

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.07.2017
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2906870" id="onLBC-2906870">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6982"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2906870" id="onLS-2906870">[<b>TSZ:</b><div id="LS3743"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2907630" id="-2907630">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2907631" id="-2907631">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2907632" id="-2907632">“Transyoʻlqurilish kompaniyasi” davlat unitar korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2907634" id="-2907634"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3288402" id="-3288402">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son Farmoni)”gi <a href="/acts/-3261308?ONDATE=19.07.2017 00#-3261773">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907635" id="-2907635">Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish va qurish ishlari surʼatlarini jadallashtirish, shuningdek yoʻl-qurilish texnikasidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907636" id="-2907636">1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzavtoyoʻl” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi va “Transyoʻlqurilish kompaniyasi” davlat unitar korxonasining (keyingi oʻrinlarda kompaniya deb ataladi) umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini va sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash boʻyicha pudrat faoliyatini yuritish uchun masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida pudrat qurilish tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda pudrat qurilish tashkilotlari deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907637" id="-2907637">2. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907638" id="-2907638">“Transyoʻlqurilish kompaniyasi” davlat unitar korxonasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi <a href="/acts/-2906870#-2907651">1-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907639" id="-2907639">“Transyoʻlqurilish kompaniyasi” davlat unitar korxonasining ustavi <a href="/acts/-2906870#-2907658">2-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907640" id="-2907640">3. Kompaniya direktoriga, zaruriyat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida kompaniyaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritishiga ruxsat berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907641" id="-2907641">4. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907642" id="-2907642">kompaniya tashkil etiladigan pudrat qurilish tashkilotlarining muassisi hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907643" id="-2907643">kompaniya tomonidan tashkil etilgan pudrat qurilish tashkilotlari oʻz faoliyatini umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini rivojlantirishning tasdiqlangan dasturlari hisobga olingan holda belgilangan tartibda tuziladigan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini va sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini bajarish yuzasidan shartnomalarga muvofiq amalga oshiradilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907644" id="-2907644">5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va “Oʻzavtoyoʻl” aksiyadorlik kompaniyasi kompaniyaning murojaatiga binoan kompaniyaning yangidan tashkil etiladigan pudrat qurilish tashkilotlarining haq undirmasdan tegishli ishlab chiqarish bazalarida (zarur muhandislik kommunikatsiyalariga, shuningdek temir yoʻl tarmogʻiga ulagan holda) joylashtirilishini taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907645" id="-2907645">6. Vazirlar Mahkamasining “Transyoʻlqurilish” davlat kompaniyasining ijro etuvchi apparati tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 31-martdagi 55-son <a href="/acts/-1335315">qarori </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907646" id="-2907646">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2907647" id="-2907647">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2907648" id="-2907648">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2907649" id="-2907649">2016-yil 25-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2907650" id="-2907650">52-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2907651" id="-2907651"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2907652" id="-2907652">Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-fevraldagi 52-son <a href="/acts/-2906870">qaroriga</a><br /> 1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2907654" id="-2907654">“Transyoʻlqurilish kompaniyasi” davlat unitar korxonasi ijro etuvchi apparatining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2907655" id="-2907655">TUZILMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2907656" id="-2907656"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-2907657" id="-2907657"><img src="/files/2907659" /></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-2907816" id="-2907816">Ijro etuvchi apparat boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 26 nafar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2907658" id="-2907658"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2907660" id="-2907660">Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-fevraldagi 52-son <a href="/acts/-2906870">qaroriga</a><br /> 2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2907661" id="-2907661">“Transyoʻlqurilish kompaniyasi” davlat unitar korxonasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2907662" id="-2907662">USTAVI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2907663" id="-2907663"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907664" id="-2907664">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907665" id="-2907665">1. Ushbu Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 28-fevraldagi PQ-804-son <a href="/acts/-1326919">qarori </a>bilan tashkil etilgan “Transyoʻlqurilish kompaniyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Kompaniya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907666" id="-2907666">2. Kompaniya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasiga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907667" id="-2907667">3. Kompaniya avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash yuzasidan tendyerlar gʻoliblari boʻlgan pudrat tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida, maxsus yoʻl-qurilish texnikasidan, asbob-uskunalaridan, shuningdek ularni ishlatish boʻyicha malakali xodimlardan foydalangan holda mexanizatsiyalashtirilgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907668" id="-2907668">4. Kompaniya Davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasining gerbi tasviri tushirilgan, oʻzining toʻliq firma nomi davlat tilida koʻrsatilgan muhrga ega boʻladi va oʻz faoliyatini toʻliq xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi moliyalashtirish prinsiplarida amalga oshiradi, ishlab chiqarish-xoʻjalik va moliyaviy faoliyat masalalarini mustaqil hal etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907669" id="-2907669">5. Kompaniyaning yuridik manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, 100052, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Katta Darhon koʻchasi, 15-uy.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907670" id="-2907670">6. Kompaniyaning faoliyat muddati cheklanmagan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907671" id="-2907671">7. Kompaniyaning nomi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907672" id="-2907672">a) toʻliq nomi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907673" id="-2907673">davlat tilida: “Transyoʻlqurilish” kompaniyasi” Davlat unitar korxonasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907674" id="-2907674">rus tilida: Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Kompaniya “Transyulkurilish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907675" id="-2907675">ingliz tilida: State enterprise “Company “Transyoʻlqurilish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907676" id="-2907676">b) qisqartirilgan nomi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907677" id="-2907677">davlat tilida: “Transyoʻlqurilish” DUK;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907678" id="-2907678">rus tilida: GUP “Transyulkurilish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907679" id="-2907679">ingliz tilida: SE “Transyoʻlqurilish”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907680" id="-2907680">8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kompaniyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda muassis deb ataladi) hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907681" id="-2907681">9. Kompaniya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni sotib olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907682" id="-2907682">10. Kompaniya muassisning roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq ularda yuridik shaxslarning ishtirokiga yoʻl qoʻyiladigan tijorat tashkilotlarining, shuningdek notijorat tashkilotlarining qatnashchisi (aʼzosi) boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907683" id="-2907683">11. Kompaniya boshqa davlat unitar korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907684" id="-2907684">II. Kompaniyaning predmeti, asosiy vazifalari va funksiyalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907685" id="-2907685">12. Mexanizatsiyalashtirilgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlarini bajarish Kompaniya faoliyatining predmeti hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907686" id="-2907686">13. Quyidagilar Kompaniyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907687" id="-2907687">avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha tendyerlar gʻoliblari boʻlgan pudrat tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida maxsus yoʻl-qurilish texnikasidan, asbob-uskunalaridan, shuningdek ularni ishlatish boʻyicha malakali xodimlardan foydalangan holda mexanizatsiyalashtirilgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907688" id="-2907688">Respublikaning umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907689" id="-2907689">Osiyo taraqqiyot banki bilan loyiha doirasida olinadigan yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, ularning saqlanishini, ularga oʻz vaqtida texnik va profilaktik xizmat koʻrsatilishini va ularning zarur ish holatida saqlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907690" id="-2907690">Osiyo taraqqiyot bankining jalb etilgan qarziga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatish va uning belgilangan qismini oʻz mablagʻlari hisobiga qaytarish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907691" id="-2907691">14. Kompaniya quyidagi funksiyalarni bajaradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907692" id="-2907692">yoʻl-qurilish texnikasidan, asbob-uskunalaridan va ularni ishlatish boʻyicha malakali xodimlardan foydalangan holda mexanizatsiyalashtirilgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlarini bajarishga pudrat tashkilotlarining buyurtmanomalarini qabul qiladi va umumlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907693" id="-2907693">avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash yuzasidan pudrat tashkilotlari — tendyerlar gʻoliblari bilan tuzilgan shartnomalar asosida yoʻl-qurilish texnikasidan, asbob-uskunalaridan va ularni ishlatish boʻyicha malakali xodimlardan foydalangan holda mexanizatsiyalashtirilgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshiradi. Bunda pudrat tashkiloti mexanizatsiyalashtirilgan ishlar bajarilganligi uchun belgilangan tariflarga muvofiq “Transyoʻlqurilish” kompaniyasiga haq toʻlaydi, avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlarning umumiy hajmi esa — belgilangan tartibda pudratchi hisobiga yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907694" id="-2907694">“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining hududiy korxonalari bazalari hududida haq undirilmasdan joylashtiriladigan yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalari komplekslari tarkibida harakatchan hududiy boʻlinmalarni shakllantiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907695" id="-2907695">yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalaridan, shuningdek Kompaniya balansidagi boshqa mol-mulkdan maqsadli va samarali foydalanilishini, ularning zarur ish holatida saqlanishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907696" id="-2907696">“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzyoʻlmashservis” yoʻl-taʼmirlash korxonasining ishlab chiqarish bazasida unga haq undirilmasdan beriladigan yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalariga texnik xizmat koʻrsatadi va ularni taʼmirlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907697" id="-2907697">xodimlarni yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalaridan foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish qoidalariga oʻqitadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907698" id="-2907698">yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalari talablari bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907699" id="-2907699">tuzilgan bitimlarga muvofiq Osiyo taraqqiyot bankining jalb etilgan qarziga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishini va qarzning belgilangan qismi qaytarilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907700" id="-2907700">avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo tashish ishlarini bajaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907701" id="-2907701">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907702" id="-2907702">Amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etiladigan faoliyat turlari, ushbu Ustavning <a href="/acts/-2906870#-2907691">14-bandida </a>koʻrsatilgan faoliyat turlari bundan mustasno, Kompaniya tomonidan belgilangan tartibda tegishli litsenziya olingandan keyin amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907703" id="-2907703">III. Kompaniyaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907704" id="-2907704">15. Kompaniya:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907705" id="-2907705">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladigan mexanizatsiyalashtirilgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlariga tariflar belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907706" id="-2907706">pudrat tashkilotlarining yoʻl-qurilish texnikasiga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib bajariladigan ishlar hajmini prognozlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907707" id="-2907707">yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalaridan samarali foydalanilishini taʼminlashni hisobga olgan holda pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarining joyini oʻzgartirish va ulardan foydalanishning navbatliligi va reja-jadvalini tartibga solish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907708" id="-2907708">16. Kompaniya:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907709" id="-2907709">tuzilgan shartnomalar shartlarining oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907710" id="-2907710">yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalaridan belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq foydalanishga va saqlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907711" id="-2907711">yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarini oʻz vaqtida mukammal va joriy taʼmirlashga, ularga texnik xizmat koʻrsatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907712" id="-2907712">yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalaridan foydalanish samaradorligini oshirish tadbirlarini bajarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907713" id="-2907713">yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalari buzilishining sabablarini tahlil qilishga, ularning oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrishga majbur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907714" id="-2907714">17. Kompaniya tuzilgan shartnomalarga muvofiq mexanizatsiyalashtirilgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek yoʻl-qurilish texnikasi profilaktikasining oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi, ularning zarur tarzda saqlanishi va ulardan foydalanish uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907715" id="-2907715">IV. Kompaniya faoliyatini boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907716" id="-2907716">18. Kompaniya muassisga hisobot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907717" id="-2907717">19. Muassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907718" id="-2907718">Kompaniya faoliyati maqsadlarini, predmeti va turlarini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907719" id="-2907719">Kompaniyaning mol-mulki bilan tuzilgan bitimlarning haqiqiy emasligini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907720" id="-2907720">Kompaniyani istiqbolli rivojlantirishning strategik vazifalari va yoʻnalishlarini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907721" id="-2907721">Kompaniyani rivojlantirishning oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907722" id="-2907722">mexanizatsiyalashtirish, texnik va texnologik jihatdan yangilash dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlariga muvofiq ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907723" id="-2907723">ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907724" id="-2907724">qoʻshma korxonalar tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907725" id="-2907725">Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini va uning ijro etuvchi apparati tuzilmasini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907726" id="-2907726">ijro etuvchi organ faoliyati tartibini belgilaydigan hujjatlarni tasdiqlash huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907727" id="-2907727">20. Kompaniyaga tezkor rahbarlik qilish Kompaniya direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Kompaniya direksiyasiga direktor boshchilik qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907728" id="-2907728">21. Direktorning ikki nafar oʻrinbosari boʻladi, ulardan biri lavozimiga koʻra Kompaniyaning bosh muhandisi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907729" id="-2907729">22. Kompaniya direktori muassis tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907730" id="-2907730">V. Kompaniyaning ustav fondi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907731" id="-2907731">23. Kompaniyaning ustav fondi Kompaniya tomonidan ishlab chiqarish — xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907732" id="-2907732">24. Kompaniyaning ustav fondi miqdori 8 749 078 042 soʻmni tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907733" id="-2907733">25. Quyidagilar Kompaniyaning ustav fondini shakllantirish manbalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907734" id="-2907734">binolar, inshootlar, ishlab chiqarish vositalari va muassis tomonidan beriladigan boshqa mol-mulk;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907735" id="-2907735">pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, asosiy vositalar va muassis tomonidan yoki uning nomidan kiritiladigan boshqa mulkiy huquqlar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907736" id="-2907736">VI. Kompaniyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907737" id="-2907737">26. Kompaniyaning ustav fondi miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish Kompaniya Ustaviga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yoʻli bilan, muassisning qaroriga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907738" id="-2907738">VII. Kompaniyaning mol-mulkini tasarruf etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907739" id="-2907739">27. Kompaniyaning mol-mulki quyidagi manbalardan hosil boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907740" id="-2907740">binolar, inshootlar va “Oʻzavtoyoʻl” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzyoʻlmashservis” yoʻl-taʼmirlash korxonasidan beriladigan boshqa mol-mulk;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907741" id="-2907741">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining pul ulushlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907742" id="-2907742">Osiyo taraqqiyot banki va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi qarzining qayta kreditlanadigan mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907743" id="-2907743">xoʻjalik faoliyati yuritishdan, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatdan olinadigan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907744" id="-2907744">ishlab chiqarish filiallari faoliyatidan tushumlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907745" id="-2907745">qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907746" id="-2907746">28. Muassis tomonidan Kompaniyaga tezkor boshqarish huquqi bilan biriktirilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Kompaniyaning mol-mulkini tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907747" id="-2907747">29. Kompaniyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmas hisoblanadi va omonatlar (ulushlar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907748" id="-2907748">30. Muassis Kompaniyaga berilgan davlat mol-mulkining maqsadli foydalanilishi va saqlanishi, shuningdek oʻzgaga berilishini nazorat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907749" id="-2907749">31. Kompaniya direktori muassis bilan kelishgan holda quyidagi hollarda Kompaniya mol-mulkini tasarruf etishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907750" id="-2907750">asosiy vositalarni realizatsiya qilish, ijaraga yoki garovga berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907751" id="-2907751">mol-mulkni omonat sifatida xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondiga kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907752" id="-2907752">boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalarini (ulushlarini) sotib olish va sotish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907753" id="-2907753">Kompaniya faoliyati maqsadlariga muvofiq boʻlmagan mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907754" id="-2907754">VIII. Daromadni (foydani) taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907755" id="-2907755">32. Olingan daromadlar bilan amalga oshirilgan sarf-xarajatlar oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadigan foyda Kompaniya moliya-xoʻjalik faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi koʻrsatkichi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907756" id="-2907756">Foydadan jalb etilgan qarzlarning belgilangan qismini qaytarishda va Kompaniyani rivojlantirishni moliyalashtirishda foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907757" id="-2907757">Qarzning belgilangan qismini qaytarishda foyda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlangandan keyin Kompaniya tasarrufida qoladi va Kompaniyani rivojlantirishni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907758" id="-2907758">33. Kompaniyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarni qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907759" id="-2907759">IX. Zaxira jamgʻarmasini va boshqa jamgʻarmalarni tashkil etish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907760" id="-2907760">34. Kompaniya sof foydaning oʻz tasarrufida qoladigan qismi hisobiga zaxira jamgʻarmasini, shuningdek miqdori va shakllantirish tartibi muassis tomonidan tasdiqlanadigan boshqa jamgʻarmalarni tashkil etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907761" id="-2907761">Zaxira jamgʻarmasini toʻldirishga asosiy vositalarni qayta baholash summasi va bepul olingan mol-mulk qiymati ham yoʻnaltiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907762" id="-2907762">X. Kompaniya direktorining funksiyalari, majburiyati va javobgarligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907763" id="-2907763">35. Direktor:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907764" id="-2907764">Kompaniya nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, belgilangan tartibda bitimlar tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907765" id="-2907765">Kompaniya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907766" id="-2907766">Kompaniya xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907767" id="-2907767">oʻz vakolatlari doirasida Kompaniya mablagʻlarini belgilangan tartibda ishonchnomasiz tasarruf etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907768" id="-2907768">Kompaniya nomidan shartnomalar tuzadi, bunday shartnomalarni tuzishga ishonchnomalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907769" id="-2907769">xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni oʻzgartiradi va ularning amal qilishini toʻxtatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907770" id="-2907770">Kompaniyaning barcha xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907771" id="-2907771">Kompaniyaning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907772" id="-2907772">36. Quyidagilar direktorning majburiyatlari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907773" id="-2907773">Kompaniyaning ichki tartibi va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907774" id="-2907774">Kompaniyaning yillik hisobotlarini va moliya-xoʻjalik faoliyati balanslarini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907775" id="-2907775">davlat buyurtmasi bajarilishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan dasturlarning bajarilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907776" id="-2907776">asosiy faoliyatni istiqbolli rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishga, ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarini takomillashtirishga, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar koʻrish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907777" id="-2907777">Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda Kompaniya manfaatlaridan kelib chiqib ish koʻradi va Kompaniyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ushbu Ustavga rioya qilinishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907778" id="-2907778">XI. Hisobotlarni tuzish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907779" id="-2907779">37. Kompaniya hisobot davri tamom boʻlgandan keyin vakolatli organlarga moliya hisobotini va boshqa hujjatlarni, shu jumladan elektron shaklda taqdim etadi, ularning roʻyxati qonun hujjatlarida belgilanadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlanishi uchun javob beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907780" id="-2907780">38. Xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatida Kompaniya faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907781" id="-2907781">39. Direktor yilning har choragida ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati natijalari va Kompaniyani rivojlantirishning tasdiqlangan muhim dasturlari amalga oshirilishi toʻgʻrisida muassisga hisobot beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907782" id="-2907782">XII. Kompaniyaning filiallari va vakolatxonalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907783" id="-2907783">40. Kompaniya muassis bilan kelishib, qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida filiallar tashkil etishi va vakolatxonalar ochishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907784" id="-2907784">41. Kompaniyaning filiallari va vakolatxonalari Kompaniya tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida, uning nomidan ish koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907785" id="-2907785">42. Kompaniyaning filiali yoki vakolatxonasi rahbari muassis bilan kelishgan holda direktor tomonidan tayinlanadi va oʻziga berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi, ishonchnoma ushbu xodim bilan mehnat shartnomasi toʻxtatilganda direktor tomonidan bekor qilinishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2907786" id="-2907786">XIII. Kompaniyani tugatish va qayta tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907787" id="-2907787">43. Kompaniya qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muassisning qarori boʻyicha yoki sudning qaroriga koʻra tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2907788" id="-2907788">44. Kompaniyaning tugatilishi, huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtkazilmasdan, uning faoliyati toʻxtatilishiga olib keladi. Qayta tashkil etishda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi. </div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2907633" id="-2907633">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 8-son, 80-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
