Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Shahrisabz shahrining chegarasini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Shahrisabz shahrining chegarasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2010-yil 15-martdagi 48-II-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Shahrisabz shahrining chegarasi ilova qilinayotgan tavsif va chizma shaklga muvofiq tasdiqlansin (1, 2-ilovalar*).
* 2-ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu qarorni bajarishga doir kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-may,
53-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 53-II-sonli qaroriga
1-ILOVA
Shahrisabz shahri chegarasining
TAVSIFI
Chegaraning loyiha chizigʻi shahar hududlarini reja asosida kengaytirilishiga muvofiq uning rivojlanishini nazarda tutadigan, joyning tabiiy sharoitlari, tabiiy va sunʼiy rejalashtirish cheklovlari boʻyicha shahar atrofidagi turli yerdan foydalanuvchilar yerlari orqali oʻtadigan shahar chegarasini qamrab oladi.
Shaharning loyihaviy chegarasini Shahrisabz va Kitob tumanlari oʻrtasidagi tumanlararo chegara boʻyicha oʻtishi
Boshlangʻich 1-sonli nuqta tumanlararo chegara “Shahrisabz vino aroq” OAJ devori davomida kesishgan erdagi “Ipak yoʻli” magistrali oʻqida joylashgan boʻlib, u boʻylab janubi-sharq tomonga 275 metr masofada yakka tartibdagi turar joy hududida 2-sonli nuqta joylashgan.
2-sonli nuqtadan sharq tomonga ariq boʻylab 320 metr masofada 3-sonli nuqta joylashgan.
Shaharning loyihaviy chegarasini “Namaton” qishloq fuqarolar yigʻini hududi boʻyicha oʻtishi
3-sonli nuqtadan janub tomonga 320 metr masofada 4-sonli nuqta joylashgan.
4-sonli nuqtadan chegara sharq tomonga 70 metr masofada 5-sonli nuqtagacha davom etadi, bunda chegara turarjoy hududini janub tomonga 95 metr masofada 6-sonli nuqtagacha aylanib oʻtadi.
6-sonli nuqtadan chegara gʻarb tomonga 140 metr masofada 7-sonli nuqtagacha buriladi va shundan keyin janub tomonga 895 metr masofada 8-sonli nuqtagacha davom etadi.
8-sonli nuqtadan chegara mavjud yoʻl qizil chizigʻi va Abziyat hamda Miroqi aholi punktlari tomonga ketgan loyihaviy koʻchaning shimoliy qismi boʻyicha sharq tomonga 1 150 metr masofada 9-sonli nuqtagacha boradi va shundan keyin ushbu yoʻl boʻyicha 845 metr masofada 10-sonli nuqtagacha davom etadi.
10-sonli nuqtadan chegara janub tomonga 3 000 metr masofada loyihaviy magistral boʻyicha Namaton qishlogʻiga boradigan yoʻl oʻqida joylashgan 11-sonli nuqtagacha davom etadi.
11-sonli nuqtadan chegara janub tomonga 1 225 metr masofada “Namaton” va “Kunchiqar” qishloq fuqarolar yigʻinlari hududlari oraligʻidagi maʼmuriy chegara vazifasini bajaruvchi Moʻminobod arigʻida joylashgan 12-sonli nuqtagacha davom etadi.
Shaharning loyihaviy chegarasining “Kunchiqar” qishloq fuqarolar yigʻini hududi boʻyicha oʻtishi
12-sonli nuqtadan janub tomonga 580 metr masofada 13-sonli nuqta joylashgan boʻlib, u shuningdek G-42.0 loyihaviy chekki magistralning qizil chizigʻi boʻyicha 13-sonli nuqta joylashgan, undan 475 metr masofada Miroqi shaharchasi tomonga boradigan magistral oʻqida 14-sonli nuqta joylashgan.
14-sonli nuqtadan janub tomonga 965 metr masofada 15-sonli nuqta joylashgan boʻlib, undan yana janub tomonga loyihaviy chekki magistral boʻyicha 1 350 metr masofada 16-sonli nuqta joylashgan, undan chegara loyihaviy aylanma magistral boʻyicha gʻarb tomonga buriladi va uning janubiy qizil chizigʻi boʻylab oʻtadi.
16-sonli nuqtadan shimoli-gʻarb tomonga 1 400 metr masofada 17-sonli nuqta joylashgan boʻlib, undan gʻarb tomonga 375 metr masofada 18-sonli nuqta joylashgan.
18-sonli nuqtadan loyihaviy aylanma magistral boʻyicha janubi-gʻarb tomonga 2 165 metr masofada 19-sonli nuqta joylashgan boʻlib, undan gʻarb tomonga 2 900 metr masofada, oxirida 585 metr radiusli (radius 19-sonli nuqtadan 2 075 metr masofada boshlanadi) 20-sonli nuqta joylashgan.
19-sonli nuqtadan chegara 585 metrli egri radius bilan janubi-gʻarb tomonga 2 075 metr masofada 20-sonli nuqtagacha davom etadi, 19-sonli nuqtadan 20-sonli nuqtagacha umumiy masofa 2 900 metr.
20-sonli nuqtadan janubi-gʻarb tomonda 37,5 metr masofada, “M-39” avtomobil yoʻli oʻqida 21-sonli nuqta joylashgan.
Shaharning loyihaviy chegarasining “Shamaton” qishloq fuqarolar yigʻini hududi boʻyicha oʻtishi
21-sonli nuqtadan gʻarb tomonga 37,5 metr masofada 22-sonli nuqta joylashgan, undan chegara “M-39” avtomobil yoʻli qatnov qismining gʻarb tomoni boʻyicha shimol tomonga 490 metr masofada 23-sonli nuqtagacha davom etadi.
23-sonli nuqtadan chegara shimol tomonga 925 metr masofada 24-sonli nuqtagacha davom etadi.
24-sonli nuqtadan chegara gʻarb tomonga burilib, 3 250 metr masofada 25-sonli nuqtagacha davom etadi.
25-sonli nuqtadan chegara shimol tomonga 410 metr masofada 26-sonli nuqtagacha davom etadi va shundan keyin Shahrisabz shahri hududini gʻarbiy qismi tomonidan 340 metr masofada 27-sonli nuqtagacha aylanib oʻtadi.
27-sonli nuqtadan chegara shimol tomonga 185 metr masofada 28-sonli nuqtagacha davom etadi, undan sharq tomonga ariq boʻylab 205 metr masofada 29-sonli nuqta joylashgan.
29-sonli nuqtadan janub tomonga 225 metr masofada 30-sonli nuqta joylashgan boʻlib, undan janubi sharqiy yoʻnalishda 150 metr masofada 31-sonli nuqta joylashgan.
31-sonli nuqtadan sharq tomonga 1 060 metr masofada “M-39” avtomobil yoʻli qatnov qismining sharqiy chegarasida 32-sonli nuqta joylashgan boʻlib, undan 2 750 metr masofada “Shamaton” va “Oʻzbekiston” qishloq fuqarolar yigʻinlari chegarasi kesishgan erda 33-sonli nuqta joylashgan.
Shaharning loyihaviy chegarasining “Oʻzbekiston” qishloq fuqarolar yigʻini hududi boʻyicha oʻtishi
33-sonli nuqtadan “M-39” avtomobil yoʻli qatnov qismining sharqiy chegarasi boʻyicha Shahrisabz shahri chegarasi shimol tomonga ular oraligʻidagi 1 000 metr masofada 34-sonli nuqtagacha davom etadi. 34-sonli nuqta temir yoʻl ustidagi yoʻl oʻtkazgichda, ularning “M-39” avtomobil yoʻli bilan kesishgan oʻqida joylashgan.
34-sonli nuqtadan chegara shimol tomonga yoʻl oʻtkazgichning cheti boʻylab “M-39” avtomobil yoʻli bilan qoʻshilish uchun tushish joyidagi 35-sonli nuqtagacha 850 metr masofada davom etadi.
35-sonli nuqtadan “M-39” avtomobil yoʻli boʻyicha shimol tomonga 605 metr masofada 36-sonli nuqta joylashgan boʻlib, undan chegara “M-39” avtomobil yoʻli oʻqida joylashgan 37-sonli nuqtagacha avtomobil yoʻllarining turli balandlikda kesishgan hududini 450 metr masofada aylanib oʻtadi, u erdan chegara “M-39” avtomobil yoʻli yoqalab shimol tomonga 1 050 metr masofada 38-sonli nuqtagacha davom etadi.
38-sonli nuqtadan chegara avtomobil yoʻlining turli balandlikdagi kesishmasi orqali shimol tomonga 100 metr masofada 39-sonli nuqtagacha davom etadi.
39-sonli nuqtadan chegara janubi sharqiy yoʻnalishda 60 metr masofada 40-sonli nuqtagacha davom etadi.
40-sonli nuqtadan chegara sharq tomonga 150 metr masofada Kitob tumani bilan chegarada joylashgan kollektor boʻylab 41-sonli nuqtagacha davom etadi.
Shaharning loyihaviy chegarasining Shahrisabz va Kitob tumanlari oʻrtasidagi tumanlararo chegara boʻyicha oʻtishi
41-sonli nuqtadan chegara 880 metr masofada shimoli-sharq tomonga 41 “a”-sonli nuqtagacha davom etadi.
41 “a”-sonli nuqtadan chegara sharq tomonga 400 metr masofada 42-sonli nuqtagacha davom etadi, undan shimol tomonga 70 metr masofada 43-sonli nuqtagacha boradi.
43-sonli nuqtadan chegara shimoli-sharq tomonga 335 metr masofada 44-sonli nuqtagacha davom etadi, undan chegara shimol tomonga 485 metr masofada 45-sonli nuqtagacha boradi, u erdan 225 metr masofada 46-sonli nuqtagacha sharq tomonga buriladi.
46-sonli nuqtadan chegara janub tomonga 100 metr masofada 47-sonli nuqtagacha boradi va undan sharq tomonga 450 metr masofada 48-sonli nuqtagacha davom etadi.
48-sonli nuqtadan chegara janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 525 metr masofada 49-sonli nuqtagacha davom etadi.
49-sonli nuqtadan chegara janubi-sharqiy yoʻnalishda 420 metr masofada 50-sonli nuqtagacha davom etadi.
50-sonli nuqtadan chegara turarjoy hududining chekkasi boʻylab janubi-sharqiy yoʻnalishda 140 metr masofada 51-sonli nuqtagacha davom etadi.
51-sonli nuqtadan chegara turarjoy hududining chekkasi boʻylab shimoli-sharqiy yoʻnalishda 415 metr masofada 52-sonli nuqtagacha davom etadi.
52-sonli nuqtadan chegara sharq tomonga 115 metr masofada 53-sonli nuqtagacha davom etadi va shundan keyin shimol tomonga 140 metr masofada 54-sonli nuqtagacha boradi.
54-sonli nuqtadan chegara sharq tomonga 190 metr masofada davom etadi va boshlangʻich 1-sonli nuqta bilan tutashadi.
Chegaraning umumiy perimetri 36 450 metrni tashkil etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 5-son, 203-modda)