O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MA’LUMOTLAR UZATISH MILLIY TARMOG‘INI TASHKIL ETISH VA JAHON AXBOROT TARMOQLARIDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA
“Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektrini muhofaza qilish, axborotni tezkorlik bilan ayirboshlash, jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni kengaytirish va tartibga solish, axborot xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “UzPAK” ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining ma’lumotlarni uzatish respublika tarmog‘i bazasida O‘zbekiston Respublikasi Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘i tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 352-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 19-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘idan, shu jumladan, Internetdan foydalanish va uni rivojlantirish milliy operatori (provayder) funksiyalari “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga yuklanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 40-son, 306-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar milliy operator (provayder) sifatida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 40-son, 306-modda)
davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining faoliyat ko‘rsatishini va uni rivojlantirishni ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida axborot resurslarini muhofaza qilishni ta’minlash, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga dav’at qiluvchi axborotlar tarqatilishiga, urush, zulm va pornografiyani targ‘ib qilishga, diniy va milliy nizolarni qo‘zg‘ashga, insonning sha’ni va qadr-qimmatini poymol qilishga hamda amaldagi qonunchilik bilan tarqatilishi taqiqlangan boshqa axborotlarning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
texnika vositalarini joriy etish, respublikaning yagona axborot makoni kommunikatsiya asoslarini takomillashtirish va uning jahon axboroti hamjamiyatiga kirishi imkoniyatlarini kengaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 352-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 19-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 352-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 19-son, 149-modda)
5. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “UzPAK” ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi to‘g‘risidagi Nizomni, mazkur qaror bilan unga yuklanayotgan yangi funksiyalarni hisobga olgan holda, bir oy muddatda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti to‘g‘risidagi axborotlarni Internet tarmog‘iga tarqatishni muvofiqlashtirish funksiyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga, Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
7. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Davlat matbuot qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan Internetda tarqatish tartibini;
Provayderlar va abonentlar tomonidan Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘idan axborot olish va undan foydalanish qoidalarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasiga idoraviy tarmoqlar, shu jumladan, yo‘ldosh aloqasi tarmoqlarining ma’lumotlar uzatish kanallarini foydalanish uchun shartnoma asosida bersinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 40-son, 306-modda)
9. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi (Abdullayev), Fan va texnika davlat qo‘mitasi (Habibullayev), Davlat matbuot qo‘mitasi (Shog‘ulomov), O‘zbekiston kosmik tadqiqotlar davlat agentligi (Mo‘minov):
Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini mablag‘lar bilan ta’minlash bosqichlari va manbalari bo‘yicha zarur investitsiyalar miqdorlarini belgilagan holda bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar, bunda Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida — 1999 — 2001-yillarda, tuman markazlarida — 2000 — 2003-yillarda amalga oshirilishini nazarda tutsinlar;
Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini;
Yo‘ldosh aloqa tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasini 2000-yil va keyingi yillar investitsiya dasturlariga kiritsinlar va markazlashtirilgan manbalardan mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda; )
11. “UzPAK” ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi boj to‘lovlari to‘lashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun keltirilgan apparat va dastur vositalari va asbob-uskunalari bojxonada rasmiylashtirilganligi uchun yig‘imlar bundan mustasno.
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqib kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari L.A. Axmetov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 5-fevral,
52-son
I. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari:
Vazirlar Mahkamasining “Idoralararo axborot-kompyuter tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 10-apreldagi 150-son qarorining 2, 4 va 6-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Xo‘jalik hisobidagi “UzNet” axborot xizmati to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 14-maydagi 206-son qarori.
II. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda; )
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomning:
1-bandidagi “Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida” so‘zlari “xalqaro tashkilotlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2 va 11-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini ta’minlovchi radiochastotalarni davlat tomonidan boshqarish organi hisoblanadi, radiochastota spektridan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi”;
“11. Quyidagilar Radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
radiochastotalar spektrini taqsimlash va ulardan foydalanish va uni istiqbolda rejalashtirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvalini va radio aloqa milliy reglamentini shakllantirish;
radiochastotalarni rejalashtirish, ularni belgilash va ulardan foydalanish masalalarida xalqaro tashkilotlarda vakillik qilish va O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro huquqiy himoya qilish;
radiochastotalar spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
radiochastotalar spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
radiochastotalar spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish”;
12-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“radiochastotalar organlari o‘rtasida radiochastotalar polosalarini taqsimlaydi;
radiochastotalar spektridan foydalanish sohasida radiochastotalar organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi”;
13-bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastotalar spektridan vaqt va (yoki) hudud bo‘yicha foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash”.
4. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-bandining “b” kichik bandi “Ichki ishlar vazirligi” so‘zlaridan so‘ng “Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.