Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.06.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli “Neft-gaz tarmog‘ida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Neft mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish tartibotlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 50-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 30-noyabr,
349-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-noyabrdagi 349-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Qaror 3-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zdavneftgazinspeksiya”ga Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasining hujjatlarni qabul qilish, litsenziyalar berish, litsenziya bitimini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi ishchi organi funksiyalari”.
2. 1-ilovada (Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom):
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi)” so‘zlari “O‘zdavneftgazinspeksiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 9, 101, 13-bandlardagi, 19-bandning birinchi xatboshidagi, 20-bandning birinchi va o‘ninchi xatboshidagi, 21-bandning birinchi xatboshidagi, 23-banddagi, 24-bandning ikkinchi xatboshidagi, 26-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshidagi, 27-banddagi, 29-bandning birinchi xatboshidagi, 30-bandning ikkinchi xatboshidagi, 32-bandning birinchi xatboshidagi, 33-banddagi, 34-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Departament”, “Departamentga”, “Departamentning” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zdavneftgazinspeksiya”ga, “O‘zdavneftgaz-inspeksiya”ning so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Departamentga” so‘zi “O‘zdavneftgazinspeksiya”ga so‘zi bilan almashtirilsin;
“b” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“e” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“e) “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bo‘linmasining neft ombori xo‘jaligining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
g) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “O‘zdavneftgazinspeksiya”ga bevosita, olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi”:
d) 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. “O‘zdavneftgazinspeksiya” ariza olingan kundan boshlab o‘n besh kundan oshmaydigan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosalar tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birgalikda Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
“O‘zdavneftgazinspeksiya” ekspert xulosasini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Komissiya “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning taklifi olingandan so‘ng 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorning protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Komissiya qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin (yozma tarzda yoki tasdiqlovchi elektron raqamli imzo bilan elektron shaklda)”;
e) Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash
SXEMASI
3. 3-ilovada:
a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) yettinchi xatboshidagi “Shodmonxo‘jayev N.S. — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘indan saqlash bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari” so‘zlari “Sultonov A.A. — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘indan saqlash bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) o‘ninchi xatboshidagi “Ramazonov N.S. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zdavneftgazinspeksiya” boshlig‘i” so‘zlari “Akbarxodjayev L.T. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zdavneftgazinspeksiya” boshlig‘i, komissiya kotibi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) o‘n birinchi xatboshidagi “Tashmuhamedov X.F. — “Sanoatkontexnazorat” agentligi bosh direktorining o‘rinbosari” so‘zlari “Yunusov A.N.— “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 48-son, 606-modda)