardagi 36-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekistonda Ovropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy yordamni muvofiqlashtirish Byurosi (OʻZOIKBYURO) Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining tarkibi boʻlinmasi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda)
5. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar missiyalari tomonidan soʻraladigan axborotni, shu jumladan, mutlaqo maxfiy axborotni belgilangan tartibda taqdim etish huquqi berilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis sessiyalarining materiallari (kelishuv boʻyicha) yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va Davlat bojxona qoʻmitasi statistika hisobotlari byulletenlari yuborilishi shart boʻlgan reyestrga kiritilsin.
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-yanvardagi 36-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentini Kompyuter aloqasi xalqaro tarmoqlariga, uyali telefon aloqasi va sunʼiy yoʻldosh orqali ishlaydigan televideniye tizimiga ulash, chet el va mamlakatimizning davriy matbuot nashrlariga obuna boʻlishni rasmiylashtirish xarajatlarini toʻlash uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqarmasi bir hafta muddatda Departamentni joylashtirish masalasini hal qilsin, bunda tegishli infrastruktura bilan taʼminlash va ekspertlik guruhlarida ishlash uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning ishlashlari uchun sharoitlar yaratish zarurligini nazarda tutsin.
10. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining boshligʻi maqomi va maishiy hamda tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, Departament boshligʻining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
11. Xodimlarning mansab maoshlariga yuksak malakaliligi, chet tillarni bilganligi va kompyuter texnikasi bilan ishlash malakasiga ega ekanligi uchun belgilangan ish haqi fondi doirasida maxsus ustamalar belgilashga ruxsat etilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-fevraldagi 45-son qarorining 3-bandi, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-martdagi 81-son qarori 2-bandining 3-xatboshi, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-oktabrdagi 397-f-son farmoyishi 4-bandining 2-xatboshi va farmoyishga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 4-iyul,
254-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-maydagi 248-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-yanvardagi 36-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)