Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEʼYORLANADIGAN AYRIM XARAJATLAR NORMATIVLARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining monopol birlashmalar (korxonalar) Davlat reyestriga kiritilgan tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopol korxonalar tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar)ni shakllantirishda xarajatlarning ayrim moddalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi
(qaror muqaddimasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Vakillik maqsadlariga xarajatlar normativlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum yillik hajmining 0,5 foizi miqdorida yillik xarajatlar normativlari belgilansin;
Oldingi tahrirga qarang.
reklama uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushum yillik hajmining 2,0 foizi miqdorida;
(2-band uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tasdiqlangan normativlarni tabiiy monopoliyalar subyektlariga va monopol korxonalarga yetkazsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 9-aprel,
166-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga
ILOVA
1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga
ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi 532-sonli qarori bilan ilova hisoblangan — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Yillik vakillik xarajatlari normativi
Oldingi tahrirga qarang.
| Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan yillik tushum (qoʻshilgan qiymat soligʻi ham qoʻshilgan) hajmi |
Smeta boʻyicha vakillik xarajatlarining | |
| bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 ming baravari miqdorigacha * | | tushum hajmining 1 foizi |
| bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 ming baravaridan 35 ming baravari miqdorigacha | | bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 ming baravari miqdorigacha boʻlgan tushum hajmining 1 foizi + bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,2 foizi |
| bazaviy hisoblash miqdorining 35 ming baravaridan ortiq | | bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 ming baravari miqdorigacha boʻlgan tushum hajmining 1 foizi + bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,2 foizi + bazaviy hisoblash miqdorining 35 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,05 foizi |
Eslatma. Foydadan soliq toʻlaydigan savdo, taʼminot va sotish korxonalari vakillik xarajatlarining cheklangan miqdorlarini hisoblab chiqishda tovarlarni sotishdan olingan yalpi daromad koʻrsatkichidan foydalanadilar.
* Foydadan toʻlanadigan soliq boʻyicha soliq solinadigan bazani hisoblab chiqishda hisobot sanasidagi eng kam ish haqi miqdoridan foydalaniladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 183-modda; 2006-y., 51-52-son, 507-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)