1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Qarori
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 30-iyunda 2691-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
1. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-iyun,
15-mh-son
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-iyun,
30-son
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-iyundagi 15-mh va 30-son qaroriga ILOVA
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi
1. Uyda yakka tartibda ta’lim olish jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra doimiy yoki vaqtincha umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) qatnay olmaydigan bolalar (bundan buyon matnda o‘quvchilar deb yuritiladi) uchun tashkil etiladi.
O‘quvchilarning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida maktabning tegishli sinfida o‘qiyotgan bolalardan ikki yoshga oshgan o‘quvchilarni ham ushbu sinfda uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilishga ruxsat etiladi.
2. Uyda yakka tartibda ta’lim berishning asosiy maqsadi o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda ularning ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.
3. Quyidagilar uyda yakka tartibda ta’lim berishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari hamda ular asosida ishlab chiqilgan (aqli zaif bolalar uchun) maxsus ta’lim talablariga muvofiq bilim olishlarini ta’minlash;
barkamol, jismonan va ma’naviy sog‘lom shaxsni voyaga yetkazish, o‘quvchilarda madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
ta’lim berish jarayonida o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoyalovchi dars jadvaliga rioya etilishini ta’minlash.
2-bob. O‘quvchilarning uyda yakka tartibda ta’lim olishini tashkil etish
4. Maktab direktorlari maktab joylashgan hududda yashaydigan o‘quvchilarni aniqlaydilar, ro‘yxatga oladilar hamda ularni uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun jalb qilish choralarini ko‘radilar.
5. O‘quvchini uyda yakka tartibda ta’lim olishini belgilash uning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasining (bundan buyon matnda tibbiy-maslahat komissiyasi deb yuritiladi) tibbiy xulosasiga asosan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
6. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxatida belgilangan kasallik (patologik holat) alomatlari bo‘lgan o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi), o‘quvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qiladi. Tibbiy-maslahat komissiyasiga o‘quvchining kasallik tarixidan ko‘chirma, kasallik bo‘yicha maxsus davolash-profilaktika muassasalarining xulosasi, zaruratga ko‘ra boshqa diagnostika tekshiruvlari natijalari taqdim etiladi.
7. Tibbiy ko‘rik tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qilingan kundan boshlab uch kun ichida o‘tkaziladi.
8. Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, o‘quvchida uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar (patologik holatlar) mavjudligi aniqlanganda, tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda O‘quvchining uyda yakka tartibda ta’lim olishga muhtojligi to‘g‘risida tibbiy xulosa (bundan buyon matnda tibbiy xulosa deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi.
9. Tibbiy xulosa olti oy muddatga yoxud to‘liq o‘quv yiliga beriladi hamda tibbiy-maslahat komissiyasining raisi, a’zolari va uning ishiga jalb qilingan boshqa mutaxassislar tomonidan imzolanib, davolash-profilaktika muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Tibbiy xulosa ota-onalarga tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan kunning o‘zida taqdim etiladi.
10. Ota-onalar farzandlarining uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi ariza bilan maktab direktori nomiga murojaat qiladilar. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
o‘quvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi;
o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli (ta’lim olgan bo‘lsa);
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
o‘quvchi ota-onasining fuqarolik pasporti nusxalari;
tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosasi.
11. Maktab direktori arizani qabul qilib olgach, uch kun ichida o‘quvchini uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilish haqida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri nomiga yozma murojaat qiladi. Murojaatga ota-onalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
12. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri hujjatlarni qabul qilib olgach, uch kun ichida o‘qitish muddati, maktabning raqami va muayyan sinfni ko‘rsatgan holda o‘quvchini uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi va uning nusxasini maktabga yuboradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
13. O‘quvchida bir vaqtning o‘zida bir necha kasallik turlari uchrasa yoki unga fan o‘qituvchilaridan tashqari boshqa mutaxassislarning (logoped, psixolog, defektolog va boshqalar) yordami kerak bo‘lib, maktabda bunday mutaxassis bo‘lmasa, ushbu mutaxassislar jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) yoki boshqa ta’lim muassasalaridan o‘rindoshlik asosida jalb etilishi mumkin. Bunda ushbu mutaxassislarga o‘rindoshlik asosida ishlaganligi uchun haq to‘lanadi.
O‘quvchiga fan o‘qituvchilaridan tashqari mutaxassislarni biriktirish uchun tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari mas’ul hisoblanadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
14. Maktab direktori tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining tegishli buyrug‘ini olgach, uch kun ichida o‘quvchiga uyda yakka tartibda ta’lim beruvchi o‘qituvchilarni biriktirish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
O‘quvchi yoshi, psixik holati, avval qaysi sinfgacha o‘qiganligi inobatga olinib, muayyan sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftaridagi ro‘yxatga kiritiladi.
15. Ota-onalarning istagiga ko‘ra, o‘quvchiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) tomonidan uyda yakka tartibda ta’lim berish tashkil qilinishi mumkin.
Mazkur toifadagi o‘quvchilarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi va ushbu organlarning yo‘llanmasi asosida uyda yakka tartibda ta’lim berish tashkil qilinadi.
16. Uzoq vaqt davolanishga muhtojligi sababli maktabga borolmaydigan o‘quvchilarga Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2667, 2015-yil 17-aprel) muvofiq o‘quv mashg‘ulotlaridan ozod etilgan kunlar oralig‘ida uyda yakka tartibda ta’lim olish tashkil etiladi. Bunda mazkur o‘quvchilarga beriladigan ta’lim olayotgan shaxslar uchun mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasida (095\x shakl) ko‘rsatilgan muddat tugagach, maktab direktorining buyrug‘iga muvofiq, o‘quvchiga uyda yakka tartibda ta’lim berish to‘xtatiladi va u maktabning tegishli sinfiga qaytariladi.
17. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari maktab direktorlari tomonidan o‘quvchilarni ta’lim olishga jalb qilish choralari ko‘rilishi hamda ular uchun ta’lim jarayoni tashkil etilishini nazorat qiladilar.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
3-bob. O‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish
18. O‘quvchiga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja asosida ta’lim-tarbiya beriladi.
O‘quv rejasidagi haftalik soatlar miqdori 1-4-sinflar uchun 8 soat, 5-9-sinflar uchun 10 soatni, 10-11-sinflar uchun 12 soatni tashkil qiladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
19. Dars jadvali maktab tomonidan o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ishlab chiqiladi hamda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Dars jadvali haftasiga kamida uch kunga moslab tuziladi.
20. O‘quvchining qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib, ota-onalarning arizasiga muvofiq o‘quv rejada ko‘rsatilgan fanlarni umumiy soatlar miqdoridan oshmagan holda 1 soatga o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday o‘zgartirish maktab direktorining buyrug‘iga muvofiq o‘quv rejadagi bitta fanni boshqa bir fan bilan almashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
21. Jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish maktabning o‘quv dasturi, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish esa aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘quv dasturi asosida tashkil etiladi.
22. Dars soatining davomiyligi jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun 45 daqiqa, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun 40 daqiqadan iborat bo‘ladi.
Dars mashg‘ulotlarida o‘quvchining olgan baholari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi baholash daftariga qayd etib boriladi. Baholash daftari har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladi. O‘quvchining baholash daftariga qo‘yilgan baholar o‘quvchi ro‘yxatda turgan maktabning sinf jurnaliga ko‘chirib boriladi.
23. Ota-onalar tomonidan baholash daftariga o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi. O‘quvchining baholash daftari o‘qituvchida saqlanadi va o‘quv yili oxirida boshqa hisobotlar bilan birgalikda maktab rahbariyatiga taqdim etiladi.
O‘quvchi olgan baholarning sanasi va dars mashg‘ulotining mavzusi sinf jurnalidagi sana va mavzuga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
24. O‘quvchi og‘ir miya jarohatlari, bosh miyada bo‘lgan jarrohlik operatsiyalari, shuningdek kasalligi zo‘raygan davrda yoki o‘quvchining ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladigan boshqa holatlarda tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasiga asosan, unda ko‘rsatilgan muddatga o‘qishdan ozod etilishi mumkin.
25. O‘quvchilar uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat attestatsiyasi maktab direktorining buyrug‘iga muvofiq tashkil etiladi. Ota-onalarning istaklari hamda o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib, bosqichli nazorat va yakuniy davlat attestatsiyasi o‘quvchining uyida yoki maktabda o‘tkazilishi mumkin.
26. Yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchiga ta’lim olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat beriladi.
Mazkur hujjatga o‘quv reja bo‘yicha o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan fanlar uchun baho qo‘yiladi, dars mashg‘ulotlari o‘tilmagan fanlarga baho qo‘yilmaydi hamda uning o‘rniga “ozod etilgan” degan so‘zlar yozib qo‘yiladi.
27. Dars mashg‘ulotlarining o‘qituvchilar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli olib borilishi hamda o‘quv dasturlarining to‘liq bajarilishi maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi.
4-bob. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda maktab direktori, sinf rahbari, o‘qituvchilar hamda ota-onalarning huquqlari va majburiyatlari
28. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda maktab direktorining huquqlari quyidagilardan iborat:
uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish jarayonida yuridik va jismoniy shaxslardan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish;
ota-onalardan dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun sharoit yaratishni talab qilish;
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga uyda yakka tartibda ta’lim berishning o‘quv dasturlarini takomillashtirish, interaktiv usullar va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish borasidagi takliflar bilan murojaat qilish.
(28-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
Maktab direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(28-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
29. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda maktab direktorining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
o‘quvchini jonkuyar va mas’uliyatli mutaxassis o‘qituvchi bilan ta’minlash;
o‘quvchining imkoniyati va qobiliyatiga mos ravishda ta’lim-tarbiya berilishini ta’minlash;
o‘quvchining maktab o‘quvchilari va jamoasi bilan ijtimoiy muloqotda bo‘lishini ta’minlash;
ota-onalarning ta’lim jarayoni bilan bog‘liq murojaatlarini o‘z muddatida ko‘rib chiqish va ularda ko‘tarilgan masalalarni hal etish choralarini ko‘rish.
Maktab direktori zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(29-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
30. Maktab direktori o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib, uning sog‘lom bolalar bilan o‘zaro muloqot qilish malakasini rivojlantirish hamda hayotga ijtimoiylashuviga ko‘maklashish maqsadida o‘quvchini inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun maktabdagi dars mashg‘ulotlariga, darsdan tashqari o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga hamda korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarga jalb qilishi mumkin.
31. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda sinf rahbarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
dars mashg‘ulotlarining olib borilishini nazorat qilish;
ota-onalar va o‘quvchining o‘qituvchilar bilan muntazam hamkorligini ta’minlash;
o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda maktabda yoki sinfda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga taklif etish.
32. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda o‘qituvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
o‘quvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda o‘quv dasturlarining o‘zlashtirilishini ta’minlash;
o‘quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlash, atrof-muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;
o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuyg‘ularini tarbiyalash;
o‘quvchida mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish va uni kasb-hunarga yo‘naltirish;
o‘quvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish;
dars mashg‘ulotlari rejasini tuzish;
dars mashg‘ulotlariga oid bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida yuritish hamda o‘quvchining o‘zlashtirishi bo‘yicha baholash daftariga qo‘yilgan baholarni sinf jurnaliga kiritib borish.
33. O‘quvchiga ta’lim berayotgan o‘qituvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shimcha haq va yo‘l haqi kompensatsiyasi to‘lanadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
O‘qituvchiga faqat o‘quv soatlari uchun haq to‘lanadi. Tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasiga asosan uyda yakka tartibda ta’lim berish vaqtincha to‘xtatilgan davrda o‘qituvchiga haq to‘lanmaydi.
Sinf rahbari va o‘qituvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(33-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
34. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda ota-onalarning huquqlari quyidagilardan iborat:
farzandining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
dars mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish;
o‘qituvchining ruxsati bilan dars mashg‘ulotlarida qatnashish;
farzandining ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur hollarda o‘qituvchi, psixolog, defektolog va boshqalardan maslahat olish;
farzandiga ta’lim berayotgan o‘qituvchi faoliyatidan qoniqmagan taqdirda, uni boshqa o‘qituvchi bilan almashtirish to‘g‘risida maktab rahbariyatiga murojaat etish;
dars jadvalini tuzish, o‘quv dasturlarini belgilash bo‘yicha takliflar berish.
Ota-onalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(34-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
35. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda ota-onalarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
farzandining ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash;
shifokor tavsiyalari va farzandining kun tartibi to‘g‘risida o‘qituvchini o‘z vaqtida xabardor qilish;
dars mashg‘ulotlarining olib borilishi uchun zarur shart-sharoit yaratish;
o‘quvchining sog‘lig‘i to‘g‘risida maktab rahbariyatini o‘z vaqtida xabardor qilish;
o‘qituvchi dars mashg‘ulotlariga kelmay qo‘ygan taqdirda, bu haqda maktab rahbariyatini xabardor qilish;
farzandi tomonidan uy vazifalarining bajarilishini ta’minlash.
Ota-onalar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(35-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
5-bob. Yakuniy qoidalar
36. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
37. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 10-iyun
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar
RO‘YXATI
T/r.
Kasallikning nomlanishi va patologik holatlari
Uyda yakka tartibda ta’lim olish muddati
I. Somatik kasalliklar
1.
Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli shikastlanishi (tizimli qizil yugurik, dermatopoliomiozit), yoshlar revmatoid artriti va tugunchali periarteritning og‘ir turlari
6 oy
2.
Yurak va qon aylanish tizimining tug‘ma nuqsonlari (dekompesatsiya davri, turg‘un yurak va qon aylanishi yetishmovchiligining II va III darajasi)
6 oy
3.
Og‘ir darajadagi tetrada Fallo kasalligi
o‘quv yili
4.
Tug‘ma va orttirilgan xarakterdagi o‘pka-bronx kasalliklarining II va III darajali turg‘un nafas yetishmovchiligi
6 oy
5.
Astmaning og‘ir darajasi (haftada bir necha marta yoki har kuni xuruj qilganda)
o‘quv yili
6.
Surunkali glomerulonefrit (buyrak funksiyasi buzilishining yaqqol klinik ko‘rinishida, qaytalash davridagi tsitostatik va steiroid davo o‘tkazilgan davrida)
o‘quv yili
7.
Surunkali piyelonefrit va surunkali obstruktiv piyelonefrit (buyrak funksiyasi buzilishining yaqqol klinik ko‘rinish davri)
o‘quv yili
8.
O‘tkir glomerulonefrit birlamchi davolashdan so‘ng remissiya davrigacha, birlamchi va ikkilamchi nefrotik sindromi steroid va tsitostatik davo o‘tkazilgan davrida
o‘quv yili
9.
Turli organlarning xavfli o‘smalari
o‘quv yili
10.
Mukovissedozning og‘ir turi
6 oy
11.
Seliakiyaning og‘ir turi (asoratlar bilan kechish davri)
6 oy
12.
Nospetsifik yarali kolitning og‘ir turi (qaytalanuvchi kechishi)
6 oy
13.
Kron kasalligining og‘ir darajasi (asoratlar bilan kechish davri)
6 oy
14.
Jigar tsirrozining dekompensatsiya darajasi
o‘quv yili
15.
Noma’lum etiologiyali oqsil-energetik yetishmovchiligining og‘ir darajasi (vazn tanqisligi 30% va undan ortiq holatlarda)
Og‘ir gemorragik kriz bilan kechuvchi doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopatiya, trombotsitopenik purpura, gemofiliya, Villibrand va Glnsman kasalliklari
Og‘ir nevrozlar (nevrasteniya, psixoasteniya), nevroz holatlarining zo‘raygan davri, shu jumladan enkoprez, kunduzgi turg‘un enurez, dekompensatsiya davridagi duduqlanish
o‘quv yili
3.
Turli etiologiyali yaqqol ko‘rinadigan ensefaloastenik holatlar (travmatik, yuqumli, somatik)
o‘quv yili
4.
Psixopatiyalar, dekompensatsiya davridagi psixopatik holatlar
o‘quv yili
5.
Epilepsiyaning zo‘raygan davrida
o‘quv yili
6.
Mustaqil harakat qila olmaslikka olib kelgan tayanch-harakat a’zolarining buzilishi
o‘quv yili
7.
Bolalar tserebral falaji va uning asoratlari (yengil turi)
o‘quv yili
8.
Bolalar autizmi (xulq-atvor buzilishlari bilan, o‘z-o‘zini boshqara olmaydigan harakatlar sindromi)
o‘quv yili
9.
Miopatiya. Miasteniyaning tarqalgan shakli
o‘quv yili
10.
Asab tizimining demiyelinlashtiruvchi kasalliklari (yaqqol namoyon bo‘lgan klinika davri)
o‘quv yili
III. Xirurgik kasalliklar
1.
Tayanch a’zolarining falaji va toz suyaklari faoliyatining buzilishi bilan bog‘langan orqa miya churrasi
o‘quv yili
2.
Siydik tuta olmaslik, siydik pufagining ekstrofiyasi, siydik yo‘llarining atoniyasi dekompensatsiyalangan shakli. Najas tuta olmasligi
o‘quv yili
3.
Orqa chiqaruv yo‘llarining atreziyasi
6 oy
4.
Turli kasalliklarda oyoqlarning falaji
o‘quv yili
5.
Surunkali tayanch-harakat a’zolari kasalligi (surunkali osteomiyelit suyak sili, osteoxondropatiya)
o‘quv yili
6.
Bosh miya operatsiyasidan keyingi asoratlangan holatlar
o‘quv yili
7.
Tayanch-harakat tizimida o‘tkazilgan operatsiyalardan keyingi reabilitativ davr
6 oydan 1 yilgacha
IV. Teri kasalliklari
1.
Tug‘ma bullezepidermoliz
o‘quv yili
2.
Tug‘ma ixtiozning zo‘raygan davri
6 oy
3.
Eritrodermiya psoriazining yiringli turi
6 oy
4.
Artropatik psoriazi
6 oy
5.
O‘tkir teri sil kasalligi
o‘quv yili
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 14-oktabrdagi 14-mh, 95-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2691-2, 28.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2019-y., 10/19/2691-2/3965-son)
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
O‘quvchining uyda yakka tartibda ta’lim olishga muhtojligi to‘g‘risida TIBBIY XULOSA (umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga taqdim etiladigan qismi)
1. O‘quvchining familiyasi, ismi, otasining ismi _______________________________ 2. O‘quvchining tug‘ilgan sanasi (yil, kun, oy) ___________________________________ 3. O‘quvchining doimiy yashash joyi ___________________________________________ 4. O‘quvchining o‘qish joyi __________________________________________________ 5. Tashxis (kasallikning nomi, patologik holati) ________________________________ Asosiy _________________________________________________________________ Asorati ________________________________________________________________ Qo‘shimcha tashxis _________________________________________________________ 6. O‘quvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan unda Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxatining ___-bo‘limi ___-bandida nazarda tutilgan kasallik ________________ _________________________________________ mavjudligi haqida xulosaga qilindi.
(kasallik nomi, patologik holat yoziladi)
7. Xulosaning amal qilish muddati 20__ yil “___”___________gacha 8. Qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi 20__ yil “___”___________ gacha
Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi
_______
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
Tibbiy-maslahat komissiyasi a’zolari va mutaxassislar
_______
_______________
M.O‘.
(imzo)
(F.I.O.)
_______
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
_______
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
_______
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
O‘quvchining uyda yakka tartibda ta’lim olishga muhtojligi to‘g‘risida TIBBIY XULOSANING KOREShOGI (davolash-profilaktika muassasasida qoladigan qismi)
1. O‘quvchining familiyasi, ismi, otasining ismi _______________________________ 2. O‘quvchining tug‘ilgan sanasi (yil, kun, oy) ___________________________________ 3. O‘quvchining doimiy yashash joyi ___________________________________________ 4. O‘quvchining o‘qish joyi __________________________________________________ 5. Tashxis (kasallikning nomi, patologik holati) ________________________________ Asosiy _________________________________________________________________ Asorati ________________________________________________________________ Qo‘shimcha tashxis _________________________________________________________ 6. O‘quvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan unda Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxatining ___-bo‘limi ___-bandida nazarda tutilgan kasallik ________________ _________________________________________ mavjudligi haqida xulosa qilindi.
(kasallik nomi, patologik holat yoziladi)
7. Xulosaning amal qilish muddati 20__ yil “___”___________gacha 8. Qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi 20__ yil “___”___________ gacha
Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi
_______
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
Tibbiy-maslahat komissiyasi a’zolari va mutaxassislar
_______
_______________
M.O‘.
(imzo)
(F.I.O.)
_______
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
_______
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
_______��
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
Tibbiy xulosa 20 __ yil “__” _______ga qadar ________________________________ga
(umumiy o‘rta ta’lim muassasasining soni, manzili)
topshirish uchun __________________ ga berildi.
(topshiradigan shaxsning F.I.O.)
Tibbiy xulosani oldim: 20 ___ yil “___” ____________
_________
(imzo)
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” ____________ tumani (shahri) ____-sonli umumta’lim maktabi direktori
______
_________________
(imzo)
(F.I.O.)
20 ___ yil “___” ________
Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan ____-sinf o‘quvchisi ____________________ uchun tuzilgan
(o‘quvchining F.I.O.)
DARS JADVALI
Hafta kunlari
Fanning nomi
Darsning boshlanish vaqti
Darsning davomiyligi
O‘qituvchining F.I.O.
Dushanba
Seshanba
Chorshanba
Payshanba
Juma
Shanba
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan ____-sinf o‘quvchisi ____________________ning
(o‘quvchining F.I.O.)
“_______________________________” fanidan
(fanning nomi)
BAHOLASh DAFTARI
Sana
Mavzu nomi
O‘quvchiga qo‘yilgan baho
Uy vazifasi
Ota-onasining imzosi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 26-son, 346-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son; 28.10.2019-y., 10/19/2691-2/3965-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)