Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.10.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Qarori
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 15-oktabrda 2719-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat vazirligining 2016-yil 19-oktabrdagi 5-2016, 12-mh, 34-q/q-sonli “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2834, 24.10.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-son “Oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari toʻgʻrisida”gi, 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2015-yil 25-avgustdagi 246-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash 2015-yil 1-sentabrdan boshlab mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2014-yil 25-dekabrdagi 13, 62 va 33-q/q-son “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2645, 2014-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52(I)-son, 645-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXABOV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-oktabr,
6-2015-son
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-oktabr,
24-mh-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-oktabr,
42-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 12-oktabrdagi 6-2015, 24-mh va 42-q/q-son qaroriga
ILOVA
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash
MIQDORLARI
1. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, shuningdek mazkur davlat muassasalarida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari:

T/r

Kontingent

Oʻquv mashgʻulotlarini olib boruvchi shaxslar

Soatbay haq toʻlash miqdorlari

(soʻm)

1.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari

professor, fan doktori yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan shaxslar

27 367,6

dotsent, fan nomzodi yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy da�ajalarga ega boʻlgan shaxslar

16 050,8

ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar*

11 010,9

2.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari

professor, fan doktori yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan shaxslar

31 277,2

dotsent, fan nomzodi yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan shaxslar

19 754,7

ilmiy daraja�a ega boʻlmagan shaxslar*

14 314,0

3.

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha taʼlim muassasalari (kurslari) tinglovchilari**

professor, fan doktori yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan shaxslar

37 794,0

dotsent, fan nomzodi yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan shaxslar

25 928,0

ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar*

20 920,6

4.

Kurslar tinglovchilari, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan ishchilar, xodimlar***

professor, fan doktori yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan shaxslar

21 343,6

dotsent, fan nomzodi yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan shaxslar

12 424,3

ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar*

8 380,4

2. Umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlariga oʻtgan darsi uchun soatbay haq toʻlash miqdorlari:

T/r

Kontingent

Oʻquv mashgʻulotlarini olib boruvchi shaxslar

Soatbay haq toʻlash miqdorlari

(soʻm)

1.

Umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari oʻqituvchisi, oʻqituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri

oliy malaka toifali

10 749,6

birinchi malaka toifali

10 132,4

ikkinchi malaka toifali

9 488,3

oliy maʼlumotli

8 860,1

oʻrta maxsus maʼlumotli

8 282,1

2.

Umumtaʼlim maktablarining yuqori sinflari oʻqituvchisi

oliy malaka toifali

8 906,4

birinchi malaka toifali

8 077,0

ikkinchi malaka toifali

7 564,5

oliy maʼlumotli

7 065,9

oʻrta maxsus maʼlumotli

6 610,9

* ilmiy darajaga ega boʻlmagan, mutaxassislik fanlari boʻyicha mashgʻulot oʻtkazish uchun jalb qilinadigan shaxslar.
** oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqi miqdori belgilangan miqdorlaridan 25 foizga koʻpaytiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-sonli “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etiladigan ayrim yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga va tajribali amaliyotchi mutaxassislarga oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganligi uchun soatbay ish haqi miqdorini belgilangan miqdorlaridan 50 foiz yuqori etib belgilashga haqli.
*** Ushbu bandda belgilangan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Izoh:
1. Soatbay haq toʻlash miqdori tarkibiga mehnat taʼtili haqi kiritilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi akademiklari mehnatiga soatbay haq toʻlash miqdorlari 15 foizga oshiriladi.
3. Konkurs va tanlovlar jyurilari aʼzolari, shuningdek konkurs ishlari taqrizchilari mehnatiga haq toʻlashda oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashgʻulotlari olib borganlik uchun toʻlanadigan soatbay haq toʻlash miqdorlari qoʻllaniladi.
4. Oʻquv mashgʻulotlarini soatbay haq toʻlash asosida olib borganlik uchun haq toʻlash xarajatlari taʼlim muassasasi xarajatlar smetasining hisob-kitoblar yoyilmasida alohida qator bilan ajratilgan soatbay haq toʻlash fondi mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
5. Soatbay haq toʻlash miqdorlari akademik soatdan kelib chiqib belgilangan.
3. Mazkur oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 12-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 41-son, 533-modda)