|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.12.2016
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari tuzilmasini yanada takomillashtirish va mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, hududlarning tabiiy-xomashyo, er-suv, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish va shuning asosida aholining turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks rivojlantirishni taʼminlashda mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PQ-2495-sonli qaroriga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining boshqaruv apparati tuzilmasida hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining boshqaruv apparati tuzilmasida esa hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari tashkil etildi.
2. Quyidagilar:
viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatining yangilangan namunaviy tuzilmalari 1, 1a, 2, 2a — 2g-ilovalariga* muvofiq;
mahalliy ijroiya hokimiyat davlat organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 3, 3a — 3g-ilovalariga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 3g-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasini ushbu qarorga muvofiq belgilangan tartibda tanqidiy koʻrib chiqib, yangi tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining shtat birligini tasdiqlash tavsiya etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklarining boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-sonli “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvallarini ushbu qarorga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritsin, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-fevral,
PQ-2497-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 8-son, 76-modda)