|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks rivojlantirishni taʼminlashda davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PQ-2495-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks rivojlantirishni taʼminlashda mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PQ-2495-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 23-martdagi 82-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 4-may,
137-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-maydagi 137-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 84-modda):
a) 6-bandda:
“a” kichik bandning uchinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining hududiy organlari” soʻzlari “Moliya vazirligining hududiy organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik banddagi “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 25-bandning “b” kichik bandidagi “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi —Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2018-y., 09/18/212/1366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 197-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2018-y., 09/18/212/1366-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)