Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Hujjat 03.07.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorining 13-bandini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-apreldagi 202-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 4-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) toʻgʻrisida Nizom”ning 4-bandi toʻrtinchi xatboshidan soʻng quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat matbuot qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi va “UzRAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi bilan birgalikda Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotning “Internet” tarmogʻida tarqatilishini muvofiqlashtiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 4-bandi oʻn sakkizinchi xatboshidan soʻng quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA), Davlat matbuot qoʻmitasi va “UzRAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi bilan birgalikda Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotning Internet tarmogʻida tarqatilishini muvofiqlashtiradi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-iyuldagi 241-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 13-son, 104-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 11-mart,
108-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 3-son, 12-modda; 2002-y., 13-son, 104-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2020-y., 09/20/1/4262-son)