

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.07.2018
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-286358" id="onLBC-286358">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8849"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;</span></div><div id="LBC6544"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC6558"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti.  Mahalliy budjet]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-286358" id="onLS-286358">[<b>TSZ:</b><div id="LS4112"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-289338" id="-289338">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-289339" id="-289339">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-289341" id="-289341">Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-289343" id="-289343"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3811565" id="-3811565">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoni)”gi <a href="/acts/-3804156?ONDATE=03.07.2018 00#-3805675">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-289346" id="-289346">Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi ishlarini tashkil etishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-289349" id="-289349">1. Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-286358#-289369">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-289350" id="-289350">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha mintaqaviy komissiyalar tashkil etilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-289352" id="-289352">3. Belgilab qoʻyilsinki: </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3128064" id="-3128064"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3128067" id="-3128067">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari mintaqaviy komissiyalarning raislari hisoblanadi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3128074" id="-3128074">(3-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 107-sonli <a href="/acts/-3127274?ONDATE=06.03.2017 00#-3127295">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 9-son, 132-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-289356" id="-289356">mintaqaviy komissiyalar tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-289357" id="-289357">4. Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-289358" id="-289358">bir oy muddatda Muddatida toʻlanmagan toʻlovlar muddatini kechiktirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash, penya hisoblashni toʻxtatish, shuningdek soliqlar hamda budjetga va davlat maqsadli fondlariga toʻlovlar boʻyicha penyani hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-419456">nizomga </a>mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda kiritsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-289359" id="-289359">muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha mintaqaviy komissiya toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-289360" id="-289360">5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-289361" id="-289361">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-289362" id="-289362">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-289365" id="-289365">2004-yil 14-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-289367" id="-289367">182-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-289369" id="-289369"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-289371" id="-289371">Vazirlar Mahkamasining <br />2004-yil 14-apreldagi 182-son <a href="/acts/-286358#-289338">qaroriga<br /></a>ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-289390" id="-289390">Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-289394" id="-289394">NIZOM </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-289396" id="-289396"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-289397" id="-289397">I. Umumiy qoidalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-289400" id="-289400">1. Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 61-son <a href="/acts/-741003">qaroriga</a> muvofiq tashkil etilgan va oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290075" id="-290075">2. Komissiya oʻz faoliyatini toʻlovlar intizomini mustahkamlash, muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi toʻlovlar va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishini taʼminlash, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish, keyinchalik ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish maqsadida amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290079" id="-290079">3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290081" id="-290081">4. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, banklar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3128081" id="-3128081"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3128086" id="-3128086">5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha mintaqaviy komissiyalar tashkil etiladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3128089" id="-3128089">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 107-sonli <a href="/acts/-3127274?ONDATE=06.03.2017 00#-3127295">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 9-son, 132-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290091" id="-290091">6. Mintaqaviy komissiyalar tarkiblari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Komissiya tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-290093" id="-290093">II. Komissiyaning vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290096" id="-290096">7. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290100" id="-290100">iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda bank va moliya muassasalari tomonidan toʻlov intizomi va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi, soliqlar va majburiy toʻlovlarning toʻliq toʻlanishi masalalari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qatʼiy rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290103" id="-290103">xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini tahlil qilish, korxonalar va tashkilotlarning muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari taqqoslanishini muntazam ravishda tashkil etish hamda ularni qisqartirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290106" id="-290106">xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarning vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaslik, aylanma mablagʻlardan oqilona foydalanish, ularning saqlanishini va oʻz vaqtida toʻldirilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Hukumat qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290110" id="-290110">amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq budjetga va davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy toʻlovlarning toʻliq undirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290115" id="-290115">ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjetdan va davlat maqsadli fondlaridan qarzlarini qisqartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlar koʻrish. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-290118" id="-290118">III. Komissiyaning huquqlari va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290119" id="-290119">8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290121" id="-290121">vazirliklar, idoralar, banklar, soliq va moliya organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar, mahalliy davlat boshqaruv organlari rahbarlarining debitorlik va kreditorlik qarzlarning holati, soliq va toʻlov intizomi masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish hamda tegishli organlarga hisob-kitoblarni yuritishning belgilangan tartibini, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan masalalarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1069686" id="edi-1069686"><a href="/acts/-286358?ONDATE=14.04.2004 00#-1069681">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1069686" id="-1069686">istisno hollarda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlarining oʻzaro pullik majburiyatlari boʻyicha qarzlarini toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslari rahbarlari bilan kelishgan holda koʻrib chiqish.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1069695" id="-1069695">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-dekabrdagi 288-sonli <a href="/acts/-946862?ONDATE=31.12.2005 00#-961969">qaroriga</a> muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2005-y., 52-son, 392-modda).</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2588300" id="-2588300"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2588301" id="-2588301">qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qarzlarni (asosiy summani, penyalarni, jarima sanksiyalarini) toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻxtatib turish va toʻxtatish, budjetga va davlat maqsadli fondlariga hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari fondlariga toʻlanadigan soliqlar va toʻlovlar boʻyicha penyalar va jarima sanksiyalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2588302" id="-2588302">(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli <a href="/acts/-2579187?ONDATE=09.03.2015 00#-2579297">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2119389" id="-2119389"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2119390" id="-2119390">xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umidsiz debitorlik va kreditorlik qarzlarining statistika hisobini alohida yuritish masalalarini koʻrib chiqish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2119391" id="-2119391">(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-yanvardagi 1-sonli <a href="/acts/-2115500?ONDATE=14.01.2013 00#-2115789">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 25-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290128" id="-290128">toʻlovga qodir boʻlmagan isteʼmolchilarga va buyurtmachilarga mahsulotlar sotishning, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishning, korxonalar va tashkilotlarning aylanma mablagʻlarining, shu jumladan tayyor mahsulotlar zaxiralariga va tugallanmagan qurilishga jalb etilishi sabablarini va yoʻnalishlarini oʻrganish, ularning oldini olish va qisqartirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290129" id="-290129">korxonalar, tashkilotlar, vazirliklar va idoralardagi debitorlik va kreditorlik qarzlarning holatini taqqoslashni tashkil etish, taqqoslashlar asosida mazkur qarzlarni qisqartirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290130" id="-290130">xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini, shu jumladan budjetdan va davlat maqsadli fondlaridan qarzlarini eng koʻp miqdorda qisqartirish uchun banklar kreditlari va boshqa manbalar hisobiga oʻzaro hisob-kitoblarning maqsadli sxemalarini amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290131" id="-290131">xoʻjalik yurituvchi subyektlarning muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini, korxonalar va tashkilotlarning budjetga va davlat maqsadli fondlariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarini toʻlashga yoʻnaltiriladigan maqsadli mablagʻlar harakati tartibi va yoʻnalishini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290132" id="-290132">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan Komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun zarur axborotlarni olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290135" id="-290135">moliya, soliq va bojxona organlari, tijorat banklari, vazirliklar va idoralarning faoliyatini Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishni tashkil etish;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3327681" id="-3327681"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3327682" id="-3327682">Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiya qilish yoki ularga nisbatan bankrotlik tartibotini boshlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish yuzasidan takliflar kiritish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3327683" id="-3327683">(8-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli<a href="/acts/-3310454?ONDATE=21.08.2017 02#-3311071"> qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290141" id="-290141">respublika qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha soliq solish va hisob-kitoblar tizimini yaxshilashga yoʻnaltirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290143" id="-290143">mintaqaviy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290146" id="-290146">9. Komissiyaning toʻlov intizomini hamda oʻzaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjet va davlat maqsadli fondlari bilan hisob-kitob qilish yuzasidan javobgarligini oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishi shart. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-290148" id="-290148">IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290150" id="-290150">10. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290153" id="-290153">11. Komissiyaga hamraislar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi hamda Moliya vaziri boshchilik qiladilar, ular Komissiya ishiga rahbarlik qiladilar, uning majlislarini olib boradilar, Komissiyaning majlislari protokollarini, ish rejalarini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290155" id="-290155">12. Komissiya majlislari ish rejasiga muvofiq, biroq yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Hamraislar navbatdan tashqari majlislar chaqirishlari mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290157" id="-290157">13. Komissiyaning ish natijalari hamraislar yoki majlisni oʻtkazgan hamrais tomonidan tasdiqlanadigan protokol shaklidagi qarorlar bilan rasmiylashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290159" id="-290159">14. Komissiyaning majlisda uzrli sabablarga koʻra qatnasha olmayotgan aʼzolari majlisga oʻzlarining ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan vakolatli vakillarini yuborishlari mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290162" id="-290162">15. Tezkorlik bilan qaror qabul qilish maqsadida Komissiya hamraislari Komissiya aʼzolari bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha qarorlarni soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290165" id="-290165">16. Komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-290166" id="-290166">V. Komissiya majlislari uchun materiallarni tayyorlash tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290170" id="-290170">17. Komissiya faoliyatini tashkil etish uchun Komissiyaning masʼul kotibi boshchilik qiladigan Komissiya kotibiyati tashkil etiladi. U Komissiya kotibi — Markaziy bankning Iqtisodiy tahlil departamenti direktori, Markaziy bank, Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasining vakolatli xodimlaridan iborat boʻladi. Kotibiyat tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290173" id="-290173">Komissiyaning masʼul kotibi va kotibi (keyingi oʻrinlarda Komissiya kotiblari deb ataladi) ishlari soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishi va (yoki) soliqlar hamda budjetga va davlat maqsadli fondlariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni boʻlib-boʻlib toʻlash masalalari hamda muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish masalalari boʻyicha alohida-alohida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290175" id="-290175">18. Komissiya kotiblari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290179" id="-290179">Komissiya ish rejasi ishlab chiqilishini, uning bajarilishi ustidan nazoratni, shuningdek tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Komissiyaning joriy ishlari tashkil etilishini; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290181" id="-290181">Komissiya kotibiyati bilan birgalikda ushbu Nizomga <a href="/acts/-286358#-832150">ilovaga</a> muvofiq Komissiya majlislariga materiallarni tayyorlashni; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290182" id="-290182">Komissiya kotibiyati tomonidan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, banklar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda Komissiyaning qabul qilingan qarorlari bajarilishi monitoringi muvofiqlashtirilishini, Komissiya hamraislariga tegishli axborotlar va takliflar kiritilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290184" id="-290184">kelib tushgan xat-xabarlarning koʻrib chiqilishini, ularning oʻrganish va ishlab chiqish uchun Komissiya kotibiyati aʼzolariga yuborilishini; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290187" id="-290187">Komissiya aʼzolari va taklif etilgan shaxslarning tegishli materiallarni yuborgan holda majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qilinishini taʼminlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290188" id="-290188">19. Komissiya kotibiyati:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290191" id="-290191">navbatdagi davr uchun Komissiyaning ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290192" id="-290192">kelib tushgan xat-xabarlarni koʻrib chiqadi, Komissiyada uning oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlaydi va ularni umumlashtirish uchun Komissiya kotibiga beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290194" id="-290194">Komissiyaning navbatdagi majlislari uchun barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290197" id="-290197">Komissiya qarorlariga binoan tashkil etilgan ishchi guruhlar faoliyatini nazorat qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290203" id="-290203">axborotlar va tahliliy materiallarning, shu jumladan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarning qisqartirilishi, soliqlar, yigʻimlar va budjetga hamda budjetdan tashqari fondlarga boshqa majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishi monitoringi natijalarini Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290205" id="-290205">Komissiyaning qarorlariga muvofiq Komissiyaga koʻrib chiqish uchun boshqa materiallarni taqdim etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290207" id="-290207">20. Komissiya kotiblari oʻz funksiyalarini amalga oshirish uchun vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, banklar, korxonalar va Komissiya aʼzolaridan Komissiya faoliyatiga tegishli masalalarga oid axborotlarni soʻrash va olish huquqiga ega. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290209" id="-290209">21. Komissiya majlislari uchun materiallar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik shaxslar birlashmalari, korxonalar, shuningdek Komissiyaning ish rejasiga muvofiq ularning tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlanadi hamda Komissiyaning navbatdagi majlisidan kamida oʻn kun oldin, agar boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, Komissiya kotibiyatiga kiritiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290212" id="-290212">22. Komissiya kun tartibidagi har bir masala boʻyicha hujjatlarda qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan materiallar (tahliliy maʼlumotnomalar, jadvallar, xulosalar, iltimosnomalar, takliflar va ularga asoslashlar hamda boshqa materiallar) hamda Komissiya qarori loyihasi mavjud boʻlishi kerak. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-290214" id="-290214">V. Ish yuritish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290216" id="-290216">23. Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun moʻljallangan xatlar, iltimosnomalar, takliflar, maʼlumotnomalar va boshqa xat-xabarlarda “Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi” soʻzlari koʻrsatilishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290219" id="-290219">Komissiyada koʻrib chiqish uchun moʻljallangan xat-xabarlar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290221" id="-290221">muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish masalalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290224" id="-290224">soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishi va soliqlar hamda budjetga va davlat maqsadli fondlariga qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash masalalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yuboriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290228" id="-290228">Kelib tushgan xat-xabarlar tegishli ravishda Markaziy bankda va Davlat soliq qoʻmitasida boshqa xat-xabarlardan alohida roʻyxatdan oʻtkaziladi va Markaziy bank raisiga hamda Moliya vaziriga yuboriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290231" id="-290231">Kelib tushgan xat-xabarlar Komissiyaning tegishli hamraisi koʻrib chiqqandan keyin Komissiya hamraisi topshiriqnomasi bilan ijro etuvchilarga yuboriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290234" id="-290234">Xatlar, iltimosnomalar, takliflar va boshqa xat-xabarlar koʻrib chiqish uchun yuborilgan ijro etuvchilar oʻn kun muddatda yoki hamrais topshirigʻida belgilangan muddatlarda oʻz takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Davlat soliq qoʻmitasiga kiritadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290237" id="-290237">24. Komissiya kotibiyati aʼzolari kelib tushgan xat-xabarlarni koʻrib chiqadilar, Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlaydilar hamda umumlashtirish uchun ularni Komissiya kotiblariga beradilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290244" id="-290244">Ekspertiza paytida kamchiliklar aniqlangan taqdirda hujjatlar puxta ishlab chiqish uchun xat yuboruvchiga qaytariladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290247" id="-290247">25. Komissiya kotiblari Komissiya aʼzolari bilan birgalikda takliflarni umumlashtiradilar, Komissiya majlisi protokoli loyihasini tayyorlaydilar va uni kelishish uchun Komissiya aʼzolariga yuboradilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290250" id="-290250">26. Komissiya aʼzolari Komissiya protokoli loyihasini belgilangan tartibda kelishib oladilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290254" id="-290254">27. Komissiya kotiblari protokol loyihasini Komissiya majlisiga kiritadilar, majlis yakunlariga koʻra uni puxta ishlab chiqadilar va Komissiya hamraislariga (yoki majlisni oʻtkazgan Komissiya hamraisiga) tasdiqlash uchun kiritadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290256" id="-290256">28. Komissiya hamraislari (yoki majlisni oʻtkazgan Komissiya hamraisi) Komissiya majlisi protokolini tasdiqlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290261" id="-290261">29. Komissiya kotiblari Komissiya majlisining tasdiqlangan protokolini Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining Makroiqtisodiy rivojlanish tahlili va strategiyasi boʻlimiga yuboradilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290265" id="-290265">30. Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining Makroiqtisodiy rivojlanish tahlili va strategiyasi boʻlimi tasdiqlangan protokolni Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazadi hamda uning Komissiya aʼzolariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga tarqatilishini taʼminlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290267" id="-290267">Komissiya qarorlari (protokollari)ning asl nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining Makroiqtisodiy rivojlanish tahlili va strategiyasi boʻlimida saqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-290268" id="-290268">Komissiya nomiga kelib tushgan boshqa barcha hujjatlarning asl nusxalari va qabul qilingan qarorlar (protokollar)ning nusxalari Komissiya kotiblarida, tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasida va Markaziy bankida saqlanadi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-832150" id="-832150"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-832186" id="-832186">Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-286358#-289369">nizomga </a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-832195" id="-832195">Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish sxemasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-832196" id="-832196"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-832198" id="-832198"><img src="/files/832197" /></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1125374" id="-1125374">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 178-modda; 2005-y., 52-son, 392-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 2-son, 25-modda, 37-son, 485-modda; 2015-y., 9-son, 100-modda; 2017-y., 9-son, 132-modda, 33-son, 863-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
