Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.09.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
Respublikada koʻmir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-sonli “Respublika isteʼmolchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikada koʻmir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etish, koʻmir briketlarining aholi va budjet tashkilotlariga zarur sifat va maqbul narxlar boʻyicha resurslar va koʻmirni taqsimlash balansida nazarda tutilgan hajmlarda oʻz vaqtida va toʻliq yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
aholiga va budjet tashkilotlariga resurslar va koʻmirni taqsimlash balansida nazarda tutilgan hajmlarda koʻmir briketlarini sotish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasining koʻmir omborlari (keyingi oʻrinlarda koʻmir omborlari deb ataladi) orqali amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Budjet tashkilotlari tomonidan budjet mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan koʻmir va koʻmir briketlarini sotish, yetkazib berish, tashish, qabul qilish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga* muvofiq;
Respublika aholisini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy tarkib asosida koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchilarning roʻyxatini aniqlash boʻyicha tegishli hududiy ishchi komissiyalar tarkiblarini uch kun muddatda tasdiqlasinlar.
4. Belgilab qoʻyilsinki, aholi va budjet tashkilotlarining ehtiyojlari uchun koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchilar korxonalarga koʻmir sotish “Oʻzbekkoʻmir” unitar korxonasi bilan tuziladigan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida, tartibga solinadigan narxlar boʻyicha, koʻmir yetkazib berishning har bir partiyasi uchun oldindan 100 foiz haq toʻlash shartlarida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
5. Oʻzbekkoʻmir” UK:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
qurilish-montaj ishlariga “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankining kredit mablagʻlarini jalb etgan holda koʻmir briketlari ishlab chiqarish boʻyicha zarur ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilishini taʼminlasin;
resurslar va koʻmirni taqsimlash balansida nazarda tutilgan hajmlarda koʻmir briketlari ishlab chiqarish uchun koʻmirni zarur markalarda oʻz vaqtida yetkazib berish chora-tadbirlarini koʻrsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
6. Belgilansinki:
resurslar balansida nazarda tutilgan hajmlarda ishlab chiqariladigan koʻmir briketlari belgilangan tartibda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “Oʻbekkoʻmir” UK tomonidan tasdiqlanadigan chakana narx boʻyicha sotiladi;
1 tonna koʻmir briketlarining chakana narxi oʻrtacha ogʻirlik yoʻli bilan hisoblab chiqiladi hamda uning markasi va nomidan, uni temir yoʻlda, avtomobil transportida tashish xarajatlaridan va koʻmir omborlarigacha tashish bilan bogʻliq boshqa tegishli xarajatlardan, koʻmir briketlari ishlab chiqarish xarajatlaridan, shuningdek, koʻmir omborlarining vositachilik haqi toʻlashdan kelib chiqib koʻmirning ulgurji-sotish narxidan shakllanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladigan koʻmir va koʻmir briketlarining chakana narxini shakllantirish tartibini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi resurslar va koʻmirni taqsimlashning yillik balanslarini ishlab chiqishda budjet tashkilotlari va aholiga sotiladigan koʻmir briketlarini ishlab chiqarish uchun koʻmir yetkazib berish hajmini nazarda tutsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
aholi va budjet tashkilotlari ehtiyojlari uchun koʻmir briketlari ishlab chiqarish uchun koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻmirdan maqsadli foydalanilishi;
koʻmir omborlari tomonidan resurslar balansida nazarda tutilgan hajmlarda ishlab chiqariladigan aholi va budjet tashkilotlariga sotish uchun koʻmir briketlariga belgilangan chakana narxga rioya qilinishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 2-iyul,
177-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-iyuldagi 177-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida aholiga va budjet tashkilotlariga koʻmir sotishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 29-fevraldagi 58-son qarorining 1, 4-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 8-9-son, 87-modda) va qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 341-modda; 2017-y., 1-son, 15-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)